IV. MARKAZNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
4.1. Markazning huquqlari quyidagilardan iborat:
milliy g‘oya va mafkura nazariyasi va amaliyoti texnologiyalari bo‘yicha
tadqiqotlarni olib borish, targ‘ibot ishlarini metodik ta’minlash, ilmiy ekspertiza
o‘tkazish, multimedia mahsulotlarini yaratish;
olimlar, mutaxassislar, ijodkor ziyolilar va xalq ichida notiqlik mahoratiga
ega fuqarolardan tashkil topadigan “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati faoliyatini
doimiy yo‘lga qo‘yish, joylarda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini tashkil etish
va muvofiqlashtirish, jamoat, madaniyat va san’at tashkilotlari, ta’lim-tarbiya
muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatish, axborot-tahlil ishlarini amalga oshirish;
respublikadagi mulkchilik shaklidan qa’tiy nazar barcha korxona
tashkilotlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar ahvolini o‘rganish, ma’naviy muhitni
tahlil etish, muhokama qilish va shu asosda ularga tegishli tavsiyalar berish;
davlat organlari va tashkilotlar, muassasalarga ma’naviy-ma’rifiy ishlar
samarali tashkil qilinmaganligi, shuningdek, davlat siyosati, davlat ramzlari,
milliy qadriyatlarga hurmatsizlik, ma’naviy-ahloqiy mezonlarga zid holatlar,
ezgu insoniy fazilatlarga tahdid soluvchi, axloqsizlik, behayolikni targ‘ib etuvchi
holatlar bartaraf etish yuzasidan taqdimnomalar kiritish;
9
markaz balansidagi ehtiyoj mavjud bo‘lmagan mulkni beg‘araz foydalanish
huquqi bilan markazning xududiy bo‘lim va bo‘linmalariga belgilangan tartibda
o‘tkazish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va xalqaro huquq normalariga
muvofiq mamlakatimizdagi xorijiy davlatlar elchixonalari bilan ma’naviy
ma’rifiy masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish;
festivallar, tanlovlar va boshqa tadbirlar g‘oliblari, qatnashchilari va faxriy
mehmonlarini esdalik sovg‘alari bilan mukofotlash;
markaz tizimidagi iqtidorli, alohida fidokorlik va mehnatsevarlik
fazilatlarini namoyon qilgan ma’naviy ma’rifiy soha xodimlari nomzodlarini
mukofotlashga belgilangan tartibda taqdim etish;
Markaz balansidagi binolarni shartnomaga asosan bevosita vaqtinchalik
ijaraga berish;
“Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati tomonidan ma’naviyat va ma’rifat
bo‘yicha mas’ul xodimlar va targ‘ibotchilar malakasini oshirish samaradorligini
nazorat qilish;
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi yig‘ilishlarini tashkil etish va
kengash qarorlarini ijro etish bilan bog‘liq amaliy-tashkiliy ishlarni amalga
oshirish;
ommaviy axborot vositalarida, jahon axborot tarmog‘ida o‘z faoliyatiga doir
ma’lumotlarni yoritib borish;
vazirliklar va idoralar, tashkilotlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar, ma’naviyat va ma’rifat kengashlaridan
islohatlar natijalari, ma’naviy-ma’rifiy masalalarga doir ma’lumotlarni so‘rab
olish;
xalqimizning boy ma’naviy, madaniy merosi, milliy qadriyatlarini
respublikamiz va xorijda keng targ‘ib qilish maqsadida xorijiy mamlakatlarga
safarlar uyushtirish, media mahsulotlar ishlab chiqarish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, Toshkent shahar,
viloyatlar, tuman (shahar) hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish
10
va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, davlat va xo‘jalik
boshqaruvi organlari rahbarlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini
oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash
masalalari bo‘yicha maslahatchilari, oliy ta’lim muassasalarining Yoshlar
masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektorlari, o‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi muassasalari direktorlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar
bo‘yicha o‘rinbosarlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy
ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlar lavozimlariga nomzodlarni tayinlash
bo‘yicha tavsiyalar berish;
ustav doirasidagi maqsad va vazifalarni bajarish yuzasidan shartnomalar
imzolash, ijtimoiy-ma’naviy buyurtmalar berish, shartnoma asosida olimlar,
ziyolilar, mutaxassislar, ko‘pni ko‘rgan, hayotiy tajribaga ega faol fuqarolarni
kitob va risolalar targ‘ibot materiallari, ilmiy-publitsistik maqollalar, ssenariylar
tayyorlash ishlariga jalb qilish, ish hajmini kelishish va ularga bajarilgan ishlar
uchun kelishilgan narxlarda haq to‘lash, ularni targ‘ibot materiallari bilan
ta’minlash;
Ma’naviy va ma’rifiy adabiyotlar, uslubiy qo‘llanmalar, kitoblar, plakatlar
va boshqa yozma nashrlar multimediya mahsulotlar, ko‘rsatuv va eshittirishlar,
badiiy va xujjatli filmlar, roliklar tayyorlash;
turli korxonalarga o‘z ulushi bilan ta’sischi bo‘lib kirish, turli xizmatlar
ko‘rsatish bo‘yicha sho‘‘ba korxonalarini ochish;
ustavda belgilangan vazifalarni bajarish uchun tadbirkorlik tuzilmalarini
tashkil etish,
jumladan:
buyurtmalar bo‘yicha shartnomaga asosan yozma va audio kitob
mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini tashkil qilish;
ma’naviy-ma’rifiy mazmundagi video mahsulotlar savdosini tashkil etish;
kinostudiyalar, elektron nashrlar, portal va saytlar tashkil qilish;
shartnomaga asosan adabiy-badiiy, o‘quv-uslubiy, ilmiy-nazariy, ilmiy-
ommabop va ko‘rgazmali adabiyotlarni chop etish va tarqatish;
11
ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda shartnomaga asosan o‘quv kurslari tashkil
qilish;
Markaz o‘z vazifalarini amalga oshirish maqsadida qonun hujjatlariga zid
bo‘lmagan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin;
Markazning pullik xizmatlardan tushgan pul mablag‘lari markazning
moddiy texnik ba’zasini rivojlantirishga hamda xodimlarni ijtimoiy qo‘llab
quvvatlashga sarflash;
belgilangan vazifalar bajarilishini ta’minlash maqsadida davlat, nodavlat va
jamoat
tashkilotlarining
mablag‘lari, jumladan, xalqaro va xorijiy
tashkilotlarning grantlarini jalb etish;
sohani rivojlantirish maqsadida qonunlarda belgilangan tartibda o‘z
gazetasiga, ilmiy-metodik jurnalariga, jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-
sayt va veb-sahifalariga, elektron nashrlarga ega bo‘lish, ommaviy axborot
vositalariga ta’sischilik qilish;
aholining mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarga munosabatini
o‘rganish, hududlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish
maqsadida soha mutaxassislarini jalb etgan holda sotsiologik tadqiqotlar
o‘tkazish, turli masalalar, muammolarga bag‘ishlangan mahalliy va halqaro
ilmiy-amaliy konferensiya va anjumanlar tashkil etish, mustaqil ilmiy
izlanuvchilarning sohaga oid ilmiy tadqiqotlar olib borishlari uchun sharoit
yaratish, ijtimoiy gumanitar fanlar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashlar
tuzish, dissertatsiyalarni ilmiy ekspertizadan o‘tkazish, ilmiy xulosa va tavsiyalar
berish;
Markaz tasarrufidagi bo‘lim va bo‘linmalar hamda tashkilot, muassasalar
faoliyatini muvofiqlashtirish.
Markaz o‘z vazifalarini amalga oshirish maqsadida amaldagi qonunchilikka
zid bo‘lmagan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Markazda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masalarni amalga oshirish uchun
Markaz rahbarining buyrug‘i bilan 7 nafardan iborat tarkibda Maslahat kengashi
12
tashkil qilinishi mumkin, Maslahat kengashi faoliyati tegishli nizomga asosan
amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |