18
olmaydi. Zarbiy kuchlar ta’sirida ishlaydigan turli detallar (masalan,
tirsakli vallar, shatun, porshen, vagon o’qlari va boshqalar) ham statik,
ham dinamik kuchlar ta’sirida ishlagani sababli, ularning bu kuchlarga
qarshilik ko’rsatish xususiyatlarini bilish katta ahamiyatga ega.
Buning uchun sinaluvchi metalldan o’rta beli bir tomonidan ozgina
kertilgan kvadrat shaklidagi standart namuna yasalib, so’ngra bu namuna
mayatnikli kopyor yordamida sinaladi.
Zarbiy qovushoqlikni aniqlash sovuq temperaturalarda ishlaydigan
hamda sovuqdan sinadigan materiallar uchun juda muhimdir. Sovuqdan
sinish bu past temperaturalarda zarbiy qovushoqlikning kamayishidir.
Zarbiy qovushoqligi aniqlanadigan material (metall va qotishmadan
tayyorlanadigan namunalar) juda katta tezlik bilan deformatsiyalanib,
mo’rt holatda yoki sovuq holatda sinishga qanchalik moyilligi aniqlanadi.
Odatda, uglerodli va legirlangan konstruktsion po’latlar zarbiy
zo’riqishga sinaladi. Toblangan, kam uglerodli po’latlar hamda aromatik
uglevodorodlar asosida olingan plastmassalar va shu kabilarni zarbiy
qovushoqlikka sinash maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Plastmassalarning
zarbiy qovushoqligi DINSTAT deb ataluvchi asbobda standartlarga asosan
aniqlanadi.
Bu usuldа mеtаllning zаrbiy qоvushоqligini аniqlаsh uchun аvvаl
mаyatnikning nаmunаni sindirishgа sаrflаgаn ishini аniqlаsh kеrаk. Аgаr
kоpyor mаyatnigining erkin tushish bаlаndligini H bilаn, nаmunаni
sindirishdаn kеyingi ko’tаrilish bаlаndligini h bilаn bеlgilаsаk, bu
bаlаndliklаr аyirmаsi (H-h) ning mаyatnik оg’irligi (Q) gа ko’pаytmаsi
nаmunаni sindirishgа sаrflаngаn ishning qiymаti bo’lаdi, ya’ni :
)
(
Dostları ilə paylaş: