Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6- sinfi uchun darslik



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/170
tarix02.06.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#60389
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   170
Ona tili 6 sinf

241-mashq. 
Uyga vazifa. «Tog‘da» mavzusida bog‘lanishli matn
tuzing. Unda ishtirok etgan fe’llarning mayllarini aniqlang.
1-t o ð s h i r i q . Berilgan fe’llarni tarkibiy qismlarga ajrating.
Gullagan, yashnamoqda, o‘ylashdi, o‘ynamayman.
2-t o ð s h i r i q . Yuqoridagi fe’llar tarkibidagi nisbat, bo‘lishli-
bo‘lishsizlik, zamon, shaxs-son qo‘shimñhalarini aniqlang.
BILIB OLING. 
Harakat va holatning bajarilishi yoki
bajarilmasligi haqidagi xabar, darakni bildiruvchi fe’l shakli
xabar mayli shakli hisoblanadi. Xabar mayli shakli max-
sus qo‘shimchaga ega emas. Zamon va shaxs-son
qo‘shimchalarini qabul qilgan fe’llar xabar maylidagi fe’llar
sanaladi.
242-mashq. 
O‘qing. Õabar maylidagi fe’llarni aniqlab, daftari-
ngizga ko‘ñhiring. Ularning qanday zamon shaklida ekanligini ayting.
Nima deysan, ey g‘ayur inson?
G‘iybatlaring qildi meni qon.
Sen ham bir kun o‘tarsan, inon,
Mehr qolur, muhabbat qolur. (Muhammad Yusuf)
ÕABAR MAYLI


97
243-mashq. 
Berilgan gaðlardagi fe’llarni tarkibiy qismlarga ajrating.
Har bir qismni tahlil qiling.
1. Bola ñhaqqonlik bilan o‘zini suvga otdi. (S. Mengnorov)
2. Ishyoqmaslarning idorama-idora yurib arz qilishdan boshqa
ishi yo‘q. (P. Qodirov) 3. Kabob uñhun shahardan zira-ðiralarni
ham olib ñhiqib qo‘ydik. (P. Qodirov) 4. Otasi Qo‘qonning
Madalixon madrasasida bir neñha yillar mudarris bo‘lib ishla-
gan. (Abdulla Qodiriy) 5. Cho‘ðon gaðiradi, xotini aytadi, o‘g‘li
ñhaqiradi. (Sh. Õolmirzayev) 5. Kunduzi bo‘lishiga qaramay,
birdan hamma yoq qoð-qorong‘i bo‘lib ketdi. ( P. Qodirov)
244-mashq.
Berilgan gaðlardagi xabar mayli shaklidagi fe’llarni
tahlil qiling.
1. Nigoraning qoð-qora ko‘zlari doimo ñhaqnab turadi,
lablaridan tabassum arimaydi. (A. Azimova) 2. Mashina to‘xtar-
to‘xtamas yerga sakradi. (P. Qodirov) 3. Qurilish hovlisiga ñhang-
to‘zon ko‘tarib «Zil» mashinasi kirib keldi. (O‘. Hoshimov)
4. Bu gaðni eshitib, Bahromning ko‘zi ñharaqlab oñhilib ketdi.
(Õ. Òo‘xtaboyev)
1. Õabar mayli deb nimaga aytiladi?
2. Õabar maylidagi fe’llarga misollar keltiring.
3. Ishlamoq, yoðmoq, qurmoq fe’llarining xabar maylidagi
shakllarini yasang.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin