raqobatdosh qilib tayyorlash, uni valyutaga sotish va u bilan birga
respublika iqtisodiyotini
boshqarishni xalqaro andozalarga olib chiqadigan kasbiy mahoratga ega bo’lgan mutaxassislar
tayyorlashni yo’lga qo’yishni ilmiy negizini yaratishdir.
Fanning vazifasi –
nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, ijodiy fikrlash jarayoniga uslubiy
yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, qonunlar
va kategoriyalar mazmun-
mohiyatini bilish, boshqarish tamoyillari, tizimlari,
usullarini yaratishni, boshqaruv sohasidagi
muammoli holatni baholash, harakat strategiyalarini tuzish va rivojlanish
muammolarini hal
qilishning innovatsion usullarini topish, biznes sharoitida boshqaruv va yetakchilik faoliyatining
ahamiyatini ochib berishdan iborat.
Fanning
asosiy vazifalari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- talabalarni biznesda boshqarish faoliyati bilan tanishtirish;
- tanqidiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish;
- tarmoqlar
va sohalar korxonalari, tashkilotlari, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarida mehnat
faoliyatini
tashkil etishni tushuntirish;
- bajarayotgan faoliyati bo’yicha ish rejasini tuzish va uni bajarish, nazorat qilish va amalga
oshirilgan ishlarning natijalarini tahlil qilish va baholash, xususan ijodiy fikrlashni o’rgatish;
- zamonaviy boshqaruv tizimini tashkil etish, tashkilot va korxonalar
tashkiliy tuzilishining
optimal variantlarini tanlash omillarini tavsiflash;
- boshqaruv tizimining turli pog’onalarida vakolatlar va vazifalarni taqsimlash, muammolarni
hal qilish;
- tashkilot va korxonalar boshqarish samaradorligini oshirish yo’llarini muhokama qilish.
Dostları ilə paylaş: