O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix28.08.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#63313
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
616d9864a3d01 MKMM lab.-amal.mash uslubiy qo\'lanmal.2020 (1)

h
H
Q
A




bu yеrdа, А - nаmunаni sindirish uchun sаrflаngаn ish, J; 
Q - mаyatnikning оg’irligi, N; 
H - mаyatnikning zаrbgаchа ko’tаrilgаn bаlаndligi, m; 
h - mаyatnikning zаrbdаn kеyingi ko’tаrilish bаlаndligi, m. 
Ishning bajarilish tartibi: 
1.Namunaning qattiqligi, so’ngra zarbiy qovushoqligi chidamliligi 
aniqlanadi; 


19 
2.Shtangentsirkul yordamida namuna o’lchamlari tekshiriladi (aniqlik 
darajasi 0.1 mm gacha);
3.Namuna maxsus stolchaga o’rnatiladi, kopyor strelkasi 0 ga keltirilib 
qo’yiladi; 
4. Namuna sinishi bilan mayatnik maxsus moslama yordamida to’xtatiladi; 
5. Shkaladan hosil bo’lgan burchakning qiymati aniqlanadi; 
6. Jadvaldan mayatnikning ko’tarilishi aniqlanib, bajarilgan ish hisoblab 
topiladi. 
Hisobotda laboratoriya ishining mavzusi, ishning maqsadi, 
materiallarning zarbiy qovushoqligini aniqlash haqida umumiy ma’lumot, 
kerakli jihozlar va asbob-uskunalarning nomi, ishning bajarilish tartibi
yozilgan va olingan natijalar asosida quyidagi jadval to’ldirilgan bo’lishi 
kerak. 
Zarbiy qovushoqlikni aniqlash natijalari. 
№ Po’latnin
g rusumi 
Namunaning 
o’lchami 
Burchakla



Termik 
ishlov berish 
tempe-
raturasi 
Sinash 
yuzasining 
tavsifi 

(sm) 

(sm) 
 
 
Nаzоrаt sаvоllаri: 
1. Mеtаllаrning zаrbiy qоvushоqligi dеb nimaga aytiladi? 
2. Zаrbiy qоvushоqlikni аniqlаsh qanday mаtеriаllаr uchun judа 
muhim? 
3. Uglеrоdli vа lеgirlаngаn kоnstruktsiоn po’lаtlаrning zаrbiy 
zo’riqishgа qarshiligi qaysi asbobda sinаlаdi? 
4. Plаstmаssаlаrning 
zаrbiy 
qоvushоqligi 
qanday 
аsbоbdа 
stаndаrtlаrgа аsоsаn аniqlаnаdi? 
5. Mеtаllning zаrbiy qоvushоqligini аniqlаsh uchun mаyatnikning 
nаmunаni sindirishgа sаrflangan ishi formulasini yozing. 


20 
LABORATORIYA ISHI № 6 
MAVZU: Temir-uglerod qotishmalari holat diagrammasini o`rganish
Ishdan maqsad: Temir uglerod holat diagrammasini o’rganish. 
Kerakli 
jihozlar 
va 
asbob-uskunalar: 
1.Mufel 
pechi, 
termoelektrik pirometr, tigellar; 2.Metallar va qotishmalar namunalari; 
3.Maydalangan pista ko’mir; 4.Sekundomer; 5.Tarozi 
Umumiy ma’lumot 
Temir uglerod holat diagrammasi haqida umumiy tushuncha 
Temir-uglerodli qotishmalari va termik ishlov berish jarayonlarini 
o’rganish 1868 yilda e’lon qilingan D.K.Chernovning “Lavrov va 
Kalakutskiyning po’lat va po’latdan ishlangan qurollar haqidagi 
maqolalarining 
tanqidiy 
obzori 
hamda 
ushbu 
soha 
bo’yicha 
D.K.Chernovning o’z tadqiqotlari” maqolasi bilan boshlanadi.
D.K.Chernov birinchi bo’lib po’latda kritik nuqtalar borligini 
ko’rsatdi va temir-sementit diagrammasi haqida dastlabki tushunchani 
berdi. Keyinchalik temir-uglerod diagrammalarini qurishga F.Osmond, Le-
Shotel’e (Fransiya.), R.Austen (Angliya.), A.A.Baykov va N.T.Gudsov 
(Rossiya), 
Rozenbaum 
(Gollandiya), 
P.Gerens 
(Germaniya) 
va 
boshqalarning ishlari bag’ishlanadi. 
Temir va uglerod temir-uglerodli qotishmalarning tuzilishi va 
xossalari bog’liq bo’lgan asosiy komponentlar hisoblanadi. Toza temir 
kumushsimon oq rangdagi metall bo’lib, suyuqlanish temperaturasi 1539

S ga teng. Temir ikkita α va  modifikasiyasiga ega.
α modifikasiya 911
0
S dan past va 1392
0
S dan yuqori temperaturada;
-temir esa 511-1392

S temperaturalar oralig’ida mavjud bo’ladi. 
Ishning bajarilish tartibi: 
1.Temir uglerod holat diagrammasi haqida umumiy tushuncha o`rganiladi. 
2. 
Temir-uglerodli 
qotishmalarning 
tuzilishini 
tashkil 
etuvchilar 
o`rganiladi. 
3. Temir uglerod holat diagrammasi jadval asosida o`rganiladi. 
Hisobotda laboratoriya ishining mavzusi, ishning maqsadi, temir 
uglerod holat diagrammasi haqida umumiy tushuncha, temir-uglerodli 
qotishmalarning tuzilishini tashkil etuvchilar, temir uglerod holat 
diagrammasi jadval asosida o`rganiladi.


21 
Nazorat savollari: 
1. Holat diagrammasi deb nimaga aytiladi. 
2. Temir uglerod holat diagrammasi haqida umumiy tushuncha? 
3. Temir-uglerodli qotishmalarning tuzilishini tashkil etuvchilar? 
4. Likvidus chizig`i nimani bildiradi. 
5. Solidus chizig`i nimani bildiradi. 
LABORATORIYA ISHI № 7 
MAVZU: Metallarning ichki tuzilishini “Makroanaliz” usulida 
o`rganish 
Ishdan maqsad: Metallarning ichki tuzilishini “Makroanaliz” 
usulida o`rganish. 
Kerakli jihozlar va asbob-uskunalar: 1.Bir nechta metallardan 
namunalr; 2. Lupa; 3. Tiski; 5. Egovlar; 6. Turli xil nomerli jilvir 
qog’ozlar; 7 Etil spirt. 
Umumiy ma’lumot. 
Kristallardagi nuqsonlar 
Amaldagi metallar va qotishmalarning kristall panjaralari va tuzilishi 
yuqorida ko'rib chiqilgan nazariy natijalardan farq qiladi. Bu farq ayniqsa 
oddiy metall va qotishmalarda juda katta bo'ladi. Bunga sabab esa xom-
ashyo noto’g’ri tanlanishi va texnologik jarayonlardan chetga chiqish 
oqibatida yuzaga keladigan nuqsonlardir.
Bu nuqsonlar (nomukammallik) shartli ravishda geometrik 
belgilariga ko’ra quyidagi 4 turga bo’linadi: nuqtaviy; chiziqli; sirtqi; 
hajmiy bo’ladi. 
Metall va qotishmalarning tuzilishi makroanaliz, mikroanaliz, 
rentgen shuningdek defektoskopiya (rentgen, magnit, ultratovush) usullari 
bilan o’rganiladi. 
Makroanaliz usulida - metall va qotishmalarning tuzilishi ko’z bilan 
ko’rib tekshiriladi. 
Mikroanaliz usulida - metall va qotishmalarning tuzilishi mikroskop 
usulida 3000 martagacha kattalashtirib tekshiriladi. 
Rentgen usulida -nurlarning yutilishiga qarab aniqlaydi -nurlar 
ishlatiladi. 


22 
Magnit usulida - metall va qotishmalarning sirtiga magnit kukuni 
sepiladi. Bunda 2 mm qalinlikdagi darzlar aniqlanadi. 
Ultratovushli usulda – impulsli, ultratovushli defektoskoplardan 
foydalanib metall va qotishmalarning ichki tuzilishi o’rganiladi. 
Ishning bajarilish tartibi 
1. Kristallarda mavjud nuqsonlar haqida ayting. 
2.Metall va qotishmalarning tuzilishi va tarkibini o’rganish usullarini 
ayting? 
3. Makroanaliz usulini tushintiring. 
Talabalar ishni bajarishda bir nechta metallardan namunalarni olib 
ularning sirtqi yuzalarini ko`zdan kechiradilar va metallarning ichki 
tuzilishi haqida xulosa chiqaradilar. 
Hisobotda laboratoriya ishining mavzusi, ishning maqsadi, metall va 
qotishmalarning tuzilishlari, ularda uchraydigan nuqsonlar, ularni aniqlash 
usullari hamda makroanaliz usuli haqida kristallanish jarayonlari haqida 
umumiy ma’lumot beradilar.
Nazorat savollari: 
1. Kristallarda qanday nuqsonlar bor? 
2.Nuqtaviy nuqsonlarni ayting. 
3. Chiziqli nuqsonlarni ayting. 
4. Sirtqi nuqsonlarni tushintiring. 
5.Hajmiy nuqsonlarni ayting. 
6.Metall va qotishmalarning tuzilishi va tarkibini o’rganish usullarini 
ayting? 
LABORATORIYA ISHI № 8 
MAVZU: Metallografik mikroskopning tuzilishini o’rganish va 
mikroshliflar tayyorlash
Ishdan maqsad: Metallarning ichki tuzilishini o`rganish uchun 
Mikroshlif tayyorlash hamda metallografik mikroskop tuzilishini va 
ishlatilishini o`rganish.
Kerakli 
jihozlar 
va 
asbob-uskunalar:1. 
Metallografik 
mikroskop (MIM-7). 2. Shlif tayyorlanadigan material; 3. Silliqlash va 
jilvirlash stanoklari; 4. Tiski; 5. Egovlar; 6. Turli xil nomerli jilvir 


23 
qog’ozlar; 7. Etil spirt; 8. Pinsetlar, filtr; 9. Shtangensirkul. 
Umumiy ma’lumot 
Metallarning kristall tuzilishi. Qattiq jismlar kristall va amorf 
jismlarga bo’linadi. Barcha metallar va ularning qotishmalari kristall 
jismlarga kiradi. Kristall jismlar qizdirilganda ma’lum temperaturagacha 
(suyuqlanish temperaturasigacha) qattiqligicha qoladi, bu temperaturada 
esa ular suyuq holatga o’tadi. Amorf jismlar qizdirilganda katta 
temperatura oralig’ida yumshaydi, avval ular qovushoq bo’lib qoladi, 
so’ngra suyuq holatga o’tadi. 
Ximiyaviy toza metall elementlari (masalan, temir, mis, alyuminiy va 
boshq.) ancha murakkab moddalar hosil qilishi mumkin.
Ikki yoki undan ortiq (metall bilan metallning, metall bilan 
metallmas moddaning yoki metallmas moddalarning) elementlarning 
aralashmasidan tashkil topgan moddalar qotishmalar deyiladi.
Ishning bajarilish tartibi 
1. Metallarning allatropik shakl o’zgarishini tushuntiring. 
2. Mikroskop haqida ma’lumot bering. 
3. Optik mikroskopning tuzilishi va vazifasini tushuntiring. 
4.Elektr mikroskopni tushuntiring.
Talabalar ishni bajarishda bir nechta metallardan namunalarni olib 
ularning sirtqi yuzalarini ko`zdan kechiradilar va metallarning ichki 
tuzilishi haqida xulosa chiqaradilar.
Hisobotda laboratoriya ishining mavzusi, ishning maqsadi, metall va 
qotishmalarning tuzilishlari, ularda uchraydigan nuqsonlar, ularni aniqlash 
usullari hamda makroanaliz usuli haqida kristallanish jarayonlari haqida 
umumiy ma’lumot beradilar.
Nazorat savollari: 
1. Metallarning allatropik shakl o’zgarishini tushuntiring. 
2. Mikroskop turlari va tuzilishini tushuntirib bering. 
3. Optik mikroskopning tuzilishi va vazifasini tushuntiring. 
4. Elektr mikroskopni tushuntiring.


24 
LABORATORIYA ISHI № 9 
MAVZU: Po’latlarning makroskopik analizi 
Ishdan maqsad: Makroskopik analiz o’tkazish, makroshlif 
tayyorlash metodikasini o’rganish va po’latlarning makrostrukturasini 
aniqlash.
Kerakli jihozlar va asbob-uskunalar: Oltingugurt va fosfor 
notekis taqsimlangan po’lat namunalari. 2.Donodorligi turlicha bo’lgan 
jilvir qog’oz. 3.Vanna. 4. Lupa. 5. Qisqichlar. 6. Paxta va filtr qog’oz. 7. 
Foto qog’oz. 8. Spirt. 9.Reaktivlar. 10. Chinni kosachalari. 11. Shlif 
mashina 
Umumiy ma’lumot. Har qanday materiallarni, ya’ni qattiq 
moddalarning, jumladan materiallarning tashqi ko’rinishini, oddiy ko’z 
yoki linza (lupa) yordamida tekshirish uning makrostrukturasini aniqlash 
deyiladi. Odatda linza yoki lupalar moddalarning haqiqiy o’lchamlarini 
qariyb 
30 
martagach 
kattalashtirib 
ko’rsatadi. 
Materiallarning 
makrostrukturasini aniqlash uchun undan tayyorlangan namunalarning sirti 
obdon silliqlanadi va tozalanadi, ana shunday namuna makroshlif deyiladi. 
Tajribada 
makrostrukturani 
aniqlnganda 
toblanmagan 
uglerodli 
po’latlardan, ya’ni prokatlardan qalinligi 10 dan 20 mm gacha bo’lgan 
namunalar tayyorlanadi. Po’latlarni makroanaliz qilganda ko’pincha, 
ulardagi likvatsiya hodisalari, tarkibiga aralashib qolgan barcha bekorchi 
jinslar: oltingugurt, fosfor, marganets, hamda gaz pufakchalari, havo 
bo’shliqlari mavjudligi, darz ketgan yoki ketmaganligi aniqlanadi. Shuni 
aytish kerakki, likvatsiya darajasi va xarakteri faqatgina uglerodning 
miqdoriga bog’liq bo’lmay, balki metallni quyish sharoitiga, quymaning 
kristallanishiga va bosim bilan ishlanishiga ham bog’liq.
Ishni bajarish tartibi: 
1. Oltingugurt likvatsiyasini aniqlash.
2. Fosfor likvatsiyasini aniqlash.
Hisobotda bajarilgan ishning maqsadi, vazifasi, namunani 
(makroshlifni) 
tayyorlash 
metodikasi, 
oltingugurt 
va 
fosforning 
likvatsiyasini aniqlash tasvirlanadi, ikkala makroshliflardagi izlarning 
sxemasi tasvirlanib ularni analiz qilinadi.


25 
AMALIY ISH MAVZULARI 
AMALIY ISH №1 
MAVZU: Metallar va qotishmalarni o’rganish 
Ishdan maqsad: Metall va qotishmalarning asosiy turlari, fizika-
mexanikaviy xossalari hamda qo’llanilish sohalari bilan tanishish. 
Kerakli jihozlar va asbob-uskunalar: 1.Metall va qotishmalarning 
namunalari. 2.Tarozilar.3. Ko’ndalang kesim profili bo’yicha ishlov 
berilgan shtamplangan va quyma prokat namunalari.4. Stangensirkul SHS-
1 .5. Lupa.6. Metall va qotishmalar plakati.7. Metall va qotishma 
standartlari.8. D.I.Mendeleev davriy sistemasi.
Umumiy ma’lumot: Barcha metallar ikki guruhga : qora va rangli 
metallarga bo’linadi. Qora metallar guruhiga, asosan, temir va uning 
qotishmalari (po’lat va cho’yan) kiradi, qolgan barcha metallar rangli 
metallar guruhiga kiradi.
Rangli metallar, o’z navbatida , quyidagi guruhlarga bo’linadi: 
a) og’ir metallar (y=5-13,6 g/sm
3
) ; 
b) yengil metallar(y=0,53-5 g/sm
3
) ; 
v) asl, boshqacha aytganda, qimmatbaho metallar; 
e) nodir metallar; 
Eng yengil metall, litiy (Li) bo’lib’uning solishtirma og’irligi 0,53 
g/sm
3
ga teng; 
Eng og’ir metall simob (Hb) bo’lib, uning solishtirma og’irligi 13,6 
g/sm
3
ga teng.
Ihning bajarish tartibi:
Ishni bajarishishga kirishishdan oldin elementlar davriy sistemasi 
bilan tanishish va shu mavzuga oid elementlarni o’rganib chiqish, 
adabiyotdan metall va qotishmalarning olinishi, xossalari va ishlatilish 
sohalarini diqqat bilan o’qib chiqish kerak. 
Shundan keyin quyidagicha ish yuritiladi: 
1. Metall va qotishmalarning turlari bilan tanishing. 
2. Singan joyiga qarab namuna materiali aniqlanadi. 
3. O’qituvchining ko’rsatmasi bo’yicha biror metal namunasining 
zichligi aniqlanadi. 


26 
4. Ayrim qora va rangli metallar hamda ularning qotishmalari bilan 
tanishish.
5. Namunani o’rganish va kuzatishdan olingan natijalar asosida 
quyidagi jadval to’ldiriladi.
Hisobotda ishning maqsadi va vazifasi metall va qotishmalar turlari 
sxemasi hamda ish natijalari yozilgan jadval bo’lishi shart. 
Nazorat savollari: 
1. Metall va qotishmalar haqida tushuncha bering. 
2. Metall va qotishmalarning turlari bilan tanishing. 
3. Singan joyiga qarab namuna materiali aniqlang. 
4. Ayrim qora va rangli metallar hamda ularning qotishmalari bilan 
tanishish. 
5. Metall va qotishmalarning tarkibi, tuzilishi va ishlastilish sohasi 
haqida tushunchalar bering. 
AMALIY ISH № 2 
MAVZU: Metall va qotishmalarning xossalarini o’rganish 
Ishdan maqsad: Metall va qotishmalarning asosiy turlari va
xossalari bilan tanishish. 
Kerakli jihozlar va asbob-uskunalar: 1.Metall va qotishmalardan 
namunalar; 2. Tarozilar; 3. Ko’ndalang kesimi bo’yicha ishlov berilgan 
shtamplangan va quyma prokat namunalar; 4. ShS – 1 rusumli 
shtangensirkul; 5. Lupa; 6. Metallar va qotishmalar plakati. 
Umumiy ma’lumot: Mendeleev kimyoviy elementlar davriy 
sistemasidagi 118 ta elementning 87 tasi metallardir.
Barcha metallar 2 turga bo’linadi: 
t/r 
Namuna 
materiali 
va 
kimyoviy 
belgisi 
Tartib 
raqami va 
atom 
og’irlii 
Rangi 
va 
boshqa 
tashqi 
bel 
gilari 
Solishti
rma 
og’irligi 
g/sm
3
Suyuqla
nish va 
qaynash 
harorati 
0

Mexani
k va 
boshqa 
xossalar

Qo’llani
lish 
sohasi 


27 
1. Qora metallar; 
2. Rangli metallar. 
Qora metallarga temir va uning qotishmalari (po’lat va cho’yan)
kiradi. Qolgan barcha metallar rangli metallar hisoblanadi. 
Ikki yoki undan ortiq elementlarni suyuqlantirib qo’shish natijasida 
hosil qilingan birikmalar qotishmalar deyiladi. Qotishmalar metallar bilan 
metallarning, metallar bilan metalmas (metalloid) larning hamda 
metallmaslarning o’zaro birikishi natijasida hosil bo’lishi mumkin. 
Metallar o’z navbatida 8 guruhga bo’linadi: 
1) yengil; 2) og’ir; 3) qimmatbaho; 4) nodir; 5) qiyin eriydigan; 6) 
oson eriydigan; 7) tarqoq; 8) radioaktiv.
Metall va qotishmalarning qanday maqsadda ishlstilishiga qarab, 
ularga nisbatan turlicha talablar qo’yiladi. Masalan, elektr simlari 
tayyorlanadigan metallar elektr tokini yaxshi o’tkazadigan bo’lishi, 
kesuvchi asboblar tayyorlanadigan qotishmalar qattiq, puxta va eyilishga 
chidamli bo’lishi, elektr bilan qizdirish asboblarining elementlari tokka 
katta qarshilik ko’rsatadigan, shu bilan birga, yuqori haroratda 
oksidlanmaydigan bo’lishi lozim. Ba’zi detallar, masalan, prujina va 
resssorlar tayyorlanadigan metallarda elastiklik xossalari bo’lishi talab 
etilsa, ba’zilarida esa plastiklik talab etiladi. Shuning uchun ham metall va 
qotishmalardan buyum va detallar tayyorlash uchun ularning fizikaviy, 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin