targ‘ib qilib bo‘lmaydi. Buning uchun esa aholi uchun qulay joylarda qimmatbaho
qurilmalar – bankomat va terminallar qo‘yishga to‘g‘ri kelmoqda. Yana shuni
alohida qayd etish kerakki, aholining naqd pulga bo‘lgan ehtiyojini xohlagan
vaqtda qondirish uchun bankomatlarga bir vaqtda katta miqdordagi naqd pullarni
qo‘yishga to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa, o‘z o‘rnida katta miqdordagi naqd pullarga
bo‘lgan talabni vujudga keltirmoqda.
Bundan tashqari, naqd pullardan belgilangan tartibda foydalanmaslik
xufyona iqtisodiyotni rivojlanishiga yo‘l ochib beradi hamda ayrim yuridik va
jismoniy shaxslarga noqonuniy faoliyat yuritib mehnatsiz daromad orttirish uchun
xizmat qiladi.
Naqd pullar uchinchi sub’ekt aralashuvisiz harakatda bo‘lganligi uchun aynan
uning yordamida terrorizm, giyohvandlik moddalari bilan biznes qilish kabi o‘ta
xavfli jinoyatlar amalga oshiriladi. Shuning uchun dunyoning ko‘pgina
mamlakatlarida pul muomalasi terrorizmni moliyalashtirish va giyohvandlik
moddalari bilan biznes qilishning oldini olish maqsadida qonunlar qabul qilingan.
Jumladan, bizning Respublikamizda ham 2006 yilning 1 yanvaridan boshlab
“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni
moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirdi.
Bundan tashqari, naqd pul muomalasi bizning yodimizdan ko‘tarilgan “pul
fetishizmi” (pulga sig‘inish)ni tomir otishiga zamin yaratadi. Ayniqsa, hamma
narsa pulga olib– sotilishi mumkin bo‘lgan bozor iqtisodiyoti sharoitida yoshlar
ongini oson pul topishga ruju qo‘yish kabi illatlar bilan zaharlaydi.
Naqd pullarning ijobiy va salbiy xususiyatlari bo‘lishidan qat’iy nazar, ular
bugungi kunda yuqorida qayd etilgan ob’ektiv omillar ta’sirida dunyoning barcha
mamlakatlaridaamal qilib turibdi.
Dostları ilə paylaş: