Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
79
betoblik vaqtlarida bir kishi kelib: "Amirning ajru savoblari qancha bo'ldi ekan?"
- deb
so'radi. Abu Ubayda: "Sizlar qanday amal qilganingizda ajrga ega bo'lishingizni
bilasizmi?" - dedilar. U kishi: "Tabiatimiz-ga yoqmaydigan dardga mubtalo qilinsak
shunga ajr olamiz" - dedi. Shunda Abu Ubayda: "Alloh taolo yo'lida qilgan sarflaringiz va
siz uchun qilingan sarflar badaliga ham ajr olasiz", dedilarda,
keyin ot egarining
asboblarini sanadilar, hatto ot-ulovning jilovigacha sanab berdilar. "Lekin jasadingizdagi
sizlarga yetgan bu dard badaliga Alloh taolo kichik gunohlaringizni yopadi", dedilar.
Abu Ubayda jangda lashkarboshilardan bo'lganlari uchun u kishini "amir" deb xitob
qilayotgan bo'lsa kerak.Ya'ni jangga borish uchun mana shu men sanagan ot asboblarini
tayyorlaganingiz uchun ham ajrga ega bo'lasiz, demoqchi bo'lsalar kerak.Ya'ni dardga
sabr qilgan bo'lsangiz dardga mubtalo bo'lganingiz uchun bir va sabr qilganingiz uchun
ikkinchi savobga ega bo'lasiz
499. Abu Hurayra (r.a.)dan
rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Bir
mo'min yoki mo'mina kishini uzoq vaqt biror musibatga yo'liqtirib sinaladi. U shu
musibat Alloh tomonidan bo'lganini e'tirof qilib, sabr etsa,
Alloh taolo huzuriga
gunohlaridan pok bo'lgan holda boradi", dedilar".
500. Abdurrahmon ibn Avf otasidan rivoyat qiddi: "Salmon (Forsiy) Kinda degan joyda
bir bemorni ko'rgani borganda men birga edim. Salmon bemorning xonasiga kirgach:
"Senga xayrli xabarlar bo'lsin! Zero, Alloh mo'minning xastaligini O'zi uchun kafforat va
savob deb qabul qiladi. Fojir xasta bo'lsa
xab dori ichaveradi, ammo davo qaerdan va
nimadan kelishini bilmaydi", dedi.
501. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Agar xoh mo'mindir, xoh
mo'minadir, unning badaniga,
oilasiga, moliga balo Alloh taoloning oldida gu-nohi
bo'lmasa, kelmaydi", deb marhamat qildilar.
502-hadis 501-hadisning takrori bo'lib, uni Muhammad ibn Amr rivo-yat qilganlar va
"bolasiga", degan so'zni qo'shganlar.
503. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga bir a'robiy keddi.
Nabiy
muhtaram (s.a.v.) unga: "Senda bezgak kasalliga bulganmi?" - deb so'radi-lar. A'robiy:
"Bezgak nima?" - dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Teri bilan et orasida bo'ladigan harorat",
degan edilar, a'robiy: "Yo'q, men unday narsani bilmayman", dedi. Keyin Rasululloh
(s.a.v.): "Senda bosh og'rig'i bo'lganmi?" - dedilar. U: "Bosh og'rig'i nima?" - deb
so'radi. Rasululloh (s.a.v.): "Miyada bir yel paydo bo'lib, tomirlarga uradi", dedilar.
A'robiy: "Menda unday kasallik bo'lmagan", dedi. A'robiy
chiqib ketgandan keyin
Rasululloh (s.a.v.): "Do'zax axlidan bo'ladigan kishini ko'rmoqchi bo'lgan odam mana
shu a'robiyga qarasin", dedilar".
Dostları ilə paylaş: