O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix28.08.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#63313
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
616d9864a3d01 MKMM lab.-amal.mash uslubiy qo\'lanmal.2020 (1)

ximyaviy, mexanikaviy, texnologik va ekspulatatsion xossalarini bilish juda 
muhim hisoblanadi.
Ishning bajarilish tartibi: 
1. Metall va qotishmalarning xossalari haqida tushuncha bering. 
2. Singan joyga qarab namuna materialini aniqlang. 
3. Metallarning fizikaviy va kimyoviy xossalarini o’rganish. 
4. Metallaning mexanikaviy xossalarini o’rganish. 
5. Metallarning texnologik va eksplutatsion (ishlatilish) xossalarini 
o’rganish. 
Hisobotda ishning maqsadi va vazifasi metall va qotishmalar turlari 
sxemasi hamda namunani o’rganish va kuzatishdan olingan xulosa va 
tashqi ko’rinishi natijalari yozilishi lozim.


28 
Nazorat savollari: 
1. Metall va qotishmalarning xossalari haqida tushuncha bering. 
3. Metallarning fizikaviy va kimyoviy xossalarini ayting. 
4. Metallarning mexanikaviy xossalarini ayting. 
5. Metallarning texnologik va eksplutatsion (ishlatilish) xossalarini 
ayting. 
AMALIY ISH № 3 
MAVZU: Metallarni termik ishlashni o’rganish 
Ishdan maqsad: Metallarni termik ishlashni o’rganish. 
Kerakli jihozlar va asbob-uskunalar: Mufel pechi, termoelektrik 
pirometr, sovitish vannalari, turli xil sovitgichlar, turli xil po’lat 
namunalari, qattiqlikni aniqlash asbobi, TK-2M, TSH-2M, qisqich, 
sekundomer va boshqalar.
Umumiy ma’lumot: Mashinasozlik sanoatida ko’pgina po’lat va 
cho’yanlar dan, shuningdek, rangdor metallarning qotishmalaridan 
(bronza, latun, dyuralyuminiy va boshqalardan) yasalgan buyumlarning 
fizikaviy, mexanikaviy va texnologik xossalarini zarur tomonga keskin 
o’zgartirish maqsadida ularga termik va ximiyaviy-termik ishlov beriladi. 
Qotishmaning ichki tuzilishi va xossalarini o’zgartirish maqsadida ma’lum 
rejimlarda metall buyumni qizdirish va tutib turish, sovitishdan iborat 
issiqlik ta’sir ettirish texnologik jarayoniga termik ishlov berish deyiladi. 
Termik ishlov berishning istalgan jarayoni temperatura - vaqt 
koordinatalarida tasvirlanishi mumkin (3.1-rasm). 
Qotishmani maksimal qizdirish temperaturasi (T
max
), qizdirilgan 
temperaturada tutib turish vaqti (t) hamda qizdirish tezligi (V
q
) va sovitish 
tezligi (V
s
) termik ishlov berishning asosiy ko’rsatkich (parametr) lari 
hisoblanadi. Amalda, odatda, qizdirish va sovitishning o’rtacha tezligi 
hisobga olinadi. U, maksimal qizdirish temperaturasining qizdirish yoki 
sovitish vaqtiga bo’linganiga teng, ya’ni
V
o’r.q.
 T
max
 t

va V
o’r.s. 
 T
max
 t
s



29 
T
max
vaqt 
qizdirish vaqti tutib turish vaqti sovitish vaqti 
3.1-rasm. Termik ishlash grafigi. 
Termik ishlov berish natijasida buyum materialining mustahkamlik, 
plastiklik va boshqa xossalari kerakli yo’nalishda o’zgaradi.
Termik ishlov berishdagi qizdirish va sovitishda fazaviy va ichki 
tuzilish jihatidan o’zgarishlar sodir bo’ladi. Bu o’zgarishlar kritik nuqtalar 
bilan tavsiflanadi.
Qotishma I (evtektoiddan oldingi po’lat) xona temperaturasidan 
boshlab 727

S gacha asta-sekin qizdirilganda unda fazaviy o’zgarishlar 
bo’lmaydi (3.2-rasm). qotishma I yanada qizdirilganda ferrit zarralari 
austenitda eriydi. Diagrammada qotishma I ning pastki kritik nuqtasi a 
(ACK chizig’i), yuqori kritik nuqtasi esa a
1
(GSK chizig’i) bilan 
belgilangan. Pastki kritik nuqta qizdirishda Ac

(sovitishda Ar
1
) bilan, 
yuqori kritik nuqta qizdirishda Ac

(sovitishda Ar
3
) bilan belgilanadi.
3.2-rasm. Temir-sementit holat diagrammasi 


30 
727

S temperaturada perlit austenitga aylanadi (A nuqta). 
Austenitning erishi yuqori kritik nuqta deb ataluvchi a

nuqtada tugaydi. 
Agar evtektoid qotishma II qizdirilsa, perlit 727

S temperaturada S 
nuqtada (ACK chizig’i) austenitga aylanadi. Bunda Ac

va Ac

kritik 
nuqtalar bir-birining ustiga tushadi. Qotishma III perliti 727


temperaturada austenitga aylanadi (b nuqta). Qotishma III yanada 
qizdirilganda sementit (ikkilamchi) austenitda eriydi. CE chiziqda 
yotuvchi b
1
nuqtada erish jarayoni tugallanadi. Bu nuqta Ac
t
orqali 
belgilanadi. 
Shunday qilib, temir-sementit diagrammasida RSK chizig’ini hosil 
qiluvchi kritik nuqtalar qizdirishda As
1
, sovitishda Ar, GS chizig’i 
bo’yicha Ac

va Ar
3
, SE chizig’i bo’yicha Ac

orqali belgilanadi. Kritik 
nuqtalarni bilish po’latlarga termik ishlov berish jarayonini o’rganishni 
yengillashtiradi. 
Ishning bajarilish tartibi:
1. Termik ishlov berish deb nimaga aytiladi?
2. Qotishmalarga termik ishlov berishning yumshatish turini 
o’rganish

3. Termik ishlov berish turlaridan normallash jarayonini o’rganish; 
4. Qotishmalarga termik ishlov berishning toblash turini o’rganish; 
5. Termik ishlov berish turlaridan bo’shatish jarayonini o’rganish; 
Kerakli metall namunalardan foydalanib pechda toblash va 
bo’shatish kabi termik ishlov berish turlarini bajarishni o’rganish.
Hisobotda ishning maqsadi, qotishmalarga termik ishlov berish 
turlaridan yumshatish va normallash jarayonlari haqida umumiy ma’lumot, 
kerakli jihozlar va asbob-uskunalarning nomi, ishning bajarilish tartibi va 
metall namunalarni yumshatish va normallash bo’yicha olingan natijalar 
keltirilgan bo’lishi kerak. 
Nazorat savollari: 
1. Termik ishlov berish deb nimaga aytiladi?
2. Termik ishlov berish jarayoni necha turga bo’linadi? 
3. Yumshatish usullari necha turga bo’linadi? 
4. Diffuzion yumshatishdan quymalarning nimasini kamaytirishda 
foydalaniladi?


31 
5. Po’latni yumshatish qanday temperaturalarda bajariladi? 
6. To’la yumshatishda buyumlar necha gradus temperaturaga 
qizdiriladi? 
7. Izotermik yumshatishda konstruktsion po’latlar necha gradusga, 
asbobsozlik po’latlari esa necha gradus temperaturagacha 
qizdiriladi?
8. Chala yumshatishdan maqsad nima? 
9. Sferoidlovchi yumshatish natijasida plastinkali perlit zarrali 
qanday tuzilishga aylantiriladi?
10. Sferoidlovchi yumshatish jarayoni necha gradus temperaturada 
amalga oshiriladi?
11. Rekristallizatsion 
yumshatishda 
po’lat 
necha 
gradus 
temperaturaga qizdiriladi? 
12. Normallashdan maqsad nima? 
AMALIY ISH № 4 
MAVZU: Metallarni kimyoviy- termik ishlashni o`rganish 
Ishdan maqsad: Metallarni kimyoviy termik ishlash bilan tanishish. 
Kerakli jihozlar va asbob-uskunalar: Mufel pechi, termoelektrik 
pirometr 
yoki 
termometrlar, 
qattiqlikni 
aniqlash 
asbobi, 
karbyurizator va sianizatorlarga solinadigan pista ko’mir, tuzlar, turli 
xil po’lat namunalari, suv va moy vannalari, qisqich, egov, jilvir 
qog’oz va hokazolar.
Umumiy ma’lumot: Ma’lumki, ko’pgina detallarning (tishli 
g’ildiraklar, tirsakli vallarning) ish sharoitiga ko’ra, ularning yuza 
qatlamlari qattiq, ichki qatlamlari esa qovushoq bo’lishi kerak. Bu 
talablarni qondirish uchun tarkibida uglerod miqdori 0,10-0,35 % gacha 
bo’lgan po’latlardan amalda keng foydalaniladi. 
Po’latlarni ximiyaviy – termik ishlash uchun, shu po’latlardan 
yasalgan buyumlar to’yintiruvchi elementga boy, yuqori temperaturali 
muhitga kiritilib, ma’lum vaqt tutib turiladi. Bu jarayonni tubandagi uch 
bosqichga bo’lish mumkin: 
A) muhit molekulalari metallda eriydigan faol atomlarga 
parchalanadi, masalan:


32 
2CO → CO
2
+ C 
yoki 
2NH
3
→3H
2
+2N; 
B) ajralib chiqqan erkin atomlar (C, N) metall sirtiga yutiladi 
(absorbsiyalanadi); 
V) faol atomlar buyum sirtidan uning chuqurroq qatlamlariga o’tadi 
(diffuziyalanadi). 
Po’latlarni ximiyaviy – termik ishlash turlari ko’p. Bular 
metallshunoslik kurslarida batafsil bayon etiladi. Biz bu yerda eng 
asosiylari haqida qisqacha ma’lumot berib o’tamiz. 
Ishning bajarilish tartibi: 
1. Po’lat buyumlarning sirtqi qatlamini uglerodga boy qattiq moddalar 
(karbyurizatorlar) yordamida uglerodga to’yintirishni o`rganish. 
2. Po’lat buyumlarning sirtqi qatlamini gaz muhitda uglerodga 
to’yintirishni o`rganish. 
3. Po’lat buyumlarning sirtqi qatlamini azotga to’yintirishni (azotlash) 
o`rganish. 
4. Po’lat buyumlarning sirtqi qatlamini bir vaqtda ham uglerod, ham azot 
bilan to’yintirilishni (sianlash) o`rganish. 
Hisobotda ishining mavzusi, ishning maqsadi, qotishmalarga 
kimyoviy -termik ishlov berish turlari va jarayonlari haqida umumiy 
ma’lumot, kerakli jihozlar va asbob-uskunalarning nomi, ishning bajarilish 
tartibi keltirilgan bo’lishi kerak. 
Nazorat savollari: 
1. Kimyoviy-termik ishlov berish to’g’risida umumiy tushuncha.
2. Po’lat buyumlarning sirtqi qatlamini uglerodga boy qattiq moddalar 
(karbyurizatorlar) yordamida uglerodga to’yintirish. 
3. Po’lat buyumlarning sirtqi qatlamini gaz muhitda uglerodga to’yintirish. 
4. Po’lat buyumlarning sirtqi qatlamini azotga to’yintirish (azotlash) . 
5.Po’lat buyumlarning sirtqi qatlamini bir vaqtda ham uglerod, ham azot 
bilan to’yintirilish (sianlash). . 


33 
AMALIY ISH № 5 
MAVZU: Metall va qotishmalarning korroziyalanish (zang lash) 
jaryonini o’rganish 
Ishdan maqsad: Metall va qotishmalarning koorroziyalanish 
jarayoni bilan tanishish, korroziyalanish tezligini aniqlash va bu jarayon 
natijasida massaning yo’qolishini o’rganish. 
Kerakli jihozlar va asbob-uskunalar: Mufel elektr pechi
uglerodli va legirlangan po’lat namunalari, chinni idish (tovoqcha), 
analitik tarozi, shtangensirkul, paxta, spirt va reaktivlar (zar suvi, 
ya’ni NC1 bilan HN0
3
ning 1:3 nisbatdagi aralashmasi).
 
Umumiy ma’lumot: Metall va qotishmalarning tashqi muhit 
bilan fizika-kimiyoviy o’zaro ta’siri natijasida yemirilishi metallarning 
korroziyalanishi deb ataladi.
Korroziyaning 
asosiy 
turlari. 
Metallarning korroziyalanish 
tezligigina emas, balki ularning sirtida korroziyalangan joylarning qanday 
taqsimlanishi ham nihoyatda muhimdir. Agar metallning butun sirti bir 
qadar tekis korroziyalangan bo’lsa, bunday korroziya tekis korroziya deb 
ataladi (5.1-rasm, a). Agar metall sirtining ko’p qismi korroziyalanmay
ayrim joylarigina korroziyalansa bunday korroziya mahalliy korroziya 
deyiladi (5.1-rasm, b). Korroziya qanchalik notekis bo’lsa, u shunchalik 
xavflidir. Po’lat va ba’zi metallar chuchuk va sho’r suvda, tuproqda, ba’zi 
oksidlovchi muhitda, ko’pincha, mahalliy korroziyalanadi. Metall donalari 
(kristallitlari) chegarasi yemirilsa, bunday korroziya kristallitlararo 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin