O`zbekiston respublikasi



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/74
tarix14.10.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#65145
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74
Namangan davlat universiteti o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi

 
O`ZBEK XALQ ERTAKLARI
 
REJA: 
1. Ertak haqida ma`lumot. 
2. Ertaklarning paydo bo`lishi.
3. Ertaklarning turlari. 
4. Ertaklarning badiiy xususiyatlari. 
5. Ertaklarning tarbiyaviy ahamiyati. 
Ertak xalq og`zaki ijodidagi badiiy nasrning eng qadimiy va ommaviy 
namunasi hisoblanadi. To`g`ri, ayrim ertak matnida kichik-kichik lirik she`rlar uchrab 
turadi. Ammo bunday ertak namunalari juda kam bo`lib, ertakchilik haqidagi 
tasavvurimizga alohida ta`sir ko`rsatmaydi.
Ertaklar o`ziga xos mavzu va g`oyaviy yo`nalishi hamda ta`limiy-estetik 
funktsiyasi bilan ajralib turadi. Ideal qahramonning g`ayri tabiiy kuchlarga qarshi 
chiqishi, mo``jizaviy narsalarni o`zga yurtlardan olib kelishi, devlar olib qochgan 
qizlarni qutqarishi, o`zga yurt malikalari, parizodlarga oshiq bo`lishi, bedavo 
dardlarga davo topishi kabilar ertaklarning mavzu doirasini belgilaydi. 
Ertakning o`ziga xos xususiyati voqeabandlik, biror voqeani mukammal 
hikoya qilish tarzida ko`zga tashlanadi. ertaklar voqelikni hayotiy va xayoliy 
o`ydirmalar vositasida kishilarda badiiy zavq uyg`otadigan shaklda aks ettirish bilan 
xarakterlanadi. 
Ertak uchun ham xalq og`zaki ijodiga xos barcha sifatlar: og`zakilik, 
jamoaviylik, an`anaviylik, anonimlik, versiya va variantlilik xosdir. 
Fantastika ertak mezoni, uning joni va qonidir. ertaklar fantastikaning tutgan 
o`rniga va me`yoriga qarab ikki guruhga bo`linadi: 
1. Fantastika ustun bo`lgan ertaklar. 
2. Hayotiylik ustun bo`lgan ertaklar. 
Ertak atamasi Mahmud Koshg`ariyning «Devonu lug`atit-turk» asarida «etuk» 
shaklida qo`llangan. Xalqimiz orasida hozirgi paytda ham cho`pchak, o`tuk, matal, 
varsaqi, bayt kabi so`zlar ertak ma`nosini anglatadi. ertaklar xalqning ijodkor 
vakillari tomonidan hayotiy, maishiy, sarguzasht, ba`zan ijtimoiy voqealarni to`qib 
qiziqarli tarzda bayon etishi natijasida vujudga kelgan. Ularda xalqning tarixi, 
dunyoqarashi, intilishi, ozodlik uchun kurash falsafasi aks etgan.
Ertaklarning paydo bo`lishida qadimiy urf-odat, marosimlar va miflar hal 
qiluvchi rol’ o`ynagan. ertaklarning mustaqil janr sifatida qaror topishi olam 
haqidagi ibtidoiy tushunchalar xayoliy shaklda ifodalangan davrlardan boshlangan. 


38 
Chunki bu davrlarda aniq voqea va hodisalar, urug` va qabilalar turmushi bilan 
bog`liq miflar, an`anaviy urf-odatlar o`z kuchi va maishiy vazifasini yo`qotib, 
kishilar ongida g`aroyib narsa bo`lib anglashila boshlagan edi. ertak motivlarining 
dastlabki namunalari ta`limiy-didaktik xarakterda bo`lib, keyinchalik ijtimoiy-
maishiy mohiyat kasb etgan.
Qadimgi zamonlardan og`izdan-og`izga o`tib kelayotgan ertaklar zamonning 
o`zgarishi natijasida ro`y bergan yangiliklarni ham o`ziga singdirib boradi. Xalq 
og`zaki ijodini o`rganuvchi olimlarning ta`kidlashlaricha, dunyodagi hamma 
xalqlarda keng tarqalgan janr ertakdir. Sehrli ertaklarning yaratilishida umumiy 
o`xshashlik yana ham kuchliroq seziladi. ertaklarning bu turi qadimdan 
yaratilganligidan, turli xalqlar maishiy hayotida o`xshashliklarning ko`pligidan darak 
beradi. Ammo bu degan so`z ertaklarda milliylik aks etmaydi, degan xulosaga olib 
kelmaydi. Chunki ertaklar mavzuidagi qahramonlar ismlarida, muammolarida, 
maishiy masalalarning ifodasida, tabiat tasvirida, voqealar bayonida, kasb – hunarlar 
ta`rifida milliy til, milliy ruh alohida aks etadi. Xalq ertaklarining ommaviyligi va 
yashovchanligini ham asosan ularning ana shu xususiyatlari bilan izohlash mumkin. 
O`zbek xalq ertaklari Buyuk Karimov, Fattoh Abdullayev, Mansur Afzalov, 
Komiljon Imomov, G`ayrat Jalolov, Xudoyberdi Egamov, Tojiboy G`oziboyev, 
Ro`zimboy Safarov kabi olimlar tomonidan o`rganilgan bo`lib, ular Hamrobibi 
Umarali qizi, Hasan Xudoyberdi o`g`li, Husanboy Rasul o`g`li, Nurali Nurmat o`g`li, 
Rahmon buva kabi o`nlab ertakchilardan ertaklarni yozib olganlar, tahlil qilganlar va 
nashrga tayyorlaganlar. Folklorshunos olimlar xalq ertaklarini quyidagicha tasnif 
qiladilar:
1. Hayvonlar haqidagi ertaklar. 
2. Sehrli ertaklar.
3. Hayotiy-maishiy ertaklar. 
Aslini olganda sehr va mo``jiza umuman ertak janrining mohiyatini belgilovchi 
omil hisoblanadi. ertaklarning boshlanish qismidagi «Bir bor ekan, bir yo`q ekan» 
so`zlaridan iborat boshlanma («zachin»)dayoq hikoya qilinadigan voqeaga ishonish 
yoki ishonmaslik tinglovchi ixtiyorida ekani anglatiladi. Ammo ertakning keyingi 
bayoni inson ruhiyati bilan shu qadar uyg`un amalga oshiriladiki, tinglovchi er 
ostidagi shaharlarga, kiyikning tuyog`idan sachrayotgan olmoslarga mutloq ishongan 
holda o`z munosabatini bildiradi. Binobarin, sehr va xayoliy muShoxada yuritish
ertak janrining yaratilishida etakchi o`rin egallaydi, deyishga asosimiz bor. Tabiiy 
savol tug`iladi: ertaklarning tasnifi qanday nazariy asosga ko`ra amalga oshiriladi? 
Bu savolga quyidagicha javob berish mumkin: ertaklarning tasnifini amalga 
oshirishda ularning mazmuni bosh mezon hisoblanadi. ertak mazmunidagi tasnifda 


39 
qayd etilgan qaysi masala yuzasidan hikoya qilingan voqealar olib tashlanganda, 
ertak mazmuniga ortiqcha zarar etsa, ertak tasnifi shu mavzu bilan belgilanadi. 
Masalan, «Mohistara» ertagida sehrli voqealar bilan bir qatorda maishiy masalalar, 
ishq-muhabbat, uylanish muammolari ham o`z ifodasini topgan. Ammo bu ertakda 
sehr ta`siri alohida o`rin egallagan. Agar undan sehrli voqealar olib tashlansa, ertak 
o`z mohiyatini mutlaqo yo`qotadi. Shuning uchun bu ertak tasnifi jihatdan sehrli 
ertaklar qatoridan o`rin oladi. Xalq ertaklari bir ko`rinishda xalqning ovunchog`i, 
hordiq chiqarish vositalaridan biri sifatida ko`zga tashlansa ham, ularning falsafiy 
asoslarini, ijtimoiy muhitning badiiy in`ikosi sifatidagi ahamiyatini e`tibordan soqit 
qilish mumkin emas. Folklorshunoslikka shunday ertaklar ham ma`lumki, ularda 
maishiy hayot masalalarigina emas, balki muhitning ijtimoiy muammolari ham o`z 
ifodasini topadi. Biz bu o`rinda «Kambag`al qiz», «Uch yolg`onda qirq yolg`on» kabi 
asarlarni nazarda tutamiz. Xalq o`zi yashayotgan ijtimoiy hayot sharoitidan qadim 
o`tmishda rozi emasligini aynan mana shu ertaklar vositasida bildirgan. Xususan, 
inson hayotining o`tkinchiligi va dunyoning bevafo ekanligi, charxpalakning teskari 
aylanishi maqollarda, qo`shiqlarda, dostonlarda o`z ifodasini topgan. ertaklar ham 
bundan mustasno emas, «Uch yolg`onda qirq yolg`on» ertagidagi bir bolaning o`lib-
o`lib uchta bo`lgani, baliq suyagining olovdan hil-hil bo`lib badaniga issiq o`tmagani 
aynan zamonning teskariligiga ishoradir. Qizig`i shundaki, ertakdagi voqealar 
tinglovchida kulgi uyg`otish maqsadida bayon etilayotgandek tuyuladi. Ammo ertak 
mazmuniga tajribali inson nuqtai nazaridan munosabatda bo`linsa, mazkur asarning 
falsafiy asosida juda muhim mulohaza yotgani ma`lum bo`ladi. ertak yaratilishidan 
ijodkor nazarda tutgan bosh maqsad ham ana shu mulohaza bilan bog`liqdir. Jahon 
xalqlari og`zaki ijodida, umuman, o`zbek xalq og`zaki ijodida, xususan, ertaklarning 
syujet va kompozitsiyasida an`anaviy mifologik holatning mavjudligi folklorshunos 
olimlar tomonidan isbotlangan. Ularning fikricha tom ma`noda ertak janriga mansub 
bo`lgan har bir asar asosan uch tarkibiy qismdan iboratdir: 
1. Ertakning intsial qismi, ya`ni boshlanmasi. Folklor- 
shunoslikda bu qism ko`pincha «zachin» nomi bilan yuritiladi. 
2. 
Medial qismi. Bu qismda ertakda hikoya qilinayotgan voqea to`liq 
bayoniga ega bo`ladi va ertakning qaysi tasnif turkumiga mansub ekanligi dalillanadi.
3. 
Final qismi. Bu qismda ertakning yakuniy xulosasi o`z ifodasini topadi. 
Ertakning intsial qismi odatda, zamon, vaqt, makon va asar qahramoni 
haqidagi 
dastlabki 
ma`lumotlarni 
berishga 
bag`ishlanadi. 
Medialda 
esa 
etishmovchilik, safar, vazifa, raqib, taqiq, kurash kabi omillar an`anaviy unsurlar 
sifatida ishtirok etadi. Final, ya`ni ertakning tugallanma qismi asosan qahramonning 
murod-maqsadiga etishidan iborat bo`ladi. Ammo bu voqeaning o`zini shartli 


40 
ravishda safardan qaytish, to`y, raqibni jazolash, murod-maqsadiga etish kabi tarkibiy 
qismlardan iborat ekanligini ko`rsatish zarur. Yuqorida qayd qilganimizdek, o`zbek 
xalq ertaklari tasnifiga ko`ra, sehrli,hayotiy - maishiy, hayvonlar haqidagi kabi 
turlarga bo`linadi. Inson tabiatan o`z oldidagi har qanday muammoni iloji boricha 
osonlik bilan hal etishga moyil bo`ladi. Uzoq va xatarli masofalarni tez fursatda bosib 
o`tish, ko`rishni istagan yaqin odamning holidan xabardor bo`lish, to`kin hayot 
kechirish, xoin odamga jazo berish, tez fursatda katta boylikka ega bo`lish havasi 
asrlar davomida insonga tinchlik bermagan. Natijada odamlar mana Shunday 
muammolarning echimini xayol bilan vujudga keltirish mumkin bo`lgan sehr - 
jodudan va mo``jizadan axtarganlar. Bu echim oxir-pirovardida og`zaki ijodda humo, 
dev, ajdar, pari, yalmog`iz, shayton, nahang, baliq, uchar gilam, uchar ot, sirli xum
ur to`qmoq, nina, taroq, oyna kabi o`nlab obrazlarning paydo bo`lishi uchun zamin 
bo`lgan. Muhimi shundaki, ertakdagi voqealar shu qadar qiziqarli va o`ziga jalb 
qiluvchi darajada to`qilganki, tinglovchilar ertakchining hikoyalarini haqiqat sifatida 
qabul qilganlar. Qahramonlar bilan safarda bo`lganlar, yovuz raqiblar bilan 
kurashganlar, ertak yakunidagi to`ylarda ishtirok etganlar. Yana shuni ta`kidlash 
lozimki, ajdodlarimiz xayolida yaratilgan fantaziyalar asta-sekin real hayotdan o`z 
tatbig`ini topa boshladi. Shuning uchun juda ko`p fan arboblari elektr asboblarining, 
mashina, parovoz, samolyot, kosmik kemalar, televizorning vujudga kelishini xalq 
ertaklaridagi sehr-fantastika elementlariga bog`laganlar. Shunday qilib, sehrli 
ertaklarda xalqning orzu-havasi, kelajak hayotga bo`lgan umidi o`z ifodasini topgan.
O`zbek ertaklarining salmoqli qismini hayvonlar haqidagi og`zaki hikoyalar 
tashkil etadi. Ammo hayvonlar haqidagi ertaklar asar mazmunida ishtirok etayotgan 
personajlarning o`rniga ko`ra faqat sof hayvonlar haqidagi ertaklar va odamlar ham 
ishtirok etadigan ertaklarga bo`linadi. Bu ertaklarning bosh mazmuni bevosita 
hayvonlar bilan bog`liq bo`lgani uchun ular tasnifida mana shu turga mansub asarlar 
sifatidan qayd etilgan. Mazkur ertaklarda har bir hayvonning tabiiy xususiyatini 
bo`rttirib ko`rsatish etakchi o`rinda turadi. Bo`rining vahshiyligi, tulkining ayyorligi, 
eshakning befahmligi, sherning o`rmon podshosi ekanligi biz nazarda tutgan ertaklar 
mazmunining asosini tashkil etadi. Bu ertaklarda hayot majoziy ham aks etishi 
mumkin. Chunki xalq hayvonlar obrazini ertakda tasvirlash orqali insonlar o`rtasidagi 
munosabatlarni aks ettirish maqsadini ham nazarda tutgan. 
Hayotiy-maishiy ertaklarga tinglovchilarning ehtiyoji alohida sezilarli bo`lgan. 
Bunday ertaklar o`zbek xonadonlaridagi farzand va ota, farzand va ona, o`gay ona va 
farzandlarning an`anaviy tarzdagi o`zaro munosabatlarini aks ettirgan. ertakning har 
bir tinglovchisi ijro etilayotgan asarlardan o`z hayotini izlagan, o`z taqdirini ko`rishga 
intilgan. Hayotiy ertaklarda hunar o`rganish, ilm olish, odamlarga Yaxshilik qilish, 


41 
yovuz kuchlardan asranish kabi turmush masalalari o`z badiiy in`ikosini topgan. 
Ko`pincha ertakning yakuni xalqning birorta maqolidan iborat bo`lgan. Jumladan, 
bunday ertaklar «Hunar, hunardan unar» yoki «Shuning uchun xalqimiz yaxshilik qil, 
suvga sol, baliq bilar, baliq bilmasa xoliq bilar» kabi jumlalar bilan yakunladi. Xalq 
ertaklari nasriy janr turi sifatida o`ziga xos badiiy mahorat sirlarini mujassam etadi. 
Agar ertaklardagi obrazlar tizimiga murojaat qilsak, aksari hollarda boy, shahzoda, 
podsho kabilarning no`noq, uquvsizligi ko`rsatilsa, kal, nochor, kambag`al o`g`ilning 
tadbirkorligi, ishbilarmonligi ifodalanadi. Asar qahramonlariga bo`lgan bunday 
munosabat xalq estetik tamoyillari bilan izohlanishi mumkin. Chunki hayotda ko`zga 
yorqin tashlanmaydigan odamning qahramonlik ko`rsatishiga qadar ko`rimsiz bo`lib, 
keyin g`alaba qozonishini tinglovchi qiziqarliroq qabul qilgan. Xalq ertaklarida 
ikkilantirish, uchlantirish kabi badiiy usullar ham mavjuddir. Bunday usullar, asosan, 
asar qahramonlarining hayotdagi boshqa odamlardan ijobiy tomonga farq qilishini 
ko`rsatish uchun o`ylab topilgan. Masalan, biron qahramon o`z safarida uchta yo`l 
oldidan chiqadi. Birinchisi - borsa kelar, ikkinchisi - borsa xatar, uchinchisi - borsa 
kelmas. Qahramon bu uch yo`ldan eng murakkabini tanlaydi. Aslini olganda, 
qahramon safar yo`lining o`zi «borsa kelmas»dan iborat bo`lishi mumkin. Ammo 
ertak ijodkori o`z qahramonini oddiy inson emasligini, har qanday murakkab 
qiyinchiliklarni engishga uning quvvati etishini ta`kidlash maqsadida biz nazarda 
tutgan uchlantirish usulini qo`llagan. e`tibor beraylik, «Uch og`a-ini botirlar» ertagida 
uch aka-uka, uch kun, uch tun, har tunning uch qismi, uch opa-singil, uch jumboq 
kabi vaziyatlarning takrorlanishi bejiz emas. Demak, xalq ertaklaridagi uchliklarning 
har biri maxsus estetik yuklamani bajarishi bilan e`tiborga loyiq. So`z san`atining 
boshqa turlarida bo`lgani kabi xalq ertaklarida ham badiiy asarlarda uchraydigan 
o`xshatish, sifatlash, mubolag`a, istiora kabi san`atlar mavjud. Mazkur tasvir 
vositalari xalq ertaklarining badiiy qimmatini belgilashda muhim omil hisoblanadi. 
Ertaklar yana bir jihatdan - tarkibida jumboq, topishmoq bor-yo`qligiga ko`ra 
ham tasnif qilinadi:
1. Oddiy ertaklar. 
2. Topishmoqli ertaklar. 
Oddiy ertaklarda topishmoqlar yoki jumboqlar bo`lmaydi.
Topishmoqli ertaklar o`zbek folklorida oz bo`lsa ham uchrab turadi. Shunday 
ertaklardan biri «Dono yigit» yoki «Aqlli yigit» deb nomlanadi. Kambag`al yigit 
mehmonga kelgan podshohga «Topilsa bitta bilan, topilmasa ikkita bilan mehmon 
qilaman» deydi. 
Yana bir ertakda podshoh bilan keksa otaxon suhbatida jumboqli iboralar 
qo`llanadi: 


42 
- To`qqizni uchga urmadingizmi? 
- O`ttiz ikki qo`ymadi-da? 
- Bir g`oz yuboraman, patini yulasizmi? 
- Xo`p bo`ladi, shohim. 
Topishmoqli ertaklar oddiy odamlarning zukkologini ulug`lovchi asarlardir.
Ertaklar tarkibida hajv elementlari ishtirok etishiga qarab ham ikki turga 
bo`linadi: 1. Jiddiy ertaklar. 2. Hajviy ertaklar. 
Jiddiy ertaklarda hajv elementlari bo`lmaydi.
Hajviy ertaklarda esa satira va yumorga xos xususiyatlar mavjud bo`ladi. 
Bunday ertaklarning qahramonlari kal, tentak ko`knori, ko’sa, Aldar ko`sa, tulki, 
bedana va boshqalar bo`lishi mumkin. 
Ertaklar juda katta tarixiy, ta`limiy-estetik ahamiyatga egadir. Chunki ertaklar 
juda qadim zamonlarda mavjud bo`lgan dunyoqarashlarning davomidir yoki aytish 
mumkinki, zamonaviylashgan shaklidir. Ayni kunlarimizda ertak tinglamagan va 
ertakni yoqtirmaydigan bolajonlarni uchratish qiyin. Ayniqsa, hayvonlar haqidagi va 
sehrli ertaklarni sevib tinglaydigan, o`qiydigan bolalar har bir xonadonda bor, desak 
mubolag`a emas.
Ertaklar ayni kunlarda kattayu kichik barobar qiziqish bilan tomosha qiladigan 
mult’fil’mlarga zamin bo`lib xizmat qilmoqda: «Senimi, shoshmay tur, Quyon!», 
«Tom va Jerri», «Oloviddinning sehrli chirog`i», «Qirol Sher» va hokazolar ertaklar 
asosida yaratilganligini ta`kidlash lozim. Demak, ertaklar yangi-yangi shakllarda 
yashashni davom ettiradi. 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin