65
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari menejment taraqqiyoti
assotsiatsiyasi (CEEMAN);
Amerika menejment assotsiatsiyasi (AMA);
Butunyapon menejment tashkiloti federatsiyasi (ZEH – NOH- REN).
Xalqaro konsalting xizmatlari taraqqiyoti harakterli xususiyatlari shundaki,
unga yirik auditorlik firmalarini faol joriy etish kiritilgan. Qaysikimki, yuqori
elitalari ulkan qo‘shilishi natijasida uning saflari asta –sekin torayib 1980
yillar
boshida «katta sakkizlik»ni tashkil etdi. 1990 yilga kelib, «oltilik», bugungi kunda
«katta beshlik» ko‘rinishini oldi. Hozirgi «katta beshlik» ishtirokchilariga «Prays
Uoterxua Kuprez», «Ernst end Yang», «KPMG», «Deloyt end Tush», «Artur
Andersen»lar kiradi.
Konsultatsiya berish buxgalterlik xizmatlari tabiiy davomi sifatida rivojlana
boshladi. Bu firmalar jadal sur’atda o‘z manfaatlari ufqlarini kengaytirdilar va
operatsion konsaltingda yetakchilikni egalladi. Ya’ni, operativ boshqaruv
muammolarini hal etish sohasida boshqaruv hisobini va boshqaruv hisobotini
yo‘lga qo‘yishni amalga oshirdi. Ichki moliyaviy menejment va asosiy biznes –
funksiya turli aspektlarini tartibga soldi. Bundan tashqari, konsultatsiya xizmatlari
daromadlari oshishini tez baholab, an’anaviy auditlarga taqsimlangan holda
strategik konsalting maydonida faol raqobat olib bora boshladi.
Hozirgi zamon jahon industriyasi boshqaruv konsaltingida yuqori dinamik
taraqqiyot kuzatilmoqda. Uning doirasida o‘n yillik yetakchilar ulushi to‘xtovsiz
o‘smoqda.
Boshqaruv konsaltingi industriyasining gurkirab o‘sishi
bilan parallel
ravishda soha yetakchilari hajmlari ko‘payish jarayonlari tezlashishi va ularni
transmilliylashuvi kuzatilmoqda. Bu jarayonlarga misol qilib, organik asosda
yiriklashuvni ta’minlagan alohida yetakchi kompaniyalarni ko‘rsatish mumkin.
Oqibatda keyingi o‘n yilda ulkan qo‘shilishlar ro‘y berdi.
Konsalting xizmatlari jahon bozori tizimida injener konsalting xizmati –
injiniring va reinjiniring muhim o‘rin egallaydi.
Injiniring (inglizcha engineering –ixtirochilik, bilim) o‘zida injener –
konsultatsiya xizmati bo‘yicha korxonalar va ob’ektlar yaratishni namoyon etadi.
U ob’ektga qo‘yilgan kapitalning samaradorligini oshirishda muhim usul
hisoblanadi. Xizmatlar eksporti ma’lum shakllarini ishlab chiqaruvchi
mamlakatdan buyurtmachi mamlakatga yetkazishni ko‘rib chiqadi (bilimlar,
texnologiya va tajribalarni uzatish). Injinirning qayta tadqiqotlar o‘tkazish, texnik
– iqtisodiy tayyorgarlik asoslari, loyiha hujjatlari to‘plami,
shuningdek ishlab
chiqarish va boshqaruvni tashkil qilish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish,
uskunalarni ekspluatatsiya qilish va tayyor mahsulotni sotish kabi ishlarni o‘z
ichiga oladi.
Buyurtmachilarni qo‘yilgan kapitaldan eng yaxshi natija olishlari injinirning
vazifasi hisoblanadi va bunga quyidagilar evaziga erishiladi:
loyihalarni amalga oshirishga tizimli intizomlararo yondashuv;
texnik va iqtisodiy qayta ishlashlarning ko‘p variantligi, buyurtmachi uchun
optimal variantni tanlash bilan ularni moliyaviy baholash;
66
progressiv qurilish va ishlab chiqarish texnologiyalarni, uskunalarni,
konstruksiya va turli muqobil manbalardan tayyorlanadigan materiallarning
loyihalarini ishlab chiqishda ularni qo‘llash imkoniyatlarini hisobga olish;
aniq sharoitga va buyurtmachi alohida
talablarga javob berishini
ta’minlaydi;
loyihalarni amalga oshirishda boshqaruv va tashkil etishning barcha
usullaridan hamma stadiyalarda foydalanish.
Injiniring xizmatlari xalqaro savdosida ijrochi firma tanlovi to‘g‘ridan –
to‘g‘ri muzokaralar yoki pudrat savdosi (tender) chog‘idagi jarayonlarda
o‘tkaziladi.
Tender (ing. Tender – taklif, pudratga buyurtma) – bu pudrat savdosi
o‘tkazishning konkurs shakli. O‘zidan taqdim etilgan davogarlar ofert nuqtai
nazaridan musobaqalarni namoyon etadi, tender hujjatlariga ularni muvofiq
kelishini aniqlaydi.
Reinjiniring (ing. Re - engineering) – bu ishlab chiqarish –
savdo va
investitsion jarayonlar bilan xo‘jayinlik qiluvchi sub’ektni raqobatbardoshligini
oshirish moliyaviy turg‘unligini boshqarish va tashkil etish tizimini qayta qurish
bo‘yicha injener – konsultatsiya xizmati ko‘rsatadi.
Reinjiniring ikki ko‘rinishda bo‘ladi: krizisli va taraqqiyotli.
Krizisli reinjiniring xo‘jayinlik qiluvchi sub’ektga krizisli muammolarni hal
qilishga qaratilgan. U moliyaviy –tijoriy va ishlab chiqarish –savdo faoliyati
natijasi doimiy pasayib, raqobatbardoshlik keskin tushganda xo‘jayinlik qiluvchi
sub’ektga yordam tariqasida qo‘llanadi. Bankrotlik tendensiyasi sezildimi va
krizisni bartaraf etish kompleks choralari zarurmi darhol amalga oshiriladi.
Taraqqiyot reinjiniringi taraqqiyot dinamikasi
pasayganida va amaldagi
ishlab chiqarish –savdo va investitsion jarayonlar boshqaruvi va tashkiliy
strukturasi foyda olish bo‘yicha yuqori darajasiga yetganda qo‘llaniladi.
7.§. Jahon axborot xizmatlari bozori
Jahon axborot xizmatlari sektorining shakllanishida Internetning xizmat roli
kattadir. U alohida industriya, ish o‘rinlari manbai, elektron biznes asosi,
individual va korporativ iste’molchigacha axborot yetkazish vositasi bo‘lib xizmat
qiladi. Bu hodisa ko‘lami, mohiyati chindan ham ulkan. Turli tahlilchilarning
bahosicha, Internet – industriyasi umumiy aylanmasi 7trln. dollardan (2004 y.)
ko‘proqni tashkil qiladi.
Internetga keng qutbli kirish o‘ylab yangi servislar uchun asos yaratadi.
Talab bo‘yicha video, interfaol ko‘ngil ochish, bilimni boyitadigan interfaol
dasturlarga kirish, odatdagi video darajasidan yuqoriroq sifatga erishish shular
jumlasidandir. Yana bu texnologiyalar
ertangi kunniki emas, balki bugunniki.
Internet personal kompyuterlar va mobil qurilmalar sonining oshishiga, unga
ulanishga imkon beradi.
Gartner Dataguest ma’lumotlariga ko‘ra, 2000 yil noyabrdan boshlab
xosting (Webga axborot joylashtirish bo‘yicha xizmatlar) tarmoqda ishchanlik
67
faoliyatini taraqqiy etishga olib keldi. Eng avvalo butun elektron kommersiya katta
rol o‘ynay boshladi. AQSH xosting bozorida tez o‘sish kutilgandi – 1999 y. 2,1
mlrd. dollar. 2000 y. 2,8 mlrd. dollar, 2004 y. 9,3 mlrd. dollardan ko‘proq.
Garther Dataguest xostingni ma’lumotlarni saqlash uchun uskunalar
yetkazib beruvchi va ma’lum o‘tkazish qobiliyatga ega kanal sifatida harakterlaydi.
Shuningdek turli darjadagi ma’muriy va boshqaruv xizmatlari jamlangan ma’lum
disklar kengliklariga ega.
Xosting provayder tomonidan maxsus xosting kompaniya xizmatlari bilan
bir qatorda taqdim etilishi mumkin. Elektron kommersiya taraqqiyoti natijasida bu
bozorning sezilarli o‘sishni kutish mumkin. Bunda ham ulgurji,
ham chakana
bozor taraqqiyoti ko‘zda tutilmoqda. Ya’ni servis provayderlar servisni ulgurji
tarzda boshqa servis- provayderga sotishlari mumkin. Ular o‘z navbatida oxirgi
foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatadilar. Mazkur bozor tarmoqda amaliy servis
taqdim etuvchi kompaniyalar hisobi saqlanib turadi.
Dostları ilə paylaş: