Pul, kredit va banklar



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   154
 
Inkasso topshiriqnomalar  
bilan hisob – kitoblar  
Bizga  ma’lumki,  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlarning  bankdagi  hisobvaraqlaridan 
mablag‘larni faqatgina ularning topshirig‘i (to‘lov topshiriqnomasi, akkreditiv, hisob – kitob va 
pul  cheki)  va  roziligi  (to‘lov  talabnomasi,  kredit  bo‘yicha  muddatli  majburiyatlar, 
shartnomalarda kelishilgan  bo‘lsa,  memorial order)  bilangina o‘tkazish  qonunchilik  hujjatlarida 
belgilab qo‘yilgan.  
Bozor  munosabatlarida  xo‘jalik  sub’ektlari  o‘rtasidagi  iqtisodiy  munosabatlarning 
ko‘pqirraligi va kutilmaganda vujudga kelgan ziddiyatlarni hal qilishda qo‘llaniladigan shunday 
to‘lov  hujjatlari  ham  mavjudki,  ushbu  to‘lov  hujjati  tegishli  muassasalar  tomonidan  bankka 
taqdim  etilganda  mijozning  hech  qanday  roziligini  olmasdan  turib,  bank  bo‘limi  uning 
hisobvarag‘idan  mablag‘ni  hujjatda  ko‘rsatilgan  manzilga  o‘tkazib  berishi  lozim.  Ushbu to‘lov 
hujjati inkasso topshiriqnomasidir.  
Inkasso topshiriqnomasi  –  bankka mijoz (to‘lovchi)ning hisobvarag‘idan so‘zsiz tartibda 
mablag‘larni hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi talabini anglatadi. 
Inkasso  topshiriqnomalari  bankka  quyidagi  tashkilotlar  tomonidan  taqdim  qilinishi 
mumkin: 

 
o‘z  vaqtida  to‘lanmagan  soliqlar  va  Davlat  byudjetiga  o‘tkaziladigan  soliqdan  tashqari 
to‘lovlar (penya, jarimalar)ni undirib olishda soliq idoralari; 

 byudjetdan tashqari fondlar – o‘z vaqtida to‘lanmagan to‘lovlarni undirib olishda, agarda 
bu qonuniy hujjatlarda ko‘zda tutilgan bo‘lsa; 

 bojxona organlari – o‘z vaqtida to‘lanmagan bojxona to‘lovlarini undirishda; 

 sud organlari ularga berilgan ijro hujjatlari bo‘yicha; 

 moliyalashtirishga ortiqcha o‘tkazilgan mablag‘larni qaytarishda, yuqori moliya organlari 
quyi byudjet tashkilotlarga, davlat kafolati ostida berilgan muddati o‘tgan kreditlarni qaytarishda 
va  boshqa  holatlarda  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligidan  inkasso  topshiriqnomalari 
qabul qilinadi; 

 qonuniy hujjatlarga asosan boshqa organlar. 
To‘lovchining  hisobvarag‘ida  mablag‘  bo‘lmaganda  inkasso  topshiriqnomasi  2  – 
kartotekada  to‘lovini  kutayotgan  hujjatlar  qatoriga  joylashtiriladi  va  qonunchilikda  o‘rnatilgan 
tartibda to‘lanadi. 
 
Inkassa topshiriqnomalari bilan hisob – kitoblarda  
hujjatlarning aylanish tartibi  
 


Tuman Davlat  soliq  inspektsiyasi  belgilangan  soliqlarni o‘z  vaqtida  to‘lamagan  xo‘jalik 
sub’ektlariga  nisbatan  inkasso  topshiriqnomalarini  banklarga  taqdim  etadi  (1),  tijorat  banklari 
xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektning  hisobvarag‘ida  mablag‘lar  mavjud  bo‘lsa,  inkasso 
topshiriqnomasida  ko‘rsatilgan  summani  so‘zsiz  ravishda  respublika  yoki  mahalliy  davlat 
byudjetiga  o‘tkazadi  (2),  va  to‘lovchiga  bu  haqda  xabar  beradi  (3).  Agar  mablag‘  yetarli 
bo‘lmasa  yoki  umuman  mavjud  bo‘lmasa  to‘lov  hujjatlari  ikkinchi  kartotekaga  kirim  qilinadi, 
ushbu  hujjatlar  to‘lovchining  hisobvarag‘ida  mablag‘lar  paydo  bo‘lib,  to‘lovlar  amalga 
oshirilgunga qadar hisobga olib boriladi. 
Inkasso  topshiriqnomalari  bilan  hisob  –  kitoblarni  amalga  oshirilmaganligi  iqtisodiy 
jarayonlarning  ijobiy  tashkil  etilganligi  va  xo‘jalik  sub’ektlarining  soliqlar  bo‘yicha  to‘lovlarni 
o‘z vaqtida amalga oshirayotganligidan dalolat beradi. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin