Periferik nervlarning ayrim organlar faoliyatiga tormozlovchi ta’sir etishini
bilamiz. Qon aylanishi degan bo’limda adashgan nervning tormozlovchi ta’sir
ko’rsatishini bir necha marta aytgan edik. Bu nerv yurak faoliyatini susaytiradi va
hatto butunlay to’xtatib qo’ya oladi. Hazm organlari, shuningdek boshqa
organlarning faoliyatini tekshirganimizda turli nervlarning tormozlovchi ta’sir
etdi. Sechenovgacha markaziy asab tizimida faqat qo’zg’alish jarayoni bo’ladi deb
I.M.Sechenov markaziy asab tizimida tormozlanish hodisasi borligini baqa
ustida tajriba qilib kashf etdi. Shu maqsadda baqaning bosh miyasi ochilib, ko’ruv
do’mboqlarining yuqori chegarasidan ko’ndalangiga qirqildi. Bosh miyaning
oldingi qismi batamom olib tashlanadi. Shu tariqa operasiya qilingan baqada
bukish refleksining vaqti aniqlandi. Refleks vaqtining qanchaligi aniqlangandan
keyin ko’ruv do’mboqlariga osh tuzining kristali qo’yiladi. Ximiyaviy ta’sirot
tufayli bukish refleksi tormozlandi va refleks vaqti uzayib ketdi. Rus
fiziologiyasiga asos solgan I.M.Sechenov markaziy asab tizimida qo’zg’alish
jarayoni bilan birga tormozlanish hodisasi ham bo’lishligini shu ulug’ kashfiyoti
bilan shak-shubhasiz aniqladi.
Bundan tashqari, orqa miya reflekslariga markaziy asab tizimining oliy
bo’limlari ta’sir etishi va orqa miyaning reflektor faoliyati o’sha bo’limlar ta’sirida
o’zgarishi ham isbot etildi.
I.M.Sechenovning kashfiyoti butun bir seriya tajribalarning boshlanishiga
asos bo’ldi. Sechenovning avvalgi tajribasidagi kabi nerv markazlari bevosita
ta’sirlangandagina emas, ikkita yoki bir nechta retseptor bir vaqtning o’zida
ta’sirlanganda ham tormozlanish jarayoni boshlanishi mumkinligi keyingi
tajribalarda ma’lum bo’ldi. Agar ikkita yoki bir nechta retseptor bir vaqtda
ta’sirlansa, gavdaning ta’sirlangan turli qismlaridan markaziy asab tizimiga
qo’zg’alish to’lqinlari boradi. Turli nervlar orqali kelgan qo’zg’alishlar o’rtasida
kurash boradi, shu bilan birga kuchliroq qo’zg’alish to’lqini sust qo’zg’alish
to’lqinini bosib ketadi. natijada, sust qo’zg’alishga javoban kelib chiqadigan
refleks tormozlanadi.
Yuqorida aytilgan hamma tekshirishlar natijasida shu narsa aniqlandi:
birinchidan, badanning turli qismlaridan yoki nerv tizimining turli bo’limlaridan
qo’zg’alish to’lqinlari refleks markaziga bir vaqtda kelsa, refleks tormozlanishi
mumkin; ikkinchidan, qo’zg’alish jarayoni kabi tormozlanish jarayoni ham
markaziy asab tizimida har qanday reflektor aktda kelib chiqishi mumkin.
Reflekslarning tormozlanishiga taalluqli bir necha misolni ko’zdan
kechiraylik. Spinal baqaning oyog’i sulfat kislota eritmasiga tushirib qo’yilsa va
ayni vaqtda ikkinchi oyog’i pinset bilan qisilsa, baqa kislotadagi oyog’ini ikkinchi
qisilishidan oldingi galdagiga qaraganda ancha kech tortib oladi. Bukish refleksi
tormozlanadi. Badan qattiq og’riganda himoya harakatlarini qilmaslik uchun odam
ko’pincha tishini-tishiga qo’yadi; qitig’i kelganda ko’lmaslik uchun tilini tishlab
turadi va hakazo.
Ko’pgina reflekslar bosh miya ta’sirida tormozlanishi mumkin. Masalan,
ixtiyoriy muskullar ishtiroki bilan bo’ladigan reflekslardan siydik chiqarish, ko’zni
ochib-yumish va boshqa reflekslarni to’xtatib turish mumkin. Qo’zg’alish va
tormozlanish bir-biri bilan chambarchas bog’langan jarayonlardir. Ular aslida
yagona nerv jarayonining turli ko’rinishlaridir.
Markaziy asab tizimidagi tormozlanish hodisasining I.M.Sechenov tomonidan
kashf etilishi keyinchalik organizmda harakatlar koordinatsiyasi (uyg’unlashuvi)
kabi murakkab hodisani tekshirishga imkon berdi.
Dostları ilə paylaş: