Byudjet hisobi


sirtqi bo’limdatalabalar mustaqil ishlarining shakli va hajmini



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/14
tarix10.06.2022
ölçüsü1,05 Mb.
#61166
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
14 Бюджет ҳисоби сиртқи узб

sirtqi bo’limdatalabalar mustaqil ishlarining shakli va hajmini 
belgilashda quyidagi jihatlar e’tiborga olinishi lozim: 
- o’qish bosqichi; 
- muayyan fanning o’ziga xos xususiyati va o’zlashtirishdagi qiyinchilik 
darajasi; 
- talabaning qobiliyati hamda nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasi 
(tayanch bilimi); 
- fanning axborot manbalari bilan ta’minlanganlik darajasi; 
- talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasi. Mustaqil ish 
uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va xajmi, qiyinchilik darajasi 
semestrdan-semestrga ko’nikmalar hosil bo’lishiga muvofiq ravishda o’zgarib, 
oshib borishi lozim. Ya’ni, talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi mustaqilligi 
darajasini asta-sekin oshirib, ularni topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy 
yondashishga o’rgatib borish kerak bo’ladi. 



Mustaqil ishni tashkil etishda talabaning akademik o’zlashtirish darajasi va 
qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish mumkin: 

fanning ayrim mavzularini o’quv adabiyotlari yordamida 
mustaqil o’zlashtirish, o’quv manbalari bilan ishlash; 

amaliy mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rib kelish; 

ma’lum mavzu bo’yicha referat tayyorlash; 

kurs ishi (loyihalari)ni bajarish; 

bitiruv malakaviy ishi uchun materiallar to’plash; 

hisob-kitob va grafik ishlarini bajarish; 

maket, model va badiiy asarlar ustida ishlash; 

amaliyotdagi mavjud muammoning echimini topish, test, 
munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash; 

ilmiy maqola, tezislar va ma’ruza tayyorlash; 

amaliy mazmundagi nostandart masalalarni echish va ijodiy 
ishlash; 

uy vazifalarini bajarish va boshqalar; 
Fan xususiyatidan kelib chiqqan holda talabalarga mustaqil ish uchun 
boshqa shakllardagi vazifalar ham topshirilishi mumkin. Talabalarga qaysi turdagi 
topshiriqlarni berish lozimligi kafedra tomonidan belgilanadi. Topshiriqlar puxta 
o’ylab ishlab chiqilgan va ma’lum maqsadga yo’naltirilgan bo’lib, talabalarning 
auditoriya mashg’ulotlarida olgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, 
kengaytirish va to’ldirishga xizmat qilishi kerak. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin