37
XULOSA
Shunday qilib, ta’lim menejmentini boshqarish fanlarini o’qitish jarayonining
mohiyati o’qituvchi va talabalarning aniq ta’limiy maqsadga erishishga
yo’naltirilgan harakatlarida namoyon bo’ladi. Ta’lim
menejmentini boshqarish
fanlarini o’qitish ta’lim jarayonida belgilangan maqsadga erishishda ta’lim berish,
rivojlantirish va tarbiyalash funktsiyalari bajaradi.
O’qituvchining bu jarayondagi faoliyati rejalashtirish,
tashkil etish,
boshqarish (rag‘batlantirish), nazorat hamda natijalarni baholash va tahlil qilishdan
iboratdir. Talabalarning faoliyati esa bilim olish va bu yo’lda o’quv harakatlarini
tashkil etishga qaratiladi.
O’quv faoliyatida bilimlarning o’zlashtirish
jarayoni idrok etish, o’quv
materialini anglab yetish,
mustahkamlash, amaliy faoliyatida bilimlarini qo’llash
kabi bosqichlar asosida amalga oshiriladi. Talabalar tomonidan o’zlashtirilgan
bilimlar to’rtta darajaga ko’ra farqlanadi. O’qitish jarayonini izchil, oqilona tashkil
etish, o’qituvchi va talabalar faoliyatini to’g‘ri yo’lga qo’yishda ta’lim maqsadlarini
oydinlashtirish muhim ahamiyatga ega. O’quv maqsadlari aniq belgilansa kutilgan
natijani qo’lga kiritish va yuqori samaradorlikka erishish mumkin bo’ladi.
Xulosa
qilib aytganda, ta’lim menejmentini boshqarish fanlarini o’qitish
jarayonida talabaning faoliyati o’qituvchi rahbarligi ostida kechadi. O’qituvchi
faoliyatining vazifasi talabalarning ijtimoiy borliqni ongli va faol idrok etishga
yo’naltirilgan faoliyatlarini boshqarishdan iborat bo’lib,
bu jarayonning samarali
kechishi uni to’g‘ri rejalashtirish, oqilona tashkil etishga bog‘liq. Bunda
talabalar
faoliyatini nazorat, tashxis va tahlil qilish muhim ahamiyatga ega.