405
muomala madaniyatini shakllantiradi. Rolli o‘yinlarni boshqa
huquqiy tarbiya vositalaridan afzalligi shundaki, u ishtirok-
chilarda emotsional his-tuyg‘u uyg‘otadi.
Shuningdek, konferensiyalar,
bahslar ham huquqiy tarbiya
jarayoni vositalaridan hisoblanadi. Masalan, konferensiya
davomida uch, to‘rt o‘quvchilarning ilmiy salohiyatlari bo‘yicha
qilgan ma’ruzalari tinglanadi. Bahslar esa qatnashchilardan o‘z
qarash va fikrlari orqali voqelikka munosabati, u yoki bu
holatlarni mustaqil baholash qobiliyatini aks ettiradi.
Maktab, oila, jamoatchilikning hamjihatligini to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yish huquqiy tarbiyada yaxshi samara beradi. Bunda
pedagog-tarbiyachi ota-onalar majlislarida ma’ruzalar bilan
chiqishi, „Inson va qonun“ to‘garagi ishlarida yordam berishi,
huquqni himoya qilish idoralari xodimlari bilan uchrashuvlar
o‘tkazishi, film namoyishlarini tashkil etish, teatrlarga borish,
sud majlislarida qatnashish, tarbiyaga noloyiq ota-onalar bilan
ishlash kabilar yaxshi natija beradi.
Jamoatchilik bilan
hamkorlikni tashkil qilishda o‘qituvchi quyidagi vazifalarni
bajarishi mumkin: qo‘shma ish rejasini tuzish, jamoatchilik va
tashkilot imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda amaliy
tadbirlarni tashkil qilish.
Mikrotuman va mahallalarda tarbiyaviy ishlarning tashkiliy
qismi — bu huquqiy tarbiyadir. Uni tashkil qilishda huquqni
himoya qiluvchi organlar, mahalla qo‘mitalari xodimlari bilan
bir qatorda maktab o‘qituvchilari faol qatnashadilar. Bu yerda
jamoatchilik asosida huquqiy tarbiyadagi
imkoniyatlar aniqlanadi
va ularga binoan mikrotumanning tarbiyaviy-huquqiy pasporti
tuziladi.
Pasportda, shuningdek, mikrotumanning manba bazasi
ko‘rsatib o‘tiladi: madaniyat uylari, klublar, choyxonalar, ku-
tubxonalar, maktablardan tashqari tashkilotlar, sport va o‘yin
xonalari va h. k.
Pasportni tuzishda asosiy vazifalardan biri — tarbiyachi
kuchlarini ko‘rsatib o‘tish, ular: o‘qituvchilar, deputatlar, ho-
kimiyat va boshqa yuqori organlar,
prokuratura, faol ota-
onalar, nafaqaxo‘rlar va h. k.
Huquqiy tarbiyada o‘tmish mutafakkirlarining davlat
huquqiy g‘oyalari haqidagi fikrlari muhim o‘ringa ega. Ushbu
406
g‘oyalarni huquqiy tarbiyada bir nechta yo‘nalishlarda qo‘llash
mumkin:
1. Ushbu g‘oyalarni dars mundarijasiga, seminarlar, davlat
va huquq asoslarini o‘rganuvchi fakultativ mashg‘ulotlar, huqu-
qiy to‘garaklar, ma’ruzalar, suhbatlar, konferensiyalar, olim-
piadalarga uzviy holda kiritish.
2. Yaqqol o‘qitish vositalari — o‘quv-kino, plakatlar, radio-
tarmoqlar, huquqshunos va hukumat
vakillari bilan uchrashuvlar
orqali ushbu g‘oyalarni keng ravishda tashviqot qilish.
3. Ilmiy to‘garak va klub ishlari jarayonida fakultativ asosida
mutafakkirlarning davlat huquqiy g‘oyalarini o‘rganish.
Qatnashchilarining davlat hukumati haqidagi bilimlarini
shakllantirishda Forobiyning davlatning faoliyati uning yaxshi
boshqaruviga bog‘liq ekanligi asos sifatida xizmat qilishi mumkin.
Uning fikriga ko‘ra, davlat rahbari kamolotga yetgan, ko‘pni
ko‘rgan, axloqli va aqlli, mukammal, yaxshi xotirali, notiq,
haqiqatgo‘y va adolatli, mehrli, halol, qat’iy, subutli inson
bo‘lishi kerak. Ma’rifatli rahbar borasidagi g‘oyalar
Beruniy
tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanib, uning fikriga ko‘ra ham
davlat boshqaruvida xolis aqli bilan ajralib turuvchi inson turishi
kerak. Alisher Navoiyning asarlari hukmdorga qarata „O‘zingga
tilamaydiganingni xalqqa ham tilama“ yoki „Xalqni qiynama:
aks holda o‘z nomingni bulg‘aysan“ kabi ibratli gaplari alohida
e’tiborga loyiq. Shoh buloqqa o‘xshaydi, qolganlar esa buloqdan
suv tortuvchi anhorlar. Agar buloqda suv shirin bo‘lsa, anhor-
lardagi suv ham ochiqdir... Demak, shoh adolatli va yaxshi
ma’naviy sifatlarga ega bo‘lishi, qolganlar esa uning orqasidan
borishlari lozim, deb yozadi Ahmad Donish. Amir Temur dav-
latni tashkillashda hukmdorga davlatni o‘zi boshqarganidek bosh-
qarishni maslahat bergan. O‘zining mashhur „Tuzuklar“ida
„Men davlatni mo‘minlik, insonparvarlik,
sabr bilan bosh-
qardim...“, „Yaxshilikni yomonlikka qil, shunda kim senga
g‘arazli munosabatda bo‘lgan bo‘lsa, sening do‘stingga, himo-
yachingga aylanadi“ deb yozadi. Ibn Sino aniq munosabatlarga
aniq rioya qilishlari uchun o‘rnatilgan adolat va qonun me’yor-
larini amalga oshirish uchun dono qonun chiqaruvchi inson
kerak deb hisoblaydi.
407
Huquqiy tarbiya ishlarini o‘tkazishda vositalar muhim o‘rin
tutadi. Ular aniq va mavhum yaqqolliklarga bo‘linadi. Birinchisiga
fotosuratlar, haqiqatga yaqin real obyektlar rasmlari kiradi.
Ikkinchisiga esa sxemalar, diagrammalar, jadvallar, multiðli-
katsiyalar va hokazolar kiradi. Ular, o‘z navbatida, vizual,
audivizual va audiolarga bo‘linadi.
Vizuallarga rasmlar, jadvallar,
xaritalar, diafilmlar va diapozitivlar kiradi. Audivizuallarga kino,
audiolarga esa grammplastinkalar, magnitofon yozuvlari, radio
dasturlar va hokazolar kiradi.
Dostları ilə paylaş: