18
7.2. Markazning tuman (shahar) bo‘linmalari
yuridik shaxs maqomiga ega
bo‘lishi mumkin, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lish Markaz ruxsati bilan
amalga oshiriladi.
7.3. Markazning tuman (shahar) bo‘linmalari rahbarlari o‘rnatilgan tartibda
Markaz bilan rasman kelishilgan holda Markazning hududiy bo‘limlari rahbarlari
tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
7.4. Markazning shahar va tuman bo‘linmalari ma’naviyat va ma’rifat
Kengashlarining ijro organlari
sifatida ziyolilar qatlami, ayniqsa, o‘qituvchi va
pedagoglar, mahalla faollari, turli nodavlat jamoatchilik tashkilotlari vakillaridan
iborat guruhlar tuzib, tegishli tuman va shaharlarda joylashgan hamda mulkchilik
shaklidan va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar barcha korxona, tashkilot va
muassasalarda milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy
ishlar ahvolini
o‘rganib boradi, muvofiqlashtiradi, o‘rganish xulosalarini tegishli Ma’naviyat va
ma’rifat Kengashlari muhokamasiga qo‘yadi.
7.5. Markazning hududiy bo‘lim va tuman (shahar) bo‘linmalari davlat
budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
7.6. Bo‘lim va bo‘linmalarning huquq va majburiyatlari,
ularni tashkil
qilish, qayta tashkil qilish va tugatish tartibi, mol-mulkni boshqarish borasidagi
huquqlari batafsil ravishda ularning Ustavlarida belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: