Suyultirilgan uglevodorodli gazlar Gazlarning turi



Yüklə 415,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix18.09.2022
ölçüsü415,2 Kb.
#63773
1   2   3   4
2 Mavzu kimyo maruza

TABIIY GAZLAR.
Shahar, qo‘rg‘on gaz ta’minotida va sanoat korxonalarini gaz bilan ta’minlashda tabiiy 
gazlardan juda keng miqiyosda foydalaniladi. Tabiiy gazlar er ostidan qazib olinadi va 
asosan metanlar qatoriga kiruvchi uglevodorodli gazlardan tashkil topgandir. Uning 
tarkibiga metan, etan, propan, butan, pentan va geksanlar, ularning birikmalari kiradi. 
Uglevodorodlardan tashqari, tabiiy gazlar tarkibida azot, is gazi, oltingugurt, vodorod va 
inert (kam uchraydigan) gazlari uchraydi.Tabiiy gazlar er ostida paydo bo‘lishiga qarab 
qo‘yidagi guruhlarga bo‘linadi: toza gaz ko‘rinishida, neft paydo bo‘lgan joylarda neft 
bilan birgalikda va gaz kondensati paydo bo‘lgan kondensatli gazlar.Toza gaz 
ko‘rinishidagi tabiiy gazlarning tarkibi asosan metandan tarkib topgan bo‘lib, quruq va 
taqir bo‘ladi. Og‘ir uglevodorodli gazlarning (propan va undan keyingilari) quruq gaz 
tarkibidagi miqdori 50 g/m3 dan oshmaydi. Neft bilan birgalikda paydo bo‘lgan gazlar, 
neft paydo bo‘lgan joydan qazib olinadi. Bu gazlarni «hamroh» (yo‘l-yo‘lakay) gazlar 
ham deb ataydilar. Bunday gazlarning tarkibida metandan tashqari, ko‘p miqdorda og‘ir 
uglevodorodli gazlar (150 g/m3 va undan ortiq) bo‘lib, moyli gaz xisoblanadi. Moyli 
gazlar bu quruq gaz bilan propan – butanli bo‘linma va benzinli gazlar aralashmasidan 
iboratdir. Tabiiy gazlar boshqa ko‘rinishdagi organik yoqilg‘ilar (suyuq va 
qattiq yoqilg‘ilar) ga nisbatan bir qancha qulayliklarga egadirlar: 
 
Tabiiy gaz qazib olishda, mehnat unumdorligi neft qazib olishga nisbatan 5 
barobar, shaxtadan ko‘mir qazib olishga nisbatan esa 35 barobar yuqoridir. 
 
Yuqori darajadagi sifatliligi, yongandan ko‘p miqdorda issiqlik ajralib chiqishi va 
uzoq masofalarga etkazib berish uchun qulaydir. 
 
Turli xil sanoat pechlari, qozon qurilmalari va uskunalarida yoqilg‘i sifatida tabiiy 
gazdan foydalanilganda ularning ish jarayoni tezlashadi, uskunalar joylashgan 
binolarning maydonlari qisqaradi va xizmat ko‘rsatuvchilar soni kamayadi
uskunalar foydali ish qiymati (f.i.q) esa oshib boradi. 


 
Tabiiy gazdan yoqilg‘i sifatida foydalanish boshqa yoqilg‘ilarga nisbatan, turli xil 
chiqindi va zararli gazlar kamayishga va atrof muhit havo xavzalari 
ifloslanishining bartaraf etilishiga olib keladi, tabiiy gazlardan foydalanish ximiya 
sanoatida va xalq xujaligining boshqa tarmoqlarida bir qancha qulayliklarga 
egadir. 

Yüklə 415,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin