kombinatsiyalarida ko’rinadigan barcha reflektor harakatlar, odamning mehnat
jarayonida qiladigan juda nozik harakatlari, faqat markaziy asab tizimining
Reflektor yoyni kuzdan kechirganimizda ikki neyronli va uch neyronli yoy
chizmasi bilan tanishdik. Butun organizmda ham qo’zg’algan nerv hujayrasi qaysi
neyronga bog’langan bo’lsa, qo’zg’alish o’sha neyronga o’tadi va shunday qilib,
xuddi zanjirdan o’tganidek muskulga yetib boradi deb izoxlash mumkin bo’ladi.
Haqiqatda har bir reflektor akt markaziy asab tizimining g’oyatda murakkab
reaksiyasi hisoblanadi. Ayrim paytda har bir organizmga ko’p va xilma-xil
ta’sirotlar kelib turadi. Markaziy asab tizimining koordinatsiya qiluvchi faoliyati
shundan iborat: organizm bu ta’sirotlarga javoban shu xildagi refleksni yuzaga
chiqaradiki, bu refleks muayyan paytda organizmning u yashab turgan sharoit bilan
bir muvozanatga kelishini ta’minlaydi. Ana shu javob aktida butun organizmdagi
ayrim organlar yoki organ tizimlari bir-biri bilan bog’langan qismlar sifatida
baravar yoki ketma-ket birgalashib ishlaydi.
Organizmning harakat qilishdek uyg’unlashgan faoliyati shunga bog’liqki,
organizm bilan ta’sirotga javoban hamma muskullarini yoki qanday bo’lmasin
muskullarni emas, balki qat’iyan ma’lum muskullar guruhini qisqartiradi.
Organizm shu tariqa harakat qilganda yurak-tomir tizimi, nafas organlari va boshqa
tizimlarning faoliyati o’zgaradi, modda almashinuvini tezligi ham o’zgaradi. Ana
shu jarayonlarning hammasi harakat aktini yuzaga chiqarish uchun eng yaxshi
sharoit tug’diradi.
Murakkab ravishda uyg’unlashgan harakat aktining yuzaga chiqishida
po’stloq ostidagi tuzilmalar (orqa miya, uzunchoq miya, miyacha va shu kabilar)
gina emas, balki bosh miya po’stlog’i ham qatnashadi. Masalan, mehnat jarayonida
qilinadigan harakatlari yoki sportchi qiladigan harakatlarni uyg’unlashtirishda va
shunga o’xshashlarda bosh miya po’stlog’ining shartli reflektor holati ayniqsa katta
ahamiyatga egadir.
Gap shundaki, odamdagi harakatlarning juda ko’p shakllari shartli reflektor
harakatlarning juda ko’p formaning kichik bir gruppasigina shartsiz reflektor
harakatlardan iboratdir.
Yuqorida aytilganidek, organizm retseptorlarining ta’sirlanishiga javoban,
umuman xilma-xil muskullarni qisqartirmaydi, balki qat’iyan ma’lum muskullar
bilan bog’langan ba’zi nuqtalari tormozlanib, boshqa muskullar bilan bog’langan
nuqtalari qo’zg’algan bo’lsa, shunday hodisa ro’y berishi mumkin.
Markaziy asab tizimida bir-biri bilan bog’langan ikki jarayon, ya’ni
qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari doimo bir-biriga ta’sir etib turadi.
Bosh miya po’stlog’ining ba’zi nuqtalarida qo’zg’alish jarayoni kelib chiqishi
bilan boshqa nuqtalarida tormozlanish jarayoni kelib chiqadi, shuningdek bosh
miya po’stlog’ining ba’zi nuqtalarida tormozlanish jarayoni paydo bo’lsa, boshqa
nuqtalarida qo’zg’alish jarayoni kelib chiqadi.
Markaziy asab tizimida qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari uzluksiz
ravishda bir-biriga ta’sir etib turadi, shunga ko’ra, g’oyatda murakkab, uyg’un
harakatlar refleks yo’li bilan yuzaga chiqadi.
Har qanday bo’g’imda ikki guruh muskullari borligi tufayli harakatlana oladi.
Bu muskullar bo’g’imdan oshib o’tgan bo’ladi va qisqarganda harakatni yuzaga
chiqaradi. Bir juft muskullar yordami bilan faqat bukiladigan va yoziladigan eng
oddiy bo’g’imni olaylik. Shu muskullardan biri qisqarib, bo’g’imni bukadi,
ikkinchisi qisqarib yozadi.
Qo’l-oyoq bukilganda bukuvchi muskul qisqarib, ayni vaqtda yozuvchi
muskulni tortib cho’zadi, deb o’ylasa bo’lar edi. Ammo yozuvchi muskulning payi
suyakdan ajratib qo’yilsa, yozuvchi muskulning baribir bo’shashishi
tekshirishlarda ma’lum bo’ldi. Bu tajriba markaziy asab tizimining turli
funksiyalarini o’taydigan muskullar (bu misolda bukuvchi va yozuvchi muskullar)
bilan bog’langan qismlarida qo’zg’alish jarayoni ham yuz beradi degan taxminni
tasdiqladi. Qo’l va oyoq bukilganda yozuvchi muskullar markazida qo’zg’alish
kelib chiqadi, lekin shu bilan bir vaqtda yozuvchi muskullar markazida
tormozlanish jarayoni ro’y beradi. Bir qo’l yoki oyoqdagi muskullarning
markazlari o’rtasidagina emas, qarama-qarshi ikki qo’l oyoqdagi muskullarning
markazlari o’rtasida ham muayyan o’zaro munosabatlar borligi keyingi
tekshirishlarda to’lig’icha aniqlandi.
Odam yurganda goh bir oyog’i, goh ikkinchi oyog’i bukiladi: ayni vaqtda bir
tizza bukilib, ikkinchi tizza yoziladi. Muayyan paytda chap tizza bukilgan, o’ng
tizza esa yozilgan deyaylik, shunga ko’ra, chap oyoqning bukuvchi muskullarining
markazi qo’zg’alish holatida bo’ladi. Qarama-qarshi tomonda teskari hodisa
kuzatiladi; o’ng oyoqdagi yozuvchi muskullarning markazi qo’zg’alib, bukuvchi
muskullarning markazi tormozlangan bo’ladi.
Dastlab N.Ye.Vvedenskiy kashf etgan shunday bir-biriga bog’liq
innervatsiya barqaror va doimiy bir narsa emas. Bosh miya ta’sirida bu
munosabatlar sharoitga qarab o’zgarishi mumkin. Odam yoki hayvon zarur
bo’lganda ikkala oyog’ini bir vaqtda bukishi, sakrashi mumkin va hakazo.
Bosh miya shartli reflekslar asosida ishlash yo’li bilan mavjud nisbatlarni
o’zgartirib, yangi kombinatsiyalar barpo eta oladi, odamning mehnatda murakkab
harakatlarni qilishi yoki suzishda, akrobatik mashqlarda va shu kabilarda tegishli
harakatlarni bajarishi bosh miyaning shu qobiliyatiga bog’liq.
A.A.Uxtomskiy dominanta tamoyilini kashf etganligi munosabati bilan
koordinatsiyaga oid ba’zi masalalar yanada oydinlashadi. Muayyan paytda
markaziy asab tizimida ustun turgan qo’zg’alish o’chog’ini A.A.Uxtomskiy
dominanta deb atagan edi. Ustun turuvchi bunday qo’zg’alish o’chog’i boshqa
markazlarga keluvchi qo’zg’alish to’lqinlarini o’ziga jalb qilib, shular hisobiga
kuchaya oladi. Bu paytda boshqa markazlarda tormozlanish jarayoni boshlanadi.
Shunga ko’ra markaziy asab tizimida ustun turuvchi qo’zg’alish o’chog’i
bo’lganda koordinatsion nisbatlar o’zgaradi. Markaziy asab tizimiga keluvchi
qo’zg’alish hamisha o’zi vujudga keltiradigan javob reaksiyasini yuzaga
chiqarmay, dominantaga xos bo’lgan javob reaksiyasini yuzaga chiqaradi.
Masalan, hayvonning ovqat yutish harakatlarini bajarib turganida bosh miya
po’stlog’idagi harakatlantiruvchi zonaning ayrim nuqtalari ta’sirlansa, tegishli
muskullar qisqarmay, ovqat yutish harakatlari kuchayadi.
Hayvonot dunyosi rivojlangan sari bosh miya po’stlog’ining ahamiyati tobora
oshadi. Tuban darajadagi hayvonlarda, masalan baqada murakkab harakatlarning
yuzaga chiqishi uchun faqat orqa miyaning butun bo’lishi kifoya bo’lsa, yuqoriroq
darajadagi hayvonlarda harakatlar koordinatsiyasining yuzaga chiqishi uchun bosh
miya hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’la boshlaydi. Odamda esa harakatlarni bosh
miya po’stlog’i idora etadi.
Odamdagi harakatlarning koordinatsiyasida bosh miyaning po’stloq ostidagi
bo’limlari, ya’ni o’rta miya, miyacha va shu kabilar ham qatnashadi. Ammo
odamda harakatlar bosh miya po’slog’ining ta’siri bilangina murakkab tarzda
uyg’unlashadi. Shuni aytib o’tish kerakki, bosh miyaning po’stloq ostidagi
tuzilmalari, masalan, miyacha faoliyati buzilganda harakatlar koordinatsiyasi
muayyan tarzda buziladi.
Uyg’unlashgan murakkab harakatlar yuzaga chiqishi uchun markaziy asab
tizimining hamma bo’limlari kelishib ishlashi kerak. Bosh miya po’slog’i esa ana
shu bo’limlarning kelishib ishlashini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: