O`zbekiston respublikasi


Qaysi chaman soridin keldi sabo yor – yor



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/74
tarix14.10.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#65145
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   74
Namangan davlat universiteti o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi

Qaysi chaman soridin keldi sabo yor – yor, 
Ki damidin tushti o`t jonim aro yor – yor. 
Alisher Navoiy «Xamsa» asarining oxirgi dostoni «Saddi Iskandariy»da 
Iskandar bilan Ravshanakning to`yida «Yor-yor» aytilganini ta`kidlaydi:
Men aytarman jon qardoshim yor-yor, 
Sen aytarsan mungli boshim yor-yor. 


31 
Kuzatishlar shuni tasdiqlaydiki, lirik qo`shiqlarga oddiy ko` ngil ochish yoki 
shunchaki vaqt o`tkazish vositasi sifatida munosabatda bo`lish aslo mumkin emas. 
Chunki: 
Yurakkinamning taftiga tandir qiziydi, 
Ko`zginamning yoshiga o`rdak suziydi,
kabi misralarda qo`shiq to`qiyotgan shaxsning yuragida qatlanib yotgan alam 
va dard ta`sirida jigaridan oqayotgan zardob belgilari namoyondir. 
Shunday qilib lirik qo`shiqlarda xalqimizning hissiyotlari badiiy 
ifodasini topganligini alohida qayd etish lozimdir. 
Mahmud Koshg`ariyning «Devonu lug`atit-turk» asarida Alp Er Tunga - 
Afrosiyob vafoti bilan bog`liq marsiyalar keltirilgan. Bugungi kunda o`tkaziladigan 
nikoh to`ylaridagi yor-yorlar, kelin salomlar ham oilaviy marosimlarga taalluqlidir. 
Bu qo`shiqlarda xalq oila hayotida ro`y bergan ko`ngilli yoki ko`ngilsiz voqeaga 
nisbatan o`z munosabatini bildirganiga guvoh bo`lamiz. Agar «Yor-yor» va «Kelin 
salom»larda xursandchilik kayfiyati etakchi bo`lsa, marsiyalarda inson boshiga 
tushgan kulfatning naqadar og`irligi ifodalanadi.
Inson hayoti davomida muttassil mehnat bilan shug`ullanadi. Chunki haqiqiy 
ma`nodagi inson uchun faqat mehnat turmush kechirish manbai hisoblanadi. Qadimgi 
zamonlarda ham shunday bo`lgan, hozir ham Shunday, bundan keyin ham shunday 
bo`ladi. Shuning uchun xalq qo`shiqlarining salmoqli qismini mehnat bilan bog`liq 
namunalar tashkil etadi. Folklorshunos olimlar mehnat qo`shiqlari o`z tarkibida ham 
turlarga bo`linishini qayta-qayta ko`rsatib o`tganlar. Shartli ravishda ularni o`rim, 
xo`p hayda, yorg`ichoq, turey-turey, churiya, sog`im, kashta kabilarga ajratish 
mumkin. Aslini olganda, bu qo`shiqlar hunarmandlar, dehqonlar, chorvadorlar 
mehnati bilan bog`liqdir. Shuning uchun ba`zi bir adabiyotlarda mehnat qo`shiqlari 
chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandichilik kabi nomlari bilan ajratib ko`rsatiladi. 
Bu qo`shiqlarning vujudga kelishi va ijro etilishi sabablarini mehnat jarayoni bilan 
bog`lash maqsadga muvofiqdir. Chunki ajdodlarimizning shug`ullangan mehnat 
turlarida muttasil ravishda takrorlanadigan zerikarli harakat ustun turgan. Odamlar bu 
zerikarli mehnatni ma`lum darajada ruhiy jihatdan osonlashtirishni istaganlar va 
qo`shiq aytishni o`ylab topganlar:

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin