atomlari zich joylashgan geksogonal, tetrogonal, romb yoki romboedrik
kristall panjaraga ega bo’lishi mumkin. Ko’pchilik metallar asosan uch xil
kristall panjaraga ega bo’ladi.
1. Hajmi markazlashgan kub panjara (qisqacha HMK tarzida
yoziladi). Bularga Fe, V, Li, Mo, Cr, W, sirkoniy va boshqa ximiyaviy
elementlar misol bo’ladi. Bunda kristall panjara katakchasida 9 ta atom
joylashadi.
2. Yoqlari markazlashgan kub panjara (qisqacha YoMK tarzida
yoziladi). Bularga Co, Ra, Ro, Pl, Ag, Au, Pb, Cu, Al, Ni va boshqa
8
ximiyaviy elementlar misol bo’ladi. Bunda kristall panjara katakchasida 14
ta atom joylashadi.
3. Geksogonal
panjara
(Bunday
tuzilishda
atomlar
zich
joylashganligi uchun - atomlari zich joylashgan geksogonal panjara deb
ham yuritiladi va qisqacha ZJG tarzida yoziladi). Bularga Be, Mg, Cd, Ti
va boshqa kimiyoviy elementlar misol bo’ladi. Bunda kristall panjara
katakchasida 17 ta atom joylashadi.
1.1-rasm. Kristall panjaralarning turlari: a) - hajmi markazlashgan kub,
b) - yoqlari markazlashgan kub, v) - atomlari zich joylashgan geksogonal panjara.
Ishning bajarilish tartibi
1. Metallar va ularning kristall panjaralari haqida tushuncha bering
2. Metallarning kristallanish jarayoni haqida ayting.
3. Metallarning kristallanish jarayoni necha bosqichga bo’linadi?
4.Mayda zarralar hosil qilish uchun suyultirilgan metallga qanday
maxsus moddalar kiritiladi va ular nima deb ataladi?
Hisobotda laboratoriya ishining mavzusi, ishning maqsadi, metall va
qotishmalarning tuzilishlari, ularning kristallanish jarayonlari haqida
umumiy ma’lumot, kerakli jihozlar va asbob-uskunalarning nomi, ishning
bajarilish tartibi va olingan natijalar keltirilgan bo’lishi kerak.
Nаzоrаt sаvоllаri:
1.
Mеtаllаr deb nimaga aytiladi?
2.
Ko’pchilik mеtаllаr аsоsаn qanday хil kristаll pаnjаrаgа egа
bo’lаdi?
3.
Mеtаllаr kristаll pаnjаrаlаrining bir turdаn ikkinchi turgа o’tishi
nima deb ataladi?
9
4.
Mеtаllаrning kristаllаnish qоnuniyatini birinchi bo’lib kim kаshf
etdi?
5.
Mеtаllаrning kristаllаnish jаrаyoni necha bоsqichgа bo’linadi?
6.
Mеtаllаrdаgi erimаgаn turli оksidlаr vа mеtаllmаs zаrrаchаlаr
kristаllаnishda qanday rоl o’ynаydi?
7.
Mayda zarralar hоsil qilish uchun suyultirilgan mеtallga qanday
maхsus mоddalar kiritiladi va ular nima deb ataladi?
8.
Oddiy usulda kristаllаnish jаrаyonini o’rgаnish uchun qanday
moddadan foydalaniladi
?
LABORATORIYA ISHI № 2
Mavzu: Metallarning cho’zilishdagi mustahkamligini aniqlash
Ishdan maqsad: Metallarning cho’zilishdagi mustahkamligini
sinash mashinasi yordamida aniqlash.
Kerakli jihozlar va asbob-uskunalar:1.R-5 yoki IM-4R
tipidagi universal mashina. 2. Plastik namunalar. 3. 0, 01 mm
aniqlikdagi mikrometr. 4. 0,05 mm aniqlikdagi shtangensirkul.
Umumiy ma’lumot. Ma’lumki, metallarning eng muhim
mexanik xossalaridan biri ularning mustahkamligidir. Metallarning
turli kuchlar ta’siriga bardosh berish xususiyati uning mustahkamligi
deb ataladi. Metall konstruk tsiyasiga qo’yilgan tashqi kuchlarning
ta’sir
etish
xarakteriga
qarab
metallarning
mustahkamligi
cho’zilishdagi, siqilishdagi, egilishdagi va boshqa hollardagi
mustaxkamliklariga ajratiladi.
Metallarning cho’zilishdagi mustahkamligini sinash amalda
ko’p tarqalgan bo’lib, bunda uning elastikligi va plastikligini ham
aniqlash mumkin. Metall va qotishmalarning cho’zuvchi kuchlarga
qarshilik ko’rsatish xususiyati ularning cho’zilishdagi mustahkamligi
deyiladi. Buning uchun GOST-1497—84 ga ko’ra materialga qarab
ma’lum o’lchamda doiraviy va to’g’ri to’rtburchak kesimli maxsus
namuna tayyorlanadi. Namuanani sinash mashinasining qisqichlari
orasiga mahkamlanadi. Shundan keyin mashina yurgizilib, asta-sekin
ortib boruvchi kuch ta’sirida namuna cho’zila boshlaydi. Kuch
ma’lum miqdorga yetgach, namunaning biror yeri ingichkalashib
10
bo’yin hosil bo’la boshlaydi va so’ngra u uziladi. Metallarning
cho’zilishdagi
mustahkamligini
sinashda
ularning
elastiklik
chegarasi, proporsionallik chegarasi, elastiklik moduli, oquvchanlik
chegarasi, mustahkamlik chegarasi, nisbiy uzayishi va nisbiy
torayishi (ingichkalashishi) aniqlanadi.
Ishni bajarish tartibi:
1. Plastik materiallarni tekshirish asbob-jihozlari bilan tanishish.
2. Plastik materiallarning cho’zilishga mustaxkamligini tekshirish.
Hisobotda laboratoriya ishining mavzusi, ishning maqsadi,
materiallarning cho’zilishga mustaxkamligini aniqlash haqida umumiy
ma’lumot, kerakli jihozlar va asbob-uskunalarning nomi, ishning bajarilish
tartibi yozilgan va olingan natijalar bo’lishi kerak.
Nazorat savollari:
1. Mеtаllаrning cho’zilishga mustaxkamligi dеb nimaga aytiladi?
2.Cho’zilishga mustaxkamligini аniqlаsh qanday mаtеriаllаr uchun judа
muhim?
3.Uglеrоdli vа lеgirlаngаn kоnstruktsiоn po’lаtlаrning cho’zilishga
mustaxkamligi qaysi asbobda sinаlаdi?
4.Mеtаllning cho’zilishga mustahkamligini аniqlаsh qanday tartibda
amalga oshiriladi.
LABORATORIYA ISHI № 3
MAVZU: Metallarning qattiqligini Brinel usulida aniqlash
Ishdan maqsad: Metallarning qattiqligini Brinel usulida aniqlashni
o’rganish.
Kerakli jihozlar va asbob-uskunalar:1. TSh -2M rusumidagi
qattiqlikni o’lchovchi Brinell pressi; 2. Metall namunalar to’plami; 3.
Egov; 4. Qum qog’oz; 5. Mikroskop; 6. TK-2M asbobida qattiqlikni
aniqlash usullari to’g’risida yo’riqnoma.
Umumiy ma’lumot
Materialning qattiqligi deb, unga yanada qattiqroq jismning botib
kirishiga qarshilik ko’rsata olish xususiyatiga aytiladi. Keskich, parma,
freza kabi metall qirquvchi asboblar, shuningdek sirti mustahkamlangan
detallar yuqori qattiqlikka ega bo’lishi kerak.
11
Metall va qotishmalarning qattiqligi bir necha usullar bilan
tekshiriladi, ya’ni sinaladigan namunaga o’zidan qattiqroq jismni botirish,
sinaladigan detalni boshqa jism bilan tirnab ko’rish va boshqa usullar. Eng
ko’p tarqalgan usul bu sinaladigan namunaga undan qattiqroq jismni
botirish usulidir. Metallning qattiqligi Brinel, Rokvell va Vikkers usullari
bilan aniqlanadi.
Sinaladigan namunaga a) Brinel pressida po’lat shar botirilganda shu
shar qoldirgan izning yuziga qarab, b) Rokvell pressida olmos konus yoki
po’lat shar botirilganda ular qoldirgan izning chuqurligiga qarab, v)
Vikkers usilida olmos piramida botirilganda shu piramida qoldirgan iz
yuzining qiymatiga qarab aniqlanadi.
Brinell usuli shved muxandis olimi Yu.A.Brinell (1849-1925)
sharafiga qo’yilgan.
Brinel usulida namunaga botiriladigan sharlar CX15
tipdagi qattiq po’latdan tayyorlanadi. Ular toblab, so’ngra past haroratda
bo’shatilgandan keyin juda qattiq bo’lib qoladi. Brinell usulida
toblanmagan materiallarning, rangli metallar va ular asosidagi
qotishmalarning qattiqligini aniqlashda qo’llaniladi. Qattiqligi aniqlanishi
kerak bo’lgan metallarning xiliga va uning qalinligiga qarab diameri 2,5;
5 va 10 mm sharcha namunaga 3000 kG (10 mm li sharch uchun), 750 kG
(5mm li sharcha uchun) 187,5 kG (2,5 mm li sharcha uchun) nagruzka
olinadi. Sharcha 10, 30 va 60 sekund ichida asta sekin botiriladi va
botirilgan sharchaning diametriga qarab metallning qattiqligi aniqlanadi.
d
2.1-rasm. Qattiqlikni Brinel usulida aniqlash sxemasi.
P
D
h
12
Bu yerda, D - sharchaning diametri, mm; d - sharchaning metallda
qoldirgan izi diametri (sharcha izining diametri maxsus lupa bilan
ko’riladi), mm; h - sharcha izining chuqurligi, mm; P - sinaluvchi metallga
botiriluvchi sharcha kuchi kg yoki N; a - namunaning qalinligi, mm.
Yuqоridа kеltirilgаndеk mеtаllning Brinеl bo’yichа qаttiqligi HB
bilаn bеlgilаnаdi. Brinеl bo’yichа qаttiqlik shаrchаning sinаluvchi
mеtаllgа bоsuvchi P kuchning shu kuch tа’siridа sinаluvchi nаmunа sirtidа
hоsil bo’lgаn shаrchа izining yuzi F ga nisbаti bilаn аniqlаnаdi:
2
Dostları ilə paylaş: |