Xxvii bob. Nafosaò Òarbiyasi badiiy did va go‘zallikka muhabbatni tarbiyalash


SINFDAN TASHQARI ISHLAR JARAYONIDA ILMIY



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/37
tarix26.05.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#59583
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37
JFGYJFYJ

SINFDAN TASHQARI ISHLAR JARAYONIDA ILMIY
DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISH
Maktabda o‘qitiladigan o‘quv fanlari o‘quvchilarda ilmiy
dunyoqarashni shakllantiradi. Ammo bu yetarli emas. Bu
masalani to‘la hal qilish uchun sinfdan tashqari tashkil eti-
ladigan tarbiyaviy ishlardan ham keng foydalanish lozim.
Sinfdan tashqari ishlarning o‘ziga xos xususiyati bolalarning
tashabbuskorligi va ijodkorligini o‘stirish, nazariy bilimlarini
turmush tajribasi bilan to‘la bog‘lash imkoniyatini beradi.
Shuning uchun boshlang‘ich ta’limda sinfdan tashqari ishlarni
tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Sinfdan tashqari ishlarni
boshlang‘ich sinfda ekskursiya, maktab tajriba maydonchasidagi
ishlar va to‘garaklar ko‘rinishida ham tashkil qilish mumkin.
Tabiatshunoslar to‘garagida o‘quvchilar tabiat va undagi
hodisalar, qishloq xo‘jaligi yumushlari bilan sinfdagiga qaraganda
ancha ko‘p, kengroq va chuqurroq tanishadilar. Ular faqat tabiat
va undagi voqea-hodisalarnigina o‘rganib qolmay, balki o‘sim-
liklarni o‘stirish, hayvonlar va qushlarni parvarish qilish,
daraxt ko‘chatlari o‘tqizish va boshqa turli amaliy ishlarni ham
bajaradilar.
Bu mazmundagi ishlarni bajarish, o‘simliklar va hayvon-
larni parvarish qilish o‘quvchilarning tabiat va qishloq xo‘jaligi
haqidagi bilimlarini mustahkamlaydi va kengaytiradi, ularning
ongini yangi tasavvur va tushunchalar bilan boyitadi.
Shunday qilib, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish bir-ikki,
uch kishi yoki bir necha guruh tomonidan bo‘lmay, balki
ko‘pchilik ijtimoiy fikr tomonidan bajariladigan, ijtimoiy-tarixiy
xarakterdagi hodisadir. Demak, ilmiy dunyoqarashni shakllan-
tirish kishidan ko‘p mehnat, malaka talab qiladigan murakkab,
sermashaqqat faoliyatdir.
Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish barkamol shaxs tarbiya-
sining muhim komponentlaridan biridir. Bunda o‘quvchilarning
yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olish talab qilinadi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin