O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 1,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/23
tarix25.09.2022
ölçüsü1,48 Mb.
#64099
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
8-y-JAHON-IQTISODIYOTI-VA-XALQARO-IQTISODIY-MUNOSABATLAR-2008-O‘quv-qo‘llanma-X.-M.-MAMATQULOV

noomiliy xizmatlar (non actor services) - qolgan xizmat turlari (transport, sayoxat 
va boshqa nomoliyaviy xizmatlar). 
GATT/BJST (VTO) doirasida xalqaro muzokaralar chog‘ida 12 sektorga 
bo‘lingan 160 dan ko‘proq xizmat ko‘rsatish turlari hisobga olinadi: 
1) ishga aloqador xizmatlar (46 soha xizmat turlari); 
2) aloqa xizmati (25 tur); 
3) qurilish va injiniring xizmatlari (5 tur); 
4) distribyutor xizmatlari (5 tur); 
5) umumiy ta’lim xizmatlari (5 tur); 
6) atrof –muhit muhofazasi bo‘yicha xizmatlar (4 tur); 
7) moliyaviy xizmat, sug‘urta qo‘shilgan holda (17 tur); 
8) sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar bo‘yicha xizmat (4 tur); 
9) turizm va sayohat (4 tur); 
10) dam olish, sport va madaniyat soxasidagi xizmatlar (5 tur); 
11) transport xizmatlari (33 tur); 
12) boshqa xizmatlar. 
GATS BJST doirasida xalqaro savdo xizmatlarini taqdim etish usullari 
bo‘yicha tavsiflanadi. Bunda quyidagi xizmat ko‘rsatish turlari ajratib ko‘rsatiladi: 
davlatlararo chegara savdo xizmatlari;
iste’molchining xizmatlar iste’mol qilinadigan mamlakatda harakatlanishi;
xizmat ko‘rsatiladigan mamlakatda tijoriy muassasa ishtiroki;


53 
xizmat taqdim etilishi uchun jismoniy shaxsni boshqa mamlakatga vaqtincha 
ko‘chirish. Ko‘proq xizmat hajmi (80% ga yaqin summa) 1 va 3- 
usullarga to‘g‘ri keladi. 
XVFning xalqaro moliya statitistikasi uch guruh xizmatlar bo‘yicha 
ma’lumotlar e’lon qiladi:
 transport xizmatlari;
 turizm; 
 boshqa xususiy xizmatlar. 
Xizmat ko‘rsatishning ko‘pchilik turlari xalqaro savdo ob’ekti bo‘lishi 
mumkin. Xizmat ko‘rsatishning savdosi –bu notovar tijoriy kelishuvdir. Tovarlar 
bilan savdodan farqli ravishda xizmatlar eksporti yoki importi bojxona chegarasini 
albatta kesib o‘tishni bildirmaydi. Norezidentga xizmat ushbu mamlakat boshxona 
territoriyasi ichida ko‘rsatilishi mumkin, bu holda kelishuv xalqaro hisoblanadi. 
Tovarlar eksporti va importi bo‘yicha to‘lovlar singari xalqaro xizmatlar savdosi 
to‘lov balansida aks ettiriladi. 
Xalqaro xizmatlar eksporti xalqaro savdoga nisbatan tez o‘sib bormoqda. 
Xizmat ko‘rsatish eksporti 1980 y. 402 mlrd. dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 1990 y. 
-802 mlrd. dollar, 2000y. – 1435 mlrd. dollar, 2004 y. -1490 mlrd. dollar, ya’ni 
ikki o‘n yillikda 3,6 baravardan ko‘proq o‘sdi. Xalqaro savdoda tovarlar va 
xizmatlar eksport ulushi 20% dan ko‘proqni tashkil qiladi. Biroq bu ko‘rsatkich 
borgan sari o‘sib borayapti. 2015 yilga borib, Rossiya Fanlar Akademiyasi 
qoshidagi Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti bahosi bo‘yicha 25 -
30% ni tashkil qilishi mumkin. Yangi–yangi xizmat turlari xalqaro savdoga 
qo‘shilmoqda. Ilgari milliy doirada cheklangan xizmatlar roli ko‘paymoqda 
(ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqalar). Boshqa tomondan, ko‘p hollarda yirik va 
uzoq muddatli kelishuvlarda mos keladigan xizmatlar eksporti va tovarlar 
eksportini chegaralash ancha qiyin. 
Ta’kidlash lozimki, «ko‘rinmas» savdo xususiyati shundan iboratki, 
ko‘pchilik xizmat ko‘rsatish turlarini sof holda eksport qilib bo‘lmaydi. Chunki 
xizmatlar ishlab chiqarish jarayonlari va iste’mol jarayonlarini makonda va 
zamonda (vaqtda) bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Shu munosabat bilan GATS 
xizmatlar ko‘rsatish savdosini amalga oshirishning to‘rt usulini ajratadi: 

transchegara davlatlararo savdosi, ya’ni milliy iste’molchi xorijlik 
yetkazib beruvchi xizmatini sotib oladi; 

kommersiya (oldi-sotdi) asosidagi savdo. Qaysikim, xorijiy 
kompaniya o‘z filialini yaratadi yoki milliy kompaniya chegara 
savdosi shaklidagi kompaniyalarni o‘ziga qo‘shib oladi. Yaxshi ishlab 
chiqarishni yo‘lga qo‘yadi va har yillik iste’molchilarga xizmatlarni 
sotadi; 

xizmatlarni iste’mol qilish yoki ma’lum bir mamlakatning 
iste’molchilari xorijdagi xizmatlarni sotib olishi (jumladan, chiqish 
turizmi);

jismoniy shaxslar migratsiyasi chog‘ida, ya’ni xorijiy jismoniy shaxs 
mazkur davlat iste’molchisiga xizmat ko‘rsatadi (masalan, chet ellik 
ishchilar kuchi bilan mehmonxona qurilishiga). 


54 
Xizmatlar ko‘rsatish eksporti soxaviy tuzilmasida 1980 yillar boshigacha
transport xizmati ustunlik qilgandi. Biroq keyingi ikki o‘n yillikda tez rivojlangan 
«boshqa xususiy xizmatlar» turizmga birinchilikni bo‘shatib berdi. «Boshqa 
xususiy xizmatlar» xizmatlar eksportida birinchi o‘rinni egalladi (40% dan ziyod). 
Chunki ular tarkibiga, xususan moliyaviy, informatsion, kommunikatsion, 
maslahat xizmatlari kiradi. 
Xalqaro xizmat ko‘rsatishlar almashinuvi eng avvalo sanoati rivojlangan 
mamlakatlar guruhlari ichida amalga oshiriladi. Tovarlar savdosidagi singari bu 
tendensiya mamlakatlar guruhlari ulushi salmog‘ini qisqartirish, ularning savdo 
xizmatini qo‘shishdan iborat (1990 y oxirida 70% gacha). Natijada yangi 
industirial va boshqa rivojlanayotgan davlatlarda xizmat ko‘rsatish sohasi 
faollashadi. 
Xizmat ko‘rsatish savdosi hajmi bo‘yicha AQSH yetakchilik qilayapti 
(jahon eksportining 19%ga yaqini va jahon import xizmatining 14%ga yaqini). 
Xizmat ko‘rsatish savdosi maksimal hajmi bo‘yicha AQShda TMK kanallariga 
to‘g‘ri keladi. 
Eng yaxshi xizmatlar ko‘rsatish eksportchi o‘n davlatlarga AQSH dan 
tashqari Buyukbritaniya, Fransiya, Italiya, Germaniya, Yaponiya, Ispaniya, 
Niderlandiya, Belgiya –Lyuksemburg va Gonkong kirdi. Birinchi o‘nlik 
importerlarga esa – AQSH, Germaniya, Yaponiya, Buyukbritaniya, Fransiya, 
Italiya, Niderlandiya, Kanada, Belgiya, Lyuksemburg va Xitoy kiradi. Deyarli mos 
keladigan ro‘yxatda Germaniya, Yaponiya, Kanada va Xitoy xizmatlar netto- 
importyorlari hisoblanadi. 
Xalqaro mehnat taqsimoti tizimida milliy iqtisodiyotda xizmat ko‘rsatish 
eksportiga ixtisoslashuv haqida ham gapirish mumkin. Sanoati rivojlangan 
mamlakatlarda bu eng avvalo moliyaviy, telekommunikatsion, axborot, ishga 
aloqador xizmatlar, ilg‘or texnologiyalardir. Shuningdek, ta’lim, sog‘liqni saqlash 
va turizm bo‘yicha xizmatlardir. Ayrim rivojlanayotgan mamlakatlar ham 
xizmatlar ishlab chiqarish va taqdim etishga ixtisoslashmoqda. Jumladan turizm 
sohasi (Turkiya, Misr, Tailand va boshq), transport (Misr, Panama va boshqa ochiq 
kemachilik reestrlari deb ataladigan davlatlar), moliyaviy (Karib dengizi offshor 
markazlari va Tinch okeani orollari). Xalqaro xizmat ko‘satish savdosida yangi 
industrial davlatlar, misol Xitoy va boshqa bir qator davlatlarning roli ham 
oshmoqda. Rossiya transport xizmati ko‘rsatish netto-eksporteri hisoblanadi. Bu 
yerda tranzitni tashkil etish uchun o‘zining Yevroosiyo joylashuvidan foydalanish, 
yuqori texnologiya va xalqaro turizm xizmatlarini rivojlantirishi istiqbollariga ega. 
Rossiya xizmatlar eksporti tuzilmasida 33 % transportga, 42% turizm va 25% 
boshqa «har xil xususiy xizmatlar»ga to‘g‘ri keladi. 
Umumiy tarzda xalqaro xizmat ko‘rsatish savdosida asosiy rivojlanish 
tendensiyasini quyidagicha ifodalash mumkin: 
 jahon xizmat ko‘rsatish savdosi o‘sish suratlarini jahon tovar-aylanmasi 
o‘sish sur’atlariga taqqoslanganda nisbatan dinamikligidir
 jahon xizmat ko‘rsatish eksporti va importida rivojlangan davlatlar ustunlik 
roli; 


55 
 jahonning birnecha mamlakatlarida «ko‘rinmas» savdoning yuqori 
to‘plangani; 
 jahon «ko‘rinmas» savdosi hududiy taqsimlanishida G‘arbiy Yevropa 
davlatlari ustunlik qiladi, dollarda. Qaysikim, amaldagi tovar aylanmasining 
deyarli yarimiga to‘g‘ri keladi. 
2.§. Xalqaro xizmat ko‘rsatish va servis bozorini tartibga solish 
Xalqaro xizmat ko‘rsatish va servis bozori tegishli xalqaro tashkilotlar 
tomonidan tartibga solinadi. Ular orasidan 40 ga yaqin xalqaro tashkilotlarni 
ajratib ko‘rsatish mumkin. Bular, xususan Butunjahon savdo tashkiloti (BJST), 
BMT savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi (YUNKTAD), Iqtisodiy 
hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OESR), fan, madaniyat va talim bo‘yicha BMT 
tashkiloti (YUNESKO), Intellektual mulk butun jahon tashkiloti (VOIS) h.k. 
XXI asr boshlarida xizmat ko‘rsatish savdosini tartibga soluvchi asosiy 
xalqaro aktlardan biri –Xizmatlar savdosi bo‘yicha bosh bitim (General 

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin