shaxs, qaysikim boshqa davlat hududida kamida 24 soat qoladi, lekin
sog‘lomlashtirish, bilimni boyitish, kasbiy – ishga doir, sport, diniy va boshqa
maqsadlarda,
vaqtincha
yashayotgan
mamlakatda
shug‘ullanishsiz
to‘lanadigan faoliyatda 1 yildan ortiq qolish mumkin emas. Anna shunday
58
belgilanish orqali turizm va iqtisodiy migiratsiya o‘rtasidagi chegara aniqlab
olinadi. Xalqaro bitimlar bo‘yicha turist maqomi sayohatchi uchun qator imtiyozlar
yaratadi, qaysikim, soddalashtirilgan viza rejimi va yashash hamda transport
xizmatlaridagi to‘lovlarda chegirmaga ega.
Chet elda 24 soatdan kam bo‘lmagan sayohatchi ekskursant hisoblanadi
va bu kategoriya avvalo G‘arbiy Yevropa va Sharqiy O‘rtayer dengizi
mamlakatlarida keng tarqalgan.
Turizm o‘zida turistik industriyaga birlashgan butun bir xizmatlar
majmuasini mujassamlashtirgan: mehmonxonalar, boshqa vaqtincha joylashish
vositalari (motellar, kempinglar va boshqalar), umumiy ovqatlanish ob’ektlari,
ko‘ngilochar ob’ektlar va vositalar, bilimni boyitadigan ob’ektlar, ishga aloqador,
sport va boshqalarga mo‘ljallangan xizmatlar. Turistik industriyaning tarkibiy
qismi bo‘lib, o‘z turistik biznesi hisoblanadi. Turistik biznesda harakat qiladi: a)
turistik mahsulotlar (tur) ishlab chiqaradigan turoperatorlar – firmalar; b)
turagentlar – mustaqil firmalar yoki turoperatorlar agentlari, qaysikim, turoperator
bilan yozma kelishuvga muvofiq turistik mahsulotlarni tarqatadi. Turistik
industriya – ko‘p mablag‘ va mehnat talab qiladigan soha. BTT bahosi bo‘yicha,
1990 y. oxirida xalqaro turizm ulushiga jahon ichki yalpi mahsuloti (IYAM)ning
11%, tovar va xizmatlarning jahon eksportini 6% va ishchi o‘rinlarining 10%ga
yaqini to‘g‘ri kelgan. Barcha mamlakatlar bo‘ylab tashrif buyuruvchi turistlar har
yilgi soni 900 mln. kishiga yetdi. Shu bilan birga o‘n yilda xalqaro turizm bir
yarim martaga o‘sdi va o‘sishi davom etayapti. O‘sish sur’atlari bo‘yicha jahon
IYAM o‘sishini quvib o‘tayapti. Bu ham XXI asr boshidanoq xalqaro turizmni
jahon iqtisodiyotining yirik sohasiga aylanishi haqida mulohazalar bildirishga asos
bo‘la oladi. Ammo sayohat dinamikasi milliy iqtisodiy kon’yukturasiga, shu
jumladan jahon xo‘jaligiga juda sezgir.
Hozirgi zamon turizmi uchun sezilarli xududiy notekislik harakterlidir.
Bunday qaraganda, u umumiy ko‘rinishda har xil ijtimoiy –iqtisodiy darajani aks
ettiradi. Masalan, hozirgi vaqtda rivojlangan davlatlarga barcha turistik
kelishlarning 57%, endi rivojlanayotgan mamlakatlarga 30%, o‘tkinchi iqtisodiyot
mamlakatlariga 13% to‘g‘ri keladi. Turistik kelishlarning regional tahlili va
daromadlari tahlili chog‘ida jahonning oltita turistik makroregionlari ajratiladi:
1. Yevropa – G‘arbiy, Shimoliy, Janubiy, Markaziy va Sharqiy Yevropa,
Sobiq SSSR respublikalari qo‘shilgan holda, shuningdek Sharqiy O‘rta yer
dengizi davlatlari (Isroil, Turkiya, Kipr);
2. Amerika – Shimoliy, Janubiy, Markaziy Amerika mamlakatlari, Karib
havzasi xududi va orol davlatlari;
3. Osiyo –Tinch okeani – Sharqiy va Janubi – Sharqiy Osiy, Avstraliya va
Okeaniya;
4. Afrika – Afrika mamlakatlari, Misr va Liviyadan tashqari;
5. Janubiy Osiyo – Janubiy Osiyo barcha mamlakatlari;
6. Yaqin Sharq – G‘arbiy mamlakatlari va Janubi – G‘arbiy Osiy, Misr va
Liviya.
Deyarli 62% xalqaro turistik safarlar dam olish maqsadida amalga oshiriladi,
ishga aloqador turizm 20%, qolgan 18% esa boshqa maqsadlarga: tanishlar,
59
qarishdoshlarnikiga tashrifni, diniy sayohat (ziyorat, davolanish va h.k.)ni tashkil
qiladi.
44%ga yaqin xalqaro turistlar mo‘ljallangan manzillarga havo transportida,
42% - avtoyo‘l (avtomashina va avtobus)larda, 8% - dengiz va nihoyat 7%
temiryo‘l orqali yetib kelishadi.
2020 yilgacha bo‘lgan davrda xalqaro kelishlar BTT prognozlari bo‘yicha
ikki martadan ziyodroqqa ko‘payadi. (2003 y. 694 mln. dan 2010 yilga 1 mlrd.
gacha va 2020 yilgacha 1,56 mlrd. gacha). Bu o‘rtacha o‘sish sur’atlaridan ozgina
ko‘p yiliga 4% shu bilan birga yillik o‘sish sur’atlari Osiyo – Tinch okeani
hududida, Janubiy Osiyo, Afrika va O‘rta Sharq 5% oshadi. Yevropa va
Amerikada esa o‘sish ko‘rsatkichlari o‘rtachadan past (tegishli ravishda 3 va 3,9%)
bo‘ladi.
BTT va YEI komissiyasi prognozlari asosida turistik industriyaning
quyidagi asosiy rivojlanish tendensiyalari ajratiladi:
uzoq masofaga hududlararo safar ulushi ortadi (1995y. 17,9% ni tashkil
etadi, 2020 yilga borib esa 24,2% gacha ko‘payadi). Bunday safarlarga
keyingi va tez narx tushishi tendensiyasi kuzatiladi, ayniqsa yuqori
tezlikdagi aviatexnika keng tarqala boshlagach shunday bo‘ladi;
turizmda tashqi omillar ta’siri kuchayadi; iqtisodiy vaziyat, siyosiy, sayohat
xavfsizligi darajasi;
turizmga sezilarli ta’sir o‘tkazadi; kompyuter rezervatsiya tizimi, texnologik
taraqqiyot aviatashish takomillashuvi, elektron axborot, kommunikatsion
tizim;
havo transportidan foydalanish kengayadi (qulay, to‘g‘ridan –to‘g‘ri reyslar
soni ko‘payishi natijasida);
hamma turdagi sayohatlarga harajatlar, birinchi navbatda transportga, oila
byudjeti boshqa statiyalariga qaraganda tez ko‘payadi (bugungi kunda
o‘rtacha klass oila byudjetida turizmga 8.12 ajratilayapti. Bu ovqat, kiyim –
kechak, mebelga ajratilgan harajatlardan ko‘pdir va faqat uy-joy
harajatlaridan keyin turadi. Sayohat tez-tez bo‘ladigan bo‘ladi, lekin
davomiyligi kamayadi.
Sayohatga harajatlar yanada sifatliroq dam olish evaziga ortadi:
bozor kon’yukturasining mavsumiy o‘zgarishi yaqin kelajakda turizm
industriyasi uchun muammo bo‘lmay qoladi. Chunki marketing ulardan
qulay foydalanish imkonini beradi;
boshqa yosh guruhlariga nisbatan ikki yosh guruhlar faol sayohat qiladilar:
yoshlar va keksalar;
bozorning marketing segmentlanishi yorqinroq aks etadi. Taklifni har bir
guruh ehtiyojiga qarab ko‘rish zarur bo‘ladi;
atrof –muhit holati turistlarni jalb etishda asosiy mustahkam omillardan biri
bo‘ladi, ayniqsa qishloq va qirg‘oq bo‘yi rayonlarda;
turizmga talab o‘sishda davom etadi, ayniqsa madaniy diqqatga sazovor
joylarni ko‘rish, shuningdek faol dam olishga talab oshadi.
Sobiq SSSRda xalqaro turizm qat’iy monopoliyalashtirilgan ozginagina
tashkilotlar doirasida davlat monopoliyasining tashqi faoliyatiga muvofiq ravishda
60
shakllangandi. Kirish (xorijiy) turizmi «inturist» davlat tashkiloti orqaligina
amalga oshirilardi. Chiqish esa turizm va ekskursiyalar bo‘yicha markaziy Sovet
tomonidan bajarilardi. Bu tashkilot VLKSM MK huzuridagi «Sputnik» yoshlar
xalqaro turizm Byurosi va Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy soveti
huzurida tashkil etilgan bo‘lib, rasman jamoat tashkilotlari tasarrufida hisoblanardi.
Fuqarolarning xalqaro safarlari tez o‘sishi 1980 y. ikkinchi yarmiga to‘g‘ri
keldi. Bu davrda asosiy xalqaro almashinuv SSSR va Markaziy hamda Sharqiy
Yevropa mamlakatlari o‘rtasida amalga oshirildi. SSSR sharoitida xalqaro turizm
maksimal hajmiga 1989 yilda erishildi (turistlar kirishi – 2,3 mln. kishi, chiqishi –
2,2 mln. kishi).
4.§. Transport xizmati ko‘rsatish xalqaro bozori
Xalqaro iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish chog‘ida transport yuklar,
yo‘lovchilar, bagajlarni tashishni ta’minlaydi. Xuddi shular ikki va ko‘proq milliy
davlatlar o‘rtasida transport operatsiyalarini tashkil qiladi. Xalqaro savdoda
tovarlarni yetkazib berish jarayoni qo‘yidagilarni o‘z ichiga oladi:
tovarni eksportchi mamlakatlar ichkarisida chegara punktigacha yoki
mazkur mamlakatlar portigacha tashib berish;
tovarni chegara punktidan (portdan) importer mamlakat ichki iste’mol
punktigacha yetkazib berish;
tranzit (uchinchi mamlakat orqali) yoki agar tovarni eksportchi mamlakat va
importchi mamlakat umumiy chegaralarga ega bo‘lishmasa dengizda tashib
beriladi. Transport operatsiyasi agar ular tranzit yoki dengiz yo‘li bo‘lib
tashish bilan bog‘liq bo‘lsalar xalqaro hisoblanadi.
Xalqaro transport xizmatlari xalqaro transport bozorida sotiladi va sotib
olinadi, qaysikim, transport turi tashiladigan yuklar xili, shuningdek xududiy
xususiyatlarga ko‘ra farqlanadi. Xalqaro transport aloqalar to‘g‘ridan –to‘g‘ri
(ortish -tushirishsiz), to‘g‘ridan –to‘g‘ri va aralash (turli transport xillaridan
foydalanish bilan, ammo yagona transport hujjati bilan), aralash (ikki va ko‘proq
transport turidan foydalanib) shaklda bo‘ladi.
Xalqaro transport xizmatlari nafaqat bevosita tashish faoliyati, balki bir
qator yo‘l –yo‘lakay operatsiyalar hamdir (yukni yaqindagi yuk terminaligacha
eltish – port, temiryo‘l tuguni va boshqalar; yukni qayta yuklash, tashiladigan yuk
va tovarlarni bagajlarni tushirish; oraliq manzillarda vaqtincha saqlash, uni
qo‘riqlash, hujjatlarni qayta rasmiylashtirish, ba’zan sug‘urtalash). Transport
magistral turlariga to‘lovlar bilan bog‘liq va yo‘l –yo‘lakay operatsiyalarga
to‘lovlar harajatlari yuk egasining transport sarflarini tashkil qiladi.
Xalqaro transport jarayonlarida firma – yuk egasi va tashuvchi firmalar
ishtirok etishadi, qaysikim o‘rtalarida tashishga shartnoma tuziladi. Transport
operatsiyalarida yuk egasidan tashqari stividorlar – firmalar (yuk terminallari
operatorlari) ishtirok etishdi. Ular bilan xizmat ko‘rsatishga firmalar ekspeditorlari
ham shartnoma tuzadilar (ayrim mamlakatlarda ekspeditorlar fraktov agentlar,
komissionerlar, brokerlar va h.k. deb ataladilar). Shartnoma bo‘yicha yuk egasi
61
ekspeditori vositachi ekspeditorga uning aytilgan yuki bilan operatsiyalarni aniq
bajarishni topshiradi: ortish –tushirish, yuklarni saqlash, yuk va bojxona
hujjatlarini rasmiylashtirish, stividorlar va tashuvchilar bilan hisob –kitob, sudlar
va arbitirajlarda va boshqalarda o‘zining tijoriy manfaatlarini himoya qilish. Yuk
egasi firma ekspeditori yoki bosh ekspeditor bilan bevosita shartnoma tuzishi ham
mumkin. Ular butun tashish tashkiliy ishlarini o‘z zimmalariga olishadi.
Hozirgi zamon transport tarmog‘i va transportda tashish tuzilmasi jahon
iqtisodiyoti rivojlanishi jarayonida vujudga keldi va xalqaro mehnat taqsimotida
o‘z navbatida ko‘rsatilgan jarayonlarda faol rol o‘ynaydi. Umumiy tendensiya
shundan iboratki, xalqaro yuklarni tashish xalqaro savdoga nisbatan sust o‘sayapti.
Chunki tashiladigan xom ashyo hajmi, ayniqsa neft, sust o‘sayapti yoki umuman
o‘smayapti. Material talab ishlab chiqarish xom ashyo manbaiga qarab
ko‘chayapti. Transport tarmog‘i ortayapti, ammo transport har xil turlari bo‘yicha
notekis bo‘layapti. Umumjahon ichki yalpi mahsulot – (IYAM)da transport ulushi,
ayniqsa rivojlangan mamlakatlar IYAM da qisqarayapti Xuddi shunday bu tovarlar
narxini tashkil etuvchi transport kattaligiga ham taaluqli (1990 yillarda 6%ga
yaqin).
Xalqaro transport infratuzilmasi transport terminallari qo‘shilgan holda
ko‘pincha davlat hisobiga yaratiladi va davlat tomonidan nazorat qilinadi. Xususiy
temir va avtomobil yo‘llari mavjudligi umumiy qoidalarga zid kelmaydi. Boshqa
tomondan, transport vositalari odatda xususiy mulkdir, transport xizmatlari
bozorida deyarli xususiy kompaniyalar xizmat ko‘rsatadi. Bunga qo‘shimcha qilib
aytish mumkinki, xalqaro tashish va xalqaro transport yo‘li ichki yo‘llardan
aloqada emas, va o‘sha bitta transport firmasi ham ichki ham xalqaro tashish bilan
shug‘ullanadi. Xalqaro tashish mintaqaviy regional va umumjahon darjasida ko‘p
tomonlama bitimlar bilan tartibga solinadi. Bu sohada ko‘p sonli (100ga yaqin)
davlatlararo tashkilotlar, shu jumladan BMT ixtisoslashgan organlari: Xalqaro
dengiz tashkiloti (International Maritime Organisation – IMO, IMO) va xalqaro
fuqaro aviatsiyasi bo‘yicha tashkilot (International Civel Aviation Organisation,
ICAO, IKAO) faoliyat ko‘rsatayapti.
Jahon transport tarmog‘i doimiy ravishda o‘sayapti, lekin transport turlari
bo‘yicha bir tekis emas. Qaysikim yuk tashish tuzilmasida o‘zgarishlar va ilmiy –
texnik progressda aks etadi. Masalan BMT ma’lumotlariga ko‘ra, XX asrning
ikkinchi yarmida temiryo‘llar tarmog‘i va ichki suv yo‘llari hatto qisqargan.
Avtomobil yo‘llari uzunligi ikki barovar ortgach, havo yo‘llari esa 3 –marta
o‘sgan. Ayni paytda neftquvuri va neft mahsulotlarini tashish 4,2 marta
ko‘paygan, magistral gazoprovodlar esa 6,5 martaga oshgan.
Jahon transport yuk aylanmasi tuzilmasi 2000 yilda 49 trln. t/km.ga yetgan.
Shu yo‘nalishda transport tarmog‘i uzunligi o‘zgarayapti: temiryo‘l transporti
salmog‘i pasaymoqda, dengiz transporti salmog‘i mana 30 yildirkim 61-62%
darajada saqlanib turibdi. Qolgan transport turlari salmog‘i ortayapti. 1990 yillarda
transport turlari bo‘yicha yuk oboroti tarkibida prinsipial o‘zgarishlar ro‘y
bermadi. Temiryo‘l va avtomobil transporti o‘rtasida kuchayib borayotgan raqobat
o‘ziga diqqatni tortayapti. Bunda avtomobil transporti g‘olib chiqmoqda.
62
Xalqaro yuklarni tashishda taraqqiyot sur’atlari susaygan bo‘lsada, dengiz
transporti hamon yetakchilik qilib kelmoqda. So‘ngi yillarda dengizda yuklarni
tashish 3,7 dan 5,1 mlrd. tonnagacha o‘sdi, neft va neft mahsulotlari tashish hajmi
43%ni tashkil qiladi. Bosh yuklarni tashish tezroq o‘sayapti, ayniqsa konteynerda
tashish jadal tus olayapti. Aloxida axborot xizmatlari ma’lumotlari bo‘yicha jahon
savdo dengiz floti 29,1 mingta kemaga ega bo‘lgan. Ularning umumiy tonnaji 776
mln. dedveytni tashkil qilgan holda, 32% tankerlarga to‘g‘ri kelgan, 34% balkerlar
va qolganlari – bosh yuklar kemalari va boshqa tipdagi kemalardir. Yirik kemalar
egalari –Gresiya (17,6% tonnaj), Yaponiya (12,7%), Norvegiya (7,7%), AQSH va
Gonkongdir. Birinchi o‘nlikka shuningdek Xitoy, Koreya, Buyukbritaniya,
Germaniya, Shvesiya kiradi. Tonnaj bo‘yicha Rossiyaga dunyoda 13 o‘rin tegishli
(2,1%). Ammo biroq 42% barcha kemalar (58% jahon tonnaji) ochiq kemachilik
registridagi mamlakatlar bayrog‘i ostida suzadi. Boshqacha aytganda, ular «qulay»
yoki «arzon» bayroqlar bilan suzadi. Qulay bayroqlar kema egalariga soliqlar,
mehnat haqi va boshqa parametrlar bo‘yicha harajatlarni minimallashtirish
imkonini beradi. YUNKTAD ochiq kemachilik registriga Liberiya, Panama, Kipr,
Singapur, Bermud orollari va Bagam orollari hamdo‘stligini kiritadi. Ammo bu
o‘ziga xos soliq gavanalari ro‘yxatiga boshqa mamlakatlarni ham kiritish mumkin.
Ochiq kemachilik registri mamlakatlar orasida birinchi o‘rinda Panama (16,3%
jahon tonnaji), Liberiya (12%), keyingi o‘rinlarda Malta, Bagam va Kipr turibdi.
Transport kommunikatsiyalari jahon tizimi kengayishida davom etayapti.
Uni taraqqiyotidagi bosh yo‘nalishi – transportning turli xillari ishini
sinxronlashtirish, aralash tashishlarda ularni birgalikda ishlashini ta’minlash.
Xalqaro masshtabda bunday tashishlarni ta’minlashda transport koridorlari yaratish
tajriba qilib ko‘rilmoqda, shu jumladan, RF, Markaziy Osiyo va Kavkaz orti
mamlakatlari territoriyasida.
Temir yo‘llar yagona tarmog‘i shuningdek, magistral truboprovodlar nafaqat
umumiy iqtisodiy kengliklar mavjudligini, balki mamlakatlarning siyoyosiy
birligini ta’minlaydi. Ko‘pgina mamlakatlarda temiryo‘llar va magistral
truboprovodlar davlat mulki bo‘lib hisoblanadi. Dengiz, daryo, avtomobil va
aviatsiya transportlari aksiyalashtirilgan va xususiylashtirilgan.
Xalqaro transport xizmati ko‘rsatishda tarif siyosati katta ahamiyat kasb
etmoqda. Investitsiyalar jalb etilayapti va davlat boshqaruvining maqbul yo‘llari
qidirilayapti. Temiryo‘llar va magistral truboprovodlarni bozoriy tartibga solish
choralari ko‘rilmoqda.
5.§. Texnologiyalar bilan xalqaro savdo qilish
Texnologiyalar bilan xalqaro savdo – tijoriy asosda xorijiy kontragentga
ilmiy –texnik faoliyat natijalarini yetkazib berishdir. Bular nafaqat ilmiy, balki
amaliy tajriba boyliklari hamdir.
Texnologiyalar bilan xalqaro savdo ob’ektlari bo‘lib, intellektual faoliyat
natijasida buyumga aylantirilgan va buyumga aylantirilmagan shakllar hisoblanadi
va bu shakllar o‘rtasida aniq chegeralar yo‘q. Xalqaro texnologiya bozori
63
sub’ektlari sifatida davlat, oliy o‘quv muassasalari va ilmiy tadqiqot tashkilotlari,
turli firmalar va fondlar, shuningdek jismoniy shaxslar –ixtirochilar, olimlar
chiqishi mumkin. Texnologiya intellektual mulk qismi hisoblanadi va tegishli
tarzda milliy qonunchilik va xalqaro bitimlar bilan qo‘riqlanadi. BMT tizim
maxsus muassasa –Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (World Intellectuyal
Property Organisation, WIPO, VOIS) faoliyat ko‘rsatadi. U ko‘p sonli
konvensiyalar, shartnomalar va davlatlar ittifoqiga tayanib ish yuritadi.
Texnologiyalar almashinishida quyidagi bosh xillarni ajratish mumkin:
Ixtiro shaklidagi bilim va tajriba sanoat nusxalari, tovar belgilari, foydali modellar.
Ixtirolar, ularni muallifligi va monopol huquqidan foydalanishni mustahkamlovchi
davlat guvohnomasi –patent. Patent faqat berilgan mamlakatida amal qiladi,
shuning uchun chet el patetntligi keng tarqalgan. Agar patent egasi patentdan
foydalanmasa, uni sotishi yoki litsenziya bitimga asosan foydalanishiga ruxsat
berishi mumkin. Chet ellik kontagentga litsenziya berish xalqaro litsenziyalash deb
ataladi.
Litsenziya bitimining uchta asosiy turi mavjud. Oddiy litsenziyani sotish
chog‘ida patent egasi –litsenziya beruvchi litsenziya ob’ektidan mustaqil
foydalanish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Uni uchinchi shaxsga berish ham
mumkin. Mutloq litsenziya shartnomasi tuzilayotganda litsenziya beruvchi sotib
oluvchiga litsenziya ob’ektiga mutlaq huquq taqdim etadi. Lekin bu ob’ektni o‘zi
mustaqil ishlab chiqarish huquqini saqlab qoladi. To‘liq litsenziya shartnomasi
tuzish chog‘ida litsenziya beruvchi shartnoma muddati davrida litsenziya
ob’ektidan foydalanish huquqiga ega emas.
Litsenziyalar bilan xalqaro savdo – texnologiyalar bilan almashinuvning
asosiy shaklidir. Litsenziya to‘lovlari (litsenziya uchun to‘lov) davriylikka –
royalti va bir vaqtning o‘zida – paushalga bo‘linadi. Royalti – bu intellektual
resurslar uchun renta. U litsenziya haridorining daromadidan ajralma ko‘rinishida
bitim muddati davomida to‘lanadi. Paushal to‘lov –litsenziya bitimida qat’iy
belgilangan summa, ishlab chiqarish hajmi va mahsulotning sotilishiga bog‘liq
emas.
Ilmiy –texnik, ishlab chiqarish, boshqaruv, tijoriy, moliyaviy va boshqa
harakterdagi nou –xau degan umumiy nomga birlashgan bilim va tajriba ular
maxsus muhofaza hujjatlari bilan emas, konfidensial himoya qilingan, hujjat
ko‘rinishida bevosita amaliy ishlab chiqarish tajribasi sifatida uzatiladi.
Texnologiyalar bilan xalqaro almashinishga xalqaro injiniring va ishga
doir turli xil xizmatlar qo‘shiladi. Xalqaro injiniring – bu chet el kontragentiga
komplek yoki alohida injener –texnik turini taqdim etish. Bular loyihalash, qurilish
ob’ektni foydalanishga topshirish, korxonaga yangi texnologik jarayonlarni ishlab
chiqarishga buyurtma olish, boshqaruv, marketing va pudrat xizmatlari
ko‘rsatishdan iborat.
Xalqaro texnologiyalar almashinishda oldingi o‘rinlarni sanoati rivojlangan
mamlakatlar – AQSH, G‘arbiy Yevropa mamlakatlari, Yaponiya egallaydi. Yangi
industrial mamlakatlar Xitoy va Xindistonning roli oshmoqda. Jahon iqtisodiyoti
taraqqiyotiga ilmiy –texnika progressi hissasi hal qiluvchi bo‘lmoqda. Boshqa
tomondan, ilmiy –texnika taraqqiyoti ilmiy –tadqiqotlarga va konstruktorlik –
64
tajriba ishlari (NIOKR)ga sarflanadigan mablag‘larga, ilmiy, injener kadrlar
tayyorlashga va innovatsion sohada davlat olib borayotgan siyosatga bog‘liq.
Masalan 2004 y. NIOKRda harajatlar ulushi AQSH, Yaponiya, Germaniyada
IYAMning 2,7 -2,9% ni, Fransiya va Buyuk Britaniyada 2,3 – 2,4%ni tashqil qildi.
Yangi industrial mamlakatlar Yevropa ko‘rsatkichlariga yaqinlashmoqda, Koreya
Respublikasi esa AQSH ko‘rsatkichiga yetay deb qoldi. NIOKRni moliyalashtirish
bo‘yicha asosiy harajatlar tadbirkorlik tartiblariga to‘g‘ri keladi (OESR
mamlakatlari bo‘yicha 67%), lekin davlat byudjeti ulushi ham katta (AQShda 33%,
NIOKR, 2004 y .)
6.§. Jahon konsalting xizmatlari bozori
Konsalting xizmatlari allaqachon butun jahon industriyasi iqtisodiyoti sohasi
hisoblanadi. Qaysikim, u yuksalish jarayonlarini o‘z boshidan kechirmoqda.
Konsaltingni, individual faoliyatdan industriyaga aylanishi asosiy belgilari
sifatlaridan biri shunda ko‘rinadiki, konsalting xizmatlarining katta qismi
individual konsultantlar tomonidan emas, balki korporatsiyalar tomonidan
(konsalting firmasi) taqdim etiladi. Bu xizmat sohasi ko‘proq Shimoliy Amerika
(AQSH va Kanada), G‘arbiy Yevropa, Yaponiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya va
Singapurda rivojlangan. Ammo konsalting firmalari jahonning deyarli hamma
mintaqasida faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Hozirgi kunda dunyoda ikkita yetakchi
xalqaro kasbiy (professional) konsalting firmalar birlashmasi mavjud:
Dostları ilə paylaş: |