Xxvii bob. Nafosaò Òarbiyasi badiiy did va go‘zallikka muhabbatni tarbiyalash


O‘QUVCHILARNI MILLIY QADRIYATLAR RUHIDA



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/37
tarix26.05.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#59583
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37
JFGYJFYJ

O‘QUVCHILARNI MILLIY QADRIYATLAR RUHIDA
TARBIYALASH VA FUQAROLIK TARBIYASINI
SHAKLLANTIRISH
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini barpo etish va mustah-
kamlash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, uning qonu-
niy zaminlari huquqiy asoslarini takomillashtirish fuqarolarning


391
siyosiy-huquqiy faolligiga, onglilik, bilimdonlik darajasiga uzviy
aloqadorlikdadir.
Buning uchun O‘zbekistonning har bir fuqarosi, eng av-
valo, hayotimizning Asosiy qonuni — O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi, uning har bir moddasini puxta o‘rganishi lozim.
Konstitutsiyada inson huquqlarining davlat huquqidan ustu-
vorligi tamoyili qonun yo‘li bilan belgilab qo‘yilgan bo‘lib, Prezi-
dentimiz tomonidan ta’kidlanganidek, fuqarolar manfaati ustun-
ligi qonuniy ravishda mustahkamlangan va kafolatlangan. Unda
inson, uning hozirgi erki, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa huquq
hamda erkinliklari muqaddas bo‘lib, davlat himoyasida deyilgan.
Yuqorida keltirilgan talab va vazifalarni amalda joriy qilish,
asosan, ta’lim-tarbiya muassasalaridan boshlanadi. Ushbu
ma’noda o‘quvchilarda fuqarolik tarbiyasini shakllantirish uchun
ularni o‘tmish merosimiz va xalqimizning ming yillik qadriyatlari
asosida ma’lumotlar berish maqsadga muvofiqdir.
O‘quvchilarga fuqaro sifatida o‘z xulq-atvori mazmunini tahlil
qilish imkonini berish lozim. Ya’ni „Bugun xalq farovonligi
taraqqiyoti uchun nima qila oldim?“ „Zimmamdagi burchni ado
etdimmi?“ tarzidagi savollarga javob topishga o‘rgatish kerak.
O‘quvchilarga o‘qish, a’lo baholarga o‘zlashtirish, o‘z tafak-
kuri, qarashini shakllantirish, bolaga fuqarolik burchini ado
etish mas’uliyatini tushuntirib borish zarur. Fidoyilik, intizom-
lilik, tashabbuskorlik, qat’iyat, matonat, uyushqoqlik kabi xis-
latlar fuqarolik tarbiyasini olib borish jarayonida yuzaga keladi.
Fuqarolik tarbiyasini tashkil etish uchun ma’lum shart-
sharoitlar taqozo etiladi. Bular:
1. Maktabdagi ta’lim-tarbiya jarayoni yuksak darajada
uyushtirilishi kerak.
2. Fuqarolik tarbiyasi jarayonining muvaffaqiyati o‘quv-
chilar va o‘qituvchilar jamoasining saviyasiga bog‘liq.
3. Tarbiyaviy ishning rejali, uzluksiz, tizimli bo‘lishiga eri-
shish katta ahamiyat kasb etadi.
4. Oila, maktab va mahallalarda o‘zaro hamkorlik va hamji-
hatlikning yuzaga kelishi fuqarolik tarbiyasi muvaffaqiyatini
ta’mnnlaydi.
5. O‘quvchilarni axloqiy va huquqiy me’yorlarga hamda
umumiy tartibga rioya qilishga o‘rgatish va hokazo.


392
Fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda suhbat-munozara,
ma’ruza, bahslardan foydalanish, mashq, test, anketa savol-
lariga javob olish kabilar yuksak natijalarga olib keladi. Fuqarolik
tarbiyasida uning natijasini hisobga olish muhim ahamiyatga ega.
Bunda bolaning tarbiyalanganlik darajasi asos qilib olinadi.
Ushbu maqsadda diagnostika (tashxis qo‘yish), statistik, qiyosiy
tahlilni o‘tkazish lozim.
Fuqarolik tarbiyasining tashkil etilishi natijasida kamol top-
gan fuqaro o‘zida quyidagi sifatlarni namoyon eta olishi lozim:
— fuqarolik burchini bajara olishi (o‘z vatani, xalqi, ota-
onasi oldidagi qarzni his eta olishi) qobiliyatiga egalik;
— milliy g‘urur va ma’rifatparvarlik tuyg‘usiga ega bo‘lish;
— davlat Konstitutsiyasi, davlat hokimiyati organlari, mam-
lakat Prezidenti hamda davlat ramzlari (gerb, bayroq va mad-
hiya)ga nisbatan hurmatda bo‘lish;
— mamlakat taqdiri va istiqboli uchun javobgarlik, mas’ul-
lik;
— ijtimoiy-huquqiy hamda axloqiy me’yorlarga nisbatan
hurmat va itoatda bo‘lish;
— mamlakat milliy boyliklariga hurmat bilan qarash;
— milliy davlat tili, madaniyati va an’analariga nisbatan
ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, ularni asrash;
— ijtimoiy faollik;
— demokratik tamoyillarga amal qilish;
— tabiatga nisbatan ehtiyotkorona va mas’uliyatli munosabat-
da bo‘lish;
— fuqarolarning huquq va burchlarini hurmat qilish;
— huquqiy ong va fuqarolik madaniyatiga ega bo‘lish;
— to‘g‘riso‘z, adolatli, muruvvatli, mehribon bo‘lish;
— o‘z faoliyati va xatti-harakatiga nisbatan mas’ulligi;
— baynalmilallik, o‘zga mamlakatlar xalqlariga nisbatan
hurmatda bo‘lish va boshqalar.
Milliy istiqlol mafkurasi mazmuni va mohiyati, demokratik
huquqiy davlat qurishda adolatli fuqarolik jamiyatini shakllan-
tirish yo‘lidan dadil borayotgan mustaqil O‘zbekistonda fuqa-
rolarning huquqiy bilimlari va huquqiy madaniyatlarini yuk-
saltirish g‘oyat muhim va dolzarb ekanligi ustuvor ahamiyat
kasb etadi.


393
Milliy istiqlol mafkurasida Vatanimizning rivojlanishi va
istiqboli, mamlakatimizda keng ko‘lamda o‘tkazilayotgan iqti-
sodiyot, siyosat, davlat qurilishi, huquqiy tizimini ma’naviy
o‘zgartirish sohasidagi islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihat-
dan xalqning huquqiy ongi, bilimi va madaniyati darajasiga
bog‘liqligi alohida ta’kidlanadi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin