THE SUMMARY
Modern world(global) economy and international economic attitudes(relations) - very
complex(difficult) and dynamically developing global economic mechanism submitted by
various national facilities(economy), connected among themselves by system of the international
economic attitudes(relations) (foreign trade, export of the capital, валютно-credit
attitudes(relations), migration of a labour, economic integration etc.). In the grant(manual) the
stages глобализации of a world(global) facilities(economy) and basic features of its(her)
development are considered(examined) essence, structure.
The manual is intended for the students of high schools and colleges, students business
of schools, and also will be useful by all inquisitive, aspiring to fill up the knowledge in the field
of world(global) economy.
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Ilmiy kengashi oliy o‘quv yurti
bakalavrlari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etadi.
© Mamatqulov X.M. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar. O‘quv
qo‘llanma, Toshkent 2008 y.
3
KIRISH
Amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standarti o‘quv
fanlari orasida bakalavriat yo‘nalishidagi 5810600- Turizm operatorlik
xizmatini tashkillashtirish, 5810700- Turizm menejmenti, 5810800- Turizm
marketingi, 5811700- Servis (turizm va mehmonxona xo‘jaligi bo‘yicha),
5811600- Servis (sifat ekspertizasi, xizmat ko‘rsatish va ishlar
sertifikatsiyasi), 5340100- Iqtisodiyot (servis va xizmatlar bo‘yicha)
kabilarda «Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar» fani
alohida o‘rin tutadi.
Ushbu o‘quv qo‘llanmada xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va ulardagi
zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimining vujudga kelishi va
rivojlanishining nazariy tamoiyllarini ochib berishga harakat qilingan.
O‘quv qo‘llanmaning asosiy maqsadi iqtisodiyot va turli xizmat ko‘rsatish
sohalarini o‘rganayotgan umumiqtisodiy bilimlar bazasini rivojlantirish
tajriba, ko‘rikmalar hosil qilish va nihoyat har tomonlama yuksak
darajadagi malakali kadrlar tayyorlashga ko‘mak berishdan iborat.
O‘quv qo‘llanma o‘z tarkibiga jahon xo‘jaligi mohiyati, tarkibi, uning
globallashuv jarayonlari va rivojlanish tendensiyalari, jahon xo‘jaligida
xalqaro mehnat taqsimoti, xalqaro savdo aloqalari, xalqaro kapital
migratsiyasi, xalqaro xizmat ko‘rsatish va servis bozori, xalqaro valyuta-
kredit munosabatlari, xalqaro ishchi kuchlari migratsiyasi, xalqaro iqtisodiy
interatsiyalar, jahon xo‘jaligida xalqaro korporatsiyalar (monopoliyalar) va
jahonning sanoati rivojlangan mamlakatlari iqtisodiyotini taraqqiyot
yo‘nalishlari, bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida rivojlanayotgan hamda
o‘tkinchi iqtisodiyotli mamlakatlar guruhida iqtisodiy o‘sish jarayonlarining
kechishi, jahon xo‘jaligida iqtisodiy-siyosiy boshqaruv tizimlarining tutgan
o‘rni kabilarni qamrab oladi.
O‘quv qo‘llanma yozilishi chog‘ida jahon iqtisodiyoti rivojlanishi
dinamikasini harakterlovchi axborotlar va statistik materiallardan
foydalanildi. Har bir mavzu o‘rganilganidan keyin nazorat savollari va zarur
adabiyotlar tavsiya etildi. Talabalar ushbu savollar va adabiyotlardan o‘z
bilimlarini sinab ko‘rishda u yoki bu shaklda samarali foydalanishlari
mumkin.
O‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari, iqtisodiyot sohasidagi kollejlar
talabalariga, shuningdek jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy
munosabatlar fani bo‘yicha o‘z bilimlarini oshirishga intiluvchi barcha
iqtisodiyotga qiziquvchilarga mo‘ljallangan.
4
1-Bob. JAHON IQTISODIYOTI VA XALQARO IQTISODIY
MUNOSABATLAR: MOHIYATI, TARKIBI VA TARAQQIYOTNING ASOSIY
QIRRALARI,
1. §. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fanining
predmeti va vazifalari
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fani aslini olganda u
ikkita fandan «Jahon iqtisodiyoti» va «Xalqaro iqtisodiy munosabatlar» fanidan
iborat bo‘lib, Davlat ta’lim standartining amaldagi o‘quv rejasiga binoan, fanlarni
birgalikda qo‘shib o‘qitish ko‘zda tutilgan.
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tarixiy, siyosiy va
iqtisodiy kategoriya bo‘lib hisoblanadi. Buning sababi shuki, har bir tarixiy
bosqichda uning rivojlanishi ishlab chiqarishni aniq ko‘lamiga, ishlab chiqarish
munosabatlarining harakteriga, xo‘jalikning faoliyatini baynalminallashuviga va
ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishiga to‘g‘ri keladi.
Jahon iqtisodiyoti fani turli xil toifaga kiruvchi davlatlar (sanoati rivojlangan
bozorli iqtisodiyotli davlatlar, rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan
mamlakatlar) sub’ektiga oid qonuniyatlarni, tamoyillarni, xalqaro tovar
ayirboshlash, ishlab chiqarish omillari harakati, moliyalashtirish sohalarini
o‘rganadi. Mazkur fanni o‘rganish ob’ekti bo‘lib, jahondagi milliy davlatlar
iqtisodiyoti, shu jumladan hududiy ishlab chiqarish majmualari, transmilliy
korporatsiya (TMK)lar, firmalar va boshqalar hisoblanadi.
Shu o‘rinda esa xalqaro iqtisodiy munosabatlar fanining predmeti bo‘lib,
milliy, hududiy va global miqyosdagi davlatlar o‘rtasidagi xilma-xil aloqalar tizimi
bo‘lib hisoblanadi. Uning davlatlararo munosabatlari va ularni amalga oshirish
mexanizmi sanaladi. Bu fanlarning har biri mustaqil hisoblanib, ayni paytda
tadqiqotlar sohasida bir-birini to‘ldirib tursada mazkur ikki fan («Jahon
iqtisodiyoti» va «Xalqaro iqtisodiy munosabatlar»)ning o‘rganadigan qator
masalalari bir-biriga qo‘shilib ketadi.
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fanlari bir-biri bilan
chambarchas bog‘lanib, biri ikkinchisini to‘ldiradigan masalalarga ham duch
keladi. Bu esa har ikkala fanning bir butunligi va o‘xshashligidan dalolat beradi.
Shunga asosan, mazkur fanlarni puxta o‘rganishlik jahon iqtisodiyotida ro‘y
berayotgan iqtisodiy – ijtimoiy siyosiy voqea-hodisalar va jarayonlarni izchil
o‘zlashtirib olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar alohida fan sifatida
namoyon bo‘lib, u «Iqtisodiy nazariya», «Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti»,
«Jahon iqtisodiy geografiyasi», «Statistika», «Demografiya», «Davrning global
muammolari» kabi bir qator maxsus iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog‘langandir.
Mazkur fanni O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilishidan ko‘zda
tutilgan maqsad shundan iboratki, iqtisodiyot yo‘nalishida ta’lim olayotgan
talabalarda jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy
jarayonlarning kechishi, zamonaviy iqtisodiy aloqalarining tobora chuqurlashib
borishi to‘g‘risida tushunchalar hosil qilishdir.
5
2. §. Jahon xo‘jaligi tarkibi va mohiyati
Jahon xo‘jaligining shakllanishi uzoq tarixga ega bo‘lib, u ayniqsa buyuk
geografik kashfiyotlar (XV-XVI asrlar) davrida jadal rivojlana bordi.
Mamlakatlararo tovar almashinuvi xalqaro huquqiy me’yorlar asosida rivojlandi.
XIX asrdan boshlab jahonda kapital va moliyaviy vositalarni bir mamlakatdan
boshqa bir mamlakatlarga chiqarish oqimi jadallasha bordi. Bu munosabatlarni
tartibga soluvchi birinchi bor valyuta tizimi yaratildi. Birinchi transmilliy
korporatsiya (TMK)lar paydo bo‘ldi. Ular o‘zlarining operatsiyalarining asosiy
qismlarini mamlakatdan tashqarida amalga oshira bordilar. Jumladan, o‘zlariga
qaram korxonalar, filiallar, bo‘lim tarmoqlari ruyxatga olingan bir necha
mamlakatlarda faoliyat olib bordilar. TMKlar halkaro mehnat taqsimotini
chuqurlashtirish va baynalminallashtirish jarayonlari negizida mamlakatlar
o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytira bordilar.
XIX asr oxirlariga kelib, davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy va siyosiy
munosabatlar tizimi rivojlana bordi va bu jarayon yaxlit jahon xo‘jaligining
shakllanishiga olib keldi.
Jahon xo‘jaligi – bu xalqaro iqtisodiy aloqalar (tashqi savdo aloqalari,
kapital chiqarish, valyuta-kredit munosabatlari, ishchi kuchlari migratsiyasi,
iqtisodiy integratsiyalar va h.k.) orqali bir-birlari bilan o‘zviy chambarchas
bog‘langan turli milliy xo‘jaliklarni o‘z ichiga olgan global xo‘jalik mexanizmidir.
Hozirgi zamon jahon xo‘jaligi bir xil bo‘lmasdan, unga o‘zining ijtimoiy
tarkibi, siyosiy tuzumi, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi, ishlab
chiqarish munosabatlari, shuningdek xalqaro iqtisodiy munosabatlar ko‘lami,
harakteri va shakllari bilan milliy xo‘jaliklar kiradi. Jahon xo‘jaligi sub’ektiga
jahon hamjamiyati kiradi. U o‘z ichiga o‘zaro yaxlit bog‘langan butun bir turli
darajadagi tizimlarni, tuzulmalarni (milliy-davlat, hududiy hamjamiyat, xalqaro
tashkilotlar, assotsiatsiyalar, korxona jamoalari, alohida shaxslar) qamrab oladi.
Jahon milliy xo‘jalik iqtisodiyoti ob’ektlari esa hududiy ishlab chiqarish
majmua (kompleks)lari, transmilliy korporatsiyalar, firmalar va h.k. dir. XX asrga
kelib jahon hamjamiyati manfaatlari har qanday xususiy manfaatlar (milliy, sinfiy,
ijtimoiy) dan ustun tura boshladi. Tinchlik, iqtisodiy barqarorlik, ijtimoiy-siyosiy
faoliyat, ekologik xavfsizlik, shaxs fidoyiligi kabi qadriyatlarning yangi tizimi
paydo bo‘la boshladi.
Jahon xo‘jaligining global boshqaruv tizimini yaratish imkoniyatlari tug‘ildi.
Global boshqaruv deyilganda ozodlik va demokratiya sharoitida atrof-muhit
taraqqiyotini birgalikda saqlash, butunjahon xavfsizligi va barqarorligini
ta’minlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, o‘zgarishlarni to‘g‘ri yo‘lga solish
usullari va imtiyozlari tushuniladi.
Bu borada jahon global boshqaruv institutlari yaratildi. Bu:
Xalqaro huquq;
Hukumatlararo tashkilotlar: BMT, Xalqaro valyuta fondi (XVF),
Jahon banki (JB), Butun jahon savdo tashkiloti (BJST);
6
Ixtisoslashgan nodavlat xalqaro tashkilotlar («Grinpis», «Qizil xoch»
va h.k.).
Murakkab jahon xo‘jaligi aloqalari va alohida milliy xo‘jaliklar iqtisodiyoti
taraqqiyotini tahlil etish, taqqoslashda jahon tajribasida Milliy hisoblash tizimidan
foydalanilishini taqozo qildi.
Milliy hisoblash tizimi (MHT) – bu iqtisodiy taraqqiyotning makro darajasi
bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar tizimidir. Milliy hisoblash tizimi yordamida bozor
mexanizmlari va institutlari tizimi harakatga keltiriladi.
Milliy hisoblash tizimining asosiy ko‘rsatkichi - bu yalpi ichki mahsulotdir
(YAIM). YAIM tovarlar, xizmatlarni iste’mol holatiga keltirilguncha bo‘lgan
barcha jarayonlar, jamg‘arish, eksport, ishlab chiqarishga ushbu mamlakatda
ketgan vaqt, harajat va haridning so‘nggi bahosidir.
Jahonning eng rivojlangan va yirik mamlakatlarida yalpi ichki mahsulot
ishlab chiqarish ko‘lami quyidagi jadvalda aks ettirilgan.
Jadval - 1
Jahonning eng yirik mamlakatlari yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish
bo‘yicha reytingi (2003 yil).
Mamlakatlar
Aholisi,
mln. kishi
Yalpi ichki
mahsulot
mlrd.
dollar
Jahon yalpi
ichki
mahsulotda
mamlakat
ulushi, %
Aholi jon
boshiga
ishlab
chiqarilgan
yalpi ichki
mahsulot
ming. dollar
1990 -2003
yillarda
yalpi ichki
mahsulot
o‘sishi
marta
AQSH
302,0
10,000
20,56
36,1
15,9
Xitoy
1360,0
4900
10,09
3,9
23,3
Yaponiya
127,0
3 500
7,21
27,6
46,7
Germaniya
82,0
2 160
4,45
26,3
10,0
Hindiston
1120,0
2 020
4,16
2,0
13,3
Fransiya
59,0
1 610
3,31
27,3
9,2
Italiya
58,0
1 460
3,01
25,2
17,2
Buyuk
Britaniya
59,0
1 435
2,95
24,3
5,5
Rossiya
146,0
1 265
2,60
8,7
8,4
Braziliya
174,0
1 100
2,26
6,3
73,3
Meksika
100,0
875
1,80
8,8
39,8
Indoneziya
206,0
850
1,75
4,1
28,3
Kanada
31,0
850
175
27,4
25,0
Janubiy
Koreya
47,5
710
1,46
14,9
64,5
Tailand
62,5
525
1,08
8,4
87,5
Avstraliya
19,5
515
1,06
27,4
24,5
Butun Jahon
6200,0
48 575
100
8,1
18,8
Manba: Lomakin V.K. Mirovaya ekonomika. M., 2004.
7
Ikkinchi muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkich-yalpi milliy mahsulot (YAMM)
dir. YAMM da milliy korxonaning qayerda joylashganidan qat’iy nazar
(mamlakatning o‘zidami, xorijdami) milliy iqtisodiyotdagi xizmatlar va
mahsulotlar hajmi qiymati hisobga olinadi.
Shunday qilib yalpi ichki mahsulot va yalpi milliy mahsulot o‘rtasidagi farq
quyidagicha:
YAIM hududiy prinsip asosida hisoblanadi, ya’ni milliy mansubligidan
qat’iy nazar, ushbu mamlakat hududida joylashgan korxonalarda ishlab chiqarishda
foydalanilgan xom ashyolar va mahsulotlar, xizmat sohalari jami qiymati hisobga
olinadi.
YAMM esa milliy belgisiga qarab ya’ni milliy korxonalarda ishlab
chiqarilgan jami qiymati bo‘yicha hisoblanadi.
Milliy hisoblash tizimi muhim ko‘rsatkichlaridan biri-bu, milliy daromad
(MD) dir. MD –bu daromad, mehant haqini o‘z ichiga olgan pirovard
mahsulotning bo‘lagidir. Yalpi ichki mahsulotdan farqli ravishda milliy daromadga
chetdan olingan yoki chetga berilgan daromadlar qo‘shilmaydi.
Xalqaro miqyosda taqqoslash uchun aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan
ko‘rsatkichlar ham qo‘llaniladi.
Milliy hisoblash tizimida turli mamlakatlar ko‘rsatkichlari taqqoslanganda
yagona valyuta sifatida an’anaviy AQSH dollari qo‘llaniladi.
Jahon xo‘jaligida mamlakatlarni tabaqalarga ajratishda ularning iqtisodiy
taraqqiyoti darajasi bo‘yicha kuzatilinadi.
Mamlakatlar iqtisodiyoti taraqqiyotining beshta mezoni mavjud bo‘lib,
ularga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish taraqqiyoti darajasi;
iqtisodiyotning ijtimoiy mo‘ljallari (aholining kam ta’minlangan
qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash);
ilmiy va texnologik potensiali darajasi;
iqtisodiyotni gumaniylashtirish (madaniyat, meditsina, ijtimoiy soha va
ta’limga qaratilgan harajatlar);
iqtisodiyotni ekologizatsiyalash (atrof muhitga zararsiz ishlab chiqarishni
yo‘lga ko‘yish).
Jahon banki hozirgi kunda dunyo mamlakatlarini iqtisodiy rivojlanishi
bo‘yicha quyidagi guruhlarga ajratadi:
sanoati rivojlangan mamlakatlar;
rivojlanayotgan mamlakatlar;
o‘tkinchi iqtisodiyotli davlatlar.
Sanoati rivojlangan mamlakatlar. Hozirgi kunda ushbu guruhdagi
mamlakatlarda 1,0 mlrd. dan ortiq dunyo aholisi yashaydi. Ular keng ulushiga
jahon yalpi ichki mahsulotining 50% to‘g‘ri keladi. Yalpi ichki mahsulot aholi jon
boshiga 10-25 ming dollarni tashkil etadi. Jahon xo‘jaligidagi tutgan o‘rni va roli
bo‘yicha ularni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin.
«Sakkizlik» (AQSH, Yaponiya, Rossiya, Fransiya, Germaniya, Italiya,
Kanada, Buyuk Britaniya) davlatlari;
8
Yevropa rivojlangan mamlakatlari;
Kuchma kapital mamlakatlari (Avstraliya, Janubiy Afrika Respublikasi,
Isroil).
Rivojlanayotgan mamlakatlar. Ularga yer yuzi aholisining 70 %, jahon
mineral xom ashyo zahiralarining qariyib yarim qismi to‘g‘ri keladi. Jahon sanoat
eksportida ularning ulushi 30 % ni tashkil etadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar
uchun ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotining past darajadaligi, ko‘p ukladlilik
(natural, mayda tovarlik, xususiy kapitalistik, davlat xo‘jaligi), jahon bozorida
qishloq xo‘jaligi xom ashyosi va mineral yarim fabrikatlar bilan tovar almashish,
moliyaviy vositalarning yetishmasligi harakterlidir.
Rivojlanayotgan mamlakatlar o‘z o‘rni bo‘yicha quyidagi guruhlarga
bo‘linadi:
Lotin Amerikasi, Tinch okeani va Osiyo hududidagi yangi industrial
mamlakatlar (Argentina, Braziliya, Venesuela, Meksika, Urugvay,
Singapur, Janubiy Koreya, Tayvan, Gonkong va boshqalar).
neftni eksport qiluvchi (OPEK) mamlakatlar (Qator, Quvayt, Bahreyn,
Jazoir, Venesuela, Indoneziya, Eron, Iroq, Liviya, Nigeriya, Birlashgan
Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni va boshqalar).
o‘rtacha taraqqiyot darajasidagi mamlakatlar (Kolumbiya, Gvatemala,
Paragvay, Tunis va boshqalar).
demografik jihatdan gigant davlatlar (Xitoy, Hindiston, Pokiston,
Indoneziya);
sust rivojlangan mamlakatlar (Ekvatorial Afrika va Okeaniyadagi
davlatlar).
O‘tkinchi iqtisodiyotli davlatlar (Sharqiy Yevropa mamlakatlari va Mustaqil
Hamdo‘stlik davlatlari).
Bulardan tashqari formal ravishda yana bir guruh markazlashgan rejali
iqtisodiyotga amal qilayotgan «Sof sotsialistik» davlatlar – Ve’tnam, Xitoy,
KXDR, Kubani ko‘rsatish mumkin. Shuni ta’kidlash joizki, keltirilgan jahon
tipologik mamlakatlari shartli bo‘lsada, ular insoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyoti
istiqbollarini belgilashda juda zarurdir.
3. §. Jahon xo‘jaligi globallashuvi bosqichlari
Hozirgi zamon jahon xo‘jaligi o‘z taraqqiyoti davrida bir necha bosqichlarni
bosib o‘tgan. Ular quyidagilardan iborat:
1-bosqich: XIX asrning oxirlari–1939 yilgacha. Jahon xo‘jaligi
mustamlakachilik tuzimiga ega bo‘lgan. Investitsiya (sarmoya)lar rivojlangan
mamlakatlardan to‘g‘ridan to‘g‘ri rivojlanayotgan mamlakatlarga yo‘naltirilgan.
Kapital eksport qilgan mamlakatlar nazorat ostida bo‘lgan hududlarda tabiiy
resurslardan foydalanish jahon iqtisodiy tartibining qonuniy ko‘rinishda bo‘lgan.
Shu tariqa rivojlanayotgan mamlakatlarda ma’lum ixtisoslashgan tarmoqlar
vujudga kelgan. Ularning ishlab chiqarish quvvatlari yangilangan. Ammo ularning
iqtisodiyoti mono (yakka) tarmoq harakterida bo‘lgan.
9
2-bosqich: 1945-1975 yillar. Mustamlaka mamlakatlarning milliy ozodlik
kurashi, mustamlakachilik tizimining qulashiga olib keldi. Ko‘pchilik
rivojlanayotgan mamlakatlar siyosiy mustaqillikka erishgach, xorijiy mulklarni
natsionalizatsiya qildilar. Iqtisodiyotning davlat sektorini yaratdilar. Natijada
xorijiy kapital oqimi va ularning yo‘nalishi o‘zgara bordi.
Xususiy kapitalning 90 % eksporti rivojlangan mamlakatlarga yo‘naltirila
boshladi. Ushbu bosqichda global boshqaruv institutlari (BMT, Xalqaro valyuta
fondi, Jahon banki, Butunjahon savdo tashkiloti va boshqalar) vujudga keldi. Ular
iqtisodiyotning turli sohalarida va siyosiy munosabatlarda mamlakatlarning
huquqiy me’yorlarini ishlab chiqdilar.
3-bosqich: 1975 yildan to hozirgi kungacha. Jahon iqtisodiyotida katta
hukmronlikni transmilliy korporatsiyalar (TMK)lar qo‘lga oladi. Ushbu bosqichda
rivojlangan mamlakatlar va transmilliy korporatsiya kapital quyilmalar tuzilishini
ratsionalizatsiyalash, hududiy, iqtisodiy integratsiya-baynalminal ustunligidan
foydalanishga intiladilar. Tashkiliy yoki bozoriy imkoniyatlarni, qo‘shimcha
texnologiyalarni olishga harakat qiladilar. Globallashuv jarayonida tadbirkorlik
faoliyatining asosiy roli TMK larga tegishli bo‘lib qolmoqdalar.
TMKlar xalqaro kapital bozorida o‘z boshqaruvi ostida kuchli baynalminal
tizim yaratuvchi faol ishtirokchilarga aylanishdilar. Ilm-fan faoliyatiga tayangan
holda TMKlar texnologiyalar yaratish va ularni global tarqatilishida asosiy kuchga
aylanadi. Yetakchi TMKlar tom ma’noda ko‘p millatli bo‘lib, sanoatlashtirish va
servis xizmatlarini keng yoyib berish ularga xos usuldir. YUNKTAD tomonidan
taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, yetakchi ko‘p millatli kompaniyalar jahondagi
deyarli barcha mamlakatlarda 449 mingdan ortiq o‘z filiallar faoliyatini
muvofiqlashtirib turganligi qayd etilgan.
Jahondagi o‘nta yirik TMK lar xorijiy tovar aylanishining 30 % ni va TMK
lar xorijiy aktivligining 34 % ni nazorat qilib turibdi. 100 tadan ortiq yirik TMK
larning birlashgan hissadorlik kapitali 5,5 trln. dollarni tashkil qiladi. Yirik
TMKlar ixtisosi asosan bosh tarmoqni qamrab oladi: elektronika va elektr
uskunalar (17 firma), kimyo va farmatsevtika (16 firma), neft va boshqa
energoresurslar (14 firma), avtomobillar va ularga uzellar, agregatlar ishlab
chiqarish (14 firma), shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar (12 firma)
ishlab chiqarish. Elektronika va elekter uskunalari ishlab chiqarish bilan band
TMKlar ko‘proq xorijiy aktivlarga ega. Chet el filiallari birlashgan tovar-oboroti
jahonda savdoda bo‘lgan 80 % elektronika, (maishiy va sanoat elektronika,
telekommunikatsiya vositalari, elektr uskunalar)ni tashkil etadi.
Keyingi paytlarda kapital bozorida uncha katta bo‘lmagan Belgiya
Niderlandiya, Shvesiya, Finlyandiya kabi mamlakatlar TMK lari roli sezilarli
oshayapti. Milliy bozor imkoniyatlarining cheklanganlari ularni yangilarini
izlashga majbur qilayapti.
TMK lar talab ehtiyojning o‘zgarishiga qarab butun jahon bo‘yicha ishlab
chiqarishni fabrikadan-fabrikaga ko‘chirish orqali, quvvatlaridan unumli
foydalanish, buyumlarning umrini uzaytirishga harakat qilmoqda. Avvaliga ularni
modaga ishqiboz bo‘lgan jahondagi boy mamlakatlarda ishlab chiqarilishini yo‘lga
qo‘yadi. So‘ngra unchalik boy bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlab
10
chiqarishni tashkil etadi. TMK lar shunday qilib, jahon iqtisodiyotini
baynaminallashtiradi. Xalqaro mehnat taqsimotiga asoslangan integratsiya ishlab
chiqarish faoliyati hozirgi zamon jahon iqtisodiyotining harakterli qirralarini
belgilaydi.
Globallashuv jarayoni bilan yonma-yon hududlashtirish jarayonlari ham
rivoj topib bormokda. Yevropa ittifoqi (YEI), Shimoliy Amerika erkin savdo
assotsiatsiyasi (SHAESA), Osiyo Tinch okeani iqtisodiy hamjamiyati (OTIH),
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) kabi integratsiyalashgan tuzilmalar
vujudga keldilar. Shunday qilib jahon iqtisodiyotida ikki yonma-yon jarayon –
globallashuv va hududiylashtirish jarayonlari borayapti. Ular bir-birlarini to‘ldirib,
sayyoramizni yagona iqtisodiy kenglikka aylantirmokda.
Jahon siyosiy va iqtisodiy haritasi keyingi yillarda jiddiy o‘zgarishlarga
duch keldi. Ruy berayotgan o‘zgarishlar va ularning dinamikasi mamlakatlar
xalqlarini o‘tish-ko‘chish, joy almashish jarayonlari mohiyatini belgilaydi. Bu
mohiyat ilmiy-texnik resurslar rivojlanishi natijasida insoniyat taraqqiyotining
postindustrializm bosqichini belgilab beradi.
Postindustrializm – markazida «insoniy kapital» turgan yangi tip ishlab
chiqarishdir. U kayerda zarur shart-sharoitlar vujudga kelsa o‘sha yerda bilimlar,
kasb-malaka ko‘nikmalari, talant, shaxsning ijodiy imkoniyatlarini birlashtiruvchi
imkoniyat sifatida yuzaga chikadi.
Jahon modernizatsiyalashayotgan kenglikni bir butunligicha o‘sha
rivojlanayotgan vektorga birlashtiradi. Hozirgi zamon jahon xo‘jaligi markazida
AQSH, G‘arbiy Yevropa, Yaponiya turishibdi va ular modernizatsiya markazi
hisoblanishadi.
4. §. Jahon xo‘jaligining rivojlanish tendensiyalari
va ziddiyatlari
Hozirgi zamon global iqtisodiyotning bosh muammosi rivojlangan
mamlakatlar doirasida berk xo‘jalik tizimining shakllanishi bilan bog‘langan.
Bu qo‘yidagilarda namoyon bo‘ladi:
asosiy savdo aylanmalarining ancha rivojlangan mamlakatlar miqyosiga
qaratilgani 1990-yillarning ikkinchi yarmida sanoati rivojlangan
mamlakatlar ulushiga jahon kompyuter texnikasining 80 %, yuqori
texnologik ishlab chiqarishning 90 % to‘g‘ri kelgan;
rivojlangan mamlakatlarda xususiy kapital investitsion oqimining tutashi.
Hozirgi paytda AQShning 50 % investitsiyasi G‘arbiy Yevropa
mamlakatlariga yo‘naltirilmoqda. Yangi industrial mamlakatlarga esa
uning atiga 8 % to‘g‘ri keladi. AQSH investitsiyasining deyarli 85 %
Buyuk Britaniya, Kanada, Fransiya va Germaniyaga to‘g‘ri keladi;
rivojlanayotgan mamlakatlarda migratsion oqimning keskin cheklanishi;
mustaqil bo‘lmagan yosh industrial mamlakatlarning g‘arbdagi texnologik
yangiliklar bilan almashinishi ekstensiv harakterdagi taraqqiyotida tashqi
investitsiyaga bog‘liqlik, tayyor mahsulotni rivojlangan mamlakatlarga
eksport qilishning kuchayishidir.
11
Jahon xo‘jaligi uchun quyidagi rivojlanish tendensiyalari (intilishlar)
harakterlidir:
1. Global muammolarni global hamkorlik va majburiyatlar natijasidagina hal
etish mumkin. Yangi tahdidlar - SPID epidemiyasi, raketa-yadro texnologiyasining
tarqalishi, yadro terorizmi ehtimoli xavfi paydo bo‘ldi. AQSH ning «World-watsh»
instituti ma’lumotlariga qaraganda, jahon har yili 10 mln. gektarga yaqin o‘rmonni,
9 mlrd. tonna haydaladigan yer qatlamini yo‘qotmoqda. 2030 yilga borib jahon
aholisi soni 10 mlrd. kishiga yetishi mumkin. Bu hayot standartlarini saklash
uchun qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini 4 marta ko‘paytirishni, energiya ishlab
chiqarishni 6 marta oshirishni talab qiladi. Turgan gap, tez taraqqiy etgan
texnologiyada ham bunga erishish ancha qiyin bo‘ladi. Dunyo aholisi sonini
barqarorlashtirish uchun tug‘ilishning o‘rtacha koeffitsentini 2,1 darajagacha
kamaytirish lozim bo‘ladi.
2. Jahonning bir butunligi va o‘zaro bog‘liqligi milliy davlatlar xalqaro
siyosiy bo‘linishi ziddiyatiga duch keladi. XX asr boshlarida xalqaro tartibni 6-7
ta buyuk davlatlar o‘z mustamlaka imperiyalari bilan siyosiy ittifoqchilariga tazyiq
o‘tkazish orqali namoyon etgandi. Oqibatda mustamlakachilik tizimining
yemirilishi natijasida 100 dan ziyod davlatlar vujudga keldi. «Sovuk urush» xavfi
tugaganidan keyin bu tendensiya yangi kuch oldi. Sovet ittifoqi, Yugoslaviya,
Chexoslavakiya davlatlari parchalanib ketdi, yana o‘nlab yangi mustaqil davlatlar
tashkil topdi. Natijada, dunyo siyosiy haritasida 2006 yilda 1945 yilga qaraganda
mamlakatlar umumiy soni uch baravarga ko‘paydi. Agar bu jarayon bundan keyin
ham davom etadigan bo‘lsa, ekspretlarning fikricha, jahon xo‘jaligida mamlakatlar
soni 300 taga yetishi mumkin.
Odatda davlatlarning tashqi siyosati «milliy manfaatlari» dan kelib chiqqan
shartlar asosida shakllanadi. Ko‘pincha «milliy manfaatlar» mafkuraviy
maqsadlarga diniy va millatchilik tusini beradi. Bu esa milliy manfaatlar haqida
noto‘g‘ri tasavvurlar uyg‘otadi, xalqaro munosabatlarda yangi global vokeliklarda
tobora ko‘proq ziddiyatlar keltirib chiqaradi.
Diniy va etnik belgiga qarab bo‘linish tendensiyasi xalqaro tizimni alg‘ov-
dalg‘ov qilib, boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘yishga qodirdir.
3. Modernizatsiya jarayonlarida ziddiyatlarning chuqurlashuvi. Rivojlangan
g‘arb mamlakatlari modernizatsiya jarayonlarida oldinda borishdi, mustaqil
ravishda yangi texnologiyalar, uskunalar yaratadilar. Ko‘pchilik rivojlanayotgan
mamlakatlar g‘arbning tashqi ta’siri ostida modernizatsiya jarayonlariga
tortilmokda. Bu ularning texnologik qaramligini kuchaytirib, jahon xo‘jaligi
sohalaridan o‘rin egallashini ta’minlaydi.
4. Jahon xo‘jaligining uch markazi o‘rtasidagi ziddiyatlar. G‘arbiy Yevropa
barcha mamlakatlarning birlashgan potensiali sifat ko‘rsatkichlari AQSH va
Yaponiyani birga qo‘shib olgan darajada turibdi. Shu bilan birga G‘arbiy Yevropa,
AQSH va Yaponiya o‘rtasida texnologik uzilishlar qisqargan bo‘lsada, hozirgacha
AQShning yetakchi o‘rnini pasaytira olishgani yo‘q.
Valyuta urushi davom etayapti. AQSH ayniqsa bu sohada alohida faollik
ko‘rsatayapti. Amerika dollari hozircha jahon valyuta bozorida valyuta zahirasi
sifatida yetakchi bo‘lib turibdi. Jahondagi ko‘pchilik mamlakatlar valyuta
12
zahirasining 60 % ni Amerika dollari tashkil qiladi. G‘arbiy Yevropa Yevro hisob
birligi qulay sharoit yuzaga kelishi bilan haqiqiy valyuta zahirasiga aylanib
bormoqda. Hozirgi kunda tahminlarga ko‘ra, uning ulushiga 25 % valyuta
zahiralari to‘g‘ri keladi.
5. Rivojlangan mamlakatlar hamkorligi. Sanoati rivojlangan mamlakatlar
guruhi litsenziyalar, patentlar olish sohasida ustunligini saqlab kelmoqda. Jahon
patent va litsenziya oborotining 90 % ularning hissasiga to‘g‘ri keladi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlar xo‘jaligi iqtisodiy o‘sishni ta’minlash,
inqiroz qiyinchiliklarini yengishda bir-biri bilan yaqin hamkorlikda faoliyat
yuritayapti. Yevropa integratsiyasini muoffakiyatli rivojlantirayati, kollektiv
xavfsizlik mustahkamlanayapti. Rivojlangan mamlakatlar Yevropa mamlakatlarida
iqtisodiy islohatlarni qo‘llab-quvvatlatlamoqdalar.
Shunday qilib, hozirgi zamon jahon xo‘jaligining uch markazi raqiblikni
yo‘qotmasada hamkorlikka urg‘u bermoqda.
Nazorat savollari
1. «Jahon xo‘jaligi» tushunchasi mohiyati nimalardan iborat.
2. Jahon xo‘jaligi ob’ekt va sub’ektlarini ayting.
3. Jahon xo‘jaligi bir butun yaxlit holda qachon vujudga kelgan?
4. Jahon xo‘jaligining asosiy taraqqiy etgan davrlari qachon bo‘lgan?
5. Jahon xo‘jaligidagi asosiy mamlakatlar gurhlarini ayting?
6. Jahon xo‘jaligi globallashuvi bosqichlarini ayting?
7. Jahon xo‘jaligi taraqqiyoti va ziddiyatlarining harakterli xususiyatlarini
tushuntirib bering.
Dostları ilə paylaş: |