Menejmentga kirish fani bu - boshqaruvchiga tanlovni to’g’ri amalga oshirishni va oqil
qarorni qabul qilishni o’rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida
barcha bo’g’inlarda samarali ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan
iborat. Shundan kelib chiqib, menejment quyidagilarni o’rganadi:
- boshqarish nazariyasi va amaliyoti;
- boshqarish ob’ekti va sub’ekti;
- boshqarish printsipi va usullari;
- boshqarish madaniyati;
- menejer va uning fazilatlari;
- menejer reytingi;
- boshqarishda kirishuvchanlik va qaror qabul qilish;
- boshqarish funktsiyalari;
- xodimlarni boshqarish;
- ishlab chiqarishni boshqarish;
- samaradorlikni boshqarshi;
- o’z-o’zini boshqarish;
- hududiy boshqarish va hokazolar.
Ko’rib turibmizki, bu fanning mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv obekti orasidaga
o’zaro munosabat bo’lib, uning asosiy vazifasi o’quvchilarga boshqaruvning zamonaviy usullarini,
rahbarlik san’ati sirlarini o’rgatishdan iborat.
Boshqarish tizimini takomillashtirish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqish ham ularning
zimmasida bo’ladi.
Boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning rahbarlari menejmentning sub’ekti, ya’ni
boshqaruv organlari yoki menejerlar - boshqaruvchilar bo’lib hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan
ob’ekt va sub’ektlarni quyidagicha tavsiflash mumkin (1-jadval).
1-jadval Menejment ob’ektn va sub’ekti №
Menejment
Ob’ekti
(boshqariluvchi
hodisa, voqelik)
Sub’ekti (boshqaruv organi, rahbarlik)
I. Makro darajada
1
Mamlakat (respublika)
Qonun chiqaruvchi hokimiyat (Oliy Majlis)
Ijro etuvchi hokimiyat (O’zR Vazirlar Mahkamasi)
Sud hokimiyati
2
Viloyat
QQR Joqargi kengashi va viloyat deputatlari.
QQR Vazirlar kengashi, viloyatlar hokimiyatlari
QQR Oliy sudi, viloyatlar sudlari
3
Tuman (shahar)
Tuman (shahar) xalq depututlari
Tuman (shahar) lar hokimliklari
Tuman (shahar) sudlari
II. Megodarajada
4
Kontsern (ko’p tarmoqli
korporatsiya)
Qo’mitalar va ularning raislari.
5
Sektor (tarmoq)
Vazirliklar va vazirlar
III. Mikrodarajada
6
Korxona
(firma),
Korporatsiya Xodimlar
Ishlab
chiqarish
Samaradorlik
o’z-o’zini
boshqarish
Jamoa kengashi va raislar, prezident
Korxona (firma) rahbarlari, bo’rin boshliqlari
Korxona (firma) rahbarlari, bo’psh boshliqlari
Korxona (firma) rahbarlari, bo’g’in boshliqlari
Fuqarolar yig’ini, rais (oqsoqol)lar
Shunday qilib har qanday hodisa yoki jarayon negizi boshqariladigan ob’ekt va boshqaruvchi
sub’ekt tizimlaridan tashkil topadi.
Boshqaruv sub’ekti
Boshqaruv ob’ekti