Mavzuni mustaqil o’zlashtirish
Faning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi
o’quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda
o’zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va
ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga
xizmat qiladigan savollarga e’tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot
manbalarini ko’rsatish lozim.
Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o’quv
adabiyotlaridan foydalanib ushbu mavzu bo’yicha Loyiha ishi, taqdimot va
slaydlar, keys stadilar tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o’zlashtirish qiyin bo’lsa,
savollar paydo bo’lsa, adabiyotlar etishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va
h.k.) o’qituvchidan maslahatlar oladilar.
Mustaqil o’zlashtirilgan mavzu bo’yicha tayyorlangan matn kafedrada
himoya qilinadi.
Mustaqil ishlarni baholash tartibi
Talabalarning reyting asosida baholash tizimida mustaqil ishning bajarilishi
yakuniy sinov sifatida xizmat qiladi. Albatta, mustaqil ishning talabalar tomonidan
bajarilish muddati, yozma yoki Ilmiy loyiha ishlariga qo'yilgan talabga qay
darajada javob berilishi, tavsiya etilgan adabiyotlardan qanday foydalanganligi
baholash me'zonida nazarda tutiladi. Mustaqil ishning bajarilishini nazorat qilish
oraliq nazoratlarda olib boriladi. Mustaqil ishlarning baholash me'zoni quyidagicha
tashkil etish mumkin:
Barcha ta'lim yo'nalishidagi talabalar uchun - oraliq nazoratga ishchi dastur
bo'yicha maksimal 34(20/14) ball belgilangan bo'lib, shundan mustaqil ta'lim
soatlarida bajargan ishlari, qilgan taqdimoti hamda moliya va buxgalteriya hisobi
va audit yo’nalishi bo’yicha berilgan mustaqil ta`limni bajarishi uchun maksimal
10(5/5) ball hamda mavzular bo'yicha multimedialar tayyorlashi, slaydlar,
12
ko'rgazmali qurollar va chizmalar tayyorlashdagi faoliyati, Oraliq nazorat uchun
maksimal 34 ball belgilangan.
Talaba yuqori saviyada va mukammal yozgan mustaqil ishi bilan kafedra
tavsiyasiga binoan fakultet yoki oliy o'quv yurti darajasida o'tkaziladigan
talabalarning ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etishi mumkin.
|