Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining ustavi


III. MARKAZ FAOLIYATINING ASOSIY YO‘NALISHLARI



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix24.05.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#59232
1   2   3   4   5   6   7   8
Устав марказ сайтга (1)

 
III. MARKAZ FAOLIYATINING ASOSIY YO‘NALISHLARI 
 
3.1. Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi: 



oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy-axloqiy tarbiyaning 
uzviyligini ta’minlashga ko‘maklashish; 
targ‘ibot-tashviqot va tarbiya yo‘nalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashkil 
etish, soha bo‘yicha ilmiy va uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, 
ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan doimiy 
monitoring tizimini joriy qilish; 
el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, korrupsiya, 
oilaviy qadriyatlarga bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga mas’uliyatsizlik kabi 
illatlarga barham berishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish; 
aholining internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish madaniyatini 
oshirish, g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini 
kuchaytirish; 
madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va san’atning barcha turlari, 
noshirlik-matbaa mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarida ma’naviy-axloqiy 
mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish; 
oila, ta’lim muassasalarida yoshlar tarbiyasi, chekka hududlar va 
mahallalarda uyushmagan yoshlar o‘rtasida maqsadli g‘oyaviy-tarbiyaviy 
ishlarni tashkil etish; 
“Jaholatga qarshi ma’rifat” tamoyilidan kelib chiqqan holda terrorizm, 
diniy ekstremizm, aqidaparastlik, radikalizm, separatizm, korrupsiya, odam 
savdosi, “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’sirlari, narkobiznes kabi 
yurtimizning tinchligi va osoyishtaligiga rahna soladigan, xalqimizning iymon-
e’tiqodiga zarar yetkazadigan har qanday yot g‘oyalarga nisbatan ayovsiz 
kurashchan muhitni yaratish; 
globallashuv jarayonlari kuchayib, tinchlik va barqarorlikka qarshi yangi 
tahdid va xatarlar tobora ko‘paygan tahlikali, murakkab vaziyatda ma’naviy-
ma’rifiy texnologiyalarni takomillashtirish; 
mamlakat ahli, ayniqsa, yosh avlodning dunyo va yurtimiz miqyosidagi 
siyosiy jarayonlarga mustaqil va ongli munosabatini shakllantirish, ularda faol 
fuqarolik pozitsiyasini, fidoyilik va vatanparvarlik tuyg‘usini kamol toptirish; 



xalqaro maydonda yuz berayotgan muhim voqea-hodisalar, yon-atrofimizda 
kechayotgan jarayonlar mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, odamlarni 
ma’nan yetuk, siyosiy jihatdan faol fuqarolarga aylantirishga qaratilgan ma’rifat 
tizimini yaratish; 
fuqarolik jamiyati, huquqiy davlatni rivojlantirish jarayonida barcha ijtimoiy 
guruh va tabaqalar vakillarining huquqiy ongini yuksaltirish orqali ular qalbida 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga hurmat hissini 
kuchaytirish, ayni paytda, o‘zining fuqarolik huquqi, erkinliklari va burchini 
chuqur anglagan holda yashashi va jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga 
ko‘maklashish. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin