Fiziologiya, genetika va biokimyo kafedrasi



Yüklə 351,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/20
tarix30.01.2022
ölçüsü351,77 Kb.
#51834
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
markaziy asab tizimi (1)

intiluvchi  qismini  hosil  qiladi.  Ular  retseptorlarda  kelib  chiqqan  qo’zg’alishni 

markaziy asab tizimiga o’tkazadi. Markaziy asab tizimidagi yuqoriga ko’tariluvchi 

yo’llarning neyronlari ham reflektor yoyning shu qismiga kiradi. Qo’zg’alish ana 

shu yo’llar orqali markaziy asab tizimining oliy bo’limlariga o’tadi. 

Markaziy  asab  tizimining  pastga  tushuvchi  yo’lllari  refleks  yoyining 

markazdan  qochuvchi  qismini  hosil  qiladi.  Qo’zg’alish  shu  yo’llar  orqali  oliy 

bo’limlardan  quyi  bo’limlarga  –  qo’zg’alishni  organga  o’tkazadigan  neyronlarga 

o’tadi.  Shunday  qilib,  reflektor  yoyning  bu  qismiga,  pastga  tushuvchi  yo’llardan 

tashqari  markazdan  qochuvchi  oxirgi  neyronlar  ham  kiradi.  Oxirgi  neyronlar  yo 

harakatlantiruvchi  neyronlardan  yoki  vegetativ  asab  tizimining  neyronlaridan 

iboratdir. 

Reflektor  yoyning  markaziy  qismi  qo’shimcha  neyronlardan  hosil  bo’ladi. 

Bu neyronlar markaziy asab tizimidan tashqariga chiqmaydi va retseptorlar hamda 

organlar bilan bevosita bog’lanmaydi. 

Markazga intiluvchi tolalar markazdan qochuvchi nerv hujayralariga bevosita 

bog’lanmay,  qo’shimcha  neyronlarda  tugaydi  va  faqat  qo’shimcha  neyronlargina 

markazdan qochuvchi nerv hujayralari bilan bog’lanadi. 

Qo’zg’alishning  o’tishi  va  refleksning  yuzaga  chiqishi  uchun  reflektor  yoy 

butun bo’lishi kerak. Refleksning yo’qolishi uchun retseptorlarni olib tashlash yoki 

falaj  qilish  yoxud  markazga  intiluvchi  yo’lni  qirqib  qo’yish  kifoya.  Bunda 

qo’zg’alish  sezilmasligi  yoki  o’tmasligi  tufayli  refleks  yo’qoladi,  orqa  miya 

yemirib  tashlansa  yoki  markazdan  qochuvchi  nerv  qirqib  qo’yilsa  ham  reflekslar 

yo’qoladi.  Shunday    qilib,  reflektor  yoyning  hamma  qismlari  birday  muhimdir, 

refleks  yuzaga  chiqishi  uchun  reflektor  yoyning  hamma  qismlari  butun  bo’lishi 

shart.  Har  bir  refleks  gavdaning  muayyan  qismlari  ta’sirlanganda  kelib  chiqadi. 

Baqaning  oyoq  terisiga  ta’sir  etib,  oyog’ini  buktirish  mumkin,  ko’krak  terisiga 

ta’sir  etilgandagina  quchoqlash  refleksi  kelib  chiqadi  va  hakazo.  Ta’sirlanganda 

muayyan  refleksni  keltirib  chiqaruvchi  refeptorlar  terining  qaysi  qismiga 

joylashgan bo’lsa, o’sha qismi refleksning sezuvchi maydoni  deb ataladi.   

Turli  reflekslarning  sezuvchi  maydonlari  ro’y-rost  chegaralangan  bo’lmay, 

ko’pincha bir-biriga o’tib ketadi. 

Tanamizning  retseptorlari  eksteroretseptorlar  va  interoretseptorlar  deb  ikkita 

katta  guruhga  bo’linadi.  1.Tana  sirtidagi  retseptorlar  –  eksteroretseptorlardir

Ular tashqi dunyodagi narsalardan organizmga keluvchi ta’sirlarni sezadi. 2.Tana 

ichidagi  retseptorlar  –  interoretseptorlardir.  Bular  o’z  navbatida  ichki 

organlarning,  tomirlarning  va  turli  to’qimalarning  retseptorlariga  bo’linadi.  Bu 

retseptorlar organizmning ichki ahvolidagi o’zgarishlarni sezadi. 

Muskullar,  paylar,  bo’g’imlarning  retseptorlari  –  proprioretseptorlar  garchi 

interoretseptorlarga  kirsa  ham,  alohida  muhim  ahamiyati  borligidan      mustaqil 

guruh qilib ajratilishi mumkin.  Prorioretseptorlar organizmdagi ayrim qismlarning 

fazodagi holati  o’zgarishini  sezadi.  Yuqorida ko’rsatilgan  retseptorlardan  har  biri 

ta’sirlanganida tegishli refleks vujudga chiqadi. 

Spinal  baqaning  bukish,  qashish  va  boshqa  reflekslarini  ko’zdan 

kechirganimizda teri retseptorlarining ta’sirlanishi kelib chiqadigan reflekslar bilan 



tanishgan  edik.  Hazm  qilish,  qon  aylanish,  nafas  olish  organlarini  va  boshqalarni 

tekshirganda  ichki  organlar,  shilliq  pardalar  va  tomirlardan  kelib  chiquvchi 

reflekslarni  bir  necha  marta  ko’rgan  edik.  Aorta  yoyidagi  bosim  oshganda 

yurakning sekinroq urishi va tomirlarning kengayishi bunday refleksga misol bo’la 

oladi. Bu holda depressor nervning retseptorlari ta’sirlanadi, qo’zg’alish shu nerv 

orqali uzunchoq miyaga borib, keyin adashgan nervning markaziga (bu nerv yurak 

faoliyatini  susaytiradi)  va  tomirlarni  harakatlantiruvchi  umumiy  markazga  o’tadi 

(tomirlarni  harakatlantiruvchi  umumiy  markaz  tomirlarni  kengaytiradi).  Nihoyat, 

muskullar,  paylar  yoki  bug’imlardan  boshlanuvchi  reflekslar  shu  organlar  

cho’zilganda kelib chiqadi va gavdamizning muayyan vaziyatini saqlashda muhim 

rol o’ynaydi. Pay reflekslari deb ataladigan reflekslar shunday reflekslarga kiradi. 

Pay  reflekslariga  tizza  refleksini  misol  qilib  ko’rsatish  mumkin.  Tizza  refleksi 

hammaga ma’lum: bunda payga urilsa, muskullar bir qadar qisqarib oyoq yoziladi. 

Odamdagi  bir  muncha  doimiy  reflekslarni  o’rganish  klinikada  muhim 

ahamiyatga  egadir,  chunki  bu  –  markaziy  asab  tizimidan  muayyan  qismining 

zararlanganligini  bilishga  imkon  beradi.  Shu  xildagi  bir  muncha  doimiy 

reflekslarga  teri,  pay  va  ko’zning  ba’zi  reflekslari  kiradi  (qorin  devorining 

ta’sirlangan joyidan qisqarishi, qorachiqning torayishi, oyoqning tizza bo’g’imidan 

yozilishi va hakazo). 

Yuqorida  keltirilgan  ikki  yoki  uch  neyronli  reflektor  yoyning  chizmasida 

ko’rsatilganidek tasavvur qilish noto’g’ri va xato bo’lur edi. Bunday chizma faqat 

shu hodisani o’rganish va tushunishni yengillashtirish maqsadida ishlatiladi, xolos. 

Haqiqatda  har  bir  refleks  ancha  murakkab  hodisadir,  refleksning  yuzaga 

chiqishida  ikki  yoki  uch  neyron  emas,  balki  ko’proq  neyronlar  qatnashadi. 

Qo’zg’alish  markaziy  asab  tizimiga  borib,  orqa  miyaning  ko’pgina  bo’limlariga 

yoyiladi  va  bosh  miyaga  yetib  boradi,  deb  tasavvur  qilish  kerak.  Ko’pgina 

neyronlarning o’zaro ta’sir etishi natijasidagina organizm ta’sirotiga javob beradi.  


Yüklə 351,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin