Xxvii bob. Nafosaò Òarbiyasi badiiy did va go‘zallikka muhabbatni tarbiyalash



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/37
tarix26.05.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#59583
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
JFGYJFYJ



369
XXVII BOB.
NAFOSAÒ ÒARBIYASI
BADIIY DID VA GO‘ZALLIKKA MUHABBATNI
TARBIYALASH
Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiya) — bu o‘quvchilarni voqe-
likdagi, san’atdagi, tabiatdagi, kishilarning ijtimoiy va mehnat
munosabatlaridagi, turmushdagi go‘zallikni idrok qilish hamda
to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish, ularning badiiy didini o‘stirish, ularda
go‘zallikka muhabbat uyg‘otish va hayotiga go‘zallik olib kirish
qobiliyatlarini tarbiyalashdir.
Nozik didli bo‘lish, go‘zallikni fahmlay va qadrlay olish, badiiy
madaniyatni tushunish, xullas, o‘z hayotini go‘zallik qonunlari
asosida qura olish komil insonning eng zaruriy fazilatidir.
Insonda go‘zallikni tushunish birdaniga vujudga kelmaydi, balki
u jamiyat va odamlar, atrof-muhit ta’sirida shakllanib boradi. Shunga
ko‘ra insoniyatning badiiy rivojlanish qonunlari ijtimoiy rivojlanish
qonunlari bilan bog‘langan.
Badiiyat qonunlari esa ijtimoiy-estetik ideallar orqali namoyon
bo‘ladi.
Nafosat tarbiyasi, eng avvalo, har bir kishida badiiy hissiyot
tuyg‘ularini, badiiy didni tarbiyalashdir. Bundan yuksak nafosatlilik
aql-zakovatdan xoli bo‘ladi, degan ma’noni tushunmaslik kerak.
Shaxsning barkamol inson bo‘lib shakllanishida bu ikki tomon
bir-birini to‘ldiradi. Chinakam san’at asarida hissiyot chuqur
g‘oyaviy-aqliy mazmun bilan birikib ketadi. Nafosat tarbiyasi aql
bilan hissiyotni tarbiyalash, yanada aniqroq qilib aytganda, hissiyot
vositasi bilan aqlni tarbiyalashdir. Bu ikki tomon bir-biri bilan
uzviy bog‘liqdir.
Ilmiy dunyoqarashga asoslangan nafosat, did, his-tuyg‘ular
va ko‘nikmalarning o‘sib borishi jarayonida insonning o‘zi ham
ma’naviy boyib, oliyjanob bo‘lib boradi, uning hayoti yanada
sermazmun bo‘ladi, yashayotgan zamoniga nisbatan mehr-
muhabbat ortib boradi. Bularning hammasi har bir insonda
go‘zallikni xunuklikdan, jirkanchlikdan farq qila bilish qobiliyatini
shakllantiradi, uni yanada rivojlantiradi. Chinakam nozik did haqiqiy
go‘zallikdan lazzatlana olish, mehnatda, turmushda, yurish-
turishda, san’atda nafosatni idrok etish va yaratishga ehtiyoj sezish
demakdir. Didsizlik kishining voqelikka bo‘lgan ijobiy munosabatini
buzib yuboradi, natijada u nafosatga loqayd qaray boshlaydi.
24 — Pedagogika


370
Nafosat tarbiyasi bugungi kunda shuning uchun ham muhim-
ki, did-farosatlilik mehnatda, ishlab chiqarishda, kundalik amaliy
faoliyatda har bir inson uchun hayotiy ehtiyojga aylanib qolgan.
Did-farosat har bir insonning xatti-harakatida, kiyinishida
yurish-turishida, kishilarga bo‘lgan munosabatida, jamiyatdagi u
yoki bu voqealarga yondashishida va hokazolarda yaqqol bilinadi.
Ba’zan hayotda didi past, ma’naviy qashshoq kishilarni
uchratamiz. Bunday kishilar aqlan, axloqan va ruhan zaifligini
yashirish uchun soxta xatti-harakatlar qiladilar, o‘zlariga yarash-
maydigan ishlar qiladilar, didsiz kiyinadilar, ma’nosiz shovqin-
surondan iborat musiqa va ashulalarni tinglaydilar. Bundaylarni
kuzatarkansiz, ularning mehnat gashtini surmagan, hayot
tashvishlariga beparvo, loqayd kimsalar ekanligiga guvoh bo‘lasiz.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin