Va terrorizmga


XXI asr boshlarida Yaqin Sharqda faoliyati kuzatilgan terrorchi



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/66
tarix24.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#59250
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   66
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari

XXI asr boshlarida Yaqin Sharqda faoliyati kuzatilgan terrorchi 
guruhlar. Hozirgi kunda diniy­ekstremistik va terrorchi tashkilot­
lar o‘zlarining g‘arazli maqsadlaridan kelib chiqib, islom ta’li­
motining ayrim g‘oya hamda tamoyillari mazmun­mohiyatini 
bir yoqlama, taassubga berilib noto‘g‘ri izohlashga va odamlarni 
hidoyat yo‘lidan adashtirishga urinmoqda. Bunday holat, ayniq­
sa, bugungi kunda butun dunyoga tahdid solayotgan «Iroq va 
Shom islom davlati», «Jabhatu fathi biladish­Shom» kabi bir qa­
tor terrorchi guruhlar misolida o‘z aksini topmoqda.
Iroq va Shom islom davlati. «Iroq va Shom islom davlati» tash­
kil topishida «al­Qoida» tashkiloti muhim o‘rin tutgan. Dastlab, 
2004­yilda xalqaro miqyosdagi terrorchi Abu Mushab Zarqoviy 
Iroqda «Tavhid va jihod harakati»ni tuzadi va «al­Qoida»ning 
Iroqdagi bo‘limi sifatida faoliyat olib boradi. Iroqdagi harakat 
doirasini kengaytirish maqsadida keng ko‘lamli ishlar olib bo­
riladi. Keyinchalik unga «Jaysh al­fotihin», «Jaysh as­sahoba» 
kabi bir qator terrorchi guruhlar qo‘shilishi natijasida Zarqoviy 
2006­yilda Abdulloh Rashid Bag‘dodiy boshliq «Mujohidlar 
maslahat kengashi» tuzilganini e’lon qiladi. Buning natijasi­
da Yaqin Sharqdagi bir necha terrorchi guruhlarni birlashtirgan 
tashkilot 2006­yil 15­oktyabrda «Iroq islom davlati» nomi ostida 
Iroq da tashkil topadi va unga Abu Umar Bag‘dodiy ismli shaxs 
rahbarlik qiladi. 
2010­yil 19­aprelda Abu Umar Bag‘dodiy o‘ldirilgandan 
so‘ng guruhga Abu Bakr Bag‘dodiy nomi bilan tanilgan Abdul­
lo Ibrohim as­Samariy (ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Ibrohim Av­
vad al­Badriy al­Husayniy) rahbarlik qiladi. Suriyada kechayot­
gan mojarolarga mustaqil armiya sifatida kelib qo‘shilgandan 
so‘ng, 2013­yil aprel oyida tashkilot «Iroq va Shom islom dav­
lati» (IShID) deb nomlandi. «Al­Qoida» tashkiloti «IShID»ning 
Suriyadagi mojarolarga aralashganidan so‘ng, 2014­yil fevral oyi­
da mazkur tashkilotning «al­Qoida»ga aloqasi yo‘q deb bayonot 
berdi. BMT Xavfsizlik kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi 
eng xavfli hisoblangan «al­Qoida» faolligining kamayishi undan­


89
da kuchliroq terrorchilik tashkilotlari, xususan «Iroq va Shom is­
lom davlati»ning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. 
2014­yil 29­iyunda tashkilot rahbarlari tomonidan Iroq va 
Shom (Suriya) hududida xalifalik tuzilgani va Abu Bakr Bag‘dodiy 
xalifa ekani e’lon qilindi. Keyinchalik, «IShID» o‘zini «Islom 
davlati» deb nomladi.
Tashkilotning bosh maqsadi islom «xalifaligi»ni qayta tiklash 
va islom shariatini amalga tatbiq etishdan iborat. Bu yo‘lda Iroq, 
Suriya mamlakatlari negizida sunniy musulmonlarning yagona 
davlati «xalifalik»ni barpo etib, bosqichma­bosqich Yaqin Sharq 
va Shimoliy Afrika mamlakatlari hisobiga kengaytirishni e’tirof 
etadi.
Hozirgi kunda «IShID» tomonidan boshqaruv o‘rnatilgan 
hududlarda na islomiy va na insoniy tamoyillarga to‘g‘ri keladi­
gan qonunlar joriy qilinmoqda. «IShID» aqidasiga ko‘ra, dunyo­
viy­ma’rifiy yo‘lni tutgan musulmon davlatlar tuzum shakllarini 
kufr deb e’lon qilgan. Ushbu qarashlarning barchasi islom dini ning 
haqiqatini bilmaslik, uning matnlarini zohiran, yuzaki tu shunish, 
mazmun­mohiyatini chuqur anglamasdan hukm chiqa rish va o‘z 
yo‘nalishiga moslab sharhlashga asoslanadi. Jumladan, ular e’lon 
qilgan «shirk ko‘rinishlarini, unga olib boruvchi vositalarni yo‘q 
qilish» g‘oyasi hozirda musulmon olamida shirk mavjud degan qa­
rash bo‘lib, maqbaralarni buzish, qadimiy yodgorliklarni tashkil 
etuvchi haykallar, arxeologik topilmalarni yo‘q qilishga qaratiladi. 
Shuning bilan birga, xristian dini vakillarini «zimmiy» huk­
mida hisoblab, ulardan «jizya» solig‘ini majburlab undirish, ular­
ga xoch osib yurmaslik, ibodat vaqtida ovoz kuchaytirgichlardan 
foydalanmaslik kabi taqiqlar ham belgilab qo‘yilgan. Diniy toqat­
sizlik, ayollar va bolalar huquqlarining poymol etilishi, taraqqiyot 
yutuqlaridan yuz o‘girish, oddiy insonlar hayotiga tajovuz qilish 
avjiga chiqmoqda. Hattoki, musulmon ayollarga nisbatan esa o‘ta 
mutaassibona hukmlar joriy qilinib, ularni buzganlarga shafqatsiz 
jazo metodlari qo‘llanmoqda. Bundan tashqari, «IShID» maxsus 
kiyimini kiyish vojib, kiymaganga darra uriladi.


90
Bir so‘z bilan aytganda, mazkur hududda aholi shariat ta­
lablariga bo‘ysunishga majbur qilinmoqda. Sud tizimi bekor 
qilinib, «qozilik» joriy etilgan. Dunyoviy tashkilotlar, madani­
yat maskanlarining faoliyati umuman to‘xtatilgan. Shu sababli, 
«IShID»ning botil aqidalari butun dunyodagi musulmon ulamo­
lari tomonidan qattiq tanqid ostiga olingan.
Mazkur tashkilot o‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun 
zamonaviy axborot kommunikatsiyalaridan keng foydalanish, In­
ternet orqali turli tillarda targ‘ibot olib borish va puxta ishlangan 
strategiya asosida virtual jamoatlar tuzish asosiy vazifaga aylan­
gan. Ayniqsa, yoshlar orasida mutaassiblikka yo‘g‘irilgan bun­
day forumlarning tobora ommalashuvi hamda ularda turli ko‘ri­
nishdagi buzg‘unchi «fatvo»larning berib borilishi muammoning 
naqadar jiddiy ekanini namoyon etadi. Masalan, so‘nggi yillarda 
Internet tizimi orqali tarqatilgan shunday fatvolardan biri, «Ni­
koh jihodi» deb atalib, unga ko‘ra, Suriyada o‘zlaricha «jihod 
qilyapmiz» deb iddao qilayotgan «jihodchilar»ga nikohlanish­
ga, ularning jinsiy ehtiyojini qondirishlari uchun boshqa davlat­
lardan ayollar va qizlarning Suriyaga hijrat qilishlari lozimligini 
ta’kidlaydi. Odatda bunday soxta fatvoga uchgan qizlarga jihod­
chilarning lagerla rida joriyalarga qilinadigan munosabat ko‘rsa­
tiladi. Hatto bir yoki undan ortiq «mujohid»ga nikohlanib chi­
qishiga ham izn berilgan.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin