Havoni changdan tozalashning maqsadlari, vositalari va texnik- iqtisodiy ko’rsatgichlari Ma’lumki, ishlab chiqarish korxonalarida materiallarni yanchish, aralashtirish,
uzatish va quritish jarayonida zarrachalarining o’lchami 3-70 mkm atrofida bo’lgan
changlar
paydo
bo’ladi.
Yoqilg’ilarni
yoqish
paytida
tutunlar,
bug’larni
kondensasiyalashda esa, tumanlar paydo bo’ladi. Tutun va tumanlar tarkibidagi qattiq
va suyuq zarrachalarning o’lchami 0,3-5,0 mkm atrofida bo’lishi mumkin.
Sanoat korxonalarida havo yoki gazlarni boshqa aralashmalardan tozalash uchun
quyidagi usullardan foydalaniladi:
1. Og’irlik kuchi ta’sirida changni cho’ktirish.
2. Markazdan qochma kuchlar ta’sirida changni cho’ktirish.
3. Elektr kuchlari ta’sirida (maydonida) changni cho’ktirish.
4. Changli havoni filtrlash.
5. Changli havo yoki gazlarni yuvish yo’li bilan tozalash.
Havo yoki gazlarni boshqa aralashmalardan tozalash uchun bir qator tozalash
qurilmalari ishlatiladi: chang cho’ktirish kameralari, siklonlar, skrubberlar (shu
jumladan, Venturi skrubberi), uyurmali chang ushlagichlar, rotasion qurilmalar, qattiq
materiallardan tayyorlangan filtrlar, elektr filtrlari va hokazolar.
Havo yoki gazlar 3 asosiy maqsadlarda tozalanadi:
1. Atrof-muhit havosining ifloslanishini kamaytirish, ya’ni havo tarkibidagi
changning miqdorini uning ruxsat etilgan chegaraviy konsentrasiya
(RECHK)sidan oshib ketmasligini ta’minlash uchun.
2. Havo yoki gaz tarkibidan qimmatbaho mahsulotlarni ajratib olish uchun.
3. Texnologik jarayonlarga salbiy ta’sir etuvchi va asbob-uskunalar hamda
qurilmalarning buzilishini tezlashtiruvchi moddalarni havo aralashmalari
tarkibidan ajratib olish uchun.
Shuni yodda tutish kerakki, havo yoki gaz tolzalangan hisoblanadi, agar havo
tarkibidagi changning miqdori uning RECHKsini 30%ni tashkil etsa. Aks holda havo
toza hisoblanmaydi. Masalan, havo tarkibida uglerod oksidi (SO) ning havodagi
RECHKsi 5 mg/m
3
ga tengdir.
Yuqoridagi ta’rifga asosan proporsiya tuzamiz: