a – Benardos usuli; b- Slavyanov usuli:
11.1-rasm Metall buyumlarni payvandlash usuli. 1- ko’mir elektrod;
2- chokbop sim; 3- metall elektrod; 4- payvandlanuvchi metall.
45
1888-1890 yillarda rus injeneri N.G. Slavyanov Benardos usulini
takomillashtirdi. U ko’mir elektrodni metall elektrod bilan almashtirdi,
metall vannani havoning tarkibidagi kislorod azot va boshqa gazlardan
himoya etish uchun maxsus tarkibli modda (flyus) dan foydalandi.
Payvandlash deb atomlararo bog’lanish kuchlari hisobiga har xil
materiallar va buyumlarni o’zaro ajralmaydigan qilib biriktirishga aytiladi.
Payvandlash boshqa biriktirish uslublariga (parchinlash, boltlash,
kavsharlash, yelimlash va boshqalarga) nisbatan puxta birikma hosil
qilishi, yuqori ish unumi, tejamliligi va boshqa xususiyatlari bilan ustun
turadi.
Payvandlash materiallarni eritib yoki bosim ostida amalga oshirilishi
mumkin. Barcha payvandlash turlari quyidagi asosiy guruhlarga bo’linadi:
1.
Elektr yordamida payvandlash.
2.
Ximiyaviy yo’l bilan payvandlash.
3.
Mexanik kuch yordamida payvandlash .
4.
Nurli payvandlash usullari.
Bular ichida eng ko’p ishlatiladigani elekt payvandlash usulidir.
Ishning bajarilish tartibi:
1. Payvandlash usullari haqida ma’lumot berish.
2. Elektr yordamida payvandlash to‘g‘risida ma’lumot berish.
3. Metallarni elektr payvandlash usullari bilan tanishish.
4. Elektr kontakt payvandlash usuli bilan tanishish.
5. Elektroshlak payvandlash usuli bilan tanishish.
Hisobotda: ishning mavzusi, ishdan ko’zda tutilgan maqsad va
metallarni elektr payvandlash bo’yicha qisqacha ma’lumotlar yozilishi
lozim.
Nazorat savollari:
1.
Elektr yordamida payvandlash deb nimaga aytiladi?
2.
Elektr kontakt payvandlash usuli deb nimaga aytiladi?
3.
Payvandlash deb nimaga aytiladi?
4.
Payvandlashda materiallarni qanday usullardan foydalanilanib
birirtiriladi?
46
AMALIY ISH №12
MAVZU: Metallarni gaz yordamida payvandlashni o`rganish
Ishdan maqsad: Metallarni gaz yordamida payvandlashni o`rganish.
Kerakli jihozlar va asbob – uskunalar: Metallarni gaz yordamida
payvandlashga oid plakatlar, videoroliklar.
Umumiy ma’lumot: Gazli payvandlash usuli. Bu uslub eritib
payvandlashning
bir
turi
bo’lishiga
qaramay,
uning
oddiyligi,
boshqarishning qulayligi, uskunalarning arzonligi, har xil burchak ostida
choklar hosil qilish mumkinligi sababli yupqa listlar (0,5-5 mm) va ulardan
yasalgan buyumlarni ulashda eng ko’p qo’llaniladi.
Ulanadigan sirtlarni qizdirishda atsetilen (C
2
H
2
), vodorod (H
2
), koks
gazi, tabiiy gazlar kabi yonuvchi-gazlardan foydalanish mumkin. Lekin
issiqlik berish qobiliyati (Q), narxi va boshqalar nuqtai nazaridan
qaraganda kalsiy karbididan olinadigan atsetilen eng ma’quli hisoblanadi.
Kalsiy karbidi olish uchun koks (C) va so’ndirilmagan ohak (CaO)
aralashmasi elektr pechlarda 1900-2300°S haroratda va havosiz sharoitda
qizdiriladi:
3C+CaO=CaC
2
+CO;
Hosil bo’lgan suyuq karbid kovshlarda sovitilib maydalangach (2-80
mm) maxsus zich qopqoqli bochkalarda saqlanadi. Kalsiy karbididan
atsetilen olish uchun atsetilen generatorlarida karbidga suv ta’sir
qildiriladi:
CaC
2
+2H
2
O=Ca(OH)
2
+C
2
H
2
;
Odatda 1 m
3
C
2
H
2
olish uchun 4,3-4,5 kg karbid ketadi.
Ishning bajarilish tartibi:
1. Gazli payvandlash usullarini haqida tushunchaga ega bo‘lish.
2. Gaz payvandidagi asosiy asbob payvandlash gorelkalarini o‘rganish.
3. Gazli payvandlash usullarini o‘rganish.
Hisobotda ishning mavzusi, ishdan ko’zda tutilgan maqsad va
metallarni gaz yordamida payvandlash usullari bo’yicha qisqacha
ma’lumotlar yozilishi lozim.
Nazorat savollari:
1. Metallarni gaz yordamida payvandlash deganda nimani tushunasiz?
2. Metallarni gaz yordamida payvandlash usullarini aytib bering.
47
AMALIY ISH № 13
MAVZU: Tokarlik keskichining elementlari, geometriyasi va
ularni turlarini o`rganish
Ishdan maqsad: Tokarlik keskichining elementlari, geometriyasi va
ularni turlarini o`rganish.
Kerakli jihozlar va asbob – uskunalar: Kesuvchi asboblar,
jilvirlash materiallari, plakatlar, video roliklar.
Umumiy ma’lumot: Keskichlar kallak (ishchi yuza) va tana
qismlardan iborat bo’lib, tana qismi keskichni supportga mahkamlashga
yordam beradi. Ishchi qism esa quyidagi elementlardan iborat bo’ladi.
13.1-rasm.Keskichning asosiy qism va elementlari.
1.
Oldingi yuza qirindi chiqarish uchun xizmat qiladi.
2.
Asosiy orqa yuza-tayyorlanmaning kesish yuzasi tomonida
bo’ladi.
3.
Yordamchi orqa yuza-yo’nilgan yuza tomonda bo’ladi.
4.
Asosiy kesuvchi qirra oldingi va asosiy orqa yuza kesishuvidan
hosil bo’ladi.
5.
Yordamchi kesuvchi qirra-oldingi va yordamchi orqa yuza
kesishuvdan hosil bo’ladi.
6.
Keskich uchi - asosiy va yordamchi kesuvchi qirralar birlashgan
nuqta.
Ishning bajarilish tartibi:
1. Tokarlik keskichlarining turlari haqida tushuncha bering.
48
1. Keskich elementlari to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lish.
3. Kesish jarayonining asosiy elementlarini hisoblash.
4. Keskich geometriyasi haqida ma’lumot bering.
Hisobotda ishning mavzusi, ishdan ko’zda tutilgan maqsad va
tokarlik keskich ning elementlari, geometriyasi va ularni turlarini bo’yicha
qisqacha ma’lumotlar yozilishi lozim.
Nazorat savollari:
1. Keskich va keskich elementlari to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
2. Kesish jarayonining asosiy elementlarini hisoblab bering.
3. Tokarlik keskichlarining turlari haqida tushuncha bering.
4. Keskich geometriyasi haqida ma’lumot bering.
AMALIY ISH № 14
MAVZU: Tokarlik stanogining tuzilishi va ishlash printsipi
Ishdan maqsad: 1K62 modelli tokarlik vintqirqish stanogining
tuzilishi va ishlash printsipini o’rganish.
Kerakli jihozlar va asbob – uskunalar: 1K62 modelli tokarlik
vintqirqish stanogi, tokarlik stanogining maketi va tokarlik stanogining
tuzilishiga oid plakatlar va videoroliklar.
Umumiy ma’lumotlar: Barcha dastgohlarning qariyb 40-50 % ini
tokarlik dastgohlari tashkil etadi, tokarlik dastgohlari ichida eng ko’p
ishlatiladigani universal tokarlik-vintqirqar dastgohlaridir. Hozirgi vaqtda
tokarlik vintqirqish stanoklarining 1A62, 163, 1K62, 16K20 va kabi
rusumlari keng ko’lamda ishlatiladi.
Mashg’ulotlarda ko’proq 1K62 rusumli tokarlik vintqirqish stanogi
o’rganiladi. Tokarlik vintqirqish dastgohi quyidagi asosiy qismlardan
tashkil topadi: stanina (rama), oldingi babka, ketingi babka, support,
keskich, fartuk, yurgizish (surish) vinti, dastgohni boshqarish elementlari
va h.k. 1K62 rusumli dastgohda tashqi diametri 400 mm gacha bo’lgan
zagotovkalarning sirti silindrik konus shaklidagi va shakldor yuzalarni
yo’nalish sirti va ichki rezbalarni qirqish, teshiklarni yo’nib kengaytirish,
parmalash va qirqib tushirish kabi ishlarni bajarish mumkin.
49
14.1-rаsm.
1K62
tоkаrlik vint qirqish
stаnоgining
аsоsiy
qismlаri
vа
bоshqаrish оrgаnlаri:
Dostları ilə paylaş: |