86
Sanoatda adsorbsiya usuli gazlarni turli zaharli modddlardan tozalash uchun
qo’llaniladi. Adsorbsiya usuli yordamida changli havo aralashmalaridan havoni tozalab
olish mumkin. Bundan tashqari, adsorbsiya usuli yordamida ba’zi bir qimmatbaho
moddalarni ushlab qolib, boshqa qolgan moddalarni texnologik jarayonga qaytarish
mumkin.
Adsorbentlar kerakli moddani yutib olish qobiliyati bilan, ya’ni adsorbsiya
kattaligi bilan ifodalanadi. Adsorbsiya kattaligi esa a, g/100g bilan ifodalanadi. Buning
ma’nosi shundan iboratki, u 100 g adsorbent necha gramm gaz yoki suyuqlikni o’ziga
yutib olganini ko’rsatadi. Adsorbsiya kattaligining qiymati qancha katta bo’lsa, demak
adsorbent siftida qo’llanilgan modda shuncha yaxshi adsorbent hisoblanadi.
SHuni alohida ta’kidlash kerakki, a adsorbentning kimyoviy tarkibiga,
xossalariga va zaharli modda (ya’ni, adsorbat)ning xossalariga bog’liq bo’ladi. Bundan
tashqari, adsorbasiya kattaligi a tashqi omillarga, ya’ni tozalanayotgan havo yoki gaz
tarkibidagi zaharli moddaning bug’ bosimiga va haroratiga bog’liq bo’ladi.
Adsorbsiya kattaligining bosimga bog’liqligi quyidagi adsorbsiya izotermalari
tenglamasi bilan ifodalanadi:
p
в
p
B
a
a
*
1
*
*
max
bu erda
a ma’lum holatdagi adsorbsiya kattaligi, mol/g;
a
max
– qo’llanilgan adsorbent uchun adsorbsiya kattaligining maksimal qiymati,
mol/g;
v – adsorbsiya koeffisienti, 1/Pa;
r – zaharli moddaning bug’ bosimi, PaR, kPa
Dostları ilə paylaş: