Xxvii bob. Nafosaò Òarbiyasi badiiy did va go‘zallikka muhabbatni tarbiyalash



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/37
tarix26.05.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#59583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
JFGYJFYJ

Savol va topshiriqlar
1. „Insonning hamma narsasi — yuzi ham, kiyimi ham, qalbi ham,
fikri ham go‘zal bo‘lishi kerak“ deganda nimalar nazarda tutilgan,
sharhlab bering.
2. „Aqlsiz go‘zal — loyga tushgan yaproqqa o‘xshaydi“. O‘xshatishning
ma’nosi nimada? Hayotdan misollar keltiring.
3. Òashqi va ichki go‘zallikni Siz qanday tushunasiz?
4. „Madaniyatlilik“, „Òarbiya ko‘rganlik“, „Odoblilik“ tushuncha-
larini izohlang. Qanday holatlarda, qanday insonlarga nisbatan
bu iboralarni ishlatamiz?
5. „Estetik did“, „Estetik qobiliyat“, „Estetik madaniyat“ tushuncha-
lariga ta’rif bering.
6. „Kiyinish odobi“ mavzusida suhbat olib borish tartibini yozma
ravishda ifodalang.


379
XXVIII BOB.
 
MA’NAVIY-AXLOQIY
TARBIYA
Islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri — xalqning
ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish O‘zbekistonda
davlat va jamiyatning eng muhim vazifalaridan biri sifatida e’tirof
etildi. Shu ma’noda o‘sib kelayotgan yosh avlodda yuksak ma’-
naviy-axloqiy sifatlarni tarkib toptirish zaruriyati yuzaga keldi.
Axloq kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyoti davomida vujudga
kelib, tarkib topgan, takomillashib kelgan me’yor va qoidalar-
dan iborat bo‘lib, ular kishilarning jamiyatga bo‘lgan munosa-
batlarini tartibga soladi. Bu me’yor va tartib-qoidalar kishilardan
jamiyat uchun zarur bo‘lgan axloqqa ega bo‘lishlikni talab qiladi.
Shunga muvofiq, biror shaxsning xulq-atvori, yurish-turishiga
axloqli yoki axloqsiz deb baholashga imkon beradi.
O‘zbek milliy pedagogi Abdulla Avloniy axloqqa quyidagicha
ta’rif beradi: „Axloq insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomon-
likdan qaytaruvchi bir ilmdur. Yaxshi xulqlarning yaxshiligini,
yomon xulqlarning yomonligini dalil va isbotlar ila bayon
qiladurgan kitobni axloq deyilur“.
1
Axloq — inson hayotida o‘z-o‘zini idora qilish me’yorlarini,
boshqalar bilan munosabatda bo‘lish madaniyatini, halol
ishlab, to‘g‘ri hayot kechirish mezonlarini o‘rgatadi. Ibn Sino
ham „Axloq har bir kishi uchun o‘z-o‘zini idora qilish ilmi-
dur“, deb uning mazmunini ifodalab bergan edi. Axloq me’yori
va qoidalari tarixiy taraqqiyot davomida tarkib topib, tako-
millashib borgan va kishilarda birgalikda yashash sharoitidan,
tabiiy ehtiyojidan, ijtimoiy manfaatlari va hayotiy talablaridan
kelib chiqqan va ular muayyan tarixiy davrdagi kishilarning
xatti-harakati, yurish-turishi va boshqalarga bo‘lgan munosabat-
larida namoyon bo‘lgan. Ana shu tartib-qoidalarsiz biron-bir
jamiyat bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham.
Ma’naviy-axloqiy fazilatlar hech qachon o‘z-o‘zidan vu-
judga kelmaydi, balki ularning kelib chiqishining haqiqiy man-
bayi, ularni keltirib chiqargan sabablar va harakatga keltiradigan
kuchlar mavjuddir. Zero, har qanday axloqiy qoidalar
muayyan tarixiy zaruriyat natijasida vujudga keladi va muayyan
1

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin