9
ham ishlata bilgan holda tayyorlashlari kerak. Taqdimot tayyorlash jarayonida
talaba adabiyotlar bilan ishlash, turli manbalardan olgan materiallarini
umumlashtirish va xulosa qilishga o'rganadi.
Taqdimot tayyorlash uchun talaba, avvalo, fanni
nazariy jihatdan puxta
o'zlashtirishi kerak. Tanlab olingan mavzuni yoritish uchun kirish, 3-4 reja tuziladi
va shu reja asosida mavzu yoritiladi. Mustaqil ta'lim taqdimot ko'rinishida bo'lsa, u
Power Point dasturida tayyorlanadi va unda titul varog'i, mavzu, reja va
slaydlardan iborat bo'lishi kerak.
Mustaqil ishning yana bir shakli "Ilmiy loyiha"dir. Ilmiy loyihani
talabalarning ilmiy ish yozishi, tadqiqot o'tkazishini dastlabki shakli sifatida ko'rish
mumkin. Ilmiy loyiha (lotincha refero- axborot beryapman) — biror ilmiy asar,
o'qilgan kitob, maqola kabilar mazmunining qisqacha yozma yoki og'zaki bayoni,
o'rganilgan ilmiy masalaning natijasi haqidagi axborot, tegishli adabiyot va boshqa
manbalar obzorini o'z ichiga olgan ma'lum mavzudagi doklad. Ilmiy loyiha odatda,
ilmiy axborot vazifasini o'taydi. Unda muayyan mavzu bilan birgalikda, tegishli
ilmiy nazariyalar, xulosalar yoritilishi va tanqid qilinishi mumkin.
Ilmiy tadqiqot
muassasalari, oliy o'quv yurtlarida ilmiy dokladlar sifatidagi «Ilmiy loyiha»lar
keng tarqalgan. Odatda talabalarning seminar mashg'ulotlariga tayyorlab
keladigan maxsus axborotlari ham «Ilmiy loyiha» deyiladi.
Ilmiy loyiha yozish bilan talaba ilmiy adabiyotlar bilan ishlashni, statistik
ma'lumotlar va boshqa materiallarni to'plash, ularni qayta ishlash, ya'ni hisob kitob
qilish, tahlil qilish, o'rganilayotgan hodisalarga tanqidiy ko'z bilan qarashni,
baholashni, nazariyani amaliyot bilan bog'lashni o'rganadi.
Ilmiy loyiha mustaqil yozilib, uni yozish
qoidalariga amal qilinsa, darslik
bo'yicha savolga tayyorlanib kelib, seminar darslarda so'zga chiqishga qaraganda
katta foyda beradi. Talaba «Ilmiy loyiha»da bildirgan o'z fikrini auditoriya oldida
himoya qila olishi kerak.
Mustaqil ta'lim "Ilmiy loyiha" tarzida (kompyuterda) tayyorlanadigan bo'lsa,
unda titul varag'i, reja, asosiy matn va adabiyotlar ro'yxati ko'rsatiladi. Mustaqil ish
10
bajarishda talaba o'rganiyotgan mavzuning mohiyati va mazmunini faqatgina
asosiy matnda nazariy jihatdan yoritmasdan, balki mavzu bo'yicha
amaliy
ma'lumotlardan sxema, grafik, diagramma, jadvallar ko'rinishida tarqatma
materiallartayyorlashlari va ularni tahlil qilish talablari qo'yilgan. Chunki, har
qanday mavzuning nazariy qismi amaliy topshiriqlar bilan to'ldirilganda dars
samarasi yanada yuqori bo'ladi
Shunday qilib, taqdimot tayyorlash, ilmiy loyiha va amaliy materiallar
foydalanish bir tomondan, ilmiy ishlarning yakuni sifatida, o'z
ustida ishlashlari,
izlanishlariga yakun yasasa, ikkinchi tomondan, ularni yanada yangi ishlarga
rag'batlantiradi, dunyoqarashini rivojlanishi, o'z faoliyatini aniq maqsadga
yo'naltirishga, yanada chuqurroq bilim olish, o'z
ustida ishlashga, iqtisodiy
fikrlash, ilmiy izlanishga, fikrini mantiqiy izchillikda ham og'zaki, ham yozma
ravishda bayon qilishga o'rgatadi.
Mustaqil ishni bajarilishida talaba bu ishga ijodiy yondoshmog' i kerak.
Talabalarni fanini mustaqil o'zlashtirishlari uchun quyidagi talablar qo'yilgan:
-bir mavzuni yoritishda talaba faqatgina ilmiy adabiyotlardan emas, balki
ham ilmiy maqolalar,
ham axborot vositalari, ham internet tarmoqlaridan
birgalikda foydalanishi lozim;
-o'rganilayotgan mavzu bo'yicha rivojlangan davlatlar tajribalari qay
darajada ekanligiga e'tibor berilishi lozim;
-Ilmiy loyiha reja asosida va talab darajasida tayyorlangan bo'lib, har bir reja
bo'yicha talaba o'z fikr mulohazalarini bayon etishi shart;
-mavzuni yoritishda keltirilgan statistik ma'lumotlar aniq va to'g'riligiga
ishonch hosil qilish uchun manbasi ko'rsatilishi shart;
-Ilmiy loyiha tarzda (kompyuterda) yoziladigan bo'lsa (A4 format qog'oz,
chap-3 sm, yuqori-2sm, past-2,5 sm, o'ng-1 sm va 14 shriftda, 1 interntervalda
yozilishi kerak) 14-15 betdan va taqdimot ko'rinishida 10-15 slayddan iborat
bo'lishi kerak, tarqatma materiallar esa 8-10tadan kam bo'lmasligi lozim.