20
9.1. Markaz Ustaviga qonun hujjatlariga asosan o‘zgartish va qo‘shimchalar
kiritilishi mumkin.
9.2. O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgandan so‘ng Markaz O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligidan belgilangan tartibda qayta ro‘yxatdan
o‘tkazilishi shart.
X. MARKAZDA HISOB VA HISOBOT ISHI
10.1. Markazning hududiy bo‘limlari belgilangan
tartibda Markazga har
chorakda keyingi chorak birinchi oyining 10-sanasiga qadar amalga oshirgan
ishlar yuzasidan hisobot berib boradi.
10.2. Markazning tuman (shahar) bo‘linmalari belgilangan shaklda har oyda
keyingi oyning 5-sanasiga qadar hududiy bo‘limlarga
amalga oshirgan ishlar
yuzasidan hisobot berib boradi.
10.3. Markaz o‘z faoliyati natijalarini hisobga olib boradi va ularni
belgilangan tartibda ro‘yxatga oluvchi, soliq va statistika
organlariga taqdim
etadi.
10.4. Zarur bo‘lgan hollarda Markaz tomonidan Markaz va uning hududiy
bo‘limlari hamda bo‘linmalarining moliyaviy-ho‘jalik
faoliyatini auditor
tekshiruvidan o‘tkazish uchun tashqi auditor jalb qilinishi mumkin.
Shuningdek, Markaz tasarrufidagi bo‘lim va bo‘linmalar hamda tashkilot,
muassasalarning ma’naviy va moliyaviy faoliyatini o‘rganish mumkin.
XI. MARKAZNI QAYTA TASHKIL ETISH VA TUGATISH
TARTIBI
11.1. Markazni qayta tashkil etish Respublika Ma’naviyat va ma’rifat
kengashi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
11.2. Markazning tugatilishi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat
kengashi
qaroriga yoki sud qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
21
11.3. Markaz tugatilgandan keyin uning mol-mulki Respublika Ma’naviyat
va ma’rifat kengashi, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi yoki
sudning qarorida ko‘rsatilgan tartibda tasarruf etiladi.
11.4. Markazning kreditorlar talablari qondirilgandan keyin qolgan mol-
mulk tashkilot qatnashchilari (a’zolari), shuningdek rahbar organlarning a’zolari
yoki nodavlat notijorat tashkilotlarining xodimlari o‘rtasida
taqsimlanishi
mumkin emas.