Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining ustavi


VIII. MARKAZNING MULK VA PUL MABLAG‘LARINI



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix24.05.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#59232
1   2   3   4   5   6   7   8
Устав марказ сайтга (1)

VIII. MARKAZNING MULK VA PUL MABLAG‘LARINI 
SHAKLLANTIRISH TARTIBI 
8.1. Markaz o‘z tasarrufida binolar, inshootlar, uy-joylar, uskunalar
anjomlar, milliy va xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, 
intellektual mulk va mualliflik huquqlari obektlari, tashkilot (korxona, 
muassasa)larga va ushbu Ustavda ko‘zda tutilgan faoliyatni moddiy ta’minlash 
uchun zarur bo‘lgan va o‘z mablag‘lari hisobidan barpo etiladigan boshqa mol-
mulkka ega bo‘lishi mumkin. 


19 
8.2. Markaz, uning bo‘lim va bo‘linmalari mulkini shakllantirish manbalari 
quyidagilar hisoblanadi: 
davlat budjeti mablag‘lari; 
Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasi; 
jismoniy va yuridik, jumladan, xorijiy shaxslarning ixtiyoriy mulkiy 
badallari va ehsonlari; 
davlat buyurtmasiga asosan sohaga oid faoliyatini amalga oshirishga 
ajratilgan maqsadli moliyaviy ajratmalar va davlat ko‘magi; 
grant, subsidiya, ijtimoiy buyurtma ko‘rinishidagi davlat organlari, jamoat 
tashkilotlari, shu jumladan, xorijiy va xalqaro tashkilotlar tomonidan ma’naviy-
ma’rifiy dastur va loyihalarni amalga oshirish uchun maqsadli kelib tushadigan 
mablag‘lar; 
Ustavda belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun sarflanadigan, 
tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar (foyda); 
Markazning bosma nashrlaridan tushadigan mablag‘lar; 
qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa tushumlar. 
8.3. Markaz va uning tuzilmalari tomonidan tadbirkorlik, pullik xizmat 
ko‘rsatish hamda boshqa faoliyatidan olingan daromadlar Ustavda belgilangan 
faoliyatni 
amalga 
oshirishga, 
markazning 
moddiy 
texnik 
bazasini 
mustahkamlashga, xodimlarni moddiy qo‘llab quvvatlashga sarflanadi. 
8.4. Markazning 
hududiy 
bo‘limlari va bo‘linmalari, shuningdek, 
tasarrufdagi korxona, tashkilot, muassasalar mol-mulkini Markaz ruxsatisiz 
mustaqil ravishda balansdan chiqarishga haqli emas. 
8.5. Markazning hududiy bo‘limlari va tuman (shahar) bo‘linmalari 
o‘zlariga biriktirib qo‘yilgan mulkni operativ boshqarish huquqini amalga 
oshiradi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin