395
Dunyoqarashning ikkita darajasi mavjud. Uning birinchisini
kishilarning kundalik hayotiy amaliy tajribasi hamda kasbiy
faoliyati asosida to‘plangan bilimlar, tasavvurlar, qarashlar
tashkil qilsa, ikkinchisini ilm-fan tufayli to‘plangan nazariy
bilimlar, g‘oyalar yig‘indisi tashkil etadi. Ularning ikkalasi bir-
biri bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, bir-birini to‘ldiradi.
Dunyoqarash qotib qolgan, hech qachon o‘zgarmaydigan
o‘lik g‘oyalar yig‘indisi emas. Jamiyatning o‘zgarishi bilan bir
qatorda u ham doimo rivojlanib, mazmunan o‘zgarib turadi.
Buni biz o‘z jamiyatimiz hayotidan yaqqol ko‘rib turibmiz.
Mustaqillik tufayli endilikda umuminsoniy va milliy qadriyat-
larimizga asoslangan, hozirgi davr talabiga javob beradigan yangi
mafkura yaratilmoqda va uning asosida kishilarda yangicha
tafakkur, dunyoqarash shakllanib, rivojlanmoqda. Faylasuf
olimlarimiz dunyoqarashning mifologik, diniy, falsafiy kabi
turlarini farqlaydilar.
1
Mifologik dunyoqarash (yunoncha „mifos“ —
naql, rivoyat,
„logos“ —
tushuncha, ta’limot) — ijtimoiy taraqqiyotning eng
boshlang‘ich davriga xos bo‘lgan xalq og‘zaki ijodi — naql va
afsonalarda gavdalantirilgan ijtimoiy ongning asosiy shaklidir.
Mifologik dunyoqarash ilm-fan taraqqiy etmagan vaziyatda keng
tarqalgan ijtimoiy ongning shakli bo‘lib, uning kelib chiqish
sababining asosini insonning o‘zini qurshab turgan olamdan
ajralib qarashga ojizligi tashkil etadi. Shuning uchun ham
mifologik dunyoqarashda jamiyat bilan tabiat, jonli bilan jonsiz
narsalar bir xil tarzda ifodalanadi.
Diniy dunyoqarashning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u
tabiiy va ijtimoiy hodisalar mohiyatini ularning o‘zidan emas,
balki Xudoning qudrati bilan tushuntiradi. U hamma narsada va
har qayerda ilohiy kuchlarning ta’siri, mo‘jizaviy kuchi bor,
deb uqtiradi. Diniy dunyoqarashning mohiyati dindorlar uchun
muqaddas bo‘lib hisoblangan adabiyotlarda o‘z aksini topgan.
Falsafiy dunyoqarash — bu olam haqidagi yaxlit va siste-
malashtirilgan bilimlar yig‘indisidir. Mifologik va diniy dunyo-
qarash hissiy a’zolarimiz orqali erishilgan ma’lumotlar asosida
shakllansa, falsafiy dunyoqarash hissiy va aqliy a’zolarimiz
tufayli ilm-fan yordamida to‘plangan bilimlar yig‘indisidir.
1
Dostları ilə paylaş: