32
Qalqon qulog`im, hayda, maydayo-mayda.
Temir tuyog`im, hayda maydayo-mayda.
Xirmonni qilgin mayda, maydayo-mayda.
Yuqorida qayd etilgan namunalarda, bizningcha, ham xalqimizning qilayotgan
mehnatiga munosabati, ham har bir kichik imkoniyatdan poetik fikrlashga harakat
qilishi seziladi. Qizig`i shundaki, o`zbeklar ham mehnat qurollariga, ham
mehnatlarini osonlashtirayotgan hayvonlarga nisbatan o`ta hurmat bilan qaraganlar.
Yuqoridagi parchalardan o`rin olgan «O`rog`im olmos, o`rishdan qolmas», «Qalqon
qulog`im, Temir tuyog`im» kabi misralar fikrimizning dalilidir.
Xullas, mehnat qo`shiqlarida xalqimiz o`zining mehnat faoliyati tarixini
ifodalagan, desak xato bo`lmaydi. Xalq og`zaki ijodida xalqning tarixi aks etadi,
deganda tarixiy qo`shiqlarni ham nazarda tutamiz. To`g`ri, qo`shiqlarimiz namunalari
tarkibida tarixiy qo`shiqlar soni ko`p emas. Ammo bugungi kunda to`plangan
ma`lumotlar bu tur qo`shiqlarni alohida ajratish imkonini beradi. Avvalo, shuni
ta`kidlash lozimki, tarixiy voqealarning badiiy ifodasi sifatida vujudga kelgan
qo`shiqlarni tahlil etish bu tarixiy voqealarning xalq hayotida alohida o`rin
egallaganini ko`rsatadi.
Masalan: Muhammad Rahimxon-Feruzdan keyin Xorazmda xonlik qilgan
Xeva xoni Asfandiyor zamonida aholining hayoti o`ta og`ir bo`lgan. Ana shu
zamonlarda quyidagi qo`shiq yaratilgan.
Asfandiyor xon bo`ldi,
Yurak - bag`rimiz qon bo`ldi,
Emishimiz chigit non bo`ldi,
O`lar bo`ldik bu xonlarning dastidan.
Ma`lumki, 1914 yilda boshlangan birinchi jahon urushi o`zbek xalqining
minglab farzandlari hayotiga zomin bo`ldi. Chor Rossiyasi tomonidan ming-minglab
pul hisobida olingan mollar etmaganidek, xalq farzandlari ham xo`jalik ishlariga
tortildilar, ya`ni Rossiya o`rmonlarida ishlash uchun mardikorlikka olindilar. Bu
voqeadan Turkistonda biron bir oila zarar ko`rmay qolmaydi. Oqibatda xalq orasida
bir qator qo`shiqlar paydo bo`ldi. Xususan:
Dostları ilə paylaş: