O’zbekiston respublikasi oliy talim vazirligi samarqand veterinariya medisinasi instituti tabiiy va ilmiy fanlar kafedrasi



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/64
tarix19.05.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#58685
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   64
biofiz usl 2018 maruz am

Radioaktivlik deb - muqarrar bo’lmagan yadrolarning o’zidan boshqa 
yadrolar yoki elementar zarrachalar chiqarib yemirilishiga aytiladi, buning 
xarakterli tomonlardan biri reaksiyaning o’z-o’zidan bo’lishidir (samoproizvolno). 
Radioaktivlik ikki turga bo’linadi: tabiiy va sun’iy. Tabiiy radioaktivlikni 1896 y. 
Fransuz fizigi Bekkerel uranda ochgan. Keyinchalik bu xususiyat boshqa og’ir 
yadroli elementlarga ham xos ekanligi aniqlandi. M: Aktiniy, toriy, poloniy, radiy 
va boshqa elementlarda. Poloniy va radiy nurlanishni 1898y. Per va Mariya 
Kyurilar ochgan. Sun’iy radioaktivlik esa yadro reaksiyalari paytidagi 
nurlanishlarda yuz beradi. 
Tabiiy va sun’iy radioaktivlikda prinsipial farq yo’q. Bular uchun umumiy 
qonuniyatlar o’rinlidir. Radioaktiv nurlanishlar o’z tabiatiga qarab murakkabdir. 
Nurlanishlarning uchta turi mavjud, ya’ni alfa, beta, gamma nurlanishlar. 
1. Alfa nurlanish. Bunda yadro alfa zarrachalar chiqarib boshqa yadroga 
aylanadi. Buni quydagi ko’rinishda tasvirlash mumkin. 

4
2
4
2






A
Z
A
Z
X-onalik yadro, Y-bolalik yadro. M: Uranning toriyga aylanishi. 
Ona yadro massasi bola yadro va 

zarralar massasidan katta bo’ladi 
(demak energiyalar ham katta). Bu energiyalar farqi alfa zarracha va bola yadro 
kinetik energiyasiga teng bo’ladi. Reaksiyadan so’ng bola yadro normal ham, 
uyg’ongan holda ham bo’lishi mumkin. 

zarralar elektr va magnit maydonlarida 
og’adi. 

-zarracha zaryadi +e. ga massa soni 4 ga teng. Alfa zarrachalar radioaktiv 
moddalardan 10000-20000 km/s. tezlik bilan uchib chiqadi. Bu esa 4-9 MeV 
kinetik energiyaga tengdir. Alfa zarrachalar moddadan o’tganda ularga o’z 
maydoni bilan ta’sir qilib ionlashtiradi va ikkita elektron qo’shib olib neytral geliy 
atomiga o’tadi. Alfa zarraning havoda o’tish yo’li 3-9 sm. va ionlashtirish 
qobiliyati 250000 juft ionga teng. Alfa zarrachalar qalinligi 0,06 mm bo`lgan Al 
qatlamida yoki 0,12 mm bo`lgan biologik to’qima qatlamida to’la yutiladi. 
2. Betta yemirilish – bu yadro ichida neytron va protonlarning o’zaro 
aylanishiga aytiladi. Buning 3 xil turi mavjud. 
A) Elektron yoki betta yemirilish. Bunda yadrodan betta zaracha (elek-
tron) uchib chiqadi. Betta zarrachaning energiyasi 0-dan E
m
gacha. Spektori tutash. 
Bu esa yadroning diskret energetik holatlardan tashkil topganligi to’g’risidagi 
tasavvurlarga to’g’ri kelmaydi. Shuning uchun 1932 y Pauli bu holda betta 


71 
zarrachalar bilan kichik massali boshqa zarrachalar ham chiqadi degan gipotezani 
aytdi. Buni Fermi neytrino deb atadi. Keyinchalik aniqlanishicha neytrino betta 
minus- yemirilishida hosil bo’lar ekan. Betta yemirilishda esa antineytrino hosil 
bo’lar ekan. 
Betta yemirilish sxemasi quydagicha tasvirlanadi. 









0
1
1
A
Z
A
Z
(5.14) 
M: tritiyning geliyga aylanishi 
Betta - yemirilish yadro ichida neytronning protonga aylanishida ham 
bo`ladi 
B) Pzitronli yoki betta + yemirilish sxemasi quyidagicha tasvirlanadi: 









0
1
1
A
Z
A
Z
6
(5.15) 
Yadroda pozitronning neytronga aylanishi ham beta+ yemirilishga kiradi. 
V) Elektron yoki e-ushlab olish (zaxvat). 
Bunda yadro birorta ichki elektronni qabul qilib atomdagi uning protonini 
neytronga o’tkazadi. 







n
1
0
0
1
1
1
(5.16) 
M: Beriliyning litiyga o`tishi. 

- zarrachalar massasi 

- zarrachalarnikidan - 7350 marta kichik, o’rtacha 
tezligi 160000 km/s energiyasi 0,001-10 MeV oralig’ida. Shuning uchun bularning 
ionlashtirish qobiliyati 

zarrachalarnikidan 100 marta kichik. Moddadan o’tish 
masofasi esa shuncha kattadir. M: Havoda 40 m.gacha Al da 2 sm va biologik 
to’qimada 6 sm. gacha kiradi. 
3.ﻻ - nurlanish – chastotasi juda katta (10
20
Gs). To’lqin uzunligi esa juda 
kichik (10
-12
m). bo’lgan fotonlar oqimidan iborat bo’lib, energiyasi 1 MeV 
atrofida. ﻻ-nurlar eng qattiq elektromagnit nurlar bo’lib, rentgen nurlariga 
o’xshash. Zaryadi nol, tezligi 300000 km/s – c ga teng. Kristaldan o’tganda 
difraksiyalanadi. ﻻ - nurlar atom yadrosidan chiqadi. ﻻ - nurlar ionlashtirish 
qobiliyati kichik, u havoda 100 ta (1sm da 1-2 ga juft) ion hosil qiladi. o’tish 
qobiliyati katta, havoda yuzlab metr. 5 sm qo’rg’oshinda yutiladi va kishi tanasidan 
bemalol o’tadi. Radioaktiv nurlanish atomlarning elektron qobiqlaridan emas, balki 
atom yadrosidan chiqadi. 
Radioaktiv nurlanish statistik hodisa bo’lib, berilgan nestabil yadro qachon 
yemirilishini aytish qiyin. Faqat ehtimolligini aytish mumkin. Juda ko’p yadrolar 
uchun yemirilmagan yadrolarning vaqtdan bog’liqligini ifodalovchi statistik 
qonunni chiqarish mumkin. Agar dt vaqt ichida dN ta yadro yemirilsa, u holda 
quyidagini yozish mumkin: 
dN= -

Ndt (5.17) 

- yemirilish doimiysi, turli yadrolar uchun turlicha. 
“-“ har doim dN<0 ekanligini, ya’ni yemirilganda radioaktiv moddalir doim 
kamayib borishi ko’rsatadi. (12.8). ni intepgrallab quyidagini olamiz. 
N=N
0
e-

(5.18) 
Bu radioaktiv yemirilishning asosiy qonunidir. Amalda 

o’rniga yarim 
yemirilish davri qo’llaniladi. 


72 
T. Yadroning yarim yemirilish uchun ketgan vaqtga yarim yemirilish davri 
deyiladi. 

va T orasidagi bog’lanishni topish uchun (12.8)da N=N
0
/2 t=T deb 
olamiz. U holda N
0
/2=N
0
e
-

T
yoki 1/2=e
е


Aktivlik vaqtga qarab eksponensial qonun bo’yicha kamayib boradi. 
Aktivlik birligi Bekkerl (Bk). 
T. 1Bk deb, 1s.da 1ta yemirilish bo’ladigan manbaning aktivligidir. 
Sistemadan tashqari va ko’p ishlatiladigan aktivlik birligi. 1Ku (kyuri) = 
3,7*10
10
Bk=3,7*10
10
c
-1

Yana boshqa birlik 
1Rf (rufford)=10
6
Bk. 1Rf=1/37000 Ku. 
Radioaktiv manba birlik massasining aktivligini xarakterlash uchun - 
solishtirma massa aktivligi kiritilgan (Bk/kg) 
Atom yadrolarini va yadrodagi ichki jarayonlarni o’rganishda juda ham kichik 
zarrachalar (elektronlar, protonlar. 

-zarrachalar va hokazolar) bilan ish ko’rishga 
to’g’ri keladi. Bu mikrozarrachalarni kuzatish va qayd qilish uchun yadro 
fizikasida asosan quyidagi asboblar va usullardan foydalanadi: ionizasion 
schyotchik, ssintillyasiya schyotchigi, Vilson kamerasi, pufakli kamera, qalin 
qatlamli fotografiya emulsiyasi va boshqalar. 
1. Ionizasion schyotchik - bu harakatlanayotgan zaryadlangan mikrozar-
racha gazni ionlashtirishida gazda razryad paydo bo`lishini qayd qiladi. 
Bu Geyger - Myuller schyotchigi. U shisha ballondan iborat bo’lib, ichi 100 
- 200 mm.sm ust. bosimida gaz bilan to’ldirilgan. Kondensatorga yuqori Omli (10
Om) qarshilik orqali kuchlanish beriladi. Agar kondensatorga zaryadlangan zarra 
uchib kirsa, gazni ionlashtiradi va gaz rozryadi vujudga keladi. 
Kondensator zanjiridan o’tadigan qisqa muddatli tok, qarshilikda 
kuchlanishni hosil bo’ladi. Kuchlanishning bunday tebranishi odatdagi radiotexnik 
usullarda kuchaytiriladi va so’ngra signal lampochkasinng chaqnashi yoki 
elektrotexnik schyotchik strelkasining harakati bilan qayd qilinadi. Bu schyotchik 
har sekuntda 10000 zarrachani qayd qila oladi. 
Ba’zi detektorlar zarrachalarning trayektoriyasini aniqlashda qo’llaniladi. 
Bularga Vilson kamerasi, diffuzion va pufakchali kameralar shular jumlasidandir. 
2. Vilson kamerasi. 1912 y Ingliz Vilson ixtiro qilgan. Havoda uchib 
o’tayotgan mikrozarraga hosil qiladigan ionlarning o’ta to’yingan bug’ 
uchun kondensatsialanish yadrolari bo’lib qolishiga asoslangan. 
Bunda havo tajribadagi suv bug’i o’ta to’yingan holatga o’tadi va kameraga 
silindr devorining yupqa qismidan o’tib kirgan mikrozarracha hosil qilgan ionlarda 
kondensasiyalanadi. Zarrachalarning butun yo`lini suv tomchilari qoplaydi. 
Kameraning ichki hajmini yoritib, bu yo’lni – treklarni kuzatish yoki suratga olish 
mumkin. Trektning ko’rinishiga qarab ionlashtiruvchi zarachaning tabiati 
to’g’risida fikr yuritish mumkin (masalan elektronning trekti, 

– zarrachasidan 
ingichkaroq va uzunroq bo’ladi). 
Zaryadlangan zarralar moddaga tushganda yadrolar va elektronlar bilan 
ta’sirlashadi, natijada moddaning va zarrachaning holati o’zgaradi. Bunda asosiy 
mexanizm 


,
zarrachalarning moddada ionizasiyon tormozlanishi natijasida 


73 
energiyasining bir qismining yo’qolishidir, uning kinetik energiyasi modda 
atomlarni ionlashga sarf bo`ladi . Modda bilan ta’siri miqdoran 3 ta kattalik bilan 
aniqlanadi: solishtirma ionizasiya, solishtirma ionizasion yo’qotish, zarrachaning 
moddadagi yo’li. 
T. Solishtirma ionizasiya deb zarrachining moddada 1sm yo’l o’tganda 
hosil qilgan ionlar soniga aytiladi. 
T. Solishtirma ionizasion yo’qotish (dE⁄dx) deb zarrachaning 1sm 
moddada yurganda energiyasining o’zgarishiga aytiladi. 
T. Zarrachaning moddadagi yo’li (R) deb bu zarrachaning moddada tez-
ligi issiqlik harakati tezltgidan katta tezlikda harakatlanadigan masofaga aytiladi. 

- zarrachalarning muhitda bosib o’tgan yo’l solishtirmai ionizasiyadan 
bog’liqdir. 
Bitta malekulani ionlashtirish uchun 3 -4 eV ga yaqin energiya talab 
qilingani sababli dE⁄dx=0,7 1/. 2,7 MeV/sm oralig’ida bo’ladi. 

– zarrachaning suyuqlikda va to’qimada ya’ni tirik organizmda o’tish yo’li 
10 - 100 mkm.ga teng. 
Zarrachaning tezligi molekulalar issiqlik harorati tezligigacha sekinlashgach, 
u moddada 2 elektron tutib olib, geliy atomiga aylanadi. 
Ionizasiya va uyg’anish birlamchi jarayonlardir ikkilamchi jarayonlar esa 
molekulyarkinetik harakat tezligi oshishi, xarakteristik rengen nurlar chiqishi, 
radiolyuminissensiya, ximik jarayonlardir. 

–zarrachalarning yadro bilan ta’siri, ionizasiya jarayonidan ancha 
ehtimolligi kamdir. 

– zarrachalar to’qimalarga 10-15 mm kiradi. Suvning 1,1 mm fosfordan 
(
15
32
P) chiqqan 

– nurlarni 2 marta zaiflashtiradi. ﻻ- nurlar moddaga tushganda 
rentgen nurlariga xos bo’lgan jarayonlarda (kogerent sochilish, Kompton effekt, 
foteffekt) tashqi elektron – pozitron juftligi hosil bo’ishi, fotoyadroviy reaksiyalar 
ﻻ–fotonlar atomlarni ionlashtiradi ham. 
Ionlashgan zarrachalarning biologik ta’sirlari turlichadir. M: neytrino biologik 
ta’sir qilmaydi. 

– zarrachalar ham to’qimaning yuza qismida to’la yutiladi. 
Shuning uchun ham uning ta’siri kuchsizdir. Bu zarrachalarning ta’sirida erkin 
radikallar yoki suvning ximik almashinuvlari (radioliz) va demak OH radikal va 
vodorod perekis hosil bo’ladi. Biologik sistema molekulalari bilan ximik 
reaksiyaga kirishadi. 
Nurlanish kichik dozasi yutilganda katta biologik buzilishlar yuz berishi 
mumkin. Nurlanish olgan obyektlarning ta’siri nasilga ham o’tadi. Shuning uchun 
nurlanishdan himoyalanish katta ahamiyatga ega. 
Nurlanishning bir xil dozasiga hujayraning turli qismlarining sezgirligi 
turlichadir, nurlanishning ta’siriga hujayralarning yadrosi eng sezgirdir. Bo’linish 
qobiliyati hujayralarning eng nozik funksiyasi bo’lgani uchun nurlanishda eng 
avval o’suvchi to’qimalar jarohatlanada. Demak nurlanish eng avval bola 
organizmi uchun ( embrionologik davridan boshlaboq) xavflidir. Odam va hayvon 
organizmi doimiy yoka davriy bo’linib turadigan hujayralardan tashkil topgan 


74 
to’qimaga, M: oshqozon va ichakning shilimshiq pardasiga, qon hosil qiluvchi 
to’qimalarga, jinsiy hujayralarga nurlanish halokatli ta’sir qiladi. 
Nurlanish ta’sirida o’simtalarni (tishlarni) davolash mumkin. 
Radioaktiv izotoplar medesinada 2 maqsadda ishlatiladi: diagnostika va 
davolashda. Diagnostika uchun nishonlangan atom usulida organizmning ma’lum 
qismiga izotop kiritiladi va o’sha qismning aktivligi aniqlanadi. M: izotop 
53
Ĵ
125
yoki 
53
Ĵ
131
hisoblagich yodning to’planishiga qarab diagnostika qilish mumkin. 
Xudi shunday izotopni o`simlik ildizlari yaqinidagi tuproqqa suv yoki havoning 
oqimiga tirik organizm to’qimalariga dvigatel moyiga kiritiladi. So’ngra 
hisoblagich yordamida kiritilgan izotopning ko’chishi kuzatiladi. Bu kuzatishlar 
natijalari analiz qilinib tekshirilgan sistemada o’tadigan jarayonlar to’g’risida 
ma’lumotlar olinadi. (boshqa birorta usul bilan o’rganib bo’lmaydigan). 
Nishonlangan atomlar qo’llanishi q/x ekinlarining fosforli oziqlanish jarayonini 
qarash bilan tushuntirish mumkin. Tekshiriladigan 
15
P
32
izotopi tuproqqa ildiz 
osdiga ko’miladi. Shundan so’ng o’simlik davriy ravishda hisoblagich tekshirilib 
turiladi. Bunda o’simlikning turli qismlaridan chiqadigan nurlanishga qarab 
fosforning taqsimlanishi haqida ma’lumot olish mumkin. M: fosforning qachon 
ildiz sistemasiga kirishi, o’simlik ichkarisida qanday tezlik bilan ko`chishi, 
o’simlikda taqsimlanishi, modda almashinuvida ishtiroki va hokazolar. Bu 
tekshirishlar odatda radioavtograflash bilan to’ldiriladi. Ya’ni o’simlik kesilib 
quritiladi va fotografiya plastinkasiga joylashtirib surati olinadi. Fosfor bor joylar 
qarayadi. Renozariyada esa Ĵ izotopi tirik organizmga ( odam yoki hayvon) 
yuborilib kardigrammasi olinadi va buyrakning ish faoliyati o’rganiladi. 
Nishonlangan atom usuli yordamida q/x ishlab chiqarishi uchun muhim bo’lgan 
fotosintez, o’g’itlarni rasional ravishda qo’llash, o’simlaklarni turli elementlarni 
o’zlashtirishi, q/h hayvonlarining ovqatlanishi, sut yog’ini va muskul oqsillarini 
sintez qilish, suv va suv bug’ining tuproqdagi ko’chishi, hashoratlarning ko’chib 
yurishi, insektisidlarning (hasharotni o’ldiradigan) ta’siri, avtotraktor detallarining 
ishqalanadigan 
qismlarining 
yemirilishi 
va 
boshqalar 
muvaffaqiyatli 
o’rgatilmoqda. 
Radioaktiv izotoplarning to’planishini organizmda gamma - tipograf 
(stinsigraf) ishlatiladi. Organizmdagi suyuqlik hajmini aniqlashda ham 
foydalaniladi. M: Qonning qanchaligini aniqlash mumkin. Davolash maqsadida ﻻ – 
nurlar qo’llaniladi. Manba sifatida CO
60
ishlatiladi. 
T. Nurlangan moddaga berilgan energiyaning shu modda massasining 
nisbatiga nurlanish dozasi (nurlanishning yutilgan dozasi) deyiladi. 
Birligi Grey (Gr) – u 1 kg massali nurlangan moddaga 1j ionlovchi nurlanish 
energiyasi berilishiga teng bo’lgan nurlanish dozasiga tengdir. 
T. Nurlanish dozasi quvvati sekundiga Greylarda (Gr/s) ifodalanadi. 
Nurlanish dozasining sistemadan tashqari birligi rad. (Radiation Absorbed Dase 
so’zlarining bosh xarflari) 1 rad=10
-2
Gr=100 erg/2 quvvatining birligi (rad/s) . 
Yutilgan doza tushunchasi tajribada kam foydalaniladi. Amalda jism yutgan 
dozani nurlanishning uni o’rab turgan hovoga ionlovchi ta’siri bo’yicha 
baholanadi. Bunda ekspozision doza deyiladi. SI sistemasida birligi (Kl/kg). 


75 
Amalda esa rentgen ishlatiladi. Bunday dozada 1sm
3
quruq havoning ionlashishi 
natijasida 0
0
C va 760 mm.sm.ust. bo`lgan vaqtda har bir ishorasi 1 birl. SGSE ga 
teng bo`lgan zaryad toshuvchi ionlar hosil bo’ladi. 
T. 1r ekspozitsion dozaning 0,001293 g quruq havoda 2,08*10
9
juft ionlar 
hosil bo’lishiga barobardir, ya’ni 1r=2,58*10
4
Kl/kg ekspozision doza quvvatining 
SI sistemasidagi birligi 1A/kg, sistemadan tashqari 1r/s. dir. 
Nurlanish va eksozision dozalar o’zaro proporsionaldir D=S*X 
S - o’tish koeffisenti. 
Suv va odam tanasining yumshoq to’qimalari uchun S=1 
Nurlanish uchun odamda nurlanish dozasi qancha katta bo’lsa, biologik 
ta’sir ham shuncha katta bo’ladi. Lekin turli nurlanishlar aynan bir xil yutilgan 
dozada ham turli xil ta’sir ko’rsatadi. 
To’qimalarda yutilgan doza birday bo’lganda berilgan nurlanish turining 
biologik ta’siri effektivligining rentgen yoki gamma nurlanish effektivligidan 
necha marta katta ekanligini ko’rsatuvchi S-koefisent sifat koeffasenti deb ataladi. 
Radiobiologiyada uni nisbiy biologik effektivligi (NTE) deb ataladi. 
Yutilgan doza sifat koeffisenti birgalikda ionlanuvchi nurlanishning biologik 
ta’siri tug’risidagi ma’lumotni beradi. Shuning uchun ko’paytma bu ta’sirnig 
umumiy o’lchami sifatida ishlatiladi va nurlanishning ekvivalent dozasi (N) 
deyiladi.N=D . K 
K-o’lchamsiz koeffisent bo’lgani uchun nurlanishning ekvivalent dozasi 
yutilgan nurlanish ekvivalent dozasiga ega bo’lgan o’lchamga ega bo’ladi, ya’ni 
zivert (Zv)deyiladi. 
Sistemadan tashqari birligi BER (biologicheskiy ekvivalent rentgena) 1. 
ber=10
-2
Zv. 
Tabiy radioaktiv manbalar (kosmik nurlar, yer bag’ri hamda suv radioaktivligi, 
odam gavdasi tarkibidan yadrolar radioaktivligi va hokaszolar) taxmina 125 mber 
ekvivalent dozaga mos fon hosil qiladi. 
Nurlaish bilan ish olib boradigan kishilar uchun bir yillik ruxsat etilgan doza 
5 ber. o’limga olib boradigan doza 60 ber 
Dozometrik asboblar deb ionlovchi nurlar dozasini o’lchash yoki dozalar 
bilan bog’langan kattaliklarni aniqlovchi asboblarga aytiladi. Tuzilishi jihattadan 
ular yadroviy nurlanish detektori va o’lchov qurilmadan iborat bo’ladi. Odatda ular 
doza yoki doza quvvati birliklarida darajalangan bo’ladi. 
Ishlatiladigan detektor turiga qarab, dozimetrlarni ionizasion, lyuminissent, 
yarim o’tkazgichli, fotodozimetrlar va boshqa turlarga ajratiladi. 
Rentgen va gamma nurlanishning ekspozision dozasini (quvvatini) 
o’lchashga mo’ljallangan dozimetrlarga rentgenometrlar deyiladi. 
Ularda detektor sifatida ionzasion kamera qo`llaniladi. Kamera zanjirlardan 
o’tuvchi zaryad ekspozision doza, tok esa uning quvvatiga proporsionaldir. 
M:MRM-2-mikrorengenometrlar DK-0,2-individual dozimetr . 
Detektorlari gaz razryad schetchiklaridan iborat bo’lgan dozimetrlar ham 
mavjud. Radiaktiv izotoplar aktivligini yoki konsenratsiyasini o’lchash uchun 
radiometrlar qo’llaniladi. 


76 
Radiasion himoyalanishning. uchta turi mavjud, vaqtdan, masofadan va 
material bilan. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin