Byudjet hisobi


Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning maqsadi



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/14
tarix10.06.2022
ölçüsü1,05 Mb.
#61166
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
14 Бюджет ҳисоби сиртқи узб

 
1. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning maqsadi
vazifalari va hususiyatlari 
Byudjet tashkiloti - zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog’liq 
bo’lgan o’z faoliyatini amalga oshirishi uchun Davlat byudjetidan mablag’ ajratish 


16 
nazarda tutilgan va bu mablag’ moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadigan 
vazirlik, davlat qo’mitasi, idora, davlat tashkiloti. Byudjet tashkilotlari 
daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi bo’yicha byudjet va byudjetdan tashqari 
mablag’lar buxgalteriya hisobini O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya 
hisobi to’g’risida” gi Qonuniga va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 
uslubiy ko’rsatmalariga hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq 
tashkil qiladilar. Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralari, zarur hollarda, 
o’zlarining tizimidagi byudjet tashkilotlarda O’zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi bilan kelishgan holda buxgalteriya hisobining umumiy qoidalarini 
qo’llash tartibi to’g’risida ko’rsatmalar ishlab chiqarishlari mumkin. 
 
 
 
 
1.1 – chizma. Byudjet tashkilotlari buxgalteriya hisobi axboroti foydalanuvchilari. 
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etishdan maqsad 
foydalanuvchilar (ichki, tashqi) ni daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayoni 
bo’yicha o’z vaqtida, to’liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlari bilan 
ta’minlab berishdan iborat. 
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobining vazifalari quyidagilardan 
iborat: 
Axborotfoydalanuvchilari
 
Ichki 
Tashqi 
Moliyaorganlari 
Tashkilotraxbariyati 
Rejamoliyavaboshqabo’lim
lar 
Mutaxassislar, xodimlar 
Soliqorganlari 
Statistikaboshqarmalari, 
banklarvaboshqalar 


17 
- Buxgalteriya hisobini amaldagi tegishli me’yoriy-xuquqiy xujjatlar asosida tashkil 
etish; 
- Byudjet tashkilotlarida byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lardan maqsadli 
foydalanishni ta’minlash; 
- Daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayoni muomalalarini hujjatlashtirish va 
hisob registrlarida aks ettirish; 
- Byudjet tashkilotlari buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati va 
harakati, mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning holati to’g’risidagi to’liq hamda 
aniq ma’lumotlarni shakllantirish; 
- Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi natijalarini 
shakllantirish; 
- Byudjet ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish va 
hisobotlarni tuzish; 
- Buxgalteriya hisobini tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan 
keng foydalanish va boshqalar. 
Byudjet 
tashkilotlarida 
buxgalteriya 
hisobini 
alohida 
hususiyatlari 
quyidagilardan iborat : 
1. Daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi nazorat qilinishi – Byudjet 
tashkilotlarda har yili belgilangan tartibda byudjet mablag’lari bo’yicha xarajatlar 
smetasi va shtatlar jadvali tuziladi va tasdiqlanadi. Byudjet tashkilotlarida 
buxgalteriya hisobi xarajatlar smetasi ijrosini ta’minlab beradi. Bunda xarajatlarni 
iqtisodiy tasnifi asosida smeta doirasida xarajatlar moliyalanadi va amalga 
oshiriladi. Bulardan tashqari byudjetdan tashqari mablag’lar manbaalari (ta’lim 
muassasalarida o’qitishning to’lov kontrakt shakli mablag’lari, byudjet tashkilotlari 
rivojlantirish 
jamg’armasi 
mablag’lari, 
tibbiyot 
muassasalari 
moddiy 
rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari, byudjetdan tashqari 
boshqa mahsus mablag’lar) bo’yicha daromadlar va xarajatlar smetalari tuziladi va 
ijrosi amalga oshiriladi. Shuning uchun byudjet tashkilotlari buxgalteriya hisobini 
yuritishda smetalar ijrosi nazorat qilinadi.


18 
2. Kassa va xaqiqiy xarajatlar hisobini yuritilishi – Byudjet tashkilotlarida 
daromadlar va xarajatlar ijrosi jarayonida kassa va xaqiqiy xarajatlar hisobi 
yuritiladi. Byudjet tashkilotlari tomonidan g’aznachilikdagi shaxsiy hisob 
varaqlardan xarajatlarni to’lab berilishi kassa xarajatlari ko’rinishida hisobda aks 
ettiriladi. Masalan ish haqi bo’yicha moliyaviy majburiyatlar to’lab berilganda 
ya’ni tegishli soliqlar va ajratmalar o’tkazilganda xodimlar plastik kartochkalariga 
ish haqi o’tkazib berilganda yoki kassadan berilganda kassa xarajati ko’rinishida 
tegishli daftarlarda, hisobotlarda aks ettiriladi. Byudjet tashkilotlari tomonidan 
xarajatlar smetalari doirasida amalga oshirilgan lekin to’lab berilmagan xarajatlar 
haqiqiy xarajat ko’rinishida hisobda aks ettiriladi. Masalan smeta doirasida ish haqi 
hisoblangan lekin to’lab berilmagan yoki ish, hizmatlar ko’rsatilgan, tovarlar 
olingan lekin to’lab berilmagan xarajatlar haqiqiy xarajat ko’rinishida tegishli 
daftarlarda, hisobotlarda aks ettiriladi. Kassa va haqiqiy xarajatlar hisobini yuritish 
uchun alohida 294 - shakldagi daftar yuritiladi shuningdek hisobot shakllarida ham 
aks ettiriladi.
3. Byudjet tasnifi asosida hisobni tashkil etilishi va hisobotlarni 
shakllantirilishi - Byudjet tashkilotlari tomonidan tuzilgan daromadlar va 
xarajatlar smetalari O’zbekiston Respublikasi Adliya vazriligida 2010 yil 11 
oktyabrda 2146-son bilan ro’yxatga olingan “O’zbekiston Respublikasi Byudjet 
tasnifini qo’llash bo’yicha Yo’riqnoma” asosida 1-gurux, 3-gurux, 3-gurux, 4-
gurux xarajatlari xarajatlarning iqtisodiy tasnifi bo’yicha aks ettiriladi hamda ijrosi 
xaqidagi buxgalteriya hisobotlari shakllarida ham byudjet xarajatlarining iqtisodiy 
tasnifi bo’yicha axborotlar shakllantiriladi.
4. Buxgalteriya hisobi va hisobotlarni me’yoriy hujjatlarga qat’iy amal 
qilingan xolda yuritilishi - Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish va 
moliyaviy hisobotlarni tuzish “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zbekiston 
Respublikasining qonuni va boshqa bir qator qonunlar, O’zbekiston Respublikasi 
Hukumati hamda Moliya vazirligining bir qancha me’yoriy-huquqiy hujjatlariga 
muvofiq olib boriladi. Shu bilan birga qonunchilikka muvofiq byudjetdan tashqari 
daromadlar aniq manbaalari bo’yicha shakllantiriladi va sarflanishi yo’nalishlari 


19 
belgilanadi. Masalan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 414 – son 
“Byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish 
to’g’risida”gi qaroriga muvofiq byudjet tashkilotlari rivojlantirish jamg’armasi 
mablag’larini shakllantirishi manbaalari belgilangan. Shuningdek rivojlantirish 
jamg’armasi mablag’lari birinchi navbatda kreditorlik majburiyatlarni tugatish 
yo’naltirilishi, agarda kreditorlik qarzdorlik mavjud bo’lmasa kamida 75 foizi 
moddiy texnika bazasini mustaxkamlashga, ko’pi bilan 25 foizgacha hodimlarni 
moddiy rag’batlantirishga yo’naltirilishi belgilangan. Buxgalteriya hisobini 
yuritishda yuqorida keltirib o’tilgan qonunchilik bilan belgilangan me’yorlarga 
qatiy amal qilinadi. Umuman byudjet tashkilotlarida hisobni tashkiliy, texnik, 
uslubiy jihatlari me’yoriy-xuquqiy hujjatlarga qat’iy amal qilgan holda tashkil 
etiladi.
“Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi qonunga muvofiq byudjet tashkilotlarida 
buxgalteriya hisobi quyidagi tamoyillarga asosan tashkil etiladi: 
- buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozuv usulida yuritish; 
- uzluksizlik; 
- xo’jalik operatsiyalari, aktivlar va passivlarning pulda baholanishi; 
- aniqlik; 
- hisoblash; 
- oldindan ko’ra bilish (ehtiyotkorlik); 
- mazmunning shakldan ustunligi; 
- ko’rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi; 
- moliyaviy hisobotning betarafligi; 
- hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi; 
- aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi. 
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi memorial order shaklida olib 
boriladi. Tekshirilgan va hisobga olish uchun qabul qilingan hujjatlar sanasi 
bo’yicha tartiblashtirilib, quyidagi doimiy raqamli memorial order — jamlanma 
qaydnomalar bilan rasmiylashtiriladi: 


20 
1-memorial order – kassa operatsiyalari bo’yicha jamlanma qaydnoma, 381-son 
shakl; 
2-memorial order – byudjet mablag’larining harakatiga doir jamlanma 
qaydnoma, 381-son shakl; 
3-memorial order – byudjetdan tashqari mablag’lar harakatiga doir jamlanma 
qaydnoma, 381-son shakl; 
5-memorial order – ish haqi va stipendiyalar bo’yicha hisob-kitob varaqalari 
yig’indisi, 405-son shakl; 
6-memorial order – turli tashkilotlar va muassasalar bilan olib boriladigan 
hisob-kitoblar bo’yicha jamlanma qaydnoma, 408-son shakl; 
8-memorial order – hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar bo’yicha jamlanma 
qaydnoma, 386-son shakl; 
9-memorial order – asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi va joydan joyga 
ko’chirilishi bo’yicha jamlanma qaydnoma, 438-son shakl; 
11-memorial order – oziq-ovqat mahsulotlarining kirimiga doir jamlanma 
qaydnoma, 398-son shakl; 
12-memorial order – oziq-ovqat mahsulotlarining sarfiga doir jamlanma 
qaydnoma, 411-son shakl; 
13-memorial order – materiallar sarfiga doir jamlanma qaydnoma, 396-son 
shakl; 
15-memorial order – ta’lim muassasalarida bolalarni saqlaganlik uchun ota-
onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo’yicha qaydnoma, 406-son shakl. 
Qolgan operatsiyalar (asosiy vositalarga eskirish hisoblash, asosiy fondlarni 
har yilgi qayta baholash, byudjetdan tashqari daromadlar hisobi, yilni yakunlash 
operatsiyalari va h.k) va “Storno” operatsiyalari bo’yicha alohida memorial 
orderlar tuziladi (274-son shakl) va ular har oy uchun alohida 16 raqamdan boshlab 
raqamlanadi. 
Operatsiyalar hajmiga qarab jamlanma qaydnomalarni tuzish talab 
qilinmaydigan tashkilotlarda subschyotlar korrespondentsiyasi alohida memorial 


21 
orderlarda (274-son shakl) yuqorida keltirilgan doimiy raqamlar berilib 
ko’rsatiladi. 
Memorial orderlar bosh hisobchi (yoki uning o’rinbosari) va ijrochi 
(hisobchi) tomonidan imzolanadi. 
Barcha memorial orderlar 308-son shakldagi “Bosh-jurnal kitobi”da 
ro’yxatga olinadi. “Bosh-jurnal kitobi” har bir subschyot bo’yicha yuritiladi. 
“Bosh-jurnal kitobi” o’tgan yildagi yakunlovchi balansga muvofiq yil 
boshiga qolgan qoldiq summalarni ko’chirib yozish bilan ochiladi. Bu daftarga 
yozuvlar memorial orderlar va memorial order – jamlanma qaydnomalar 
tuzilgandan keyin oyiga bir marta yoziladi. 
Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralari hamda ularning tizimidagi 
tashkilotlar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ishlab 
chiqilgan ko’rsatma mavjud bo’lgandagina buxgalteriya hisobi yuritishning jurnal-
order shaklida olib borishlari mumkin. Byudjet tashkilotining rahbari tashkilotda 
buxgalteriya hisobini tashkil qilinishiga, moliya-xo’jalik faoliyatidagi amalga 
oshirilgan muomalalarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqligiga hamda 
buxgalteriya hujjatlarini saqlanishiga javobgar bo’ladi. 
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya balansi bu tashkilot mablag’larini ularni 
turlari va tashkil topish manbaalari bo’yicha muayyan bir davrga pulda ifodalanib 
umumlashtirib aks ettirish va iqtisodiy guruxlashdir. Byudjet tashkilotlari balansi 
tarkibi aktiv va passiv qismlardan iborat bo’lib, aktiv tomoni nomoliyaviy aktivlar, 
moliyaviy aktivlar, debitorlar bo’limlaridan iborat. Balansni passiv tomoni 
kreditorlar, moliyaviy natijalar bo’limlaridan iborat. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin