olish, lotereya biletlari harid qilish, jarima va ustamalar hamda boshqa majburiy
to‘lovlarni amalga oshirishdagi naqd pullar harakati kiradi. Shuningdek, naqd pul
muomalasi davlat byudjetining naqd pulda shakllanadigan va taqsimlanadigan
qismini ham o‘zida mujasamlashtiradi. Ushbu jarayon, bir tomondan aholi va
yakka tadbirkorlarning byudjet oldidagi soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni
amalga oshirish jarayonlarida, ikkinchi tomondan esa davlat byudjeti tomonidan
aholiga naqd pulda pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni amalga oshirish
jarayonlarida o‘z aksini topadi. Aynan, mana shu pul oqimi aholining asosiy naqd
puldagi daromad va harajatlarini o‘zida mujassamlashtiradi.
Pul muomalasining uchinchi oqimi alohida shaxslar o‘rtasida tovarlar
ayriboshlash, pullik xizmatlar ko‘rsatish sohasida shakllanadi. Bunda
Respublikamizdagi mavjud dehqon va boshqa tashkil etilmagan bozorlardagi naqd
pul bilan bog‘liq to‘lovlar hali ham salmoqli o‘rin tutib kelmoqda.
Yuqoridagi funktsiyalarini bajarish mobaynida naqd pullar murakkab yo‘lni
bosib o‘tadilar. Ya’ni, muomalaga zarur pul mablag‘lari Markaziy bank tomonidan
tijorat banklariga, ular tomonidan esa o‘z o‘rnida xo‘jalik sub’ektlari va aholiga
chiqariladi. Xo‘jalik sub’ektlari va aholi qo‘lidagi pul mablag‘lari savdo va xizmat
ko‘rsatish korxonalari orqali yana tijorat banklariga qaytib keladi. Tijorat banklari
va ularning filiallari yana o‘zlari xizmat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarga
hamda aholiga qonunchilikda belgilangan to‘lovlarni amalga oshirish uchun naqd
pullar berishadi. Shunday qilib, naqd pullar tijorat banklaridan chiqib yana tijorat
banklariga qaytadi va doimiy aylanishda bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: