Fiziologiya, genetika va biokimyo kafedrasi



Yüklə 351,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/20
tarix30.01.2022
ölçüsü351,77 Kb.
#51834
növüReferat
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
markaziy asab tizimi (1)

Markaziy  asab  tizimida  qo’zg’alishning  to’planishi  (summasiya).  Markaziy 

asab  tizimining  birinchi  marta  I.M.Sechenov  tomonidan  kashf  etilgan  ikkinchi 

xususiyati  shuki,  u  o’ziga  keluvchi  qo’zg’alishlarni  to’play  oladi.  Bu  xususiyat 

shundan  iboratki,  afferent  tolaga  pog’ona  osti  kuchiga  teng  bo’lgan  kuch  bilan 

ta’sirot berilsa markaziy asab tizimi bu ta’sirotga javob bermaydi va refleks yuzaga 

chiqmaydi. 

Agar  bu  ta’sirotlar  tezlik  bilan  ketma-ket  berilsa,  markaziy  asab  tizimi 

qo’zg’alish bilan javob beradi va tegishli refleks yuzaga chiqadi. 




Pog’ona  osti  impulslari  har  biri  alohida-alohida  borganda  qo’zg’alishni 

keltirib  chiqara  olmagani  holda  tezlik  bilan  ketma-ket  kelganida  qo’zg’alishni 

keltirib  chiqara  olishiga  sabab  nima?  Bu  hodisa  nerv  markazining  xossalari  bilan 

izohlanadi.  Nerv  markazida  unga  kelgan  har  bir  qo’zg’alish  bir  qancha 

o’zgarishlarni keltirib chiqaradi, jumladan nerv markazining qo’zg’aluvchanligini 

oshiradi.  Keyin  ta’sirotlar  unchalik  siyrak  bo’lmasa,  o’ta  qo’zg’aluvchanlik 

davriga  to’g’ri  keladi  va  to’planib,  qo’zg’alish  to’lqinining  kelib  chiqishi  uchun 

kifoya qiladigan bo’lib qoladi. 

Burunning  shilliq  pardasidagi  retseptorlarning  unda  to’plangan  shilimshiq, 

chang zarralari yoki boshqa moddalar bilan uzoq ta’sirlanishi natijasidagina refleks 

yo’li bilan kelib chiqadigan aksa urish bunday summasiyaga misol bo’la oladi. 

Markaziy  asab  tizimining  charchashi.  Nerv  markazi  juda  tez  charchashligi 

bilan  nerv  tolasidan  farq  qiladi.  Ma’lumki,  nerv  tolasi  deyarli  charchamaydi. 

Markazga  intiluvchi  nervning  bir  qadar  uzoq  ta’sirlanishi  tufayli  reflektor  akt 

sekin-asta  susayadi,  keyinchalik  esa,  tamomila  to’xtaydi.  N.Ye.Vvedenskiy 

markazga  intiluvchi    nervni  ta’sirlab,    ta’sirlash  boshlanganidan  10-40  sekund 

keyin reflektor aktning susayganligini va tamomila to’xtab qolganligini ko’rgan. U 

markazga intiluvchi qo’shni nervni ta’sirlab, refleks paydo bo’lishini kuzatgan. Bu 

kuzatish xuddi markaziy asab tizimining charchashini ko’rsatadi. Quyidagi tajriba 

ham  charchash  hodisasini  o’rganishga  imkon  beradi.  Markazga  intiluvchi  nervni 

ta’sirlab, refleks yo’qotilsa, so’ngra markazdan qochuvchi nerv ta’sirlansa, muskul 

qisqarish  bilan  javob  beradi.  Bu  tajriba  charchashning  xuddi  markaziy  asab 

tizimida boshlanganligidan guvohlik beradi. 



Markaziy  asab  tizimi  qo’zg’aluvchanligining  o’zgarishi.  Markaziy  asab 

tizimining  yana bir xususiyati  shuki, u organizmda  ro’y  beradigan  o’zgarishlarga 

g’oyatda  sezgir  bo’ladi.  Organizmda  biror  o’zgarish  ro’y  berishi  bilan  markaziy 

asab  tizimining  qo’zg’aluvchanligi  o’zgaradi.  Gazlar  almashinuvi  va  qon 

aylanishining andak bo’lsada o’zgarishi nerv hujayralarining qo’zg’aluvchanligiga 

ta’sir etadi. 

Markaziy  asab  tizimi  kislorodni  gavdamizdagi  boshqa  hamma  organlarga 

qaraganda  ko’proq  iste’mol  qiladi:  itning  100  g  bosh  miyasi  bir  minutda  10  ml 

kislorod oladi: xolbuki, shuncha jigar 10 marta, shuncha muskul esa 22 marta kam 

kislorodni  iste’mol  qiladi.  Kislorod  kirishi  kamayganda  nerv  hujayralari 

qo’zg’aluvchanligini juda tez yo’qotishi, keyinchalik esa butunlay nobud bo’lishi 

mumkin. 


Bosh  miyaning  faoliyati  qon  aylanishining  mutadil  borishiga  ham  bog’liq. 

Miyadagi qon  aylanishi qisqa  vaqt  buzilganda  ham,  miyaning qo’zg’aluvchanligi 

pasayib va hatto butunlay yo’qolib, odam hushidan ketadi. 

Asosan  miyaga  ta’sir  etadigan  ba’zi  zaharlar  markaziy  asab  tizimining 

qo’zg’aluvchanligini o’zgartiradi. 

G’oyatda  kuchli,  ta’sir  etadigan  zahar  strixnindir.  Strixnin  markaziy  asab 

tizimining  qo’zg’aluvchanligini  oshiradi.  Hayvon    organizmiga  juda  oz  strixnin 

kiritilishi bilanoq u hatto kuchsiz ta’sirotlarga ham shiddat bilan reaksiya ko’rsata 

boshlaydi.  Agar  baqaning  limfa  xaltasiga  strixninning  kuchsiz  eritmasidan  bir 

ozgina quyib, baqa yotgan stol taqillatilsa, u tirishib talvasaga tushadi. Issiq qonli 




hayvonlarda  ham  shunday  hodisani  ko’rish  mumkin.  Issiq  qonli  hayvonlar 

organizmiga ozgina strixnin kiritilsa, shungacha hayvonda reaksiya qo’zg’amagan 

ta’sirotlar endi hayvonning tirishishiga sabab bo’ladi. 

Strixnin juda oz miqdorda ba’zan dori-darmon uchun qo’llaniladi. 

Narkotiklar  deb  ataladigan  zaharlar  bosh  miyaning  katta  yarim  sharlariga 

ta’sir  etadi.  Narkortiklarga  xloroform,  efir,  alkogol  va  shu  kabilar  kiradi. 

Xloroform  bilan  efir  jarrohlik  amaliyotida  narkoz  vujudga  keltiruvchi  moddalar 

sifatida 

keng 

qo’llaniladi. 



Bu 

zaharlar 

avvaliga 

nerv 


tizimining 

qo’zg’aluvchanligini  oshiradi,  so’ngra  esa  juda  pasaytirib  yuboradi  va  chuqur 

uyquni  keltirib  chiqaradi. Bu  zaharlarning  bosh  miya  katta  yarim  sharlariga  ta’sir 

etib, uzunchoq miyaga deyarli ta’sir etmasligi muhimdir. Uzunchoq miyaning bu 

zaharlardan deyarli ta’sirlanmasligi organizm uchun juda katta ahamiyatga egadir. 

Uzunchoq  miyada  nafas  olish  markazi,  yurak  faoliyatining  markazi  va  boshqa 

muhim  markazlar  borki,  ularning  yaxshi  ishlamay  qo’yishi  organizmni  halokatga 

olib borishi mumkin. 

Markaziy  asab  tizimi  shikastlanganda  uning  qo’zg’aluvchanligi    o’zgarib 

ketadi,  orqa  miya  kesib  qo’yilsa,  kesilgan  joydan  pastdagi  nerv  markazlarining 

faoliyati 

susayadi. 

Zararlangan 

qismdan 


pastdagi 

nerv 


markazlarida 

qo’zg’aluvchanlikning  shu  tariqa  yo’qolishi  spinal  shok  deb  ataladi.  Bir  necha 

vaqtdan keyin shok o’tib ketadi va orqa miyaning reflektor faoliyati tiklanadi. Turli 

hayvonlarda shok turlicha muddat bilan davom etadi: hayvon zoologiya silsilasida 

qancha yuqorida tursa, shok o’shancha kuchliroq va uzoqroq davom etadi. Baqada 

shok  bir  necha  daqiqada  o’tib  ketsa,  mushuk  bilan  itlarda  necha  kun  va  haftalab 

davom etadi. Maymunlarda va odamlarda shok ayniqsa og’ir  bo’lib, uzoq davom 

etadi. 


 


Yüklə 351,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin