13
II Bob. XALQARO MEHNAT TAQSIMOTI
1.§. Xalqaro mehnat taqsimoti tushunchasi
Jahon xo‘jaligi tizimining moddiy asosi bo‘lib, xalqaro mehnat taqsimoti
(XMT) hisoblanadi. Xalqaro mehnat taqsimoti – bu alohida mamlakatlarda u yoki
bu tovarlarni ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni nafaqat o‘z mamlakatida,
balki boshqa mamlakatlarda ham amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Ishlab chiqarish
baynalminal (internatsional) tashkil qilishning ushbu shakli u yoki bu mahsulotni
ishlab chiqarishni qulay iqtisodiy ixtisoslashtirishda va o‘zaro almashinishda ayrim
mamlakatlarga qo‘l keladi. Xalqaro mehnat taqsimoti mohiyati ishlab
chiqarishning yagona ikki tarikibiy qismini ajratishda (uning xalqaro
ixtisoslashuvi)
va
uning
birlashuvi
(ishlab
chiqarishni
xalqaro
koooperatsiyalash)da namoyon bo‘ladi.
Shunday qilib, xalqaro ixtisoslashuv va ishlab chiqarishni kooperatsiyalash
xalqaro mehnat taqsimoti shakllari paydo bo‘lishi sifatida maydonga chiqadi.
Ishlab chiqarishni kooperatsiyalash xalqaro mehnat taqsimotining paydo bo‘lish
bosh shakli hisoblanadi. O‘z navbatida kooperatsiyalash ishlab chiqarishni
ixtisoslashtirishga asoslanadi.
2.§. Xalqaro mehnat taqsimoti shakllari va turlari
Xalqaro ixtisoslashuv va xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi xalqaro
mehnat taqsimotning mazmun mohiyatini, shakllarini amalga oshirishni
belgilovchi mezonlardir.
Ishlab chiqarishni xalqaro ixtisoslashtirish davlatlar o‘rtasida mehnat
taqsimotining shakli bo‘lib, u bir turdagi tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlarni
mamlakat ichki iste’molidan ortib ishlab chiqarishni markazlashgan asosda o‘sib
borishi tushuniladi. Qaysikim, alohida davlatlar konkret tovarlar va xizmatlar
(an’anaga ko‘ra, ishlab chiqarish quvvati, kadrlar malakasi, tabiiy resurslar, milliy
daromad darajasi, ichki bozor hajmini kengaytirish, mavjud va yangi iqtisodiy
aloqalar bilan) ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Ishlab chiqarishni xalqaro
ixtisoslashtirishning asosiy turlariga buyumlar (tayyor mahsulotlar ishlab
chiqarish), detallar (alohida qismlar va komponentlar ishlab chiqarish) va
texnologik (ayrim texnologik jarayonlar va operatsiyalarni amalga oshirish)
jarayonlari kiradi. Ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi ikki yo‘nalish
bo‘yicha rivojlanib boradi:
ishlab chiqarishda (tarmoqlararo, ichki tarmoqlar ixtisoslashuvi)
alohida korxonalarning ixtisoslashuvi;
xududiy (alohida mamlakatlar ixtisoslashuvi, guruh mamlakatlar,
mehnat taqsimoti uchun ma’lum mahsulotlar va ularning qismlarini
ishlab chiqaruvchi hududlari).
14
Ishlab chiqarishning hududiy xalqaro ixtisoslashuvida esa alohida
mamlakatlar va hududlarda ma’lum mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularning bir
qismini jahon bozoriga chiqarilishini yo‘lga qo‘yilishi tushuniladi.
Xalqaro ixtisoslashuv o‘zining taraqqiyotida bir necha bosqichlarni bosib
o‘tgan. XX asrning 30-yillariga kelib jahonda xalqaro tarmoqlararo ixtisoslashuv
hukmronlik qila boshladi. Masalan, rivojlangan mamlakatlarda qayta ishlov sanoat
tarmoqlari mahsulot ishlab chiqarishiga ixtisoslashadi. Rivojlanayotgan
mamlakatlar esa qazib olish tarmoqlari mahsulotlariga ixtisoslashdi. 1950-1960
yillarda tarmoqlararo ixtisoslashuv yetakchi o‘rinni egallashda davom etdi. Ammo
birlamchi tarmok sifatida (avtomobil va traktorsozlik, sintetik buyoklar ishlab
chiqarish, poyafzal, soatlar va h.k.) faoliyat ko‘rsatdi. 1970-1980 yillarda ichki
tarmoqlararo ixtisoslashuvi birinchi o‘ringa chiqadi. Bu mayda qismlar va
texnologik ixtsoslashuvlarni rag‘batlantirish, xalqaro tovar almashinuviga
moslashdi. Jahon xo‘jaligida butlovchi va yarim fabrikatlarni ayra boshlash ham
katta ahamiyat kasb etadi.
Narsa ishlab chiqarishga, yana mayda qismlar texnologik ixtisoslashuv
ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotini belgilab beradi. Xalqaro ishlab chiqarish
kooperatsiyasi taraqqiyoti darajasini aniqlaydi.
Xalqaro kooperatsiya iqtisodiy aloqalar mavjudligi, korxonalarning
oddiydan murakkab shakllargacha tuzilgan shartnoma (kontrakt)larini bajarish
uchun birgalikda yaratgan va tashkil etgan korxonalarini qamrab oladi. Mehantni
taqsimlash shakli sifatida xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi turli mamlakatlar
mehnatkashlari mehnatidan ishlab chiqarish jarayonida bevosita va kundalik
foydalanishda o‘zaro uzviy harakatni vujudga keltiradi.
Iqtisodiy tabiati bo‘yicha xalqaro kooperatsiya ishlab chiqarish sohasida
ishlab chiqarish kuchlari, ilmiy tadqiqotlar, tasarruf qilish va boshqalarda
birgalikda belgilangan natijalarni qo‘lga kiritishda huddi shunday sharoitda
ishtirokchilar yakka tartibda harakat qilganiga qaraganda kam mehnat sarflab
kerakli yutuqga erishadi.
Xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi mehnatining bosh vazifasi-yuksak
mehnat unumdorligiga erishish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni ko‘paytirish
vositasi bo‘lishdir. Shuningdek, bir necha mamlakatlarning birgalikdagi sa’y-
harakatlarini birlashtirmay turib, amalga oshirib bo‘lmaydigan yangi prinsipial
vazifalarni hal etishdir. Hozirgi zamon sharoitida jahon xo‘jaligi tizimida xalqaro
kooperatsiya taraqqiyotining asosiy tendensiyasi transmilliy kooperatsiyalar
(TMK) iqtisodiy hukmronligini kuchaytirishni takazo etadi.
Ishlab chiqarishning xalqaro kooperatsiyalashuvi uzoq oqilona ishlab
chiqarish shakli bo‘lib, qaysikim u ixtisoslashgan korxonalar o‘rtasida o‘rnatiladi.
Ular esa quyidagi hamkorlik sohalari bo‘yicha ajralib turadi:
Ishlab chiqarishda texnologik hamkorlik qilish (litsenziya berish va mulkdan
foydalanish
huquqi,
loyiha
konstruktorlik
hujjatlarni,
texnologik
jarayonlarni, mahsulot sifati, amaldagi korxonalarni modernizatsiya qilish
kabilarni kelishib olish va ishlab chiqish, ishlab chiqarishni boshqarish,
takomillashtirish, standartlash, sertifikatlash hamda ishlab chiqarish
dasturlarini taqsimlash).
15
Kooperatsiyalashgan mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan savdo
iqtisodiy jarayonlari;
Sotishdan keyin texnikaviy xizmat ko‘rsatish.
BMT Yevropa kommisiyasi konsepsiyasiga muvofiq sanoat hamkorligi
ichida quyidagi shakllar (usullar) ajratiladi:
«Kompensatsiya bitimi»;
Qo‘shma dasturlarni amalga oshirish (ketma-ket va qo‘shma ishlab
chiqarish);
Kelishilgan ixtisoslashuv;
Qo‘shma korxona;
Qo‘shma korxonalar shaklidagi kooperatsion hamkorlik;
Korporativ tuzilmalarning transmilliy kooperatsiyasi ishlab chiqarishning
xalqaro ixtisoslashuvida ishtirok etishi quyidagi natijalardan iborat bo‘ladi:
ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi chuqurlashadi, oqilona texnika va
texnologiyalarni qo‘llash asosida ishlab chiqarish rentabelligi o‘sadi;
muhim ilmiy - texnik vazifalarini hal etish imkoniyati tug‘iladi;
bir necha mamlakatlardagi sheriklar bilan yangi murakkab turdagi
buyuumlar yaratish muddatlari qisqaradi;
marketing faoliyati yengillashadi;
eksport yo‘llaridagi savdo to‘siqlari aylanib o‘tiladi yoki tuzatiladi;
firmen rejalashtirish imkoniyati kengayadi.
Jahon iqtisodiyoti taraqqiyotining hozirgi davr bosqichlari axborot
texnologiyasiga ega bo‘lgan holda, ishlab chiqarishni yangi texnik baza iqtisodiy
tizimiga o‘tkazish bilan harakterlanadi.
Jahon iqtisodiyoti aloqalarining yetuklik darajasi tovar aynlanmasi
(tovarooborot) va moddiy ishlab chiqarish sur’atlari o‘sishiga nisbatan belgilanadi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga tovar
aylanmasi tarkibi, oldi –sotdi bitimlari salmog‘i haqida ma’lumotlar dalil bo‘ladi.
Bular mehnat va kapital bozorida, jahon narx dinamikasi, tovarlar xizmatlari,
mablag‘lar harakatiga yo‘naltirilgan ishlarda namoyon bo‘ladi.
Mamlakatlarning jahon xo‘jalik aloqalariga jalb etilishi darajasi xalqaro
mehnat taqsimotida eksport kvotasi va aholi jon boshiga eksport hajmi
ko‘rsatkichlarini hisoblash asosida baholanishi mumkin.
Eksport kvotasi – jahon bozorining alohida mamlakatlarda yalpi ichki
mahsulot hajmiga nisbatan barcha eksportlar hajmi nisbatidir.
Eksport kvotalarining ahamiyati quyidagicha:
milliy iqtisodiy ishlab chiqarishning boshqa mamlakatlar bozorida o‘z
tovarlarini sotishga bog‘liq darajasini ko‘rsatadi;
mazkur mamlakatning jahon bozorida sotish uchun ma’lum mahsulotlar
ishlab chiqarish imkoniyatini aniqlaydi.
Agar eksport kvotasi 10% dan kam bo‘lmasa, «ochiqlik» darajasi ma’qul
hisoblanadi.
Import kvotasi iqtisodiy ko‘rsatkichi bo‘lib, u mamlakat iqtisodiyoti uchun
import ahamiyatini harakterlaydi. Import kvotasi – mazkur mamlakatning yalpi
16
ichki mahsuloti importiga nisbatan YAIM da qancha qismi importni tashkil
qilishini ko‘rsatadi.
Tashqi savdo kvotasi mamlakat tashqi savdo oborotining uni YAIM hajmiga
nisbatan kattaligi nisbatidir. Tashqi savdo kvotasi mazkur mamlakat tashqi
iqtisodiy aloqalari uning umumiy iqtisodiy o‘sishini nechog‘liq rag‘batlanishini
ko‘rsatadi.
Tashqi
iqtisodiy
kvota
27%
ga
yetganda
milliy
iqtisodiyotga
rag‘batlantiruvchi ta’sir o‘tkaza boshlaydi, deb hisoblanadi.
Xalqaro mehnat taqsimoti mazkur mamlakat korxonalari kuchi nafaqat o‘z
iste’molchilari ehtiyojini qondirish uchun ma’lum mahsulotlar ishlab chiqarish,
balki o‘zi ishlab chiqarayotgan mahsulotlarga almashtirish uchun ham mahsulot
ishlab chiqarishga qaratilishi kerak deb taxmin qiladi.
Xalqaro almashinish jarayonlarida xalqaro mehnat taqsimotini amalga
oshirish qulay shartlarda har qanday mamlakatga afzallik beradi:
eksport qilinayotgan tovarlar va xizmatlarning xalqaro va ichki narxi
o‘rtasidagi farqni olish;
nisbatan arzon importdan foydalanishda milliy ishlab chiqarishdan voz
kechib, ichki harajatlarni tejash.
Xalqaro mehnat taqsimoti uch asosiy tiplar bo‘yicha amalga oshirilishi
mumkin va bular ishlab chiqarish kuchlari tegishli rivojlanish bosqichlarini aks
ettiradi: umumiy, xususiy va yakka tartibda.
Dostları ilə paylaş: |