ga va oxiri Sudanda, regiondagi islom maskanida qo‘nim topishdan
oldin Afg‘onistonga bordi.
Ko‘rfaz urushi va uning oqibatlari Ben Laden uchun katta buri lish
nuqtasi bo‘ldi. Boshqacha qilib aytganda, u o‘zining Sudan qishloq
xo‘jaligi faoliyatlari va oilaviy biznesni olib borishda afg‘on vete ranlari
uchun ish topish maqsadida yagona tarmoq qilib al-Qoidani tuzdi.
Endi o‘z jihodchilari siqib chiqarilayotgan Pokis tondan ularni chiqa-
rib olishni osonlashtirishga yordam berdi va ularni Somali, Boltiq
bo‘yi, Checheniston, Sharqiy Afrika va Filippinga taqsimlab chiqdi. U
al-Qoidada Islom jihodchilarini boshqalarga qarshi kurashga tayyor-
lovchi xalqaro brigada tuzdi. Ular ijtimoiy reallikdan uzib qo‘yilgan,
«jihodning tekin elektronlari» hamda «diniy doktrina va qurollangan
zo‘ravonlik» ko‘rinishiga o‘tishgan edi. Saudiya yoki arab millatlari-
dan yiroq bo‘lgan veteran fanatlar sifatida qurollanishdi.
Ben Laden al-Qoidaning dunyo bo‘ylab mablag‘lar aylantirish
qobiliyatini ham yaxshiladi. Benjamin va Simonning kuzatishlariga
81
ko‘ra, «al-Qoidaning kelajagi asosiy masalaga aylanadi». Bu kela-
jak kuchaytirilgan mashg‘ulotlar rejimi, Amerika va Saudiya nuqta-
larida hujumlar olib borishni va oxiri Afg‘onistonda qayta qo‘nim
topishni rivojlantirish maqsadida Shita terrorchilik tashkiloti bilan
ittifoq tuzishga undadi. Shu vaqtlar oralig‘ida, ya’ni 1996-yilning
yozida Ben Laden o‘zini «shayx» deb atay boshladi.
Shuningdek, tashkilotga yo‘nalish, ko‘rsatmalar vazifasini o‘tovchi
fatvolarni chiqardi. O‘zidan oldingi Qutb va Mavdudi singari, ras-
miy ilmiy malakaga ega bo‘lmagan va shu bois na shayx deb ata-
lishga, na fatvolar chiqarishga haqli edi. Bundan tashqari Qutbga
o‘xshab, diniy ta’limga ega ulamolarni poraxo‘rlikda aybladi.
Tashkilotning dastlabki tuzilmalari G‘arb va AQSHning glo
bal yetakchiligiga qarshi kurash, islomning fundamental asosla
riga qaytish va yagona islomiy xalifat qurishdek maqsadlar das
turiga monand ravishda 1992yilda Xartum (Sudan)da qayta
shakllantirilgan.
«AlQoida» rahbariyati g‘oyaviy jihatdan Muhammad ibn
Abdul Vahhob va Said Qutblarning asarlarida bayon qilingan
tamoyil larga asoslanishini e’tirof qilgan holda, amalda musulmon
davlatlaridagi dunyoviy hukumatlarni ag‘darib tashlash va shariat
ga asoslangan islom davlati qurishdek asosiy maqsadni ko‘zlaydi.
«AlQoida» boshqa diniyekstremistik tashkilotlar kabi qat’iy
iyerarxiya asosida tuzilgan bo‘lib, unga Oliy kengash («Majlis
ashshura») rahbarlik qiladi. Oliy kengashga harbiy, moliyaviy,
diniy va huquqiy, axborot va tashviqot qo‘mitalari bo‘ysundiril
gan bo‘lib, ular quyi pog‘onadagi guruhlar faoliyatini boshqaradi.
Manbalarda «alQoida»ning harbiy lagerlari 2001yilga qadar
Afg‘oniston, Pokiston, Somali, Sudan, Yaman, Bangladesh ka
bi qator davlatlarning tog‘li hududlarida faoliyat ko‘rsatgani qayd
etiladi.
Taxminlarga ko‘ra, hozirgi kunda tashkilotning yashi
rin guruh lari 33 tadan 88 tagacha mamlakat hududida faoliyat
yuritayot gan bo‘lishi, jangarilarining soni esa 3000–7000 kishini
tashkil etishi mumkin.
82
«AlQoida»ning dastlabki faol harakati 1992yil kuz faslida
kuzatilgan bo‘lib, tashkilot jangarilari Somalidagi beqarorliklar
ning oldini olish uchun kiritilgan BMT tinchlikparvarlik kuchlari
tarkibidagi AQSH maxsus qo‘shinlarining 18 harbiy xizmatchi
sini o‘ldirishgan.
1996yilda «alQoida»ning asosiy jangovar kuchlari Afg‘onis
tonning «Tolibon» harakati nazoratidagi hududlarga ko‘chib o‘tdi.
Aynan shu yerda, 1998yilning fevralida «alQoida» yetakchiligi
da «alJamoa alislomiya», «alJihod» (Misr), «Jamaati ulame
Po kiston», «Kashmir qo‘zg‘olonchilik harakati» (Hindiston), «Ji
hod» (Bangladesh) va «Tolibon» harakati vakillari «Yahudiy va
salbchilarga qarshi xalqaro islom fronti» uyushmasi tuzilganini
e’lon qilishdi. Ushbu uyushma nomidan Usoma Ben Laden G‘arb
dunyo siga jihod e’lon qilgan.
Shundan so‘ng, qator og‘ir oqibatlarni keltirib chiqargan ter
rorchilik harakatlari sodir etildi. Jumladan, 1998yil 25iyunda
«alQoida» jangarilari Saudiyaning Daxran shahri yonida joy
lashgan AQSH harbiy havo kuchlarining bazasi oldida amalga
oshirgan portlash natijasida 19 kishi halok bo‘lib, 300 dan ziyod
kishi tan jarohatini oldi. O‘sha yilning 7avgustida esa «alQoida»
jangarilari bir vaqtning o‘zida AQSHning Tanzaniya va Keni
yadagi elchixonalari oldida bomba ortilgan mashinalarni portla
tishi oqibatida esa 242 kishi halok bo‘ldi va 5000 ga yaqin odam
shikastlandi.
Va nihoyat, 2001yilning 11sentyabrida Amerika Qo‘shma
Shtatlarida turli reyslar bilan NyuYork, Boston va Vashington
shaharlaridan uchgan to‘rtta «Boing757» samolyoti «alQoida»
guruhiga mansub 18 nafar terrorchi tomonidan egallab olinib,
ularning ikkitasi NyuYorkdagi Xalqaro Savdo Markazi joylash
gan «egizak» binolarga, bittasi esa AQSH qurolli kuchlari shta
bi – Pentagonga yo‘naltirildi. Yana bir samolyot Pensilvaniya
shtatidagi Shanksvill rayoniga qulab tushdi.
Umuman olganda, mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, «alQoi
da» guruhi jangarilari Afg‘oniston (1992yildan), Somali
83
(1992–1993yillar), Bosniya va Gersegovina (1992–1995yillar),
Kashmir (1993yildan), Shimoliy Kavkaz (1995yildan), Kosovo
(1999 yildan), Markaziy Osiyo (1999yildan), Pokistonning Janu
biy Vaziriston viloyati (2001yildan) va Iroq (2003yildan) hudud
larida qurolli to‘qnashuv va terrorchilik harakatlarini amalga
oshirishda faol ishtirok etib kelmoqda.
2001yil 11sentyabr voqealaridan so‘ng Afg‘onistonda o‘tka
zilgan keng ko‘lamli xalqaro aksilterror harakati natijasida
«alQoida» jiddiy talafot ko‘rgan bo‘lsada, u o‘z faoliyatini yangi
sharoitlarga moslashtirishga intilmoqda. Jumladan, ba’zi ma’lu
motlarga ko‘ra, tashkilot asosiy tizimlarini erkin pushtun qabi
lalari yashaydigan Pokistonning shimolig‘arbiy va Kashmirdagi
baland tog‘li hududlarga ko‘chirishga harakat qilmoqda.
Afg‘oniston va Iroqda AQSH harbiylariga qarshi parti
zan urushi da faol ishtirok etish barobarida aksilterror ittifoqiga
a’zo davlatlar hududlaridan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni ta
lab qilayot gani tashkilotning bugungi kundagi o‘ziga xos xususi
yatidir. «AlQoida» aynan shu maqsadga erishish bayrog‘i osti
da terrorchi
lik hara
katlarini amalga oshirmoqda. Jumladan,
2004yilning 11martida Madrid (Ispaniya)dagi 4 ta temiryo‘l
bekatida umumiy hisobda 6 ta portlatish amalga oshirildi. Natija
da, 200 kishi halok bo‘ldi va 1500 dan ziyod kishi yarador bo‘ldi.
Politsiyaning taxminiga ko‘ra, portlashlarni «alQoida» guruhi
bilan yaqin aloqada bo‘lgan marokashlik radikal guruh amalga
oshirgan.
2009yilning 7dekabr kuni «alQoida» tashkiloti a’zolari Iroq
ning Bag‘dod shahrida maktab yonida bomba portlatishi oqibati
da 12 nafar odam, shu jumladan, 6 nafar 6–12 yoshli go‘dak halok
bo‘lgan. Shuningdek, «alQoida» jangarilari tomonidan Pokis
tonning birgina XayberPaxtunxva viloyatida 2009–2012yillar
da 690 dan ziyod maktab vayron qilingan. Afg‘oniston va Pokis
ton hududidagi jangarilarning eng mudhish jinoyatlaridan biri
– o‘smir yoshdagi o‘g‘il va qiz bolalardan xudkush operatsiyalar
da «tirik bomba» sifatida foydalanishidir. Pirovard natijalar ushbu
84
mamlakatlarda minglab bolalar ko‘chaga chiqishga qo‘rqib, sa
vodsiz bo‘lib qolmoqda.
Qayd etilgan dalillar ham «alQoida»ning xalqaro terrorchi
lik tizimining markaziy unsuri va jahonning turli nuqtalarida ro‘y
berayotgan qurolli to‘qnashuvlar, terrorchilik amaliyotlarini moli
yalashtirish, rejalashtirish hamda bevosita amalga oshirishning
asosiy bo‘g‘iniga aylanganini ko‘rsatadi.
«Tolibon» harakatining nomi arab tilidagi «tolib» so‘zidan
olingan bo‘lib, «o‘quvchi», «talaba» yoki «talab qiluvchi» ma’no
larini bildiradi. «Tolibon» esa forstojik tilida «tolib» so‘zining
ko‘plik shaklidir. Bu so‘z aslida diniy ta’lim muassasasi (mad
rasa)ning o‘quvchilariga nisbatan ishlatiladi. Harakat asosini
1979–1989yillarda Afg‘onistonda bo‘lib o‘tgan janglarda yetim
qolgan bolalarga diniy ta’lim berish uchun Pokiston hududida
tashkil etilgan madrasaning sobiq o‘quvchilari (toliblari) tashkil
etgani uchun shunday nom olgan.
«Tolibon» harakati 1994yilda Afg‘onistonning janubisharqi
da joylashgan Qandahor shahrida Mulla Muhammad Umar (asli
ismi Said Muhammad Oxunzoda) tomonidan mamlakatda uzoq
yillar davom etgan fuqarolar urushi natijasida yuzaga kelgan.
1996yil 26sentyabrda «Tolibon» harakati poytaxt Qobulni egal
ladi va «Afg‘oniston islom amirligi» tashkil etilganini e’lon qildi.
«Tolibon» harakati Afg‘oniston va Pokiston hududlarida «jihod»
yo‘li bilan «islom xalifaligi»ni tiklashni asosiy maqsad qilgan.
«Tolibon» nazorati ostida bo‘lgan hududlarda shariat qoidala
riga amal qilish qattiq talab qilinadi.
1996–2001yillar mobaynida Muhammad Umar afg‘on «to
liblari» tomonidan tashkil etilgan «Afg‘oniston islom amirligi»
ga boshchilik qildi. AQSHdagi 2001yil 11sentyabr voqealari dan
so‘ng, «Afg‘oniston islom amirligi»ga qarshi AQSH va NA
TO boshchiligida aksilterror operatsiyalar boshlandi va «Shi
moliy Alyans»ning ko‘magi bilan mavjud tuzum ag‘darildi. Oqi
batda Muhammad Umar boshchiligidagi «Tolibon»lar Pokiston
hududiga yashirinishga majbur bo‘ldi. Ularning keyingi faoliya
85
ti asosan qo‘shni Pokistonning Vaziriston viloyatida davom etdi.
Shundan beri Vaziriston «Tolibon»larning tayanch nuqtasi bo‘lib
kelmoqda.
1998yili ular tomonidan tuzilgan maxsus «shariat mirshab
lari» jamoasi namoz o‘qimagan va hatto soqolini tartibga solib
yurgan fuqarolarni jazolash bilan shug‘ullangan edi. «Tolibon»lar,
shuningdek, televizor, videomagnitafon, fotoapparatdan foydala
nishni taqiqlab, tele va radiostudiyalarni yopib qo‘ygan edi.
Mulla Muhammad Umar o‘zining rahbarligini pushtun qa
bilasidan bo‘lgan o‘nta maslahatchiga tayangan holda olib bora
di. Shu bilan birga harakat o‘zining «Rahbarlik kengashi»ga ega
bo‘lib, u 28–30 kishidan iborat.
Hozirgi kunda butun yer sharida yetishtirilayotgan giyoh
vand vositalarning asosiy qismi Afg‘onistonga to‘g‘ri kelmoqda.
Afg‘onistonda yiliga 200 ming gektarga yaqin maydonga ko‘knori
ekilib, 800 tonnaga yaqin geroin butun dunyoga tarqatilmoqda.
«Tolibon» harakati jahonda ishlab chiqariladigan afyunning 80
foizini o‘z nazorati ostiga olgan bo‘lib, undan harakat rahbarlari
juda katta daromad ko‘rmoqda.
Bugungi kunda shtab kvartirasi Pokistonning Kvetta shahrida
joylashgan «Tolibon» harakati tarkibiga 6 mingdan 20 minggacha
jangari kiradi. Pokistonning Janubiy Vaziriston va shimolig‘ar
biy chegara okruglarida mustahkam o‘rnashib olgan ushbu hara
katga mazkur hududlarda istiqomat qilayotgan 2 millionga yaqin
afg‘on qochoqlari jangarilarni yetkazib beruvchi manba hisobla
nadi. Shuningdek, ushbu hududda turli mamlakatlardan to‘plan
gan 2 mingga yaqin terrorchilar joylashib olganini ham qayd etish
zarur.
«Tolibon» harakati Afg‘onistonning barcha hududlarida o‘z
hukmronligini o‘rnatish uchun 1999yili Shimoliy Afg‘oniston
dagi o‘zini o‘zi boshqarib turgan mahalliy xalqlar hududlari
ga bos tirib kirdi va ularga qarshi ommaviy terror harakatlarini
amalga oshirdi. Shu davrda ularning Markaziy Osiyo, xususan
O‘zbekistonga qarshi xuruj qilishi xavfi paydo bo‘lgan edi. Bu
86
diniy mutaassiblik global xavfga aylanganini, u xalqaro terrorchi
lik faoliyati kuchayishiga olib kelishi mumkinligi va unga qar
shi jahon hamjamiyati tezkorlik bilan kurashishi lozimligini yana
bir bor tasdiqladi. «AlQoida» tashkiloti 2001yil 11sentyabrda
AQSHda uyushtirgan terrorchilik harakatlaridan so‘ng ushbu
tashkilotning hamkori bo‘lgan «Tolibon» harakatining ham global
xavf ekani tan olindi va unga qarshi aksilterror kurashi boshlandi.
«Tolibon» harakati o‘z faoliyati davomida yoshlar va ayollar
ning ilm olishiga qarshi qattiq kurash olib boradi. Shu sabab
li ham ularning bosqinchilik obyektlari maktablardan iborat
bo‘lgan. Afg‘oniston maorif vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra,
«Tolibon»lar birgina 2007yilda mamlakatda 98 ta maktabni yo
qib yuborishgan, 147 ta o‘qituvchi va o‘quvchi hayotiga zomin
bo‘lishgan. 236 marotaba o‘quvchilarga hujum uyushtirilgan.
2007yilda «Tolibon»lar Pokistonda qizlar o‘qiydigan 125
maktabni yoqib yuborishgan. 2008yil 12noyabr kuni Qanda
horda tolibonlar darsga borayotgani uchun 15 nafar o‘quvchi va
o‘qituv chi ustiga kislota sepib yuborishgan. «Tolibon»lar 2009yil
da Pokistonning Svat vodiysining o‘zida 200 dan ziyod maktab
ni ham yoqib yuborishgan. Shuningdek, 2010yilning martmay
oylari da Afg‘onistonda tolibonlar 5 ta maktabda o‘nlab o‘quvchi
va o‘qituvchilarga zaharlovchi gaz bilan hujum uyushtirdi. Oqi
batda yuz minglab o‘quvchi bolalar maktabga borishga qo‘rqib,
o‘qishga bormay qo‘ygan.
«Tolibon»lar 2009yil 28oktyabrda Qobuldagi mehmonxona
lardan biriga hujum uyushtirdi. Oqibatda BMTning 6 nafar xodi
mi vafot etgan va 9 nafar kishi jarohat olgan. Terrorchixud
kushning 2009yil 28dekabr kuni Karachi shahri markaziy
ko‘chalaridan birida «Ashuro» motam marosimini o‘tkazayotgan
minglab shia mazhabi vakillari orasida o‘zini portlatishi natijasi
da 43 kishi vafot etdi va 60 dan ortiq shaxslar jarohatlandi. Ushbu
teraktni amalga oshirilishini Pokiston toliblari o‘z bo‘yniga oldi.
Pokistonning Kvetta shahrida 2010yil 3sentyabrda «Falastin
liklarni qo‘llabquvvatlash xalqaro kuni» doirasida o‘tkazilayot
87
gan mitingda portlash amalga oshirildi. Natijada 54 kishi halok
bo‘ldi va 200 ga yaqin kishi jarohat oldi. Ushbu terakt amalga
oshirilishini ham Pokiston toliblari o‘z bo‘yniga oldi.
Pokistonning Doro Odamxil shahrida 2010yil 5noyabrda
terrorchixudkush masjidda juma namozi vaqtida o‘zinio‘zi port
latishi oqibatida 50 kishi vafot etdi, yuzdan ortiq insonlar turli
darajada jarohatlandi. Ushbu qo‘poruvchilik harakatining amalga
oshirilishini Pokiston toliblariga aloqador bo‘lgan guruh o‘z zim
masiga oldi.
2010yil 11noyabrda Pokistonning Karachi shahri politsiyasi
binosi oldida mina o‘rnatilgan yuk mashinasi portlatildi. U yer
da 20 kishi halok bo‘ldi va 100 dan ziyod insonlar jarohat oldi.
2011yil 31oktyabrda Afg‘onistonning Qandahor shahrida
terrorchixudkush o‘zini portlatishi natijasida BMTning 3 vaki
li hamda mahalliy politsiya boshlig‘i va bir necha kishi vafot etdi.
2012yil 4sentyabrda Afg‘onistonning Nangarxar provinsiyasi
da janoza vaqtida terrorchixudkush amalga oshirgan portlash
natijasida 20 kishi halok bo‘lib, 50 dan ortiq kishi tan jarohati
oldi. Ta’kidlash lozimki, hujumdan jabr ko‘rganlarning barchasi
tinch aholidan iborat bo‘lgan.
2014yil 17yanvar kuni Afg‘onistonning Qobul shahrida resto
ran yonida terrorchixudkush o‘zini portlatib yuboradi. Jami 21
kishi (4 tasi BMT vakili) vafot etadi.
2015yil 19oktyabr kuni Afg‘onistonning shimolidagi Faryob
provinsiyasida «Tolibon» tomonidan portlash sodir etilishi nati
jasida, 5 kishi vafot etdi, 25 kishi jarohatlandi.
Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi 2006yilda «Tolibon» hara
katini «terrorchi tashkilot» deb e’lon qildi. AQSH hukumati
2002yildan boshlab, «Tolibon» harakatini «terrorchi tashkilot»
deb tasdiqlash masalasini bir necha bor ko‘targan bo‘lsada,
faqat gina 2009yilning aprelida AQSH Davlat Departamenti to
monidan terrorchi guruhlar ro‘yxatiga kiritilgan. «AlQoida» va
«Turkiston islom harakati» «Tolibon»larning eng yaqin ittifoq
doshlari hisoblanadi.
|