hamkorligi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining Yevropa Ittifoqi mamlakatlari
bilan tashqi savdo oboroti har yili 1,2 mlrd. dollarni tashkil qilayapti. Uning 47 %
foizi o‘zbek eksportiga, 53 % Yevropa mamlakatlaridan O‘zbekistonga importni
tashkil qiladi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida O‘zbekistonning yirik savdo-
iqtisodiy hamkorlari Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Belgiya, Fransiya,
Niderlandiya va boshqalar hisoblanadi.
EI mamlakatlari shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri
sarmoya kiritayotgan yirik sheriklar hamdir. O‘zbekiston hududida YEI
mamlakatlari firma va kompaniyalari ishtirokida 500 dan ziyod korxonalar ishlab
turibdi, ulardan 115 tasi yuz foiz (100%) Yevropa kapitali hisobiga tashkil etilgan.
Yevropa investorlari ishtirokida O‘zbekistonda amalga oshirilgan yirik
loyihalar orasida «Oksuk Mayning» kompaniyasi bilan birga tashkil etilgan oltin
rudasini qayta ishlovchi «Amanatu Goldfildz», tamaki mahsulotlari ishlab
chiqaruvchi «O‘z BAT», «Doyche-Kabel AG Toshkent», avtomobil va qurilish
oynalari ishlab chiqaruvchi «Tekint» (Italiya) qo‘shma korxonalari bor.
EI mamlakatlari banklari va sug‘urta agentliklari O‘zbekistonda umumiy
summasi 2,9 mlrd. dollarlik 174 loyihani moliyalashtirganlar. Ayni paytda
shaharlar kommunal xo‘jaligi infratuzilmasi va irrigatsiya inshootlarini
rekonstruksiya qilish bo‘yicha, amaldagi neft konlari samaradorligini oshirish va
yangi istiqbolli loyihalar asosida energetika tizimini modernizatsiyalash
(Fransiya); O‘zbekiston janubida polimetall ruda konlarini ishlab chiqish (Buyuk
Britaniya) va kasbiy ta’lim sohasida kadrlar tayyorlash borasida faol ish olib
borilayapti.
O‘zbekiston–AQSH savdo-iqtisodiy munosabatlari. AQSH ham O‘zbekiston
iqtisodiyoti uchun muhim investorlardan biri hisoblanadi. 2001 yilda AQSH va
O‘zbekiston o‘rtasida strategik munosabatlar o‘rnatilganligini e’lon qildilar.
Keyingi yillarda ularning o‘zaro tashqi savdo aloqalari o‘sib bormoqda.
O‘zbekiston va AQSH yoqilg‘i-energetika kompleksi, tog‘ konchiligi, ximiya,
yengil, oziq-ovqat, mashinasozlik sanoati, axborot texnologiyalari, yuqori
texnologiya mahsulotlari singari istiqbolli sohalarida hamkorlikni rivojlantirayapti.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda AQSH sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan
453 ta korxonalar qayd etilgan. Ulardan 120 tasi yuz foiz chet el kapitaliga barpo
qilingan.
Ular orasida «Zarafshon-Nyumont» amerikaning oltin qazib oluvchi «Nmont
Mayning» korporatsiyasi ishtirokida ish boshladi. «Bi Es Ay Indostriz Ink»
kompaniyasi bilan Xo‘jaobod yer osti tabiiy gaz ombori qurilishi, «ABB Lummus
Global» kompaniyasi ishtirokida Sho‘rtangaz kompleksi qurilishi, «Teksako»
kompaniyasi bilan yuqori sifatli moy ishlab chiqaruvchi «O‘z-Teksako» qo‘shma
korxonasi qurilishi amalga oshirildi. Qashqadaryo viloyatining Shimoliy
O‘rtabo‘loq neft konida «Beyks Xyuz», «Keys Neyu Xoland» kompaniyalari bilan
35
hamkorlikda neft qazib olishni ko‘paytirish, qishloq xo‘jaligi texnikasiga lizing va
texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ish olib borilayapti. Akkumulyatorlar va
boshqalar ishlab chiqarish uchun Jizzax shahrida «O‘z Eksayd» qo‘shma korxonasi
tashkil etildi.
O‘zbekiston AQSH bilan moliya-kredit sohasida hamkorlik qilayapti.
Amerikaning Eksim banki O‘zbekistonda 44 ta qo‘shma loyihani moliyalashtirish
uchun 1,5 mlrd. AQSH dollari kredit ajratgan.
Ayni paytda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida ham yetakchi sohalarda iqtisodiy
hamkorlik kengayib, rivojlanib borayapti. Jumladan neft, gaz, tog‘ kon sanoati,
transport tizimi, telekommunikatsiya, axborot texnologiyalari va boshqa sohalarda
ham o‘ntaga yaqin istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish ustida
ishlar olib borilmoqda.
Nazorat savollari
1. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida tashqi savdoning roli va
ahamiyatini harakterlang.
2. O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi qachon tashkil topgan?
3. Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha Agentlik qachon tuzilgan?
4. Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha Agentlik oldiga qanday vazifalar
qo‘yilgan?
5. Yangi tahrirdagi «O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat
to‘g‘risida»gi qonun qachon qabul qilingan.
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qanday qonunlar qabul
qilingan?
7. O‘zbekiston Respublikasi bilan dunyoning nechta davlatlari savdo-
iqtisodiy aloqalarni amalga oshiradi?
8. Mustaqillik yillarida respublikaning tashqi savdosi umumiy hajmi necha
marta ko‘paydi?
9. Qaysi yildan buyon respublika tashqi savdo aylanmasida ijobiy saldo
ta’minlanayapti?
10. 1990-2005 yillarda respublika eksportida xom ashyo resurslari ulushi
necha foizga qisqardi?
11. 1990-2005 yillarda eksportda paxta tolasi ulushi necha foizga qisqardi?
12. Mamlakat eksporti nomenkulaturasi qaysi tovarlar bilan to‘ldirilayapti?
13. Oziq-ovqat tovarlari importi necha foizga qisqardi?
14. Yangi texnika va texnologiyalar, yangi uskunalar sotib olish necha foizga
o‘sdi.
15. O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasida Rossiya mamlakati
necha foizni tashkil qiladi?
16. Respublika tashqi savdosida qaysi mamlakatlar asosiy sherik (partner)lar
bo‘lib hisoblanadi?
36
V Bob. XALQARO KAPITAL MIGRATSIYASI
1.§. Kapital chiqarish xalqaro iqtisodiy munosabatlarning
etakchi shakli
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar va zamonaviy jahon xo‘jaligida mamlakatlar
o‘rtasida chetga kapital chiqarish (eksport), uning faol migratsiyasi (harakati)
asosiy muhim belgilardan biridir.
Kapital chiqarish mazkur mamlakat milliy kapital aylanmasidan bir qismini
olish jarayonlarini o‘zida mujassam etadi. U tovar yoki pul shaklida boshqa
mamlakatlar ishlab chiqarish jarayonlariga aralashadi. Avval boshqa kapital
chiqarish jahon xo‘jaligida kapital eksportini amalga oshiruvchi kam sonli
rivojlangan mamlakatlargagina xos edi. Jahon xo‘jaligining rivojlanishi bu jarayon
doirasini ancha kengaytiradi. Kapital chiqarish iqtisodiyotning dinamik
taraqqiyotida har qanday sharoitda ham muvaffaqiyatli vazifa bo‘lib qoladi.
Kapitalni sanoat negizida rivojlangan mamlakatlar ham, o‘rtacha taraqqiy etgan
mamlakatlar ham, rivojlanayotgan mamlakatlar ham chiqaradi.
Hozirgi paytda kapitalning xalqaro harakati xalqaro iqtisodiy munosabatlarni
turli shakllari rivojlanishida, jahon iqtisodiyotini faoliyat ko‘rsatishda hal qiluvchi
element bo‘lib qolmoqda. Ekspertlarning baholashlaricha,to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalar o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlari taxminan 34 % ni, ya’ni jahon
savdosi ko‘payishi sura’tlaridan 5 marta ko‘pni tashkil qiladi.
2. §. Kapital chiqarishning sabablari va asosiy shakllari
Kapital chiqarishga asosiy sabab va ehtiyoj mazkur mamlakatda kapitalning
to‘planib qolishi, nisbatan zaruriyatdan ortiqchaligi hisoblanadi. Tadbirkorlikdan
daromad yoki foiz olish maqsadida u chetga o‘tkaziladi. Kapital ichki
investitsiyalashga mablag‘ yetishmay qolganda ham amalga oshirilishi mumkin.
XX asrning ikkinchi yarimidan boshlab kapital chiqarish to‘xtovsiz o‘smoqda.
Kapital eksporti tovar eksporti bo‘yicha ham rivojlangan mamlakatlar ichki yalpi
mahsulot o‘sishi sur’atlari bo‘yicha ham o‘zib ketmoqda. Kapital chiqarish ko‘lami
oshayotgani uni xalqaro migratsiyasini kuchaytirmoqda.
Kapitalning xalqaro migratsiyasi – bu mamlakatlar o‘rtasida kapital
harakatining bir-biriga peshvoz harakti bo‘lib, ham divident shaklida, ham foiz
miqdorida daromad keltiradi. Har bir mamlakat bir vaqtning o‘zida kapital
eksportchisi va importchisi hisoblanadi: ya’ni, chorraxa investitsiyasi ro‘y beradi.
Katta daromad olish yo‘lida kapital chiqarishning muhim sabablari:
mamlakatda chiqarilayotgan kapitalning to‘planishi;
jahon xo‘jaligi turli bo‘g‘inlarida kapitalga va unga talab va ehtiyojning mos
kelmasligi;
mahalliy bozorni monopoliyalashtirish imkoniyati mavjudligi;
mamlakatda arzon xom ashyo va ishchi kuchlarining borligi;
barqaror siyosiy vaziyat va qulay investitsion muhitning mavjudligi.
37
Kapitalni chiqarish va uni rag‘batlantirishning asosiy omillari
quyidagilardan iborat:
milliy iqtisodiyotning o‘zaro bog‘liqligi va o‘zaro bog‘liqlikning o‘sishi
kapital chiqarishni faollashtiruvchi, harakatlantiruvchi kuchidir. To‘g‘ridan-
to‘g‘ri investitsiya shaklidagi kapital eksporti ayniqsa ishlab chiqarishni
xalqaro, ya’ni xalqaro mahsulotlar ishlab chiqarishga aylantirishda bosh omil
hisoblanadi. Xalqaro mahsulotlar bu global xalqaro bozorda sotiladigan
(avtomobillar, samolyotlar, radioelektronika, kompyuterlar va boshqa)
mahsulotlardir.
xalqaro sanoat kooperatsiyasi, sho‘’ba korxonalarida transmilliy kompaniya
(TMK) quyilmalari turli mamlakatlardan ayrim yuridik mustaqil korxonalarni
yagona xalqaro korporatsiya doirasida ixtisoslashish, texnologik, sohaviy
yakin hamkorligini o‘rnatish;
rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy siyosati, iqtisodiy o‘sish sur’atlarini
qo‘llab-quvvatlash uchun sezilarli hajmda kapital jalb qilish, bandlik
darajasini saqlash, sanoat yetakchi sohalari taraqqiyoti;
rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy holati, xorijiy kapitalni jalb qilish
yordamida o‘z iqtisodiyoti rivojiga sur’at bag‘ishlash, «qashshoqlik»dan
kutilishga urinish;
iqtisodiy omillar sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Xalqaro korporatsiya qat’iy
ekologik normalar tufayli ishlab chiqarishni rivojlangan mamlakatlardan
rivojlanayotgan mamlakatlarga ko‘chiradi;
kapital oqimini yo‘naltiruvchi va tartibga soluvchi xalqaro moliya
tashkilotlari muhim rol o‘ynaydi.
Kapital chiqarish o‘z shakli va xususiyatga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin.
Xususan, kelib chiqish manbaiga ko‘ra (1) davlatniki, va (2) xususiy kapital.
Xalqaro kapital mablag‘larida davlat kapital mablag‘lari yana rasmiy
hisoblanadi. Ular davlat byudjeti mablag‘larini tashkil qiladi va bevosita yo
hukumat qarori bilan, yo hukumatlararo tashkilot qarori bilan xorijga yo‘naltiriladi
yoki u yoqdan qabul qilinadi.
Shakliga ko‘ra bular – davlat zayomlari, ssuda, grantlar (hadyalar)
hukumatlararo bitimga ko‘ra (XVF kreditlari) yordam o‘tazish.
Xususiy kapital-bular xususiy shaxslar (yuridik yoki jismoniy) tomonidan
xorijga joylashtiriladigan yoki xorijdan qabul qilinadigan nodavlat manbalar.
Bunga investitsiyalar, savdo kreditlari, banklararo kreditlash kabilar kiradi.
Joylashish muddati bo‘yicha chet el kapital qo‘yilmalari (1) qiska muddatli,
(2) o‘rta muddatli va (3) uzoq muddatliga bo‘linadi. Keyingisiga 15 yildan ziyod
muddatga qo‘yilgan mablag‘lar kiradi.
Foydalanish xususiyatiga qarab xorijiy kapital mablag‘lari (1) ssudali, (2)
tadbirkorlik ko‘rinishida bo‘ladi.
Birinchisi protsent shaklida foyda olish uchun berilgan mablag‘larni
bildiradi. Bu sohada davlat tomonidan va xususiy manbalardan qo‘yilmalar faol tus
oladi.
38
Tadbirkorlik investitsiyalari bevosita yoki bilvosita ishlab chiqarishga
qo‘yiladi va u yoki bu hajmda dividend shaklidagi foyda olish huquqiga ega
bo‘ladi. Bu yerda gap asosan xususiy kapital mablag‘lar haqida bormoqda.
Maqsadlarga ko‘ra tadbirkorlik kapital mablag‘lari (1) bevosita, (2) protfel
investitsiyalariga bo‘linadi. Xalqaro valyuta fondi (XVF) ushbu satrlarga (ya’ni
maqsadlarga) yana bir guruhni – «investitsiyalar»ni kiritadi, unga asosan xalqaro
zayomlar va bank depozitlari kiradi.
3. §. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy kapital mablag‘lari
To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya (sarmoya)lar ham jahon iqtisodiyotiga, ham
uning o‘zagi-xalqaro biznesga sezilarli ta’sir o‘tkazadi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar deyilganda yo 10 yoki undan ziyod oddiy
aksiyalar ustidan xorijiy nazorat, yoki korxona boshqaruvida «samarali ovozlar»
tushuniladi. Ayrimlar bu faqat mulk, aksiyalar kapitalidagi ulushini mablag‘ bilan
olish; (1) xorijdan aksiyalar sotib olish; (2) daromadni qayta investitsiyaga
yo‘naltirish; (3) firma ichki zayomlari yoki firma ichki qarzlarni uzish.
Bundan tashqari turli noaksionerlik shakllar – subkontrakt, boshqaruv bitimi,
franchayzing, litsenziyali oldi-berdi, mahsulotni taqsimlash va shular kabilar ham
mavjud va amaliyotda keng foydalaniladi. Xorijiy investitsiyalarning to‘g‘ridan-
to‘g‘ri shakllari va usullari global harakterdagi bir qator muammolarni keltirib
chiqarishi, ularni hal etish uchun nostandart qarorlar qabul qilishga to‘g‘ri kelishini
ham tan olish kerak.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra o‘tgan davrda chet el kapital qo‘yilmalari
(mablag‘lari) 1/3 ga ko‘paygan. Keyin ular 10 yilda, so‘ngra – 6-7 yilda ikki
barobar ko‘payib borgan. Chorak asrda (50-yillar o‘rtalaridan) ular 4 marta o‘sgan
va 80-yillarda jahonda taxminan 450 mlrd. dollar qo‘yilmalar qo‘yilgan. 1990
yilda 1,7 trln. dollarlik marra egallandi. Ya’ni, ular faqat o‘n yil ichida 4 baravar
oshdi. 2004 yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar yig‘indisi umumiy
summasi 3 trln. AQSH dollaridan oshib ketdi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning bundan yuqori o‘sish sur’atlari eng
avvalo jahon xo‘jaligini olg‘a siljishgani, transmilliy korporatsiyalar oldingidek
kapital shaklida emas, ishlab chiqarishni chiqargani, nafaqat daromad olishni
mo‘ljallagani, balki hali ishlab chiqarishning o‘zi amal qilar ekan, uzoq muddat
daromad olishni ko‘zlangani bilan bog‘liqdir.
Hozirgi
davr
bosqichida
jahondagi
barcha
to‘g‘ridan-to‘g‘ri
investitsiyalarning 9/10 xalqaro korporatsiyalar tomonidan nazorat qilinmoqda.
Jahonda bunday xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar soni 39 mingtani, yana plyus 270
mingta xorijiy filiallarni tashkil qiladi. Shuning uchun shuni ta’kidlash mumkinki,
endilikda transmilliy korporatsiyalar va ularga o‘xshash xo‘jalik tuzilmalari jahon
xo‘jaligining dinamik sektorini tashkil qiladi.
Hozirgi davr bosqichida deyarli barcha mamlakatlar kapital eksportyorlari
hisoblanadi, shu bilan birga barcha davlatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri kapital importlari
hamdir. Shunga qaramasdan investitsiyalarni taqsimlash (ularning geografik
39
tuzilishi) bir tekis emas. Misol uchun, yirik donor bo‘lgani holda Yaponiya bunday
kapital qo‘yilishlarida kamtargina o‘rinni egallaydi. Yaponiya hukumati tomonidan
yo‘l qo‘yilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyasi va bu mamlakat biznesi atigi
17,8 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi.
Hozirgi vaqtda uch qutbli to‘g‘ridan-to‘g‘ri global ahamiyatga ega bo‘lgan
chet el investitsiyalari tuzilishi haqida gapirish uchun barcha asoslar bor. Bu
AQSH, Yevropa ittifoqi, Yaponiyadir.
Bu «uchlik» hissasiga umumiy investitsiya chiqarish va kiritishning 4/5 ga
yaqinrog‘i to‘g‘ri keladi. Ya’ni, jahon savdosida ularning ulushi amalda ko‘proq.
AQSH kapital harakatining yirik ishtirokchisiga aylangan.
EI da to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya asosida integratsiya darajasi o‘sib
bormoqda. Butun hudud esa yirik kapital eksportchisi sifatida maydonga
chiqayapti. Yaponiya tomonidan investitsiya chiqarish yuqori sur’atlarda
o‘sayotgani qayd qilinmoqda. U «tashqi iqtisodiyot» hajmlari bo‘yicha jahonda o‘z
o‘rnini jiddiy mustahkamlayapti.
«Uchlik» ning o‘z ichida esa kapitalning o‘zaro chatishib ketishi borayapti,
o‘zaro savdo jahon savdosiga nisbatan tez o‘sayapti. «Uchlik» qiyofasida yangi,
yanada yuqoriroq qavat xalqaro mehnat taqsimoti va o‘z milliy tartibga solish
mexanizmi vujudga kelayapti. Hozirgi jahon xo‘jaligi standartlari ustidan hududiy
darajada ustunlik yaratilayapti.
«Katta yettilik» o‘zida o‘ziga xos yuqori bozor qavati «shtab»ini namoyon
etadi. Unda integratsiya xalqaro munosabatlarga asoslanib emas, balki xo‘jalik
taraqqiyoti yuqori dinamikasini amalda ta’minlovchi me’yorlar «o‘yin qoidalari»
yordamida amalga oshiriladi. Qolgan mamlakatlar guruhi, ayrim to‘dalar bu jahon
xo‘jaligi yuritish andozlariga o‘ziga xos ravishda «moslashadi» va yetakchilar
bilan aloqalarni yo‘qotmaslikka harakat qiladilar.
Aloqa va axborot vositalari sohasidagi yutuqlar tufayli bir qator sanoat
sohalari yetakchi investorlarga aylanadi: kompaniyalarning xorijiy kapital
quyilmalari, ko‘chmas mulkka ixtisoslashgan va moliyaviy xizmat ko‘rsatishlar
keyingi o‘n yil ko‘rsatkichlariga qaraganda qisqardi. Ko‘pchilik sanoat
kompaniyalari uchun xorijda ishlab chiqarish markazlari emas, balki mahsulotlarni
tarqatish tarmoqlari yaratish, xorijda ilmiy-tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik
byurolari tashkil etish istiqbol rejalariga aylanayapti.
Chet el investitsiyalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri oqimi geografik tuzilishi, ya’ni
olg‘a siljishi quyidagilarga olib keladi: jahonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar
joriy hajmi yuqori darajaga -315 mlrd. AQSH dollariga yetdi (o‘tgan yillarga
nisbatan o‘sish 40 %); bu summaning katta qismi bosh investorlar hisoblangan
rivojlangan mamlakatlarga to‘g‘ri keladi (270 mlrd. dollar) va chetdan investitsiya
oluvchilarniki -203 mlrd. dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya oqimi
rivojlanayotgan
mamlakatlarga
ham
ko‘paydi,
endi
rivojlanayotgan
mamlakatlardan eksport esa 47 mlrd. dollarni tashkil etdi. Sobiq sotsialistik
mamlakatlar ham ortda qolgani yo‘q: Markaziy va Sharqiy Yevropada investitsiya
oqimi ikki marta o‘sdi va salkam 12 mlrd. AQSH dollariga yetdi. Osiyodagi
moliyaviy inqiroz, uning jahon iqtisodiyotiga noxush ta’sir etayotganiga
qaramasdan, YUNKTAD ma’lumotlariga ko‘ra, jahonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el
40
investitsiya oqimi 2005 yilda 10 % ga – rekord darajasiga – 440-450 mlrd. AQSH
dollariga o‘sdi. Bu kapital qo‘yilmalarning katta qismi taraqqiy etgan mamlakatlar,
Lotin Amerikasi davlatlari, Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlariga kelib
tushdi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyasi o‘sishi Sharqiy va Janubi-Sharqiy
Osiyoda kuzatilmoqda. To‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari inqirozi
boshlangandan keyin mintaqa mamlakatlari uchun xususiy moliya resurslari
muhim manba bo‘lib qoldi.
4. §. Xorijiy investitsiyalar tuzilishi
Investitsiyalarning katta qismi va ularni amalga oshiruvchi bosh
«harakatdagi shaxs» transmilliy korporatsiyalar (TMK) eslatilgan «uchlik»
(AQSH, YEI va Yaponiya) qiyofasida jamlangan.
10 yirik qabul qiluvchi mamlakatlarga investitsiya oqimining 2/3 qismi 100
kichik mamlakatlarga -1% to‘g‘ri keladi.
Nisbatan taraqqiy etgan mamlakatlar guruhlari ichki investitsiyasi rekord
o‘sishi avvalo firmalararo qo‘shilish jarayoni va partnerlar aksiyalarini sotib olish
faollashuvi bilan bog‘lanadi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning salkam 90 % (chiqarish va
joylashtirish) taraqqiy etgan davlatlarga to‘g‘ri keladi. Natijada ularning
umumjahon hajmida ishlab chiqarishda kapital joylashuvi 65 % gacha o‘sdi.
Agar xorijiy investitsiyalash ko‘lami bo‘yicha AQSH, Buyuk Britaniya,
Fransiyada joylashgan transmilliy korporatsiyalar (TMK) yetakchi bo‘lsa, chet el
investitsiyalarini ko‘proq jalb etuvchilar ham o‘sha - AQSH, Buyuk Britaniya,
Germaniya mamlakatlari bo‘layaptilar.
Investitsiyalarning notekis joylashuviga xos xususiyat boshqa davlatlar
guruhiga ham ta’luqli. Rivojlanayotgan mamlakatlarda joylashtirilayotgan
mablag‘lar umumiy so‘mmasining 2/5 ga yaqini Osiyoga, 1/4 Lotin Amerikasiga,
qolgani (1/10 gacha) Afrikaga to‘g‘ri keladi.
Janubiy, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni
joylashtirishda jahonning rivojlanayotgan mamlakatlari orasida yirik mintaqa
bo‘lib qolmoqda. Bu shu bilan bog‘liqki, Osiyo davlatlarini hozirgi zamon
ko‘lamida
taraqqiyot
dinamizmi
boshqa
mamlakatlardan
transmilliy
korporatsiyalar (TMK) uchun yangi bozor topishga intilish, hudud resurslarini
o‘zlarining global ishlab chiqarish tizimiga buysindirishda qulay imkoniyat bo‘lib
xizmat qilayapti.
1992 yildan boshlab, rivojlanayotgan mamlakatlar guruhida to‘g‘ridan-
to‘g‘ri chet el investitsiyalarini yirik oluvchisi bo‘lib, Xitoy Xalq Respublikasi
(XXP) chiqmoqda. XXP chet el kapitali uchun milliy rejim yaratish sari harakat
qilayapti, asta-sekin unga ilgari berilgan imtiyozlarni olib tashlayapti, xususan
import poshlinasidan ozod qilinganligi. XXP iqtisodiy o‘sish sura’tlarini hisobga
olgan holda va unda to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari uchun yangi sohalar
ochik eshik jarayonida Xitoy uzoq muddatli istiqbolda xorijiy investorlarni jalb
qiluvchi ob’ekt bo‘lib qoladi.
41
To‘g‘ridan-to‘g‘ri chet investitsiyalari oqimi Lotin Amerikasi va Karib
havzasi mamlakatlarida o‘sayapti. Chet el kapitali qo‘yilmalari asosan bir nechta
sohalarga qaratilgan: avtomobilsozlik (Meksika va Braziliya), foydali qazilmalarni
qazib chiqarish (Chili), chet el investorlari qiziqishi xususiylashtirish jarayonlari
avj olgan Argentina va Peruda ham kuchaydi.
Mutaxassislarning fikricha, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar oqimi
notekisligi Lotin Amerikasi mamlakatlarida kelajakda ham saqlanib qoladi. Unda
eng avvalo boshlangan xususiylashtirish jarayonlarida Braziliya va
avtomobilsozlikda bir qator yirik investitsion loyihalarni amalga oshirgan
korxonalar ko‘zga tashlanadi.
Shuni ta’kidlash lozimki, avvalgidek xalqaro investitsiyalash jarayonlari
markazida Afrika mamlakatlari turadi. Bu yerga investitsiya xuddi dunyoning
boshqa hududlaridagi singari tez o‘smoqda. Afrikada yirik chet el investorlari
bo‘lib Fransiya, GFR, Italiya, Buyuk Britaniya trasmilliy korporatsiyalari (TMK)
qolmoqda.
Markaziy va Sharkiy Yevropa mamlakatlarida chet el investorlari faollik
ko‘rsatkichlari rekord darajasidan yuqori. Bu faqat xususiylashtirish
jarayonlarining navbatdagi to‘lqini bilangina izohlanmaydi. Bu yerda nihoyat
iqtisodiy o‘sishlar ham boshlangan (Polsha, Chexiya). Ushbu mamlakatlarga bir
yilda chet el investorlari umumjahon oqimining 5 % yo‘naltirilgan. Bunda barcha
o‘sishning 2/3 qismi Vengriya va Chexiyaga to‘g‘ri keldi: u yokka xususiy kapital
oqimi salkam uch marta ko‘paydi.
Transmilliy korporatsiyalar (banklar va moliyaviy muassasalar
qo‘shilmagan holda) xorijiy qo‘yilmalari hajmi bo‘yicha yirik 100 tasi sanoat
taraqqiy etgan mamlakatlarda joylashgan. Ularning xorijiy egalik qiymati taxminan
1,4 trln. dollar baholanmoqda. Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investatsiyalarining
dunyodagi umumiy hajmini 2/3 qismini tashkil qiladi. Xorijiy investitsiyachilar
faoliyatida eng faol ishtirokchi kompaniyalar orasida ingliz-golland konserni
«Royal-Datch Shell» oldinda borayapti. Uning xorijiy aktivi 63,4 mlrd. dollar.
«Ekson» 56,2 mlrd. dollar qiymatga ega.
Endilikda yirik transmilliy korporatsiya (TMK)lar orasida rivojlanayotgan
Osiyo va Lotin Amerikasidan chiqqan mamlakatlar bor. Bunday TMK lar ruyxatini
Xitoydan «Xatchinson Uampu» va Meksikadan «Semeks» boshqarib borishayapti.
Shunday qilib, turli kanallar bilan amalga oshirilayotgan xalqaro kapital
harakati hozirgi bosqichda jahon xo‘jalik aloqalarining dinamik rivojlanayotgan
shaklidir. Baynalminallashuv (internatsionalashuv) jarayonlari keyingi o‘n yilda
to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalarini jalb etish kanallari roli sezilarli
oshganini ko‘rsatadi, uning bosh sub’ektlari xalqaro iqtisodiy munosabatlar va
jahon iqtisodiyotida xalqaro korporatsiyalardir.
42
Nazorat savollari
1. Hozirgi zamon jahon xo‘jaligida va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda
muhim ajralib turadigan belgilarni ayting.
2. Xorijga kapital chiqarish o‘zida nimani aks ettiradi?
3. Kapital chiqarish (eksport) sabablari qanday?
4. Kapitalning xalqaro migratsiyasi nima?
5. Kapital chiqarish va uni rag‘batlantirishga qaysi omillar turtki beradi?
6. Chetga kapital chiqarishning asosiy shakllarini ayting?
7. Jahonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jamg‘arish umumiy
so‘mmasini aniqlang.
8. Kapitalni eksport va import qiladigan asosiy mamlakatlarni ayting.
9. «Uchlik» (AQSH, YEI va Yaponiya) da to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalar qismi qancha?
10. Uzoq muddatli istiqbolda xorijiy investitsiyalar uchun jahonning qaysi
mamlakatlari jalb qiluvchi bo‘lib qoladi.
11. Qaysi xorijiy transmilliy korporatsiyalar (TMK) Afrikada asosiy
investorlar bo‘lib qolmoqda?
12. Jahonning eng yirik korporatsiyalari harakterli qirralarini izohlang.
13. Jahoning eng yirik va gigant transmilliy korporatsiyalari (TMK) ni
ayting.
14. Qaysi kompaniya jahonda xorijiy aktivlari bilan birinchi (1) o‘rinni
egallaydi?
43
VI Bob. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING INVESTITSION SIYOSATI
VA UNING MAMLAKAT IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDAGI ROLI
1.§. O‘zbekistonda xorijiy investitsiyaning rivojlanishiga
ta’sir etuvchi asosiy omillar
O‘zbekiston xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qo‘yidagi omillarga ega:
katta zahiraga ega bo‘lgan foydali qazilmalar va yoqilg‘i – energetika resurslari,
qishloq xo‘jaligi potensiali, ilmiy salohiyat potensiali, zamonaviy bozor
infratuzilmasi institutlari, keng tijorat banklar tarmog‘i, Internetga chiqish bilan
ishonchli telekommunikatsiyalar tarmog‘i, turizmni rivojlantirish imkoniyatlari.
Tabiiy resurslari. O‘zbekiston Respublikasida 100 turdan ziyod mineral xom
ashyo va boshqa foydali rudali jinslarni o‘z ichiga olgan istiqbolli 2700 dan ziyod
manbalar aniqlangan. 900 dan ortiq konlar tekshirib ko‘rilgan, ulardagi boyliklar
zahirasi 970 mlrd. AQSH dollariga baholanadi. Respublika umumiy mineral – xom
ashyo potensiali 3,3 trln. AQSH dollaridan ortiq so‘mmani tashkil qiladi.
Mineral xom ashyo resurslari va strategik materiallar zahirasi hajmi bo‘yicha
O‘zbekiston jahondagi eng boy mamlakatlar qatoriga kiradi. O‘zbekiston oltin va
uranning tasdiqlangan zahirasi bo‘yicha jahondagi birinchi beshlik (5)
mamlakatlar, o‘nlik (10) mamlakatlaridan biri hisoblanadi.
Rangli metallar: Miss, qo‘rg‘oshin, rux, volfrom, reniy va boshqalarning yirik
zahiralariga ega. O‘zbekistonda 33 ta marmar, 18 ta granit va gabbro konlari
aniqlangan. Juda ko‘p dekorativ tosh konlarida butun Yevroosiyoda yirik
hisoblangan nayob tabiiy xazinalar mavjud. Respublika fasforit konlariga boy.
O‘zbekisonda osh tuzi, kaliy tuziga boy yirik konlar mavjud.
O‘zbekiston hududida neft va gaz konlarining ulkan qatlamlari mavjud.
Respublikaning 60 % hududi ularni qazib olish uchun istiqbolli hisoblanadi.
Markaziy Osiyo gaz kondensanti zahiralarining 74 %, neftning 40 %, tabiiy
gazning 40 %, ko‘mirning 55 % ulushi O‘zbekistonga to‘g‘ri keladi.
Mamlakatdagi aniqlangan ko‘mir zahiralari 2 mlrd. tonnadan ko‘proqni
tashkil qiladi. Neft-ximiya, bazali ximiya, farmatsevtika sanoatini rivojlantirish,
yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda bu esa juda katta imkoniyatlar
yaratadi.
Qishloq xo‘jaligi potensiali. Bugungi kunda respublika agrosanoat majmuida
mamlakatning mehnatga qobiliyatli aholisining 2/5 dan ko‘proq qismi band.
Qishloq xo‘jalik sektori mahsulotlari mamlakatimiz aholisi uchun zarur bo‘lgan
(90 %) oziq-ovqat ishlab chiqarish imkonini beradi. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi
tarmog‘iga xorijiy investitsiyalarni ko‘proq jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar
yaratilayapti.
Respublikada har yili 3-3,3 mln. tonna atrofida paxta xom ashyosi
tayyorlanadi. Undan 1,5-1,7 mln. tonna paxta tolasi ishlab chiqariladi. Keyingi
yillarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish yalpi hajmida to‘qimachilik
mahsulotlari ulushi 21 % ga o‘sdi. O‘zbekiston yengil sanoati korxonalarida paxta
tolasi hajmining 25 % qayta ishlanmoqda. Respublika ipak sanoati yuqori
sur’atlarda rivojlanayapti. Respublika pilla yetishtirish bo‘yicha dunyoda uchinchi
44
o‘rinni egallaydi. MDH mamlakatlarida ishlab chiqarilayotgan pillaning qariyib 80
% O‘zbekistonga to‘g‘ri keladi. Xilma-xil va qulay iqlim sharoiti omillari
respublikada keng turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish imkonini
beradi. Mamlakatimizda yetishtiriladigan yuqori safatli sahovat, meva, uzum, poliz
ekinlari mahsulotlarini tayyorlash, yuvish, quritish, saralash, qutilash, tez
buziladigan mahsulotlarni saqlash, uzoq masofalarga eksportga jo‘natish uchun
korxonalarni rivojlantirish talab etiladi.
Ilmiy va intellektual potensial. O‘zbekiston yuksak kadrlar potensialiga ega.
Ularning asosini oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar tashkil etadi.
Kadrlarning yordami va salohiyatiga tayanilib eksportbop murakkab mashinalar,
asbob-uskuna va buyumlar ishlab chiqarish sohasida milliy sanoat tarmoqlari tez
sur’atlarda taraqqiy eta boshladi.
O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida ilmiy salohiyati bo‘yicha yetakchi
davlat hisoblanadi. Respublika quyosh fizikasi, zilzilaga bardoshli inshootlar,
mashinasozlikda lazerdan foydalanish, paxta navi va genetikasi, qorako‘lchilik,
o‘simliklar kimyoviy moddalari va boshqa qator sohalarda ham noyob yutuqlarga
erishayapti.
Respublikada bugungi kunda 9700 dan ziyod umum ta’lim maktablari, 533
kasb-hunar kollejlari, 55 ta akademik litseylar va 65 ta oliy o‘quv yurtlari-
universitetlar, institutlar ishlab turibdi. O‘zbekiston respublikasi aholisi yoppasiga
savodxon mamlakat hisoblanadi.
Transport infrastuzilmasi. Qulay iqtisodiy geografik o‘rinda joylashish va
taraqqiy etgan trasport infratuzmalari Markaziy Osiyo, Yakin Sharq hamda MDH
mamlakatlari bozorlariga chiqish uchun imkon beradi. O‘zbekistonda barcha
turdagi transport vositalarining respublika hududidan tashqariga chiqish uchun
keng yo‘llar tarmog‘i yaratilgan. O‘zbekiston temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari
tarmog‘i ancha zich joylashgani bilan Markaziy Osiyoda oldingi o‘rinda turadi.
Respublika g‘arbdan sharqqa, janubdan shimolga olib boruvchi yo‘llarda eksport-
import yuklarini manzilga yetkazishda 10 ta transport karidori va tranzit
yo‘nalishlaridan foydalaniladi. Yo‘llar tarmog‘i O‘zbekistonning barcha
hududlarida tabiiy resurslar, qazilma boyliklaridan (kompleks) foydalanish, xalq
xo‘jaligi tarmoqlarini hamma joylarda yuqori darajada rivojlantirish imkonini
beradi.
Shuni qayd qilish joizki, Qamchik davonida tonnel qurilishi yangi avtomobil
yo‘llari qurish va rekonstruksiya qilish orqali bugun O‘zbekistonning barcha
viloyatlari va tumanlari ishonchli transport tarmog‘i bilan ulangan va bu
respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga juda katta yordam beryotir.
Zamonaviy bozor infratuzilmalar tarmog‘i. O‘zbekistonda mustaqillikning
birinchi yillaridayoq tovar-xom ashyo birjasi, respublika ko‘chmas mulk fond
birjasi, tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar respublika palatasi, biznes fond,
respublika «Madad» sug‘urta agentligi, tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatuvchi
«Tadbirkorbank», dehqonlar uchun «Paxtabank», «G‘allabank», «Zaminbank»
kabi ijtimoiy-moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar tashkil etilgan edi. Ular bilan bir
qatorda ko‘chmas mulk va investitsiyalar sohasi bo‘yicha maxsus Agentlik va
boshqalar ham faoliyat ko‘rsata boshladi. Respublikadagi barcha tijorat banklari
45
zamonaviy texnikalar (kompyuterlar) bilan ta’minlangan, yagona aloqa tarmog‘iga
birlashtirilgan va ishonchli himoya vositalari bilan muhofaza qilingan.
O‘zbekistonning iqtisodiy hamkorlari bo‘lgan mamlakatlar yetakchi banklari bilan
ham korrespondentlik munosabatlari o‘rnatilgan.
Mustaqillik yillarida Respublikada telekommunikatsiya va axborot
texnologiyasi sohasi jadal taraqqiy eta boshladi va kommunikatsiyali aloqa tizimi
yaratildi. Bu esa mamlakatimizning istalgan nuqtasi bilan tezkor bag‘lanish
imkonini tug‘diradi. Bugungi kunda respublika shaharlarining telekommunikatsiya
raqamli tarmoqlari bilan qamrab olishning darajasi qariyib 90 % dan oshdi.
Turizm potensiali. O‘zbekiston o‘zining Samarqand, Buxoro, Xiva,
Shahrisabz va boshqa tarixiy shaharlari, qadimiy madaniy, me’morchilik obidalari
bilan butun dunyoga tanilgan. Mamlakatimizda turizm infratuzilmasi yaratilgan.
Bu kelajakda respublikada xalqaro turizm sohasini rivojlantirishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekistonning
turistik infratuzilmasi har yili qariyib 1,5 mln. atrofida turistlarga xizmat ko‘rsatish
imkoni bor.
2.§. Mamlakat iqtisodiyoti taraqqiyotida xorijiy
investitsiyalarning roli
Yuqorida sanab o‘tilgan barcha turdagi resurslar mamlakatimizda xorijiy
investorlar uchun faoliyat sohasini tanlashiga imkoniyatlar eshigini ochadi.
Mustaqillik yillarida jalb qilingan investitsiyalar hajmi 14 mlrd. dollardan ortiq
bo‘lsada, O‘zbekiston bozorlarining investitsion sig‘imida bir necha marta ko‘p
sur’atlar qo‘lga kiritildi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda xorijiy investitsiyalar bilan birga
korxonalarning faoliyati sohalari tuzilishi ham o‘zgarmoqda. Hozirgi vaqtda 80%
qo‘shma korxonalar ishlab chiqarish sohasida band. Bunda qo‘shma faoliyat
bo‘yicha xorijiy hamkorlik bo‘lib, «Bursel» (Turkiya), «Marubenti» (Yaponiya),
BRI (AQSH), «Goldteks», «Vimateks», «Djaminolla» (Italiya, to‘qimachilik va
ipakchilik sanoati), «Knauf» (Germaniya), «Semar Interneshnl» (Italiya, qurilish
materiallari), «Bi Es Ay Industriz Ink», «ABB Lummus global», «Beyker xyuz»
(AQSH), «Lukoyl», «Gazprom», «Nuritex» «Dimm Bill Donn» (Rossiya),
«Safregaz» (uglevodorod qazib olish va razvedka, Fransiya), «Nyumond
Mayning» (AQSH), «Okus» (Buyuk Britaniya), «Multipleks» (Avstraliya),
«Beytman» (Isroil, oltinkon qidiruv), «Lyuftganza» (Germaniya havo kemalari
ta’miri), «Nestle» (Shveysariya), «Manzini» (Italiya, oziq-ovqat sanoati), «Keys
Nyu Xolland» (AQSH, mashinasozlik) va boshqa kompaniyalar hisoblanadi.
2003 yilda investitsiya doirasida 2 mlrd. dollar hajmida loyihalar amalga
oshirildi, ularning 80 % to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar va loyihalarni shartli
moliyalashtirishga jalb etilgan mablag‘larga to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonda ko‘p
ukladli iqtisodiyot yaratilishi ko‘p jihatdan davlat mulkini bosqichma-bosqich
xususiylashtirishga imkon berdi. Natijada keyingi 10 yillar ichida 130 ming davlat
korxonalari mulkchilik shakllarini o‘zgartirdilar. Mulkda davlat monopoliyasiga
46
barham berish «Xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish to‘g‘risida» gi
qonunda o‘z aksini topdi. Nodavlat korxonalarini keyingi shakllantirish masalalari
«Xususiy va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida» gi qonunda belgilab
qo‘yildi.
Keyingi yillarda respublika iqtisodiyotning strategik muhim sohalarida yirik
loyihalar amalga oshirildi. «Sho‘rtan» gazkondensati konida kompressor stansiyasi
qurildi. «Shimoliy O‘rtabuloq» konida yangi quvvat ishga tushirildi. Farg‘onada
«Azot» kimyo zavodida yangi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. «Murintov»
karerida tog‘ ishlarini tezlashtirish loyihasi, ko‘mir sanoatini texnik qurollantirish
birinchi bosqichi, Samarqandda, «Prezident Otel» qurilish nihoyasiga yetkazildi.
Toshkentda 4 ta mehmonxona kompleks rekonstruksiya qilinib, ishga tushirildi.
«O‘zDEU avto» zavodida yangi modeldagi avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga
qo‘yildi.
Qo‘qon superfosfat zavodi rekonstruksiyasi to‘gallandi. «Surxontekstil»
qo‘shma korxonasi tashkil etildi. Tayyor ipak buyumlar va ipak ip ishlab chiqarish
bo‘yicha «Velaysilk» ko‘shma korxonasi, «Ishonch» AJ qayta texnik jihozlandi.
«Besteks», «Baliqchi» va «Oyim Tekstil» qo‘shma korxonalarida paxtadan
gazlama va ip yigirish ishlab chiqarish yangi quvvatlari ishga tushirildi. 2005 yilda
lokalizatsiya dasturi doirasida 158 ta loyiha amalga oshirildi, 145 turdagi
mahsulotlar ishlab chiqarish lokalizatsiyalashtirildi.
3.§. O‘zbekiston Respublikasida investitsion muhit va shart-sharoitlar
O‘zbekistonda xorijiy investorlar va investitsiyalarga teng huquqli shart-
sharoitlar yaratilgan. Ularning doimiy ravishda to‘lik xavfsizligi himoya
qilinmoqda. Xorijiy investitsiyalar uchun huquqiy rejim O‘zbekiston yuridik va
jismoniy shaxslari amalga oshirilayotgan investitsiyalar huquqiy rejimnikidan kam
bo‘lmasligi kerak. Ular asosiylaridan biri shuki, huquqiy rejim xorijiy investorlarni
mamlakat qonunchiligida o‘zgarishlar ro‘y berganda ham zarar ko‘rmasligini
kafolatlaydi va huquqini himoya qiladi. Buning ma’nosi shuki, qonunchilik aktlari
o‘zgargan taqdirda ham xorijiy investorlarning manfaatlariga zarar yetishiga yo‘l
qo‘yilmaydi. Investitsiya amalga kirgan momentdan boshlab, shartlarga 10 yil
davomida o‘sha vaqtdagi qonun saqlanib qoladi. Xorijiy investor agar yangi qonun
uning shartlarini bajarilishiga monelik qilmasa, sarmoyasini ko‘payishiga yordam
bersa uni qo‘llanish huquqiga ega.
Xorijiy investorlar uchun qulay rejim qonunlarda va me’yoriy-huquqiy
hujjatlar tartibida mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbekistonda investitsion jarayonlarni
qo‘llab-quvvatlash uchun taraqqiy etgan institututsional infratuzilma yaratilgan.
Vazirlar Mahkamasining tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar
Deportamenti, O‘zbekiston Prizidenti islohatlar va investitsiyalar bo‘yicha
Mahkamalararo kengash uning bosh bo‘g‘ini hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 2 maydagi 205-
son «To‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalarini huquqiy himoya qilish bo‘yicha
47
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi
Adliya Vazirligi quyidagi huquqlar berilgan:
jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalarni asoslangani va xorijiy
investitsiyalar bilan korxonalarni zarur xo‘jjatlar orqali nechog‘lik
ma’suliyat bilan tan olishganligini o‘rganish, jumladan, jinoiy materiallar,
xo‘jalik, ma’muriy va fuqarolik ishlari;
aniqlangan qonunchilik buzilishlari buzilish sabablari va ularni keltirib
chiqargan sharoitni bartaraf etish yuzasidan vazirliklar rahbarlariga,
muassasa va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek mahalliy hokimiyat
organlari va boshqaruvlariga belgilangan muddatda albatta bajarish sharti
bilan taqdim etadi;
xorijiy investorlarning qonuniy manfaatlari va huquqlari buzilishi faktlari
aniqlanganda tegishli organlar oldiga aybdor mansabdor shaxslar
javobgarlika tortish shuningdek adliya organlari qonuniy talablarini
bajarmagan mansabdor shaxslar masalasini qo‘ydi;
xorijiy investitsiyali korxonalar va xorijiy investorlar huquqlarini buzgan
mahalliy hokimiyat organlari va boshqaruvlari, nazorat organlari qarorlari,
harakatlarini to‘xtatish;
xorijiy investitsiyali korxonalar va xorijiy investorlar qonuniy manfaatlari
va huquqlari buzilgan hollarda davlat poshlinasi to‘lamasdan jinoiy,
fuqarolik, xo‘jalik va ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlarga taklif bilan
murojat qilish;
xorijiy investitsiyali korxonalar va xorijiy investorlar qonuniy manfaatlari
va huquqlari buzilganligi haqida murojaat qilinganda tekshiruvga tegishli
mutaxassislarni jalb etish;
Shu bilan birga Adliya vazirligi tarkibida xorijiy investitsiyali korxonalar va
xorijiy investorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Boshqarma tashkil qilindi.
Xorijiy investorlar bilan yaqin aloqada bo‘lish, ularni qo‘llab-quvvatlash
maqsadida O‘zbekistonda ixtisoslashgan tashkilotlar tarmog‘i ishlab turibdi: Tovar
ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, «O‘zbekinvest» eksport–import
milliy sug‘urta kompaniyasi shtabi Londonda bo‘lgan siyosiy tavakalchilikni
sug‘urta qilish bo‘yicha «O‘zbekinvest Interneshnl» qo‘shma kompaniyasi kabilar
ishlab turibdi, yirik ko‘lamli loyihalarni amalga oshirish uchun lizing kompaniyasi
tuzilgan. Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki
(YEBRR), «Maloy Benk Berkard» (Malayziya) va O‘zbekiston tashqi iqtisodiy
faoliyat Milliy banki uning ta’sischilaridan.
O‘zbekistonda xorijiy investorlar bo‘lishi mumkin:
xorij davlatlari, xorij davlatlarining ma’muriy yoki hududiy organlari;
xalqaro tashkilotlar, bitimlar yoki shartnomalar bilan davlatlararo tashkil
etilgan xalqaro ommaviy huquq sub’ektlari;
yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar qonunchilik aktlariga muvofiq tashkil
qilingan va faoliyat yuritayotgan har qanday shirkatlar, tashkilot yoki
assotsiatsiya;
48
xorijiy davlatlar fuqarosi bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va
fuqaroligi bo‘lmagan holda chet elda yashayotgan jismoniy shaxslar;
xorijiy investorlarga har bir konkret investitsiyalashda investitsiyalarni
rag‘batlantirish maqsadida himoyalash choralari kafolatlanadi;
turg‘un iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi mamlakat iqtisodiyoti tarkibida
progressiv o‘zgarishlar, afzal sohalar;
respublikaning eksport quvvatini mustahkamlash va kengaytirishga, uning
jahon xo‘jaligi integratsiyasida galdagi ustun loyihalarini ta’minlash;
xususiy tabirkorlik va kichik biznes sohasida xom ashyo va materiallarni
qayta ishlashga, aholi bandligini ta’minlash, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish
va xizmatlarga qaratilgan loyihalar;
O‘zbekiston investitsion qonunchiligida tarkibiy qism bo‘lib, respublikani
xalqaro shartnomalarga konvensiyalarga va bitimlarga qo‘shilishi haqidagi muhim
xo‘jjatlar hisoblanadi. Ular tarkibiga kiradi:
O‘zbekiston va YEI hamda unga a’zo davlatlar o‘rtasida hamkorlik va
sherikchilik to‘g‘risidagi kelishuv (1996 y); investitsiyalarni o‘zaro himoya qilish
va rag‘batlantirish haqida davlatlararo kelishuv. Bu hamkorlik va sherikchilikda
ikki tomonlama soliqqa tutilishni oldini oladi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, chet el investitsiya bilan
korxona yo uning muassisligida, yo xorijlik investorning ishtiroki ulushi (pay,
aksiya) natijasida tashkil etilishi mumkin.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalariga sharoit yaratishda ko‘zda tutiladi:
teng huquqli sherikchilik;
o‘zaro foydali;
umumiy maqsadga erishish uchun moliyaviy va mehnat, material
resurslarni birlashtirish;
sherikka o‘z mamlakatida samarali iqtisodiy faoliyat yuritishda
ko‘maklashish.
4.§. Xorijiy investitsiyalar bilan korxonalarning o‘sish dinamikasi
Mamlakatimiz iqtisodiy qudratini oshirish va mustahkamlashda
iqtisodiyotga chet el investitsiyalarining jalb etish muhim iqtisodiy omillardan
hisoblanadi. Shuning uchun chet el investitsiyalari hajmi yil sayin oshib borayapti.
2004 yilda O‘zbekistonda umumiy 3090 korxona chet el investitsiyasi bilan
ro‘yxatga olingan bo‘lsa, ulardan 2497 tasi qo‘shma korxonalardir.
Faqatgina 2003 yilda 262 ta yangi korxona ro‘yxatdan o‘tdi, bu 2002 yilga
nisbatan 126 % ni tashkil qiladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalarining
amaldagi soni 6,5 % o‘sishi bilan birga, ular faoliyati tuzilishi ham o‘zgardi: tijorat
va savdo-vositachilik faoliyati sohasida ulush qisqardi va moddiy ishlab chiqarish
sohasida ulush ko‘paydi. Chet el investitsiyasi bilan ishlab turgan korxonaning
1307 tasi (59,2 %) sanoatda faoliyat ko‘rsatayapti. Ulardan 21 % iste’mol tovarlari
ishlab chiqarish bilan shug‘ullanayapti.
49
Agar 1995 yilda ishlab chiqarish sohasida chet el investitsiyasi bilan 308
korxona band bo‘lsa, 2005 yil yakunlariga ko‘ra, chet el investitsiyasi bilan
ishlayotgan ishlab chiqarish korxonalari soni 6 barobarga oshdi.
Ular asosan mashinasozlik va metallni qayta ishlash, avtomabilsozlik,
shuningdek oziq-ovqat, yangi sanoat, mahalliy resurslarni qayta ishlovchi
sahalarga jalb etilmoqda.
Chet el investitsiyasi bilan korxonalar tashqi savdo oboroti doimiy ravishda
o‘sib bormoqda va 2005 yilda u 34 % ga o‘sdi. Chet el investitsiyalari mahsulotlari
eksporti (ishlar, xizmatlar) respublika eksporti hajmida 15,1 % ni tashkil etdi.
Butun chet el investitsiyasi eksport hajmida: oziq-ovqat – 31,2 %, kimyoviy
mahsulotlar – 41,4 %, energiya tashuvchilar – 46,9%, mashina va uskunalar – 50
%, yengil sanoat mahsulotlari – 414,2 ni tashkil etdi.
Hozirgi paytda O‘zbekistonda jahonning 80 mamlakati vakillari investorlar
hisoblanadi. Qo‘shma korxonalar tashkil etishda ko‘proq Turkiya, Germaniya,
Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Italiya, MDH mamlakatlarida – Rossiya,
Ukraina, Qozog‘iston va boshqalar faollik ko‘rsatmoqdalar. Xorijiy investorlar
ishtirokida tashkil etilgan yangi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar orasida 100 % li chet
el kapitali bilan ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar ulushi o‘sdi.
Bu ularning umumiy sonida 1/5 ni tashkil qiladi.
50
NAZORAT SAVOLLARI
1. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida tashqi savdo aloqalarining
ahamiyati va rolini ta’riflang.
2. O‘zbekiston respublikasi tashqi iqtisodiy vazirligi qachon tashkil etilgan?
3. O‘zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy aloqlari bo‘yicha Agentligi
qachon tuzilgan?
4. Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha Agentlik oldiga qanday vazifalar
quyilgan?
5. «O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risi»gi qonun
yangi tahrirda qachon qabul qilingan?
6. Iqtisodiyotning bu sohasi me’yoriy-huquqiy bazasini shakllantirishda
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qanday qonunlar qabul
qilingan?
7. O‘zbekiston jahonning nechta mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni
o‘rnatgan?
8. Agentlik qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha aloqani amalga oshiradi?
9. Mustaqillik yillarida respublikaning umumiy tashqi savdo hajmi necha marta
ko‘paydi?
10. Respublikada qaysi yildan boshlab tashqi savdo oborotida ijobiy saldo
ta’minlanayapti?
11. 1990-2005 yillarda respublika eksportida xom ashyo resurslari ulushi necha
protsentga qisqardi?
12. Mamlakat eksporti nomenkulaturasi qaysi tovarlar bilan to‘ldiriladi?
13. Oziq-ovqat tovarlari importi necha protsentga qisqardi?
14. Yangi uskunalar, yangi texnika va texnologiyalar sotib olish necha
protsentga o‘sdi?
15. O‘zbekiston tashqi savdo oborotida YEI mamlakatlari necha protsentni
egallaydi?
16. Respublika tashqi savdosida qaysi mamlakatlar O‘zbekistonning asosiy
sheriklari hisoblanadi?
51
VII – Bob. XALQARO XIZMAT KO‘RSATISH VA SERVIS BOZORI
1.§. Xalqaro xizmat ko‘rsatish, servis bozori tavsifi va
tushunchasi
Xizmatlar ko‘rsatish va servis odamlarning xilma-xil keng ehtiyojlarini
qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p qirrali majmua faoliyat turlari va tijoriy
mashg‘ulotdir. YUNTKAD va Jahon banki tomonidan ishlab chiqilgan «Xalqaro
transaksiyalarni xizmatlar bilan liberallashtirish»da xizmatlarga quyidagi aniqlik
beriladi:
Xizmatlar (services) – institutsional birliklar nizomidagi o‘zgarish bo‘lib,
qaysikim boshqa bor institutsional birlik bilan o‘zaro kelishuv asosida va harakat
natijasida ro‘y beradi.
Bu aniqlik ko‘p qirrali operatsiyalar firma doirasini qamrab oladi. Shuning
uchun xizmat tushunchasi keng va tor ma’noda narxlanadi. Birinchi holda
xizmatlar – insonning tijoriy mashg‘uloti va xilma – xil majmua turdagi
faoliyatidir. Uning vositasida u boshqa odamlar bilan munosabatga kirishadi,
Dostları ilə paylaş: |