hisobidan shaxslar daromadi summasi, aksiyadorlik jamiyat va xususiy
kompaniya va davlatning mamlakat ichkarisidagi korxonalari daromadi summasi:
harajat hisobidan (kapital chiqarish, davlat va xususiy sub’ekt uchun zaruratli
chiqimlar); va qo‘shimcha narxlarda (iqtisodiyotning barcha sohalari
mahsulotlarining haqiqiy baholari summasi).
Yalpi milliy mahsulot (YAMM) – mamlakat – ijtimoiy taraqqiyotining
umumiy ko‘rsatkichi, ya’ni ishlab chiqarilgan barcha tovar va xizmatlarni
birgalikdagi hisobi, moddiy va ma’naviy sohalardagi mol-mahsulotlarning bir
yillik ichki va tashqi iqtisodiy faoliyatidagi hisob summasi.
Chegara oldi savdosi – Xalqaro tovarlar ayirboshlashdagi muhim tur,
mamlakat tashqi savdosining tarkibiy qismi. Savdo va to‘lov bitimlari, yillik
bayonnomalar asosida qo‘shni davlatlar chegara oldi savdo tashkilotlari va
firmalari tomonidan amalga oshiriladi. Bunday tovar ayirboshlashlar ko‘shni
mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy aloqallarni mustahkamlaydi. Mahsulotlar
assortimentini kengaytirishga zamin yaratadi.
Chet el investitsiyasi – foyda, dividend yoki daromadlarning boshqa
shakllarni olish maqsadida sanoat, qishloq xo‘jaligi, umuman korxonalarga chet
ellik sarmoyadorning ma’lum mablag‘ kiritishi.
Tajribada investorlar chet elning yuridik yoki jismoniy shaxsi, hamda
davlat va xalqaro tashkilot a’zosi bo‘lishi mumkin.
Ular individual va umumiy holda bo‘ladi. Yakka indeksda bitta chiqarilgan
mahsulotning boshqa bir necha muvoffaqiyatli ekani, umumiy indeksda esa
mahsulot ishlab chiqarilishi va ularni narxlari tovarlar hajmiga nisbatan dinamik
o‘sishida aks etadi.
Eng kam ish haqi – ayni davrdagi paytda ish haqining o‘zgarmasligi, u pul
birligida ifodalanadi.
201
Erkin savdo – tashqi savdo siyosati prinsipi, har qanday firma yoki
tadbirkorning tashqi savdo bozorida erkin savdo munosabatini amalga oshirish
imkoniyatiga ega bo‘lgan tushuncha.
Eksport – tovarlar, xizmatlar va kapitalni tashqi savdoga chiqarish. Eksport
predmetlari tovar singari xizmat qiladi, u mamlakat ichkarisida qayta ishlanib,
chegraga olib boriladi. Reeksport (kaytib keluvchi yuk) o‘zida tashqi savdo
bozoriga mahsulotni chiqarishdan oldingi qayta to‘liq ishlovchi faoliyatni aks
ettiradi.
Eksport (import) kvotasi – ma’lum tovarlarni ishlab chiqarish va eksportga
yetkazib berishning belgilab qo‘yilgan hajmi; import kvotasi esa har yili xorijiy
mamlakatdan keladigan mahsulotlar hajmini miqdor jihatidan cheklab qo‘yish.
Eksport krediti – eksport kreditorlar (firma, bank va hukumat kabilar)
xorijlik sheriklariga ularni qiziqtirgan mahsulot va xizmatlarni tasarruflariga
olishlari uchun kredit ajratishi. Eksport krediti sug‘urta tizimi eksportchilarning
mablag‘lari qadrsizlanishi va foizi bilan qaytishini kafolatlaydi.
Emigratsatsiya – chet mamlakatga ko‘chib, o‘sha yerda doimiy yashayotgan
muhojirlik.
202
GLOSSARIY (XALQARO TASHKILOTLAR)
Butunjahon savdo tashkiloti (-BJST) - VTO) – 1995 yilda ta’riflar va savdo
haqidagi bosh bitim (GAAT) bazasida tuzilgan. GAAT esa 1947 yilda tashkil
etilgan bo‘lib, 90-yillar boshida unga 150 dan ziyod mamlakatlar a’zo bo‘lgan.
VTOni tashkil etgan hujjatlar paketi hozir ham xizmat ko‘rsatish va savdo
haqidagi bosh bitim (GATS) va intellektual mulkdorlarning savdo borasidagi haq-
huquqlari to‘g‘risidagi bitimga asoslanadi.
VTO jahon savdo madaniyatini shakllantiradi va bir necha vazifalarni
bajaradi. Xususan, import poshlinaridagi yuqori to‘lovlar darajasini qisqartirish,
ta’rifsiz cheklovlarning turlarini kamaytirish. Bu nufuzli tashkilot o‘z faoliyati
bilan dunyo resurslarining xalqaro mikyosda tovar ayirboshlashi, barcha
mamlakatlar
iqtisodiyotini
rivojlanishi
hamda
yon-atrofidagi
muhitni
yaxshilanishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi (YEAST) – 1960 yilda tashkil etilgan
hududiy iqtisodiy tashkilot. Dastlab uning tarkibida Avstriya, Buyuk Britaniya,
Daniya (1973 yilgacha), Norvegiya, Portugaliya (1983 yilgacha), Shvesariya,
Shvesiya bo‘lgan.
Keyingi iqtisodiy bosqichlardan so‘ng unga Islandiya, Finlyandiya,
Lixtenshteyn qo‘shildi. 1991-1993 yillarda erkin savdo qilish bo‘yicha Turkiya,
Chexoslavakiya, Isroil, Polsha, Ruminiya, Vengriya va Bolgariya kelishuvga imzo
chekishdi. 1994 yilda esa bu mamlakatlar Yevropa iqtisodiy maydoni haqida
hamkorlikni tashkil etishdi. (Shvesariya va Lixtenshteyndan tashqari).
Yevropa hamkorligi (YES-YEH) – G‘arbiy Yevropadagi uchta hududiy
integratsiyalashgan guruhlar: 1951 yil tashkil etilgan Yevropa po‘lat va ko‘mir
ishlab chiqarish uyushmasi (YEOUS), 1957 yilda tashkil etilgan Yevropa iqtisodiy
hamkorligi, va 1958 yilda asos solingan Yevropa atom energiyasi hamkorligi
(Yevratom) dan iborat.
Yevropada bu yo‘nalishlarda hamkorliklar doirasida ko‘pgina ijobiy ishlar
amalga oshirildi va 1986 yilda Yevropa Ittifoqini tuzish uchun yagona Yevropa
dalolatnomasi qabul qilindi.
Yevropa Ittifoqi (YES-YEI) – 1992 yildagi Maastrixt shartnomasidan keyin,
1993 yildan Yevropa hamkorligi bazasida tashkil etilgan integratsiyalashgan
uyushma. Dastlab unga 12 mamlakat a’zo bo‘ldi, ular: Belgiya, Buyuk Britaniya,
Germaniya, Gresiya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg,
Niderlandiya, Portugaliya va Fransiya. 1994 yilgi kelishuvdan so‘ng yana uchta –
Avstriya, Finlyandiya va Shvesiya qo‘shildi. Shu kecha-kunduzda Yevropa
Ittifoqining doirasi 27 davlatga kengaydi.
Hozirda bu hududda «Chegarasiz Yevropa» deya yagona Yevropa g‘oyasini
amalga oshirish davom etmokda. G‘arbiy Yevropa mamlakatlari o‘rtasida siyosiy,
iqtisodiy va valyuta ittifoqi tuzilishida ijobiy o‘zgarishlar mavjud.
BMT ning savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi (YUNKTAD) –
BMT bosh Assambliyasi organi bo‘lib, u 1964 yilda tashkil etilgan.
YUNKTAD ning asosiy vazifasi Xalqaro savdo taraqqiyotini ta’minlash.
203
Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (MAR-XRA) – BMTning ixtisoslashgan
tashkiloti. U 1960 yilda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki filiali sifatida tashkil
etilgan. MAR barcha rivojlanayotgan mamlakatlarda bank faoliyati bo‘yicha
imtiyoz va sharoitlar yaratilishini ta’minlash uchun xizmat qiladi.
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (MBRR-XTTB) – hukumatlararo
kredit-moliya tashkiloti bo‘lib, uning asosiy vazifalari a’zo mamlakatlar iqtisodiy
rivojlanishini rag‘batlantirish, xalqaro savdoni rivojlantirishga yordam berish va
to‘lov balanslarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
MBRR Xalqaro rivojlanish asosotsiatsiyasi, xalqaro moliya korporatsiyasi
va Investitsiyalarni kafolatlash xalqaro agentligi filiallariga ega. Uning bu filiallari
jahon bankida yuqori nufuzli moliya muassasalari sanaladi.
Xalqaro valyuta fondi (MVF-XVF) – BMT tarkibidagi moliya tashkiloti. U
1944 yilda (Bretton – Vuds, AQSH) tashkil etildi. 1947 yildan esa o‘z faoliyatini
boshladi. Fondning asosiy vazifalari – valyuta kurslarini tartibga solish, ularga
rioya qilinishini nazorat etish me’yorlarini belgilash, to‘lov balanslarini bekarorligi
munosabati bilan valyuta qiyinchiliklari yuzaga kelganida o‘z a’zolariga valyuta
resurslaridan yordam berish.
MVF ga 180 dan ortiq davlatlar a’zo, shular qatorida Rossiya (1992) va
MDH davlatlari.
Birlashgan millatlar tashkiloti (OON-BMT) – 192 ta mamlakatlar a’zo
bo‘lgan yirik xalqaro tashkilot.
BMT 1945 yilda tashkil etilgan. Uning faoliyat maqsadi unga a’zo
mamlakatlar tinchligi, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ahvolini yaxshilash. Ularning
xalqaro iqtisodiy hamkorlik sari undash, xalqaro iqtisodiy munosabatlar
taraqqiyotini ta’minlashdan iborat.
Neft mahsulotlari eksport qiladigan mamlakatlar tashkiloti (OPEK) –
Xalqaro hukumatlar o‘rtasida tuzilgan tashkilot. U Osiyo, Afrika va Lotin
Amerikasi davlatlari hududlaridagi neftni qazib olish va eksport qilish, ularning
narxlarini belgilash massalarini amalga oshirish bo‘yicha 1960 yilda tashkil
etilgan.
OPEKka 13 ta mamlakat a’zo: Jazoir, Venesuela, Gabon, Indoneziya, Iroq,
Eron, Qator, Quvayt, Liviya, Nigeriya, BAA, Saudiya Arabistoni va Ekvador.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OESR-IHTT)–dunyoning
iqtisodiy munosabatlar va rivojlanish munosabatlariga kirishuvchi tashkiloti. U
1960 yilda tashkil etilgan bo‘lib, iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni muvofiqlashtirib
turadi. Unga a’zo mamlakatlar 1997 yilda 29 tani tashkil etgan. (Tashkilotning
so‘nggi a’zosi Koreya Respublikasi, 1996 yil, noyabr).
OESR hozirgi bosqichda YEI ning integratsiyalashgan qo‘shilmasi turiga
kirmaydi, ammo bu tashkilot unga a’zo bo‘lgan mamlakatlar tashqi iqtisodiy
muammolari va ichki ijtimoiy taraqqiyoti massasalariga aralashadi.
«Parij klubi»-kreditorlar mamlakatlarning hukumatlararo muassasasi, MVF
a’zosi. 1961 yilda tashkil etilgan bu «klub» to‘lov muddatini bir tomonlama
o‘zaytirishning oldini olish maqsadlarida rivojlanayotgan mamlakatlarning tashqi
qarzlari shartlarini qayta ko‘rib chiqish bilan shug‘ullanadi.
204
«Rim klubi» - Xalqaro jamoatchilik tashkiloti. 1968 yilda inson muhofazasi
maqsadida tuzilgan. «Klub» jahon ijtimoiy-iqtisodiy hayotida yuksalishning global
muammolarini hal etish, jamoat tashkilotlarini rivojlantirish, atrof-muhitda ishlab
chiqarish ko‘payganidan inson uchun zararli havoni paydo bo‘lishiga qarshi
kurashish faoliyati bilan shug‘ullanadi.
BMT ning iqtisodiy komissiyasi – beshta hududdagi iqtisodiy
munosabatlarni nazorat qilib boradigan komissiya, ya’ni BMT rahbarligidagi
iqtisodiy va ijtimoiy Sovet (EKOSOS);
Yevropa iqtisodiy komissiyasi (1947 yilda tashkil etilgan) YEIK. Osiyo va
Tinch okeani uchun iqtisodiy-ijtimoiy komissiya (ESKATO, 1947).
Lotin Amerikasi uchun iqtisodiy komissiya (EKLA, 1948 yil va 1951 yil).
Afrika uchun iqtisodiy komissiya (EKA, 1958 y), Shimoliy Osiyo uchun iqtisodiy-
ijtimoiy komissiya (EKZA, 1974).
BMT ning iqtisodiy va ijtimoiy Soveti (EKOSOS) – BMT bosh
Assambleyasining asosiy organlaridan biri. BMT dasturidagi ijtimoiy va iqtisodiy
sohalarning bajarilishini nazorat qiluvchi oliy maslahat idorasi.
Bu kengash BMTga a’zo mamlakatlar hududdidagi tashkilotlarga rahbarlik
qilish, muvofiqlashtirish huquqiga ega.
EKOSOS dirasida xalqaro iqtisodiy va ijtimoiy masalalar, BMT ga a’zo
davlatlar ichidagi mavjud yuzaga kelgan muammolar hal etiladi.
205
XALQARO TASHKILOTLARNING QISQARTIRILGAN
NOMLARI RO‘YXATI
ASEAN – Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlar assotsiatsiyasi.
ATES – Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi.
VOZ - Butunjahon sog‘liqni saklash tashkiloti.
VTO - Butunjahon savdo tashkiloti
GATT - Tariflar va savdo haqidagi bosh bitim
EEK - Yevropa iqtisodiy komissiyasi
ES - Yevropa Ittifoqi
EES - Yevropa iqtisodiy hamkorligi
MAR - Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi
MBRR - Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki.
MVF - Xalqaro valyuta fondi
MOT - Xalqaro mehnat tashkiloti
NAFTA - Shimoliy Amerika mamlakatlarining savdo to‘g‘risidagi kelishuvi
OON - Birlashgan millatlar tashkiloti.
OPEK - Neftni eksport qiladigan mamlakatlar tashqiloti
OESR - Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti
PROON - Milliy hamkorlik tashkiloti taraqqiyot dasturi
SNG - Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligi
FAO - Qishlok xo‘jaligi mahsulotlarini sotish bo‘yicha milliy hamkorlik
EKA - Afrika uchun iqtisodiy komissiya
EKLA - Lotin Amerikasi uchun iqtisodiy komissiya
EKOSOS - BMTning iqtisodiy va ijtimoiy Kengashi
ESKATO - Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiya
YUNEP - BMT ning atrof-muhit dasturi
YUNESKO - BMT ning ta’lim, fan va madaniyat masalalari tashkiloti
YUNIDO - BMTning sanoatni rivojlantirish tashkiloti
YUNKTAD - BMT ning savdo va taraqqiyot masalalari bo‘yicha
konferensiyasi.
206
ADABIYOTLAR
1. Karimov I.A. - O'zbekistan na poroge XXI veka: ugrozi, bezopasnosti,
usloviya stabilnosti i garantii progressa. Tashkent., 1997.
2. Karimov I.A. - Po puti sozidaniya. Tashkent., 1997.
3. Karimov I.A. - O'zbekistan k velikomu budushemu. T. 1998.
4. Avdokushin Ye.F. - Mejdunarodnie ekonomicheskiye otnosheniya. M., 2002.
5. Andrianov V.D. - Rossiya v mirovoy ekonomike. M., 1998.
6. Vavilova V.A., Sameko G.V. – Ekonomika sovremennoy Rossii. M., 1998.
7. Gulyamov S., Ubaydullayeva R., Axmedov E. – Nezavisimiy O'zbekistan. T.,
2000.
8. Yershov M.V. – Valyutno – finansovie mexanizmi v sovremennom mire. M.,
2000.
9. Jurayev S., Jurayev T., va boshqalar. O‘zbekiston va xalqaro tashkilotlar. T.:
2005.
10. Kireev A.M. – Mejdunarodnaya ekonomika. Chast- I-II. M., 2003.
11. Lomakin V.K. – Mirovaya ekonomika. M., 2004.
12. Livensev N.N. Mejduanrodnie ekonomicheskiye otnosheniya. M: 2005
13. Mamatqulov X.M. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar.
Ma’ruzalar kursi. Samarqand, 2006.
14. Mejdunarodnie ekonomicheskiye otnosheniya. Pod red. V.Ye. Ribalkina
M., 1997.
15. Mejdunarodnie ekonomicheskiye otnosheniya. Pod red. Ye.F. Jukova. M.,
2000.
16. Mejdunarodnie ekonomicheskiye otnosheniya. Pod red. A.I. Yevdokimova. M.,
2003.
17. Mirovaya ekonomika. Pod red. V.P. Kolosova. M., 2001.
18. Mirovaya ekonomika. Pod red. A.S. Bulatova. M., 2003.
19. Mirovaya ekonomika. Pod red. A.K. Shurkalina. M., 2000.
20. Nazarova G.G., Haydarov N.X Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. T.: 2005.
21. Sergeev P.V. Mirovaya ekonomika. M., 1999.
22. Sirajiddinov N. Problemi povisheniya effektivnosti vneshney torgovli
O'zbekistana. T.:2004
23. Sotsialno-ekonomichesaya geografiya zarubejnogo mira. Pod
red.
V.V.
Volskogo. M., 2003.
24. Teor T.R. – Mirovaya ekonomika. S – Pb., 2001.
25. O'zbekistan v mirovoy ekonomike. T., 2001.
26. Shodiyev R.X., Maxmudov E.R. Jahon iqtisodiyoti. T., 2005.
27. Ekonomicheskiy vestnik O'zbekistana. 2000-2005 g.g.
207
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………..
3
1-Bob
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar:
mohiyati, tarkibi va taraqqiyotning asosiy qirralari……………...
4
1.
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
fanining predmeti va vazifalari………………………..………...
4
2.
Jahon xo‘jaligi mohiyati va tarkibi……………………..………..
5
3.
Jahon xo‘jaligining globallashuvi bosqichlari…………………...
8
4.
Jahon xo‘jaligi qarama-qarshiliklari va
rivojlanish tendensiyalari…………………………………..…….
10
Dostları ilə paylaş: |