127-mashq.
Uyga vazifa. O‘zingiz yashayotgan joyning tabiati
haqida matn tuzing. Unda qo‘llangan fe’llarning qaysi nisbatda ekan-
ligini aniqlang.
1-t o p s h i r i q . Berilgan fe’llarga qavs ichidagi orttirma nisbat shakl-
laridan mosini qo‘yib ko‘chiring.
O‘qi (-t, -tir), o‘t (-dir, -kiz), ich (-ir, -kiz, -tir,
-iz), yoz (-t, -tir, -dir, -g‘iz, -qiz)
2-t o p s h i r i q . Orttirma nisbat qo‘shimchalarining qanday tovush
bilan tugagan fe’l asoslariga qo‘shilayotganini ayting.
BILIB OLING.
Orttirma nisbatning -t qo‘shimchasi
unli tovush bilan tugagan fe’l asoslariga qo‘shiladi. Ma-
salan, to‘qit, ishlat.
Jarangli undosh bilan tugagan bir bo‘g‘inli fe’l
asoslariga (kel so‘zidan boshqa), shuningdek, z undoshi
bilan tugagan orttirma nisbat yasovchisidan keyin -dir,
jarangsiz undosh bilan tugagan fe’l asoslariga esa -tir
qo‘shimchasi qo‘shiladi.
-ir, -ar, -iz qo‘shimchalari undosh bilan tugagan bir
bo‘g‘inli fe’llarga qo‘shiladi. Masalan: shoshir, chiqar,
oqiz.
ORÒÒIRMA NISBAÒ QO‘SHIM-
CHALARINING ISHLAÒILISHI
49
-giz, -g‘iz qo‘shimchalari jarangli undosh bilan tu-
gagan fe’l asoslariga, -kiz, -qiz qo‘shimchalari esa jarang-
siz undosh bilan tugagan fe’l asoslariga qo‘shiladi.
Masalan: yutqiz, ketkiz, yurgiz, turg‘iz.
ESDA SAQLANG.
Ba’zan fe’l asosiga orttirma
nisbat hosil qiluvchi birdan ortiq qo‘shimchalar qo‘shilishi
mumkin. Masalan, o‘ qit — o‘ qittir, to‘ ldir — to‘ ldirg‘ iz,
Dostları ilə paylaş: |