o’zaro bog’lab, yaxlit bir butun qilib birlashtiradi. Markaziy asab tizimi ularda
voqye bo’luvchi jarayonlarni idora etib va ularning ishini ma’lum bir yo’lga solib,
ularning faoliyatiga ta’sir qiladi. Bundan tashqari, markaziy asab tizimi
organizmni tevarak-atrofdagi muhit bilan bog’laydi. Shunday qilib, asab tizimining
faoliyati ayrim organlarni, shuningdek butun bir organizm bilan muhitni bir-biriga
uyg’unlashtiradi.
Markaziy asab tizimi tevarak-atrofdagi muhitda va organizmning o’zida ro’y
berib turadigan hodisalarni retseptorlar orqali bilib turadi. Markaziy asab tizimiga
kelgan qo’zg’alish shu yerda qaytadan ishlanib, ishlovchi organga harakat impulsi
sifatida o’tadi.
G’oyatda murakkab bo’lgan bu jarayon juda tez – sekundning bo’laklari
ichida voqye bo’ladi. Ko’chada bora turib, o’ziga qarab g’izillab kelayotgan
avtomashinani ko’rgan kishini tasavvur qiling. Sekundning bo’laklari ichida uning
asab tizimida g’oyat murakkab jarayonlar ro’y beradi. Odam tez yurib kelayotgan
mashinani ko’radi va uning shovqinini eshitadi. Bu qo’zg’alish markaziy asab
tizimiga borib, u yerda qaytadan ishlanadi, shundan keyin tegishli muskullarga
ularning faoliyati haqida yo’l-yo’riq keladi.
Natijada odam o’ziga tahdid qilib turgan xavfdan qochib, juda tez va
murakkab harakatlarni qiladi.
Asab tizimi evolyutsiyasi jarayonida maxsus tarzda tuzilib, maxsus xossalarni
kasb etganligidan u organizmdagi organ va to’qimalarni, ulardagi juda murakkab
jarayonlarni shu tariqa idora etadi.Asab tizimi ayrim nerv hujayralaridan iborat.
Yuqorida aytganimizdek, nerv hujayrasining tanasi, uzun o’sig’i-aksoni (u
periferiyaga boradi) va kalta, sershox o’siqlari – dendritlari bor. Nerv hujayrasi
hamma o’siqlari bilan birga neyron deb ataladi.
Hozirgi vaqtda ko’pchilik fiziologlar ayrim neyronlar ikki nerv hujayrasi
o’rtasidagi kontakt yordami bilan o’zaro bog’lanadi, degan fikrni quvvatlaydilar.
Bir hujayraning o’siqlari ikkinchi nerv hujayrasining o’siqlariga yoki tanasiga
tegib turganligidan shunday kontakt kelib chiqadi. Ikki neyronning qo’shilgan
(kontakt) joyi sinaps deb ataladi.
Markaziy asab tizimi nerv hujayralari – neyronlarning yig’indisidir. Markaziy
asab tizimining ko’ndalang kesigida rangi bir-biridan farq qiladigan ikki qavatni
ko’rish mumkin. Bu qavatlardan biri kulrang, ikkinchisi oq bo’ladi. Bu ikki modda
rangiga qarab kul rang va oq modda deb ataladi. Kulrang modda nerv
hujayralaridan va qisman o’siqlardan iborat bo’lsa, oq modda asosan nerv o’siqlari,
ya’ni dendritlardan iborat.
Dostları ilə paylaş: